IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#bilasizmi #maslahat

Pensiyangiz miqdorini bilishni xohlaysizmi? Bu juda oson!

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg‘armasining moliyaviy ko‘magi, shuningdek "Mobi Tel Inform" MChJning tashkiliy-texnik yordami asosida Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqalarni oluvchi shaxslarga SMS-Pensiya interaktiv xizmati taqdim etilganligini ma’lum qilindi.

Axborotni olish uchun individual ravishda SMS–so‘rovi talab qiladigan SMS-xabarlar quyidagilardan iborat:

1. Pensiya yoki nafaqa miqdorini aniqlash uchun:

Joriy davrga - *7000007*61# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring

Oldingi davr uchun - *7000007*61*052018# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring.

Bunda, 7000007 - pensiya va nafaqa oluvchining pensiya guvohnomasidagi shaxsiy xisob raqami;

61 - SMS tizimidagi kod;

052018 – talab qilingan (o‘tgan) davr uchun SMS–ma’lumot. Ushbu davr SMS-so‘rov yuborilgan sanadan 3 oy mobaynida bo‘lishi zarur.

2. Pensiya yoki nafaqa tayinlangan sanani aniqlash uchun:

*7000007*63# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring.

Ushbu tadbirlardan maqsad, pensionerlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va ularning farovonligini oshirishga qaratilgan.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #smartfon

📱Yevropada yil smartfoni aniqlandi

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan European Hardware Awards 2018 tanlovi yilning nufuzli tadbirlaridan hisoblanadi. Yevropa apparat ta’minoti assotsiatsiyasi "2018 yilning eng yaxshi smartfoni" degan nominatsiya g‘olibini e’lon qildi. Joriy yilda ushbu nom Huawei P20 Pro flagman smartfoniga nasib qildi.

European Hardware Awards tanlovi Yevropa bozorining elektronika sohasidagi eng yaxshi gadjetlarni taqdirlaydi. Hakamlar hay’ati sohaning eng nufuzli nashrlarining bosh muharrirlaridan iborat. 2018 yilda mintaqadagi 100 nafar muharrir hakam sifatida baholash ishlarida ishtirok etishdi.

Ma’lumki, Huawei P20 Pro smartfon sanoatida uchta ob’ektivli bosh kameraga ega bo‘lgan ilk smartfon hisoblanadi. Leica kompaniyasi ishlab chiqargan bunday kamera texnologiyasi hozircha smartfonda surat olishda jahonda ilg‘or.

Shu bilan birga, smartfon platformasiga javobgar bo‘lgan protsessor ham "sun’iy aql" funksiyasiga ega bo‘lgan. Natijada, smartfon imkoniyatlari kengayadi, jumladan bu jihat uning suratni sifatli ishlash texnikasini ham yanada yaxshilaydi.

Uchta sensor bosh kameraga uch karralik optik yaqinlashtirish hamda besh karralik gibrid yaqinlashtirish imkonini beradi. DxOMark laboratoriyasi ekspertlari ham Huawei P20 Pro kamerasining umumiy qobiliyatini, ya’ni ham surat, ham video tasvir olishini 109 ballga baholashgan. Hozircha smartfon sanoatidagi biror devays bunday yuqori ball olmagan.

Mazkur flagman yurtimizda ham yaxshi sotilmoqda. Bu to‘g‘rida batafsil o‘qing:

Huawei P20 Pro: "Malika"dagi uch ko‘zli “dahshat"!

"Bu mukofot Huawei P20 Pro imkoniyatlari yuqori ekanidan dalolat beradi va smartfon nufuzini mustahkamlaydi. Huawei bunday yutuq bilan sohada yetakchilik o‘rnini mustahkamlaydi", – deydi Huawei Consumer Business Group'ning mobil qurilmalar bo‘yicha vitse-prezidenti Bryus Li.

📝 Shuhrat Sattorov Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #smartfon

📱2018 yilning eng yaxshi byudjet smartfonlari nomi e’lon qilindi

Ekspertlar 2018 yilning eng yaxshi byudjet smartfonlari modellari ro‘yxatini tayyorlashdi. Mutaxassislar ro‘yxatni tuzishda narxi 200 dollardan oshmagan qurilmalarni ko‘rib chiqishdi.

Shunday qilib, eng yaxshi byudjet smartfon sifatida Xitoyning texnik ma’lumotlar va sifatli kamera bilan takomillashtirilgan Xiaomi Redmi Note 5 smartfoni tan olingan. Ushbu qurilmaning metall korpus bilan ta’minlangani modelga bo‘lgan talabning oshishiga olib keldi.

Norasmiy reytingning ikkinchi o‘rnini Xiaomi Redmi 5'ning ixcham varianti o‘rin oldi. U hajm jihatidan kichikroq bo‘lishiga qaramay, texnik imkoniyatlariga ko‘ra "akasi"dan qolishmaydi. Unda Snapdragon 400 protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, bu tasvir sifatidan qayg‘urmay, hatto eng murakkab o‘yinlarni ham osonlik bilan ishga tushirish imkonini beradi. Smartfon bahosi taxminan 150 dollarni tashkil qiladi.

Yetakchi smartfonlar uchligini o‘z o‘lchamlari va texnik parametrlari bo‘yicha ko‘pchilikka ma’qul kelgan Xiaomi Redmi 5 Plus tugallaydi.

Bundan tashqari, eng yaxshi byudjet smartfonlar ro‘yxatida Nubia Z17 Lite va Meizu Pro 6 Plus kabi modellar ham qayd etilgan.

📝 Manba: Kun.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

💡Leonardo da Vinchidan fleshka. Uni ochishdan avval raqamli kodni kirit.🔓| Флешка от Леонардо да Винчи. Введи цифровой код, прежде чем открыть ее.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi #operatsion_tizim

💻 “Ko‘k o‘lim ekrani”ning mazmuni

1️⃣. Xatolikning nomi.

2️⃣. Bu qayta sodir bo‘lmasligi uchun nima qilib ko‘rsa bo‘ladi?

3️⃣. Xatolikning STOP kodi (0x1000007e).

4️⃣. Xatolikning parametrlari.

5️⃣. Ko‘k ekranning yuzaga kelishiga ehtimoliy sababchi bo‘lgan fayl yoki drayver.

6️⃣. Xatolikning yuzaga kelishiga ehtimoliy sababchi bo‘lgan operativ xotira manzili. Endi quyidagilar bo‘yicha havotirsiz ma’lumotlarni izlashni boshlash mumkin:

1) xatolikning nomi bo‘yicha;

2) xatolikning kodi bo‘yicha;

3) xatolikning kodi + drayveri bo‘yicha (5);

4) xatolikning kodi va birinchi parametr bo‘yicha.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

❄️ Oq ayiqlarni teplovizor yordamida aniqlashning deyarli imkoni yo‘q. | Белых медведей практически невозможно обнаружить с помощью тепловизора.

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #operatsion_tizim #maslahat

Windows 10’da fayl tarkibini tezkor ko‘rib chiqish 👀

Bunda bizga QuickLook ilovasi yordam beradi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

😴 Tushlarimizda biz ko‘pincha begona insonlarni ko‘ramiz, lekin ongimiz ularning yuzlarini o‘zicha o‘ylab topmasligi haqida tasavvurga ega bo‘lmaymiz. Bu hayotimiz davomida ko‘rgan, lekin eslab qolmagan haqiqiy insonlarning yuzlaridir. | В наших снах мы часто видим незнакомых людей, но понятия не имеем о том, что наше сознание не придумывает их лица. Это лица реальных людей, тех, кого мы видели в течении жизни, но не запомнили.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi #operatsion_tizim

💻 Windows’dagi “диспетчер задач” qanday o‘chiriladi?

Vazifalar dispetcheri
(диспетчер задач) kompyuterdagi jarayonlarni boshqarish imkonini beradi. Bu qurilma egasi uchun qulay, lekin dispetcherning imkoniyatlari ortida yashirin xavf bo‘lishi mumkin. Agar biror begona kimsa kompyuterga kira olsa, u kompyuterning himoyasini o‘chirib qo‘yishi yoki zararkunanda dasturni o‘rnatib qo‘yishi mumkin.

Ba’zi insonlar vazifalar dispetcherini ishga tushirishni cheklab qo‘yadi va faqatgina istisnoli holatlarda, shunda ham faqat o‘zi ruxsatni belgilaydi.

Vazifalar dispetcheri qanday o‘chiriladi?

Quyidagi 4 qadam amalga oshiriladi:

1️⃣. ПускВыполнитьgpedit.msc buyrug‘i kiritiladi;

2️⃣. «Конфигурация пользователя» bo‘limida «Административные шаблоны» quyi bo‘limi tanlanadi;

3️⃣. Keyin esa «Система» bandida «Варианты действий после нажатия (Возможности) Ctrl+Alt+Del» quyi bandi tanlanadi;

4️⃣. «Удалить диспетчер задач» parametri uchun «Включена» qiymati belgilanadi.

Vazifalar dispetcherini qayta yoqish

Xuddi shu qadamlarni bajarish, lekin «Не задана» qiymatini belgilash lozim. Agar administrator qayd yozuvi (учетная запись)ga parol o‘rnatilgan bo‘lsa, begona kimsa sozlamalarni o‘zgartira olmaydi.

👨🏻‍💻@itspecuz
Hurmatli kanalimiz muxlis va muxlisalari!

Sizlarga bir iltimos bilan murojaat etmoqdamiz. Har kuni boshqa kanallar bilan o‘rtada reklama almashib turilishi haqida xabaringiz bor, bundan maqsad ikki kanal o‘rtasida kanal a’zolarini jalb etish. Lekin bu reklamalarga nisbatan sizning harakatingiz foydaliroq bo‘ladi deb umid qilamiz.

Barchamizda ozmi-ko‘pmi biz kabi IT-sohasiga qiziquvchi do‘stlarimiz, tanishlarimiz bor. Agar kanalimizdagi berilgan hech bo‘lmaganda 1 maslahat sizga yordam bergan bo‘lsa, bu do‘stingizga ham yordam berishi mumkin, shunga nima deysiz? Kanalda joylashtirilayotgan maqolalarning mazmuni haqida ular bilan bo‘lishib, ularni ham kanalga jalb etishingiz mumkin.

IT-sohasi muxlis va muxlisalari qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Zero, kelajak yuqori texnologiyalar tomonidadir.

Bunga o‘z fikringizni esa har doimgidek Like orqali qoldirishingiz mumkin.

Sizlarga katta rahmat deya, @itspecuz kanali ma’muriyati.
1👍1
​​#bilasizmi

😯 Sizda – sizni birov eslayotgani uchun emas, balki qovurg‘alararo mushaklar va diafragmaning sinxron mikologik qisqarishlari tufayli xiqichoq tutish holati kuzatiladi. | Ты икаешь из-за синхронных микологических сокращений диафрагмы и межрёберных мышц, а не потому, что тебя кто-то вспоминает.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#internet #telegram

“Telegram” yangi imkoniyatlarga ega bo‘ldi

“Telegram” messenjeri ko‘pdan beri kutilgan yangilanishlarni chiqardi, endi, masalan, audio va videoxabarlarni ikki baravar tezroq eshitish va ko‘rish mumkin. Bu haqda ilova rasmiy saytiga asoslanib “Life.ruxabar bergan.

Yangiliklardan biri shuki, endi foydalanuvchilar o‘qilgan va o‘qilmagan chatlarni belgilay olishadi. Yana bir yangi funksiya esa jo‘natilgan foto va videolarni tahrir qilish imkonini beradi. Formatlash menyusida esa xabar matniga “havola qo‘shish” yorlig‘i paydo bo‘ldi.

“Android”lar uchun hali yetkazilmagan xabarlarni o‘chirish va xabarlar prevyusini (oldindan ko‘rish) ochish funksiyasi kiritildi: buning uchun umumiy ro‘yxatdagi foydalanuvchi avatarida barmoq bosib turiladi.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
😱2
#bilasizmi #smartfon

Nega samolyotda telefonni parvoz tartibiga o‘tkazish kerak?

Umrida jilla qursa bir marta bo‘lsin, samolyotda uchib ko‘rganlar shu savolga javob izlashgani tayin. Samolyotda uchmaganlarga ham qiziq-da: mobil telefondagi “Parvoz” (“Rejim polyota”, “Airplane Mode”) funksiyasi nega kerak? Savolimizga javobni “Merkur.desaytidan topdik.

Ko‘plar mobil signal samolyot bortidagi texnikalar ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va uchuvchilar boshqarishda qiyinchiliklarga duch keladi deb o‘ylashadi. Qisman to‘g‘ri fikr.

Aslida hamma gap akustikada: sizning parvoz tartibiga o‘tkazmagan telefoningiz, planshetingiz yoki noutbugingiz rostdan ham uchuvchiga xalaqit berishi mumkin. Ammo bort texnikasi orqali emas.

Telefon karnay (kolonka)ga yaqinlashtirilsa chiqaradigan yoqimsiz tovush hammamizga tanish. Agarda yo‘lovchilar o‘z telefonlarini parvoz tartibiga o‘tkazishmasa uchuvchilar ham ana shunaqangi ovozni eshitishadi. Eng xavfli tomoni shuki, bu shovqinlarni deb uchuvchi muhim xabarni eshitmay qolishi mumkin. Shunday ekan, samolyotga chiqishdan oldin telefoningizda parvoz funksiyasini yoqib qo‘yishni aslo unutmang!

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
​​#mulohaza_uchun

😌 Boshqalarni baxtli qilish uchun dastlab o‘zingiz baxtli bo‘lishingiz kerak. | Нужно быть счастливым самому, чтобы сделать счастливыми других.

💡Bernxard Shlink | Бернхард Шлинк

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#smartfon #security

📱Smartfon batareyasiga xakerlar hujum qilishi mumkinmi?🔋

Astera.ruyozishicha, “Privacy Enhancing Technologies” simpoziumida o‘qilgan ma’ruzada xakerlar o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlarni nafaqat smartfondan, shuningdek, uning batareyasidan ham olishlari mumkinligi haqidagi g‘oya ilgari surilgan. Gap bu yerda smartfon qancha quvvat sarflagani haqida ketmoqda, kiberjinoyatchilar tok sarfiga qarab mobil qurilma foydalanuvchisi nima ishlar qilganini bilib olishlari mumkin. Masalan, smartfonda qanaqa ilovalar ishlatiladi, qanday matnlar yozilgan va hokazo.

Bu xavf qachonki smartfon begona qo‘lga yoki ta’mirga tushganda tug‘iladi. Albatta, bu tahdid ehtimoliy bo‘lib, hozircha amalda kuzatilgan emas.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#mulohaza_uchun

🤔 Ba’zan insonlar juda ko‘p o‘yga berilishadi, aslida esa shunchaki – yashash kerak. | Иногда люди слишком много думают, а надо просто жить.

💡Suqrot | Сократ

👨🏻‍💻@itspecuz