IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#bilasizmi #operatsion_tizim

💻 Windows’dagi “диспетчер задач” qanday o‘chiriladi?

Vazifalar dispetcheri
(диспетчер задач) kompyuterdagi jarayonlarni boshqarish imkonini beradi. Bu qurilma egasi uchun qulay, lekin dispetcherning imkoniyatlari ortida yashirin xavf bo‘lishi mumkin. Agar biror begona kimsa kompyuterga kira olsa, u kompyuterning himoyasini o‘chirib qo‘yishi yoki zararkunanda dasturni o‘rnatib qo‘yishi mumkin.

Ba’zi insonlar vazifalar dispetcherini ishga tushirishni cheklab qo‘yadi va faqatgina istisnoli holatlarda, shunda ham faqat o‘zi ruxsatni belgilaydi.

Vazifalar dispetcheri qanday o‘chiriladi?

Quyidagi 4 qadam amalga oshiriladi:

1️⃣. ПускВыполнитьgpedit.msc buyrug‘i kiritiladi;

2️⃣. «Конфигурация пользователя» bo‘limida «Административные шаблоны» quyi bo‘limi tanlanadi;

3️⃣. Keyin esa «Система» bandida «Варианты действий после нажатия (Возможности) Ctrl+Alt+Del» quyi bandi tanlanadi;

4️⃣. «Удалить диспетчер задач» parametri uchun «Включена» qiymati belgilanadi.

Vazifalar dispetcherini qayta yoqish

Xuddi shu qadamlarni bajarish, lekin «Не задана» qiymatini belgilash lozim. Agar administrator qayd yozuvi (учетная запись)ga parol o‘rnatilgan bo‘lsa, begona kimsa sozlamalarni o‘zgartira olmaydi.

👨🏻‍💻@itspecuz
Hurmatli kanalimiz muxlis va muxlisalari!

Sizlarga bir iltimos bilan murojaat etmoqdamiz. Har kuni boshqa kanallar bilan o‘rtada reklama almashib turilishi haqida xabaringiz bor, bundan maqsad ikki kanal o‘rtasida kanal a’zolarini jalb etish. Lekin bu reklamalarga nisbatan sizning harakatingiz foydaliroq bo‘ladi deb umid qilamiz.

Barchamizda ozmi-ko‘pmi biz kabi IT-sohasiga qiziquvchi do‘stlarimiz, tanishlarimiz bor. Agar kanalimizdagi berilgan hech bo‘lmaganda 1 maslahat sizga yordam bergan bo‘lsa, bu do‘stingizga ham yordam berishi mumkin, shunga nima deysiz? Kanalda joylashtirilayotgan maqolalarning mazmuni haqida ular bilan bo‘lishib, ularni ham kanalga jalb etishingiz mumkin.

IT-sohasi muxlis va muxlisalari qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Zero, kelajak yuqori texnologiyalar tomonidadir.

Bunga o‘z fikringizni esa har doimgidek Like orqali qoldirishingiz mumkin.

Sizlarga katta rahmat deya, @itspecuz kanali ma’muriyati.
1👍1
​​#bilasizmi

😯 Sizda – sizni birov eslayotgani uchun emas, balki qovurg‘alararo mushaklar va diafragmaning sinxron mikologik qisqarishlari tufayli xiqichoq tutish holati kuzatiladi. | Ты икаешь из-за синхронных микологических сокращений диафрагмы и межрёберных мышц, а не потому, что тебя кто-то вспоминает.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#internet #telegram

“Telegram” yangi imkoniyatlarga ega bo‘ldi

“Telegram” messenjeri ko‘pdan beri kutilgan yangilanishlarni chiqardi, endi, masalan, audio va videoxabarlarni ikki baravar tezroq eshitish va ko‘rish mumkin. Bu haqda ilova rasmiy saytiga asoslanib “Life.ruxabar bergan.

Yangiliklardan biri shuki, endi foydalanuvchilar o‘qilgan va o‘qilmagan chatlarni belgilay olishadi. Yana bir yangi funksiya esa jo‘natilgan foto va videolarni tahrir qilish imkonini beradi. Formatlash menyusida esa xabar matniga “havola qo‘shish” yorlig‘i paydo bo‘ldi.

“Android”lar uchun hali yetkazilmagan xabarlarni o‘chirish va xabarlar prevyusini (oldindan ko‘rish) ochish funksiyasi kiritildi: buning uchun umumiy ro‘yxatdagi foydalanuvchi avatarida barmoq bosib turiladi.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
😱2
#bilasizmi #smartfon

Nega samolyotda telefonni parvoz tartibiga o‘tkazish kerak?

