IT specialist
9.64K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#maslahat #telegram #internet

Xushxabar: Telegram’da qidirish osonlashdi

Ommabop Telegram messenjeriga yangi funksiyalar qo‘shildi, aniqrog‘i – qidirish funksiyasi boyitildi. Bu haqda Telegram Live kanali xabar bergan.

Endi bu messenjerdagi yozishmalarda o‘zingizni eslab (teg qilib) yozilgan xatlarni hamda sizning xabaringizga javob tarzida yozilganlarini izlab topish mumkin.

🏷 Maqola ostidagi jadvalda qidiruvda mazkur belgilar bilan nimalarni topishingiz mumkinligi ko‘rsatilgan.👇🏻🏞

Ko‘rib turganingizdek, sizni eslab yozilgan xabarni topish uchun izlash maydonchasiga @ belgisini yozishingiz kerak bo‘ladi. iOS tizimida esa @ belgisidan so‘ng bitta probel ham qoldirish zarur.

Yozishmadagi sizning biror xabaringizga javoban yozilgan xabarni topish uchun esa #m deb yozishingiz lozim.

DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#telegram #internet #maslahat

Telegram’ning Android-ilovasi yangilandi – endi begona kontaktlardan qutulish yanada oson!

Garchi muallifining vatanida bloklangan bo‘lsa-da, Telegram messenjeri hamon ishlamoqda. Buning ustiga, dasturchilar uning turli yangilanishlarida blokni aylanib o‘tish jihozlarini ham qo‘shib borishmoqda.

Jumladan, Telegram messenjerining Android-ilovasi 4.8.9 (1260X) stable talqinigacha yangilandi. Unda “yashil robotchali” qurilmalar foydalanuvchilari uchun quyidagi yangi imkoniyatlar qo‘shilgan:

1️⃣. Messenjerda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yangilangan. Masalan, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari aholisi Telegram-akkaunt ochish uchun 16 yoshdan kichik bo‘lmasligi kerak.

2️⃣. Telegram’da ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida endi kompaniyaning Maxfiylik siyosatining qo‘llanishiga rozilik berishingiz lozim. Uning matni https://telegram.org/privacy manzilida ham berilgan.

3️⃣. Telefoningizdagi “Kontaktlar” ro‘yxati bilan Telegram’dagisi sinxronlashib, orada chalkashlik kelib chiqayotganmidi? Kompaniya buning chorasini topdi – endi kontaktlarning yangilanishini bekor qilish hamda sinxronlashgan kontaktlarni o‘chirish mumkin! Mazkur funksiya ilovaning “Maxfiylik va xavfsizlik” – “Конфиденциальность и безопасность” sozlamalarida joylashgan.

4️⃣. Agarda siz “Maxfiy chat”larda havolalarni dastlabki ko‘rish funksiyasini yoqib qo‘ygan bo‘lsangiz, uni ham “Maxfiylik va xavfsizlik” sozlamalari orqali o‘chirish imkoni bor.

DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#maslahat

💧Suvni bir martadan ortiq qaynatib bo‘lmaydi, qayta qaynatilganida dioksin ajralib chiqadi, ushbu zaharli modda esa saratonni chaqiradi.

Yaqinlaringizni ham bu haqida ogohlantirishni unutmang!

👨🏻‍💻@itspecuz
👎2
​​#bilasizmi

💿 DVD disk yo‘lakchasining uzunligi 12 kilometrni tashkil etadi.

👨🏻‍💻@itspecuz
1 июня мы традиционно отмечаем День защиты детей. Сотрудники Почты Mail.Ru проверили, можно ли простыми словами рассказать детям о современных технологиях. Дети тоже проверили сотрудников Почты на сообразительность, и вот что из этого получилось 👇🏻🎞
​​ ​​ Java dasturlash tilini o’rganishingizga 10 ta sabab

📎Batafsil

👤 Administrator
📢 Kanalga ulanish
#bilasizmi #excel

📋 Rasmdagi belgilangan yacheykalar - yacheykalar diapazoni deb ataladi!

