IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#test #operatsion_tizim

2️⃣6️⃣. 15 Kbayt necha bitga teng?

⚪️ 120000 bit
⚫️ 121440 bit
🔴 122160 bit
🔵 122880 bit

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #operatsion_tizim #security

2️⃣7️⃣. WinRAR dasturi yordamida fayl va papkalarni arxivlash jarayonida ularga parol qo‘yish mumkinmi?

⚪️ WinRAR dasturida bunday amal mavjud emas
⚫️ Yo‘q
🔴 Ha
🔵 Obyektlarni arxivlash vaqtida ularga parol o‘rnatish mumkin emas

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
#test #security

2️⃣8️⃣. Foydalanuvchining login va parollari, mahfiy ma’lumotlaridan foydalanish maqsadidagi internet-firibgarlik qanday nomlanadi?

⚪️ Axborotlarning ko‘rinishini o‘zgartirish
⚫️ Fishing
🔴 Xaker hujumi
🔵 Virus tarqatish

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #security

2️⃣9️⃣. Foydalanuvchi ish joyida bo‘lmagan paytda uning kompyuterini himoyalash mumkin bo‘lgan usulni ko‘rsating:

⚪️ Kompyuterni bloklash yordamida
⚫️ Tarmoq administratori yordamida
🔴 Internetni uzib qo‘yish
🔵 Kompyuterni o‘chirib qo‘yish

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #security

3️⃣0️⃣. Masofadagi va lokal hisoblash tizimi nazoratini qo‘lga olish (o‘z huquqini oshirish) yokn uni turg‘unligini buzish hamda xizmat ko‘rsatish qobiliyatini izdan chiqarish maqsadidagi harakatlar nima deb ataladi?

⚪️ Axborotlarning ko‘rinishini o‘zgartirish
⚫️ Fishing
🔴 Xaker hujumi
🔵 Virus tarqatish

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #security

3️⃣1️⃣. Qabul qilish hohishi bo‘lmagan shaxslarga tijorat, siyosiy va reklama ko‘rinishidagi xabarlarni (axborotlarni) ommaviy tarqatilishi qanday nomlanadi?

⚪️ Reklama
⚫️ Spam
🔴 SMS xabarlar
🔵 Makros

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #security

3️⃣2️⃣. Elektron hujjatdagi imzo nima deb ataladi?

⚪️ Kriptografik imzo
⚫️ Elektron raqamli imzo
🔴 Oddiy imzo
🔵 Shifrlash imzosi

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#mulohaza_uchun

🛣 Muammolardan xalos etuvchi yo‘lni izlamang – ularni hal qilishga yordam beruvchi yo‘lni izlang.

📝 Dilya Yenikeyeva

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi #excel

📊 Foydalanuvchi Excel dasturining 17 milliarddan ko‘proq katagini to‘lg‘azib chiqdi 😯

Twitter’da Golem ota taxallusi ostida qayd qilingan foydalanuvchi jadvallar bilan ishlashga mo‘ljallangan Microsoft Excel dasturining barcha – 17 mlrd 179 mln 869 ming 184 ta katagini to‘ldirib chiqdi. U buni amalga oshirish uchun 2 yil vaqt sarflagan.

Foydalanuvchining aytishicha, u barcha kataklarni maxsus skript (dastur) qo‘llamagan holda qo‘lda to‘lg‘azib chiqqan. Foydalanuvchi buning uchun barcha ustunlar va qatorlarni raqamlab chiqqan, so‘ngra ularning qiymatlarini ko‘paytirib, mos katakka kiritgan. Xabarovsklik blogerning xabarda ma’lum qilishicha, u buni “shunchaki qiziqish” sababli amalga oshirgan.

Natijada u yaratgan fayl 200 megabaytdan kattaroq chiqqan va uni ochish uchun naq 10 daqiqa kutish kerak bo‘ladi.

Excel dasturida hammasi bo‘lib 1048576 ta qator va 16384 ta ustun mavjud.

📝 Manba: Kun.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
🔥1
#test #word

3️⃣3️⃣. Microsoft Word hujjatidagi satr oralig‘i (intervali) ________.

⚪️ hujjatning abzaslari o‘rtasida vertikal masofa
⚫️ hujjatning satrlari orasidagi vertikal masofa
🔴 hujjatning quyi chegarasidan matnning boshigacha bo‘lgan masofa
🔵 hujjatning o‘ng chegarasidan matnning boshigacha bo‘lgan masofa

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #word

3️⃣4️⃣. Microsoft Word hujjatida havolani matn sifatida qo‘shish uchun ________.

⚪️ kerakli matnni yozib, uni belgilab, kontekst menyusini chaqirib, “Вставить гиперссылку” buyrug‘ini tanlab, ochilgan oynada manzil maydoniga havola kiritiladi
⚫️ kerakli matnni yozib, uni belgilab, “Вид” menyusida “Гиперссылка” buyrug‘ini tanlab, ochilgan oynada manzil maydoniga havola kiritiladi
🔴 kerakli matnni yozib, uni belgilab, “Вставка” menyusida “Ссылка на сайт” buyrug‘ini tanlab, ochilgan oynada manzil maydoniga havola kiritiladi
🔵 kerakli matnni yozib, uni ajratib, “Вставка” menyusidan “Гиперссылка” buyrug‘ini tanlab, ochilgan oynada manzil maydoniga havola kiritiladi

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #word

3️⃣5️⃣. Microsoft Word hujjatida diagramma yaratish ________ orqali amalga oshiriladi.

