IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#mulohaza_uchun

Bo‘rilar to‘dasining harakati: birinchi uchtasi – qarigan yoki kasallari, ular oldinda yuradi va butun to‘daning harakat qilish tezligini belgilaydi. Agar ular orqada harakat qilsa, qolib ketadi va halok bo‘ladi. Ularning ortidan beshta kuchli bo‘rilar ketmoqda. O‘rtada esa – to‘daning boshqa vakillari, keyin esa – beshta eng kuchlilari. So‘nggi bo‘lib butun to‘dani nazorat qiluvchi to‘da yetakchisi ketmoqda. Eng qarilar ortda qolmasligi va bir-biriga yordam berish imkoniyati bo‘lishi uchun to‘da shu tarzda harakat qiladi.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi #internet

Google Translate yanada "kuchaydi"

Google kompaniyasi bundan o‘n bir yil ilgari ishga tushirgan Google Translate veb-xizmati bugun 100 dan ortiq tillarni tarjima qiladigan yirik tarjimon platforma sanaladi. Google yaqinda mazkur xizmatni bugungi yangi texnologiya bilan yanada kuchaytirdi.

Veb-xizmatiga neyro-tarmoq, ya’ni “aqlli tizim”larning tatbiq qilinishi natijasida, xizmat matnni tarjima qilishda yanada yuqori aniqlik va mazmunan aniqlikka erishdi. Bunday jihat hattoki uning offlayn talqinida ham saqlanib qoladi.

So‘nggi yillar mobaynida neyro-mashinali tarjima texnologiyasi Google Translate xizmatining onlayn-versiyasida qo‘llanib kelingan. 2018 yilning iyunidan esa “sun’iy intellekt” texnologiyasi ilovaning offlayn talqiniga ham joriy qilinmoqda. Ushbu ilova iOS va Android mobil operatsion tizimlarida avtonom rejimda ishlashi mumkin.

Foydalanuvchi mazkur xizmatga qancha ko‘p murojaat qilsa, tarjima shu qadar aniq hamda ravon bo‘lib boraveradi. Endi ilovani internetga ulash shart bo‘lmagani tufayli, ushbu xizmatdan sayohat chog‘larida ham foydalanish mumkin. Foydalanuvchi boshqalar bilan til topishishi yoki suhbat qurishda internet izlab yurmaydi.

“Neyronli tizim gapni qismlarga bo‘lib emas, yaxlit hamda lo‘nda tarjima qiladi. Tarjima to‘liq va mazmundor chiqishi uchun Google Translate asosiy e’tiborni tugal fikrga qaratadi. Natijada, gap-so‘zlardagi savodxonlik ancha oshgan”, — deydi Google kompaniyasi.

Google Translate — bugungi kunda sun’iy aql texnologiyasining imkoniyatlaridan foydalanayotgan yagona xizmat emas. 2018 yilda Microsoft Translator ham neyro-tarmoqlarni joriy qilish evaziga katta yutuqlarga erishgan.

Google Translate xizmatining takomillashgan talqinidan foydalanish uchun har bir foydalanilayotgan tilning leksik paketini o‘rnatish kerak bo‘ladi. Bunday lug‘atlarning o‘rtacha hajmi 35 dan 45 Mb’gacha bo‘ladi.

Shuhrat Sattorov Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​​​#maslahat

📌 Ishga kirish uchun suhbatdagi 5 psixologik metod

🔰 Ko‘pincha ish beruvchi nomzodni kiyinishiga qarab kutib oladi, shuning uchun izlanuvchi yaxshisi o‘ziga did bilan jiddiyroq kiyimni tanlagani ma’qul;

🔰 Suhbat paytida potensial ish beruvchining ko‘zlariga qarash, ijobiy taassurot qoldirish uchun doimo tabassumda bo‘lish lozim;

🔰 Ish beruvchining gapini bo‘lmaslik, unga diqqat bilan quloq solish lozim, ayniqsa gap kasbiy majburiyatlar haqida ketayotgan bir paytda;

🔰 Izlanuvchi o‘zini vazbin tutgan holda, hayolga berilmasdan, barcha yuzaga kelayotgan savollarga dadil javob berishi lozim;

🔰 Psixologlar suhbat paytida tez-tez “yo‘q” so‘zini ishlatmaslikni tavsiya etishadi, chunki bu ish beruvchining suhbatdagi izlanuvchi nomzodligi haqida asta-sekin salbiy xulosaga kelishiga zamin yasaydi.