👨‍💻@informatika
#excel #maslahat

Excel sahifalari va kitobidan himoyani olib tashlash 🔓

Qisqacha ma’lumot: Makros Excel sahifalari (лист) yoki kitobidan (книга) erkin foydalanish uchun tez va oson sharoit yaratishda qo‘l keladi. Shunchaki tugma bosiladi, kerakli fayl tanlanadi va makros oldindan o‘rnatilgan parolni olib tashlagan holda tanlangan faylning nusxasini yaratib beradi.

👉🏻 Batafsil ma’lumot

📎 Maqolada so‘z yuritilgan faylni yuklab olish uchun havola.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
unprotect-excel.rar
26.7 KB
1. Yuqoridagi maqolada tavsiflangan makrosni yuklab oling;
2. Arxivdan alohida papkaga ajratib oling;
3. Faylni ishga tushiring;
4. Включить содержимое tugmasiga bosing;
5. Omad, foydalaning!
​​#bilasizmi

• Agarda Yer mutlaqo tekis bo‘lganida, u 3km chuqurlikdagi suv qatlami bilan qoplangan bo‘lar edi 🌏.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi #maslahat

UMS’dan xushxabar: ikkita yillik tarif!

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan uyali aloqa operatorlari orasida Universal Mobile Systems (UMS) kompaniyasi bu yil ancha faollik ko‘rsatmoqda. Jumladan, 2018 yilning bahor oylarida yurtdoshlarimiz uchun to‘qqizta, sayyohlar uchun ham bitta yangi tarif rejasini ishga tushirdi.

Yozning boshidanoq bu kompaniya o‘z mijozlari uchun yana ikkita yangi tarifni e’lon qildi. Ularda abonentlar bir yillik muddatga to‘lov qilishadi va har oy tegishli hajmda daqiqalar, SMS-xabarlar va megabaytlar limitini olib turishadi. Shunga mos tarzda ular «Premial yillik» va «Ideal yillik» deb nomlangan (aniqrog‘i – kompaniya rasmiy saytining ruscha bo‘limida ular «Премиальный годовой» hamda «Идеальный годовой» deb ko‘rsatilgan, o‘zbekcha bo‘limiga esa hozircha – 6 iyun, soat 10:00 gacha bu xabar joylanmagan).

«Premial yillik» tarifida yillik abonent to‘lovi 630 000 so‘mga teng bo‘lib, unda abonentga har oyda O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 1000 daqiqa, 1000 SMS-xabar hamda 3000 megabayt hajmida limit taqdim etiladi.

«Ideal yillik» tarif rejasining yillik abonent to‘lovi esa 1 050 000 so‘mni tashkil etadi. Unda O‘zbekiston bo‘yicha muloqotlar uchun chiquvchi 2000 daqiqa va 2000 SMS-xabar, shuningdek, 4000 megabayt hajmida internet-trafik beriladi.

Ushbu tarif rejalarining shartlari va boshqa ma’lumotlar bilan batafsil tanishish uchun UMS rasmiy saytiga o‘tishingiz mumkin.

📝 DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

🤔 Inson – o‘z fikrlarining mahsulidir. U nima haqida o‘ylasa, oxir-oqibat shunga aylanadi.| Человек — продукт своих собственных мыслей. О чем он думает, тем он и становится.

👨🏻‍💻@itspecuz & @norbekovclub
​​#bilasizmi

Zo‘r yangilik — PayPal yaqin bir oy ichida O‘zbekistonda ishlay boshlashi mumkin. UzCard rahbari Ahror Mahmudovning ma’lum qilishicha, kompaniya O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishni juda istayotgan ekan. Qiwi, «Яндекс.Деньги» va Webmoney esa allaqachon UzCard bilan kelishuvlarni imzolab bo‘lgan.