⚪️ “Вставка” panelidagi “Добавить диаграмму” tugmasi
⚫️ “Рисование” panelidagi “Добавить диаграмму” tugmasi
🔴 “Рисование” menyusidagi “Добавить диаграмму” tugmasi
🔵 Microsoft Word hujjatida diagramma yaratib bo‘lmaydi

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #word

3️⃣6️⃣. Microsoft Word hujjatida muayyan sahifasini chop etish uchun ________.

⚪️ Kerakli sahifani belgilab, “Стандартная” uskunalar panelidagi “Печать” tugmasi bosiladi
⚫️ “Стандартная” uskunalar panelidagi “Печать” tugmasi bosiladi va paydo bo‘lgan oynada chop etiladigan sahifa raqami ko‘rsatiladi
🔴 Fayl menyusida “Печать” tanlanadi va “Страницы” qismida chop etiladigan sahifa raqami ko‘rsatiladi
🔵 Microsoft Word dasturida faqat to‘liq hujjatni chop etish mumkin

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #word

3️⃣7️⃣. Microsoft Word hujjatidagi sahifalarni raqamlash uchun quyidagilardan qaysi birini bajarishingiz kerak?

⚪️ “Вставка” menyusida “Символ” buyrug‘ini tanlash va paydo bo‘lgan oynada “Проставить номера страниц”
⚫️ “Сервис” menyusida “Номера страниц” buyrug‘ini tanlash
🔴 Har bir sahifada raqamni alohida qo‘yish kerak
🔵 “Вставка” menyusida “Номера страниц” buyrug‘ini tanlash

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#mulohaza_uchun

😢 Agar qandaydir kutilmagan hodisa – bemulohazalik, jinoyat yoki baxtsizlik – kelajakdagi rejalaringni barbod qilayotgan bo‘lsa, hayoting butunlay vayron bo‘ldi deb xulosa chiqarma. Balki aksincha, sening omading kelgandir, ko‘p yillar o‘tib, ortingga nazar solganingda, agar taqdirning o‘zi aralashmaganida, senga shu baxtsizlik nasib qilgan yangi hayotni, seni kutishi mumkin bo‘lgan zerikarli, bir xillikdan iborat mavjudlikka alishmagan bo‘lardim, deb o‘zingga-o‘zing ta’kidlarsan. 😌 | Если какой-нибудь непредвиденный случай — безрассудство, преступление или несчастье — разрушает твои планы на будущее, не считай, что ты потерпел полное крушение в жизни. Может быть, тебе как раз повезло, и когда, много лет спустя, ты оглянешься назад, ты скажешь себе, что не променял бы новую жизнь, которую навязало тебе несчастье, на скучное, монотонное существование, ожидавшее тебя, если бы не вмешалась судьба.

Uilyam Somerset Moem | Уильям Сомерсет Моэм

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#android

Internetsiz Google Maps’dan foydalanish 🌎

Google Maps
— navigatsiya uchun eng mashhur va ishonchli xizmatlardan biri, lekin u ham kamchiliklardan xoli emas. Google Maps’ga nisbatan foydalanuvchilarning asosiy e’tirozlaridan biri, bu navigatsiyaning faqat Internet bilan ishlashi va joylashuvni aks ettirish uchun juda yaxshi signalni talab qilishidir. Siz uchun yaxshi xabar, Google xaritalarini oflayn rejimda ham ishlatish mumkin. O‘qishni davom eting va buni Android smartfonida qanday amalga oshirishni bilib oling.

Google Maps xaritalaridan internetsiz foydalanish uchun quyidagi qadamlarni amalga oshiring:

1️⃣ Google Maps ilovasini ishga tushiring;

2️⃣ Yuklanishi lozim bo‘lgan tuman toki joylashuvni toping;

3️⃣ Agar siz muayyan joyni izlagan bo‘lsangiz, ekranning pastki qismida nomlanishini ko‘rsatuvchi panel paydo bo‘ladi. Agar u bo‘lmasa, unda ushbu seksiyani ko‘rsatish uchun xaritaning biror joyida tugmani bosing va ushlab turing. Boshqa parametrlar ko‘rinishi uchun uning ustiga bosing;

4️⃣ So‘ngra Скачать’ga bosing;

5️⃣ Endi siz masshtabni kattalashtirish va kichraytirish orqali yuklanish sohasini mos tarzda kattalashtirishingiz yoki kichraytirishingiz mumkin;

6️⃣ Sizni qiziqtirayotgan sohani tanlaganingizdan so‘ng pastki burchakdagi Загрузить tugmasiga bosing.

Xaritalaringizni yuklab olganingizdan so‘ng, siz GPS orqali, xuddi onlayn versiyadagi kabi, lekin Internetdan foydalanmasdan harakatlanishingiz va marshrutlarni aniqlashingiz mumkin. Ko‘rib turganingizdek, barchasi go‘yatda oson va qulay.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

Pueblo De Nuestra Sen’ora La Reyna De Los Anjeles De La Porsinkula. Bu Los-Anjelesning rasmiy nomlanishi. | Пуэбло Де Нуэстра Сеньора Ла Рейна Де Лос Анжелес Де Ла Порцинкула. Так официально называется Лос-Анжелес.

👨🏻‍💻@itspecuz
#maslahat #internet

📶 UCELL dan aksiya

Ucelldan yana bir bor aksiya. *600# terib 33 so'm evaziga Telegram tarmog'i uchun 500 mb internet trafigini harid qiling. Aksiya muddati cheklangan. Batafsil: Ucell.uz

Qani Ucell ishlatadiganlar, salkam tekinga xarid qiling!

👨🏻‍💻@itspecuz