Umrida jilla qursa bir marta bo‘lsin, samolyotda uchib ko‘rganlar shu savolga javob izlashgani tayin. Samolyotda uchmaganlarga ham qiziq-da: mobil telefondagi “Parvoz” (“Rejim polyota”, “Airplane Mode”) funksiyasi nega kerak? Savolimizga javobni “Merkur.desaytidan topdik.

Ko‘plar mobil signal samolyot bortidagi texnikalar ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va uchuvchilar boshqarishda qiyinchiliklarga duch keladi deb o‘ylashadi. Qisman to‘g‘ri fikr.

Aslida hamma gap akustikada: sizning parvoz tartibiga o‘tkazmagan telefoningiz, planshetingiz yoki noutbugingiz rostdan ham uchuvchiga xalaqit berishi mumkin. Ammo bort texnikasi orqali emas.

Telefon karnay (kolonka)ga yaqinlashtirilsa chiqaradigan yoqimsiz tovush hammamizga tanish. Agarda yo‘lovchilar o‘z telefonlarini parvoz tartibiga o‘tkazishmasa uchuvchilar ham ana shunaqangi ovozni eshitishadi. Eng xavfli tomoni shuki, bu shovqinlarni deb uchuvchi muhim xabarni eshitmay qolishi mumkin. Shunday ekan, samolyotga chiqishdan oldin telefoningizda parvoz funksiyasini yoqib qo‘yishni aslo unutmang!

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
​​#mulohaza_uchun

😌 Boshqalarni baxtli qilish uchun dastlab o‘zingiz baxtli bo‘lishingiz kerak. | Нужно быть счастливым самому, чтобы сделать счастливыми других.

💡Bernxard Shlink | Бернхард Шлинк

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#smartfon #security

📱Smartfon batareyasiga xakerlar hujum qilishi mumkinmi?🔋

Astera.ruyozishicha, “Privacy Enhancing Technologies” simpoziumida o‘qilgan ma’ruzada xakerlar o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlarni nafaqat smartfondan, shuningdek, uning batareyasidan ham olishlari mumkinligi haqidagi g‘oya ilgari surilgan. Gap bu yerda smartfon qancha quvvat sarflagani haqida ketmoqda, kiberjinoyatchilar tok sarfiga qarab mobil qurilma foydalanuvchisi nima ishlar qilganini bilib olishlari mumkin. Masalan, smartfonda qanaqa ilovalar ishlatiladi, qanday matnlar yozilgan va hokazo.

Bu xavf qachonki smartfon begona qo‘lga yoki ta’mirga tushganda tug‘iladi. Albatta, bu tahdid ehtimoliy bo‘lib, hozircha amalda kuzatilgan emas.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#mulohaza_uchun

🤔 Ba’zan insonlar juda ko‘p o‘yga berilishadi, aslida esa shunchaki – yashash kerak. | Иногда люди слишком много думают, а надо просто жить.

💡Suqrot | Сократ

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#mulohaza_uchun

МАМЕ…

 Всё то, что в жизни происходит с нами,
Мы как-то странно делим пополам:
Если радость — празднуем с друзьями,
А с бедой приходим к матерям.
Заняты работой и делами
День за днем в потоке суеты
Мы не часто думаем о маме,
Слишком редко дарим ей цветы.
И свои болезни носим к маме,
И обиды к ней идем делить,
И морщинки ей рисуем сами,
Позабыв прощенья попросить.
Мы так редко маму обнимаем,
Разучились маму целовать,
Позвонить порою забываем,
Некогда письмишко написать.
Ну, а мама все равно нас любит,
Чтобы не случилось — не предаст,
Всё простит, обиды все забудет,
Руку, душу, сердце-все отдаст!
И когда от мамы уезжаешь,
Отогревшись у ее любви,
Ты шепни: «Прости за всё, родная,
И, прошу, подольше поживи!»

