IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#bilasizmi

🏗 Dunyodagi eng uzun osma ko‘prik. Uzunligi 439 metr. Rossiya, Sochi. 🇷🇺| Самый длинный подвесной мост в мире. Длина 439 метров. Россия, Сочи

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

⚡️Chaqmoq o‘z tarqalish tezligi bilan Yerni bir soniyada sakkiz marotaba aylanib chiqishi mumkin. 🌏 | Скорость распространения молнии такова, что она может за секунду обежать Землю восемь раз.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi #internet

Telegram’ni kod-parol yordamida himoya qilishni bilasizmi?

O‘zining mustahkam maxfiylik siyosati bilan tanilgan Telegram foydalanuvchilarning yozishmalarini shifrlab, begona ko‘zlardan yashirishini bilamiz. Bundan tashqari, siz o‘z qurilmangizdagi messenjeringizni kod-parol orqali qulflab qo‘yishingiz ham mumkin.

Aytish kerakki, mazkur himoya usuli ushbu messenjerning mobil ilovasida ham, kompyuter va noutbuklarga mo‘ljallangan Telegram Desktop dasturida ham amal qiladi. Shuningdek, agarda smartfoningizda daktiloskopik datchik mavjud bo‘lsa, undagi Telegram klientining qulfini parol o‘rniga barmoq izingiz bilan ochiladigan qilib qo‘yishingiz ham mumkin.

Demak, Telegram’ni kod-parol yordamida muhofaza etish uchun quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak:

1. Ilovaning menyusi orqali uning asosiy “Sozlamalar”iga – “Настройки”ga kirasiz;

2. “Maxfiylik va xavfsizlik”, ya’ni “Приватность и безопасность” (yoki “Конфиденциальность и безопасность”) bo‘limiga o‘tasiz;

3. Shu joydagi “Kod-parolni o‘zgartirish”“Изменение код-пароля” (mobil ilovada esa “Kirish kodi”“Код доступа”) bandini tanlaysiz.

4. Buyog‘iga o‘zingiz kod yoki parol o‘rnatib olishingiz mumkin, faqat uni esda saqlang.

O‘QING: Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?

Shuningdek, ayni shu yerda avtomatik bloklanishni yoqib qo‘yish ham mumkin – bunda ma’lum muddat Telegram nofaol holatda qolib ketsa, ilova o‘z-o‘zidan qulflanib qoladi. So‘ng undan foydalanishni davom ettirish uchun kod-parolni terish talab etiladi. Avtomatik bloklanish muddati uchun esa 1 daqiqa, 5 daqiqa, 1 soat yoki 5 soat variantlari taklif qilinadi.

Bulardan tashqari, Telegram’dan skrinshotlar olishni ta’qiqlash va ruxsat berish sozlamalari ham shu yerda joylashgan.

Kod-parol o‘rnatib qo‘yganingizdan so‘ng, chatlar ro‘yxati ustida qulf shaklidagi belgicha paydo bo‘lib qoladi – ilovaning bloklanishini o‘sha orqali sozlaysiz. Shu qulfning ochiq yoki yopiqligiga qarab, Telegram navbatdagi ochilishida kod-parolni terish talab etiladi yoki shundoq ochilaveradi.

Darvoqe, kod-parol o‘rnatilgan Telegram Desktop dasturini tezkorlik bilan qulflash uchun “CTRL+L” klavishlarini birgalikda bosishingiz mumkin. Bu usul Windows va macOS tizimli kompyuterlarda bir xil ishlaydi.

DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi #maslahat

‼️ DIQQAT, DIQQAT! ‼️

2018-yilgi Jahon chempionatiga bag‘ishlangan Viktorinaga start berilmoqda!

Mundialda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv natijalarini taxmin qilib, quyidagi qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritishingiz mumkin:

1-o‘rin: Xiaomi Mi 6;
2-o‘rin: Jahon chempionati rasmiy to‘pi;
3-o‘rin: istalgan JCh ishtirokchi jamoasining futbolkasi.