👨🏻‍💻@itspecuz & @you_speaker
​​#word #excel #powerpoint #outlook

Microsoft korporatsiyasi Word, Excel va PowerPoint dizaynini yangilaydi

Microsoft korporatsiyasi Word, Excel, Outlook va PowerPoint’ning yangi versiyasi ishlab chiqilishi haqida e’lon qildi. Kompaniya saytida ma’lum qilinishicha, yangilanishlar dasturlar dizayniga taalluqli bo‘ladi, shuningdek sun’iy intellektni qo‘llash orqali qidiruv tizimi yaxshilanadi.

Xabarda aniqlik kiritilishicha, yangilanishlar kelasi bir necha oy ichida ishlab chiqiladi va ular “kuch-qudrat va oddiylik muvozanati asosidagi yangi ish madaniyati uchun” mo‘ljallangan.

Yangilanish birinchi navbatda Word’ning Office.com uchun veb-versiyasida bo‘ladi, iyun oyi oxirida foydalanuvchilar Windows uchun yangi Word, Excel va PowerPoint yangi versiyasini ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi. Yana bir oydan keyin Windows uchun Outlook ham yangilanadi, avgustda Mac uchun yangi Outlook paydo bo‘ladi.

📝 Manba: Kun.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #powerpoint

2️⃣0️⃣. Turli obyektlarni o‘z ichiga oluvchi taqdimotning ajralmas qismi bu ________.

⚪️ Varaq (лист)
⚫️ Slayd
🔴 Kadr
🔵 Rasm (рисунок)

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #powerpoint

2️⃣1️⃣. Bitta fayl shaklida yig‘ilgan slaydlar to‘plami bu ________.

⚪️ Ko‘rsatish (показ)
⚫️ Kadrlar (кадры)
🔴 Taqdimot (презентация)
🔵 Rasmlar (рисунки)

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #powerpoint

2️⃣2️⃣. F5 tugmasi PowerPoint dasturida qanday buyruqni amalga oshiradi?

⚪️ Ma’lumotlar (Справка) menyusi
⚫️ Slayd xususiyati
🔴 “Анимация” sozlamalari
🔵 Slaydlar namoyish etish

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #powerpoint

2️⃣3️⃣. Microsoft PowerPoint da imloni tekshirish uchun ________ tugmasi bosiladi.

⚪️ F7
⚫️ F5
🔴 F6
🔵 F3

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #powerpoint

2️⃣4️⃣. Slaydlar namoyishi (слайд-шоу)ni to‘xtatish uchun ________.

⚪️ O‘ngga ko‘rsatkich tugmasi bosiladi
⚫️ Chapga ko‘rsatkich tugmasi bosiladi
🔴 Esc tugmasi bosiladi
🔵 Pastga ko‘rsatkich tugmasi bosiladi

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #powerpoint

2️⃣5️⃣. Qaysi tasma bo‘limi (вкладка)da “Диаграмма” buyrug‘i joylashgan?

⚪️ Показ слайдов
⚫️ Вставка
🔴 Вид
🔵 Формат

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

🤔 Agar fikrlar kechasi sizga uyqu bermasa, ularni yaxshisi yozib qo‘ying. Bundan boshingiz sokinlashib, uyqu yaqinlashadi. 😴 | Если мысли не дают уснуть ночью, запишите их. От этого голова станет более ясной и вас начнет клонить ко сну.

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
#excel #maslahat

Excel bilan 10 tezkor tryuk 🚀

Microsoft Excel’da murakkabligi bo‘yicha har xil masalalarning yechimi — tez, oddiy va asosiysi gifkalarda!

Ko‘pincha MS Excel’da boshlang‘ich foydalanuvchilar bizga jadvallar bilan ishlashni tezlashtirish, hayotni yengillashtiruvchi sirlar bilan bo‘lishish masalasida murojaat qilishadi. Bizda esa bunga javoban “Bir klikdagi sirlar” deb nomlash mumkin bo‘lgan, Excel uchun oddiy va tezkor yechimlar to‘plami yig‘ilib qolgan.

Keltirilgan 10 ta layfxaklarning barchasi Microsoft Excel’ning har qanday versiyasida ishlaydi. Harakatdagi rasmlarga nazar soling, o‘z kompyuterlaringizda ushbu harakatlarni takrorlab ko‘ring va elektron jadvallarning haqiqiy ustasiga aylaning!

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi #smartfon

🤳🏻 “Smartfon zombilari” uchun maxsus yo‘lak barpo etildi 🤕

Bugungi kunda kishilar tobora smartfonlarga o‘rganib, shu gadjetsiz tura olmaydigan bo‘lib qolishgan. Buning salbiy jihatlari ko‘p, ammo yo‘lda smartfondan foydalanish eng xavflisi bo‘lsa kerak.

Xitoyning Sian shahrida o‘z smartfonidan ko‘z uzolmaydiganlar uchun yo‘l chetida maxsus yo‘lakcha barpo etildi. Bu loyihaga qo‘l urilishining sababi – keyingi paytlarda “smartfon zombilari” bo‘lgan piyodalarning ko‘p jarohat olayotganligidir.

Ushbu maxsus yo‘lakcha boshqa rang bilan ajratilgan, asfaltda esa telefon rasmi tushirilgan. To‘g‘ri, u hozircha kichkina – eni 80 santimetr, uzunligi atigi 100 metrga teng. Kelajakda bu loyihani kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Uning yonida – yo‘lning “oddiy” piyodalar yuradigan qismida esa, ustiga chiziq tortilgan telefon surati chizilgan. Bu – mazkur yo‘lak displeyga emas, balki oyog‘ining ostiga qaraydiganlar uchun, deganidir.

Aytish kerakki, dunyoning boshqa shaharlarida ham shunga o‘xshash yo‘laklar qilingan. Masalan, Vashingtonda ham tajriba doirasida maxsus yo‘laklar barpo etilgan, Janubiy Koreya esa undan ham jiddiy ishlar boshlagan.

📝 DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
👎1
#javob #powerpoint

2️⃣3️⃣. Testga izoh va uning javobi:

Ushbu testda ko‘pchilik tavakkal F6 javobini tanlagan. Microsoft Office tarkibidagi dasturlarda esa Imloviy xatoliklarni tekshirish (Орфография) aslida F7 klavishi yordamida ekranga chaqiriladi.

👨🏻‍💻@itspecuz
#maslahat

DIQQAT! MUHIM SO‘ROVNOMA!

📱Sizningcha qaysi biri zo‘r - Android yoki iOS?

 Ushbu so‘rovnoma natijasi kimgadir o‘zi uchun smartfon tanlashida yordam berishi mumkin.🤝

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #operatsion_tizim

2️⃣6️⃣. 15 Kbayt necha bitga teng?

⚪️ 120000 bit
⚫️ 121440 bit
🔴 122160 bit
🔵 122880 bit

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #operatsion_tizim #security

2️⃣7️⃣. WinRAR dasturi yordamida fayl va papkalarni arxivlash jarayonida ularga parol qo‘yish mumkinmi?

⚪️ WinRAR dasturida bunday amal mavjud emas
⚫️ Yo‘q
🔴 Ha
🔵 Obyektlarni arxivlash vaqtida ularga parol o‘rnatish mumkin emas

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
#test #security

2️⃣8️⃣. Foydalanuvchining login va parollari, mahfiy ma’lumotlaridan foydalanish maqsadidagi internet-firibgarlik qanday nomlanadi?

⚪️ Axborotlarning ko‘rinishini o‘zgartirish
⚫️ Fishing
🔴 Xaker hujumi
🔵 Virus tarqatish

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #security

2️⃣9️⃣. Foydalanuvchi ish joyida bo‘lmagan paytda uning kompyuterini himoyalash mumkin bo‘lgan usulni ko‘rsating:

⚪️ Kompyuterni bloklash yordamida
⚫️ Tarmoq administratori yordamida
🔴 Internetni uzib qo‘yish
🔵 Kompyuterni o‘chirib qo‘yish

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #security

3️⃣0️⃣. Masofadagi va lokal hisoblash tizimi nazoratini qo‘lga olish (o‘z huquqini oshirish) yokn uni turg‘unligini buzish hamda xizmat ko‘rsatish qobiliyatini izdan chiqarish maqsadidagi harakatlar nima deb ataladi?

⚪️ Axborotlarning ko‘rinishini o‘zgartirish
⚫️ Fishing
🔴 Xaker hujumi
🔵 Virus tarqatish

👨🏻‍💻@itspecuz