👨🏻‍💻@itspecuz & @psyxolog
👍1
#operatsion_tizim #maslahat

CCleaner’ning foydali 6 ta imkoniyati 🧹

CCleaner aslida ko‘p funksiyali kombayn bo‘lib, birato‘la Windows’dagi bir nechta sozlamalar hamda xizmat ko‘rsatuvchi utilitalarning o‘rnini bosa oladi. Bu dastur bepulligi hamda foydalanish osonligi sababli juda keng ommalashgan.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
#operatsion_tizim #maslahat

Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash 🧹

Kompyuterga qachonlardir ulangan barcha USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumot tizim reyestrida saqlanadi. Agar kompyuterga turli model va ishlab chiqaruvchilarga tegishli ko‘p fleshkalar ulansa, vaqt o‘tishi bilan reyestrda juda ko‘p “axlat” to‘planib qoladi. Natijada esa yangi qurilmani aniqlash va ulash jarayoni ancha ko‘p vaqt talab etadi va tizimni qotib ishlashiga olib keladi.

Yechimi bitta. Vaqti-vaqti bilan ulanayotgan fleshkalar va boshqa USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi reyestr bo‘lim (раздел)larini tozalab turish lozim. Ushbu bo‘limlarning tozalanishi yangi USB qurilmalarning ulanishini va umuman tizimning ishlashini tezlashtirishda yordam beradi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

To‘lqin Teshaboyev: “TATUning xalqaro miqyosda nufuzi oshiriladi”


Shu kunlarda abituriyentlar hujjatlarini oliy o‘quv yurtlariga topshirish uchun yelib-yugurishlarni boshlagan. Tashvishli, ammo shirin bu yugur-yugur inson hayotida muhim burilish yasashi aniq. O‘z navbatida, oliy o‘quv yurtlarida ham hujjatlarni qabul qilish jarayonlari tobora qizib bormoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev bilan shu haqda suhbatlashdik.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#mulohaza_uchun

📝 O‘g‘ilning otaga bergan tarbiyasi

Uylanganimdan uch yil o‘tib farzand ko‘rdim. Darhol bola tarbiyasiga oid kitob-risolalar sotib oldim, rafiqam bilan o‘tirib ota-onamiz bizga bergan o‘git va pandlarini eslaydigan bo‘ldik.

Bola ulg‘ayarkan, unga kundalik odoblar, axloq qoidalarini o‘rgata boshladik. “Taomni o‘ng qo‘lingda ye...”, “Yotib ovqat yema...”, “O‘zingdan kattaga salom ber...”, “Hojatdan so‘ng albatta qo‘l yuvilishi kerak...”

Kunlarning birida bozordan non sotib olib, uyga piyodalab keta boshladik. O‘sha kuni tushlik qilmagandim, qornim tatalab ketyapti. Uyga borishgacha sabrim chidamay yelimxaltada turgan nonga qo‘l cho‘zdim: bir burdasi bilan qorinni aldab ketay... Qo‘lim nonga tegar-tegmas orqadan ogohlantirish keldi:

 - Dadajon, non yemoqchimisiz? Qo‘llaringizni yuvmagansiz-ku!

Darrov hushyor tortdim. Hozir nonni ushatib olishim bolamga ovqat yeyishdan oldin qo‘l yuvish kerakligi haqida bergan tarbiyamni yuvib ketishini o‘yladim.

 - Ha-ya, rost aytasan, o‘g‘lim. Qo‘llarim yuvilmagani yodimdan ko‘tarilibdi. Eslatganing uchun rahmat. Nonni uyda, qo‘llarni yuvib yeymiz...

Ayolim bilan shu haqda eslashib kulishdik. Shunda onasi bir gapni aytib qoldi:

 "Sizning har bir xatti-harakatingiz o‘g‘lingiz kuzatuvi ostida. U sizga taqlid qiladi. Iltimos, ehtiyot bo‘ling...”

Bunaqa payt inglizlarning mashhur maqoli yodga tushaveradi:

“Bolalaringizni tarbiya qilmang. Ular baribir sizga o‘xshashadi. Siz o‘zingizni tarbiya qiling”.

👨🏻‍💻@itspecuz & @farzand_uz
​​#maslahat

Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talabasi bo‘lish istagida kirish hujjatlarini topshirayotgan abituriyentlarga psixologik eslatma!

Hurmatli abituriyent! Siz talaba bo‘lmoqchimisiz? Imtihongacha va imtihon vaqtida o‘z osoyishtaligingizni saqlab qolmoqchimisiz? Buning uchun albatta psixologning quyidagi tavsiyalariga amal qiling!