Viktorinada ishtirok etish bepul.

Buning uchun quyidagi botni faollashtiring:

👉 @WorldCupUzBot 👈

Viktorinada qatnashing va Jahon chempionatini yanada qiziqarliroq o‘tkazing! Sizga omad tilaymiz!

Hurmat bilan, tashkilotchilar:

@FutbolTVHD
@vodiybozor
@xushnudbek

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#mulohaza_uchun

🙋🏻‍♂️Kim bajarishni xohlasa – yo‘lini izlaydi, xohlamagan esa - sabab izlaydi. 💁🏻‍♂️ | Кто хочет делать — ищет способ, кто не хочет — ищет причину.

Suqrot | Сократ

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
#test #word

1️⃣. “Главная” bo‘limida matnning orqa foni rangini o‘zgartirish uchun qaysi tugma ishlatiladi?

⚪️ Заливка
⚫️ Цвет выделения текста
🔴 Фон
🔵 Цвет шрифта

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
#test #word

2️⃣. Qaysi klavishlar kombinatsiyasi (yoki klavisha) joriy hujjatning nusxasini boshqa nom bilan, boshqa joyda yoki boshqa kengaytma bilan saqlashga imkon beradi?

⚪️ SHIFT+S
⚫️ SHIFT+F12
🔴 CTRL+S
🔵 F12

👨🏻‍💻@itspecuz
IT specialist
#test #word 1️⃣. “Главная” bo‘limida matnning orqa foni rangini o‘zgartirish uchun qaysi tugma ishlatiladi? ⚪️ Заливка ⚫️ Цвет выделения текста 🔴 Фон 🔵 Цвет шрифта 👨🏻‍💻@itspecuz
#javob #word

Testga izoh va uning javobi:
Ushbu testda ko‘pchilik noto‘g‘ri yo‘nalish tomon ketib qolgani sezilib turibdi, MS Word dasturining “Главная” bo‘limi (вкладка)da Фон degan tugma yo‘q, matn ortidagi fonni almashtirishda Заливка tugmasi qo‘llaniladi, shunda umumiy abzatsga nisbatan bir rang o‘rnatiladi.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

🇮🇹 Italiya davlati bayrog‘ini Napoleon Bonapart o‘ylab topganini bilarmidingiz?! | Вы знали, что государственный флаг Италии придумал Наполеон Бонапарт?!

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#maslahat #operatsion_tizim

Seer – Windows’da barcha turdagi fayllarni ochuvchi universal dastur

macOS tizimida fayllarni tezkor ko‘rish uchun qulay imkoniyat yo‘lga qo‘yilgan: probelni bossangiz bas – sizni qiziqtirayotgan fayl alohida oynada ochiladi. Windows’da bunday funksiya yo‘q, ammo sizga shu imkoniyatni bepul Seer utilitasi taqdim etadi.

Seer’ni ishlab chiquvchi saytidan ko‘chirib olish mumkin. O‘rnatganingizdan so‘ng bu utilita fon rejimida ishlaydi va deyarli har qanday turdagi fayllarni tezda ochish imkonini beradi.

Bildirishnomalar panelida (Панель уведомлений) Seer belgichasi turadi, uning yordamida dasturning sozlamalariga kirish mumkin. Shu yerda esa uning tilini tanlash, dasturni Windows’ning avtomatik yuklanuvchi ilovalari ro‘yxatiga qo‘shish hamda tezkor tugmachalarni o‘zgartirish imkoni mavjud.

Biror faylni Seer yordamida ochish uchun, uni provodnikda topish, sichqoncha yordamida tanlash va probelni bosish lozim – shunda provodnikdan yuqori oynada faylning ichidagilar aks etadi. Seer ofis hujjatlarini, tasvirlar, musiqa, video va hatto arxivlarni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Faqat yodda tuting – bu utilita chet fayl menejerlari bilan ishlamaydi.

Fayllarni Seer orqali tezkor ko‘rish imkoniyatlari macOS’dagidan ko‘ra kengroq. Mazkur utilita tezkor tugmachalar bilan ishlashni ham ko‘zda tutadi; ular faylning xususiyatlarini ko‘rish hamda qoida bo‘yicha (По умолчанию) tizimdagi shu tur fayllarini ochishga mo‘ljallangan dasturda ochish imkonini beradi. Fotosuratlar uchun Seer’da burish va masshtabini o‘zgartirish funksiyalari mavjud; musiqa va videofayllar uchun – oldinga-orqaga tezkor o‘tkazish va ovozini o‘chirib qo‘yish; PDF fayllarida esa – matnni kengligi bo‘yicha tekislash kabi imkoniyatlar taqdim etiladi.

Seer to‘liq barqaror tarzda ishlashi kishini hayratga soladi; ishlab chiquvchilar uning bir necha o‘nlab fayl turlarini qo‘llab-quvvatlashi uchun ancha ter to‘kkanlari ko‘rinib turibdi. Umid qilamizki, Microsoft kompaniyasi ham bunga e’tibor qaratadi va Windows 10 tizimida shunga o‘xshash biror funksiya joriy etadi.

Utilita Vista’dan boshlab, Windows’ning barcha versiyalarida ishlaydi. Agarda siz Microsoft’ning operatsion tizimiga macOS’dan “ko‘chib” o‘tgan bo‘lsangiz, Seer’siz ishlay olmasligingiz aniq. Avvaldan Windows’da kelayotgan foydalanuvchilarga ham u ma’qul keladi: axir, bu utilita yordamida har qanday faylni ochish oson-da!

Web-sayt: http://www.1218.io/

👨🏻‍💻@itspecuz
Seer-0.8.1.exe
24.5 MB
📥Marhamat, Seer dasturini yuklab oling!

PS: Bu Seer’ning so‘nggi versiyasi emas, biroq afzalligi: litsenziya talab etmaydi.

👨🏻‍💻 @itspecuz
#excel

Yacheykalarni mohirona birlashtirish usuli

Birlashtirilgan yacheykalar
– bu ko‘pincha bizga xalaqit beruvchi holat hisoblanadi. Ular tufayli turli xil muammolarga duch kelishimiz mumkin.

Agar bu bizga juda muhim bo‘lgan taqdirda, yacheykalarni birlashtirishni shunga o‘xshash holatda mohirona birlashtirish sozlamalari orqali amalga oshirishimiz mumkin. Buni qanday amalga oshirishni maqola ostidagi video orqali ko‘rib o‘rganishingiz mumkin👇🏻.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu video orqali keltirilgan maslahatimiz sizga foydali bo‘ladi, degan umiddamiz.

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #excel

3️⃣. Qanday funksiyalardan foydalanilganda, filtrlash paytida o‘zgarib turuvchi, ko‘rinadigan diapazon sonlarining yig‘indisini hisoblash mumkin?

⚪️ СУММ
⚫️ СУММ ва ПРОМЕЖУТОЧНЫЕ.ИТОГИ
🔴 СУММВД
🔵 СУММ ва АВТОФИЛЬТР

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #excel

4️⃣. Formula tarkibida qo‘llash uchun quyidagi keltirilgan havola (adres)lardan qaysi biri noto‘g‘ri?

⚪️ G:G
⚫️ $A1
🔴 A1$
🔵
$B:B

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

🍌Bananlar – ozuqa moddalarining eng yaxshi manbalaridan biridir. Ularning tarkibida yog‘ deyarli yo‘q, juda oz kaloriya, ko‘p miqdorda vitamin B6, kletchatka va kaliy bor. | Бананы – одни из самых здоровых источников питательных веществ. В них почти нет жира, очень мало калорий, много витамина B6, клетчатки и калия.

👨🏻‍💻@itspecuz