Ahror Mahmudov shunday va’da beryapti: «Ishonch bilan aytishim mumkinki, yaqin bir oy ichida biz to‘rttala servisdagi karmonlarni so‘m bilan to‘ldirish imkonini beruvchi xizmatlarni ishga tushiramiz».

Aytishlaricha, PayPal, Qiwi, «Яндекс.Деньги», Webmoney’dagi onlayn-karmonlarni naqd pul bilan, terminallar va infokiosklar orqali, shuningdek, UzCard kartasini ulab qo‘yish orqali onlayn-rejimda ham to‘ldirish mumkin bo‘ladi. Xizmat haqi 1 foiz atrofida bo‘ladi, deyishyapti.

Bu nima degani? Bu — naqd so‘mingizni bankomatga tiqib, kartochkangizga, istasangiz darhol PayPal yoki Webmoney’dagi hisobingizga tushirib, AliExpress, Amazon yoki boshqa bir xorijiy onlayn-do‘kondan istalgan narsani sotib olishingiz mumkin bo‘ladi, degani. Qandaydir vositachilarga yalinib, aldanib yurishga, 10 so‘mlik narsaga 15 so‘m to‘lashga hojat yo‘q, degani. Zo‘r-ku axir!

👨🏻‍💻@itspecuz & @davletovuz
​​#bilasizmi

🚀 AMD Ryzen Threadripper 2 protsessorlarini taqdim etdi. Eng yuqori parametrli varianti 32 yadro va 64 lik oqim bilan jihozlangan💪! Avvalgi rekord, 28 yadroli Intel protsessoriga tegishli edi.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi #internet #smartfon

📱O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda yuqoriladi 🌐

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni e’lon qildi. Unda 2018 yilning may oyi yakunlari bo‘yicha dunyo bo‘ylab simsiz va simli internet tezligi bo‘yicha ma’lumotlar bor.

Spot’ning yozishicha, O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha ikki pozitsiyaga yuqoriladi ↗️ va endi 125 o‘rindan 113-pog‘onani egallab turibdi (8,91 Mbit/s).

Mamlakat simli internet tezligi bo‘yicha avvalgi pozitsiyada qolgan - 135 o‘rindan 128-pog‘onada, biroq tezlik o‘sgan ↗️ - apreldagi 6,78 Mbit/s.dan 6,82 Mbit/s.gacha.

Mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda Norvegiya (62,70 Mbit/s) yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Singapur simli internet bo‘yicha eng tez internetga ega (170,99 Mbit/s).

📝 Kun.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi #internet #smartfon

📱Eng arzon mobil internetga ega davlatlar ma’lum qilindi
🌐

Qozog‘isto
n eng arzon 🔽 mobil internetga ega davlatlar reytingida 4️⃣-o‘rinni egalladi. Bu haqda Content Review va “Вымпелком” hisobotida aytilgan.

Mamlakatda 1 GB'ning o‘rtacha narxi 6 332 so‘mga teng. 2018 yilning may oyida jahon bo‘ylab 1 GB narxi o‘rtacha 35 882 so‘mni tashkil qilgan.

Tadqiqotchilar ma’lumotiga ko‘ra, eng arzon 🔽 internet 1️⃣ Eron (690 so‘m), 2️⃣ Polsha (2,1 ming so‘m) va 3️⃣ Venesueladadir (2,9 ming so‘m).

Eng qimmati 🔼 esa - 1️⃣ Yaponiya (106 ming so‘m), 2️⃣ Janubiy Koreya (101 ming so‘m), 3️⃣ Shveysariya va BAAda (98,6 ming so‘m).

Ro‘yxatda O‘zbekiston yo‘q, Rossiya esa 8️⃣ o‘rinni egalladi (8,3 ming so‘m).

📝 Kun.uz

👨🏻‍💻@itspecuz