1️⃣. Takrorlash uchun zarur bo‘lgan materiallarni soat tonggi 6:00 dan 8:00 gacha va kechki 19:00 dan 22:00 gacha ko‘zdan kechiring;

2️⃣. Sherigingiz bilan xotira mashqlarini olib boring, masalan: 13, 21, 56, 82, 79 kabi 10 dona ikki xonali raqamlar, so‘zlarni yozib bir-biringizni sinab ko‘ring;

3️⃣. Imtihongacha kiyimlaringiz, yurgan yo‘llaringizni o‘zgartiring, yangi do‘st va dugonalar orttiring, raqsga tushing, qo‘shiq ayting;

4️⃣. Bu kunlari qattiq yoki qora non, makaron, selderey, tolqon, shirin choy, yog‘siz taomlar, har kuni 1 donadan pista, bodom, yong‘oq iste’mol eting, tuxum sarig‘ini yeng, semechka chaqing, gazsiz suv iching, limonli, o‘rikli va gilosli sharbatlar iching;

5️⃣. Tonggi soat 4:00 da 10 daqiqa nafas olish mashqlarini bajaring, nafas olish mashqi hovli, ko‘chada bajariladi: o‘ng burun teshigini berkitgan holda chap burun teshigidan, so‘ngra chap burun teshigini berkitgan holda o‘ng burun teshigidan nafas olib chiqaring. Ushbu mashq miya faoliyatini kislorod bilan normal ravishda ta’minlaydi;

6️⃣. Shar, katta baklashkalarni 5-10 daqiqa davomida ishiring! Ushbu mashq o‘pka va nafas olish faoliyatini ijobiylashtiradi, imtihongacha va imtihon vaqtidagi hayajonlanishni bartaraf etadi;

7️⃣. Jahon tibbiyot psixologiyasida dengiz va qushlar ovozi davolovchi vosita sifatida ma’qullangan. Agar sizda hayajonlanish kuzatilsa, qushlar ovozi va barglar shitirlashini eshiting, agar sizda tushkunlik kuzatilsa, dengiz yoki anhor suvining shirillashiga e’tibor qarating;

8️⃣. Imtihonga toza, paxtali kiyimlar kiying, lekin kiyimlaringizning ishlatilgani yoki sal eskirog‘i ma’qul bo‘ladi. Chunki yangi kiyimga imtihon vaqtida moslashuv qiyin kechadi. Oyoq poyabzalingiz o‘rta poshnali, ixcham bo‘lsin;

9️⃣. Imtihongacha siz o‘zingizga “O‘zimga ishonaman, irodaliman, xotiram kuchli!” tarzidagi so‘zlarni takrorlang;

🔟. Bilgan test savollaringizni belgilashdan boshlang.

📝 TATUning Farg‘ona shahridagi filiali psixologi Dilshodbek tomonidan tayyorlanibdi. Sizlarga ham foydali bo‘ladi, degan umiddamiz.

👨🏻‍💻@itspecuz & @tatuffdi
#operatsion_tizim #maslahat #bilasizmi

Microsoft Windows operatsion tizimini kompyuterimizga o‘rnatish uchun UltraISO dasturi yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish 🖥|💻

Juda ko‘p foydalanuvchular Windows yoki boshqa distributivdagi operatsion tizim bilan yuklanuvchi fleshkani yaratishda UltraISO dasturi xizmatiga tayanishadi – bu esa o‘z navbatida oddiy va tezkor usul bo‘lib, odatda yaratilgan yuklanuvchi fleshka ko‘plab kompyuter va noutbuklarda ishlaydi. Ushbu ko‘rsatmamizda biz turli variantlarda qadamma‑qadam UltraISO’da yuklanuvchi fleshkani yaratish jarayonini ko‘rib chiqamiz.

ℹ️ UltraISO yordamida siz har qanday operatsion tizimning (Windows 7, 8-8.1, 10, Linux) obrazidan, shuningdek turli LiveCD’lari bilan yuklanuvchi fleshkani yaratishingiz mumkin.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

🇺🇿 “O‘zbektelekom” yangi formatga o‘tdi
🆕↗️

“O‘zbektelekom” kompaniyasi B2O (operator–hamkorlar) segmenti strategiyasini muhokama qilish uchun o‘zining top-menejerlari va mamlakatning telekommunikatsiya xizmatlari provayderlari vakillarini yig‘di. “Hamkorlikning yangi formati” mavzusidagi norasmiy uchrashuv 5 iyul kuni “GroundZero” kovorking markazida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan asosiy masalalar – ushbu hamkorlikda shaffoflik va tezkorlikni yo‘lga qo‘yish, yagona texnik qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, internet-kanallar va IP-transport narxlarini optimallashtirish bo‘ldi.


👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz