#bilasizmi #maslahat
Insonga so‘zsiz ishonib, siz oxir-oqibat ikkisidan biriga erishasiz: yoki bir umr o‘sha insonga, yoki bir umrlik darsga.
Lev Nikolayevich Tolstoy

#bilasizmi #maslahat #smartfon
UMS’ning barcha USSD-kodlarini bilib oling! (To‘liq ro‘yxat)
👉🏻 https://goo.gl/5rMMnf
👨🏻💻@itspecuz

Telegraph

Uyali aloqa operatorlarining mijozlari ularning ayrim xizmatlaridan foydalanish, biror tarifga o‘tish yoki tegishli ma’lumotlarni olish uchun USSD-so‘rov usulini qo‘llashadi. Ammo abonentlarning aksariyati USSD-kodlarning ikki-uchtasinigina biladi, xolos.…
#maslahat #mulohaza_uchun
Nomi ulug‘, suprasi quruq «qizil diplom» kimga kerak?
👉🏻 https://goo.gl/Th38g9
👨🏻💻@itspecuz
Nomi ulug‘, suprasi quruq «qizil diplom» kimga kerak?
👉🏻 https://goo.gl/Th38g9
👨🏻💻@itspecuz
Telegraph
Nomi ulug‘, suprasi quruq «qizil diplom» kimga kerak?
Xalq orasida «qizil diplom» atamasi bilan nomlanadigan diplomlarning rasmiy nomi aslida «imtiyozli» diplomdir. Oliy ta’lim muassasalarida «imtiyozli» diplomlar bakalavriatura bosqichida o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda katta yutuqlarga erishgan talabalarga…
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaymiz🎊
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyoda har yili nishonlanadi, 1949-yilning noyabr oyida Parijda Ayollar xalqaro demokratik federatsiyasi kongressi qarori bilan ta’sis etilgan bo‘lib, birinchi marta 1950-yilda nishonlangan.
Shu munosabat bilan Siz azizlarga xursandchilik, kulgular va samimiy bolalar quvonchi bayramiga g‘arq bo‘lishni tilab qolamiz 😊. Oilangiz mustahkam bo‘lsin, undagi birdamlik, ishonch va o‘zaro mehrga ilohim ko‘z tegmasin! Bola kulgusi doim yangrab tursin, yangi umidlar paydo bo‘lib, orzular amalga oshsin!
Hurmat bilan,
©IT-spec kanali ma’muriyati.

#maslahat #operatsion_tizim #internet #word
Xatoimizni to‘g‘rilaylik azizlar!
Ko‘pchilik operatsion tizim dasturlari yoki Internet tarmog‘idagi yozishmalarida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida kirill alifbosidagi Ў va Ғ harflarini yanglishib O’ va G’ ko‘rinishida yozadi. Ushbu xatolik ba’zida ko‘chadagi bannerlarda ham uchrab turadi, alam qiladigan tomoni esa buni katta-katta harflarda yozib qo‘yilganidir.
Aslida esa buning yozilishi quyidagicha – O‘ va G‘.
1️⃣. Barcha dasturlarda buni yozish uchun esa ALT+0145 klavishlari kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: ALT klavishini qo‘yib yubormagan holda NumLock panelidagi raqamlar kiritiladi va shundan so‘ng barmoq ALT klavishidan olinadi.
2️⃣. Microsoft Word dasturida esa buni kiritishning boshqa usuli mavjud, buning uchun CTRL+ ~ + ~ klavishlar kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: CTRL klavishini qo‘yib yubormagan holda Esc klavishi osti yoki o‘ng tomonidagi ~ (kirillcha Ё harfi) klavishiga ikki marta bosiladi va shundan so‘ng barmoq CTRL klavishidan olinadi.
Bundan oldin bunga unchalik ahamiyat bermay kelgan bo‘lsangiz, bundan keyin shu maslahatlar asosida ushbu harflarni to‘g‘ri kiritishga odatlanasiz degan umiddamiz.
Ushbu maslahatimizni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!

#maslahat #telegram #internet
Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?
Ba’zida messenjerdagi biror muhim yozishmani saqlab qo‘yish zarurati tug‘ilib qoladi. To‘g‘ri, buning uchun bir nechta skrinshot olish ham mumkin, biroq yozishmalar uzun bo‘lsa, skrinshot usuli noqulaylik tug‘diradi.
Shu kabi hollarda Telegram’dagi uzundan-uzoq yozishmalarni bitta fayl tarzida saqlab olish usulini “Сетевой Вестник” kanali tavsiya etgan.
Buning uchun sizga kompyuter (yoki noutbuk) hamda unga o‘rnatilgan Chrome yoxud Firefox brauzeri kerak bo‘ladi. Kerakli yozishmani saqlab olish uchun quyidagilarni amalga oshirasiz:
1. Brauzerda Telegram’ning veb-versiyasini (web.telegram.org) ochib, o‘z akkauntingizga kirasiz.
2. Kerakli yozishma (chat)ni tanlaysiz.
3. Yozishmaning qaeridagi xabardan boshlab nusxa olish kerak bo‘lsa, o‘sha yergacha varaqlab chiqasiz. Agar chat juda uzun bo‘lsa, eng birinchi xabarga borish uchun “Home” klavishini bosib ushlab tursangiz ham bo‘ladi.
4. Brauzer menyusiga kirib, “Chop etish” (“Печать”) funksiyasini tanlaysiz.
5. Chop etish variantlari orasidan “PDF holida saqlash” (“Сохранить в PDF”)ni tanlaysiz va yozishmani fayl ko‘rinishida saqlab olasiz.
Shu tariqa, yozishmadagi barcha xabarlar – undagi suratlari, stiker va smayllar bilan birga qulay PDF formatida bitta faylda saqlanadi.
DiMaX Terabayt.uz

Telegram
Сетевой Вестник
Доброе утро, читатели. Сегодня подготовили для Вас, полезный лайфхак о том как сохранить переписку в Telegram.
Ведь есть же случаи когда нужно сохранить важную переписку, конечно можно сделать несколько скриншотов. Но это не совсем удобно для длинных чатов.…
Ведь есть же случаи когда нужно сохранить важную переписку, конечно можно сделать несколько скриншотов. Но это не совсем удобно для длинных чатов.…
#maslahat #telegram #internet
Xushxabar: Telegram’da qidirish osonlashdi
Ommabop Telegram messenjeriga yangi funksiyalar qo‘shildi, aniqrog‘i – qidirish funksiyasi boyitildi. Bu haqda Telegram Live kanali xabar bergan.
Endi bu messenjerdagi yozishmalarda o‘zingizni eslab (teg qilib) yozilgan xatlarni hamda sizning xabaringizga javob tarzida yozilganlarini izlab topish mumkin.
🏷 Maqola ostidagi jadvalda qidiruvda mazkur belgilar bilan nimalarni topishingiz mumkinligi ko‘rsatilgan.👇🏻🏞
Ko‘rib turganingizdek, sizni eslab yozilgan xabarni topish uchun izlash maydonchasiga @ belgisini yozishingiz kerak bo‘ladi. iOS tizimida esa @ belgisidan so‘ng bitta probel ham qoldirish zarur.
Yozishmadagi sizning biror xabaringizga javoban yozilgan xabarni topish uchun esa #m deb yozishingiz lozim.

#maslahat #android #internet
Android’dan Android’ga kontaktlarni o‘tkazish
👉🏻 https://goo.gl/8rcDuZ
👨🏻💻@itspecuz
Android’dan Android’ga kontaktlarni o‘tkazish
👉🏻 https://goo.gl/8rcDuZ
👨🏻💻@itspecuz
Telegraph
Android’dan Android’ga kontaktlarni o‘tkazish
Yangi Android-smartfon xarid qilgach, unga eskisidagi kontaktlarni ko‘chirib o‘tkazish kerak bo‘ladi. Quyida shu ishni tez va oson amalga oshirishni ko‘rib chiqamiz. 1. Google akkaunti Kontaktlarni ko‘chirib o‘tkazish uchun bizga Google akkauntimiz kerak…
#telegram #internet #maslahat
Telegram Desktop 1.3 talqinida chiqdi – unda ko‘plab yangi imkoniyatlardan bahra oling!
👉🏻 https://goo.gl/r1iTN2

Garchi Rossiyada bloklangan, ko‘p hududlarda ba’zida muammolar bilan ishlayotgan bo‘lsa-da, Telegram jamoasi bu messenjerni takomillashtirishda davom etmoqda. Jumladan, yaqindagina uning “yashil robotchali” qurilmalar uchun taqdim etilgan klienti yangilangan…
#telegram #internet #maslahat
Telegram’ning Android-ilovasi yangilandi – endi begona kontaktlardan qutulish yanada oson!
Garchi muallifining vatanida bloklangan bo‘lsa-da, Telegram messenjeri hamon ishlamoqda. Buning ustiga, dasturchilar uning turli yangilanishlarida blokni aylanib o‘tish jihozlarini ham qo‘shib borishmoqda.
Jumladan, Telegram messenjerining Android-ilovasi 4.8.9 (1260X) stable talqinigacha yangilandi. Unda “yashil robotchali” qurilmalar foydalanuvchilari uchun quyidagi yangi imkoniyatlar qo‘shilgan:
1️⃣. Messenjerda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yangilangan. Masalan, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari aholisi Telegram-akkaunt ochish uchun 16 yoshdan kichik bo‘lmasligi kerak.
2️⃣. Telegram’da ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida endi kompaniyaning Maxfiylik siyosatining qo‘llanishiga rozilik berishingiz lozim. Uning matni https://telegram.org/privacy manzilida ham berilgan.
3️⃣. Telefoningizdagi “Kontaktlar” ro‘yxati bilan Telegram’dagisi sinxronlashib, orada chalkashlik kelib chiqayotganmidi? Kompaniya buning chorasini topdi – endi kontaktlarning yangilanishini bekor qilish hamda sinxronlashgan kontaktlarni o‘chirish mumkin! Mazkur funksiya ilovaning “Maxfiylik va xavfsizlik” – “Конфиденциальность и безопасность” sozlamalarida joylashgan.
4️⃣. Agarda siz “Maxfiy chat”larda havolalarni dastlabki ko‘rish funksiyasini yoqib qo‘ygan bo‘lsangiz, uni ham “Maxfiylik va xavfsizlik” sozlamalari orqali o‘chirish imkoni bor.

Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
👉🏻 https://goo.gl/ECQZ7h

O‘zbekistonda faol qo‘llaniladigan Telegram messenjerining kompyuter va noutbuklarga mo‘ljallab chiqargan ilovasi – Telegram Desktop ham juda ommabop. Bugun mazkur dasturda ayrim amallarni tezkor va oson bajarishga xizmat qiluvchi tugmachalar jamlanmalarini…
1 июня мы традиционно отмечаем День защиты детей. Сотрудники Почты Mail.Ru проверили, можно ли простыми словами рассказать детям о современных технологиях. Дети тоже проверили сотрудников Почты на сообразительность, и вот что из этого получилось 👇🏻🎞
#bilasizmi #excel
📋 Rasmdagi belgilangan yacheykalar - yacheykalar diapazoni deb ataladi!
👨💻@informatika

#excel #maslahat
Excel sahifalari va kitobidan himoyani olib tashlash 🔓
Qisqacha ma’lumot: Makros Excel sahifalari (лист) yoki kitobidan (книга) erkin foydalanish uchun tez va oson sharoit yaratishda qo‘l keladi. Shunchaki tugma bosiladi, kerakli fayl tanlanadi va makros oldindan o‘rnatilgan parolni olib tashlagan holda tanlangan faylning nusxasini yaratib beradi.
👉🏻 Batafsil ma’lumot
📎 Maqolada so‘z yuritilgan faylni yuklab olish uchun havola.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija

unprotect-excel.rar
26.7 KB
1. Yuqoridagi maqolada tavsiflangan makrosni yuklab oling;
2. Arxivdan alohida papkaga ajratib oling;
3. Faylni ishga tushiring;
4. Включить содержимое tugmasiga bosing;
5. Omad, foydalaning!

#bilasizmi
• Agarda Yer mutlaqo tekis bo‘lganida, u 3km chuqurlikdagi suv qatlami bilan qoplangan bo‘lar edi 🌏.
👨🏻💻@itspecuz
• Agarda Yer mutlaqo tekis bo‘lganida, u 3km chuqurlikdagi suv qatlami bilan qoplangan bo‘lar edi 🌏.
👨🏻💻@itspecuz
#bilasizmi #maslahat
UMS’dan xushxabar: ikkita yillik tarif!
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan uyali aloqa operatorlari orasida Universal Mobile Systems (UMS) kompaniyasi bu yil ancha faollik ko‘rsatmoqda. Jumladan, 2018 yilning bahor oylarida yurtdoshlarimiz uchun to‘qqizta, sayyohlar uchun ham bitta yangi tarif rejasini ishga tushirdi.
Yozning boshidanoq bu kompaniya o‘z mijozlari uchun yana ikkita yangi tarifni e’lon qildi. Ularda abonentlar bir yillik muddatga to‘lov qilishadi va har oy tegishli hajmda daqiqalar, SMS-xabarlar va megabaytlar limitini olib turishadi. Shunga mos tarzda ular «Premial yillik» va «Ideal yillik» deb nomlangan (aniqrog‘i – kompaniya rasmiy saytining ruscha bo‘limida ular «Премиальный годовой» hamda «Идеальный годовой» deb ko‘rsatilgan, o‘zbekcha bo‘limiga esa hozircha – 6 iyun, soat 10:00 gacha bu xabar joylanmagan).
«Premial yillik» tarifida yillik abonent to‘lovi 630 000 so‘mga teng bo‘lib, unda abonentga har oyda O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 1000 daqiqa, 1000 SMS-xabar hamda 3000 megabayt hajmida limit taqdim etiladi.
«Ideal yillik» tarif rejasining yillik abonent to‘lovi esa 1 050 000 so‘mni tashkil etadi. Unda O‘zbekiston bo‘yicha muloqotlar uchun chiquvchi 2000 daqiqa va 2000 SMS-xabar, shuningdek, 4000 megabayt hajmida internet-trafik beriladi.
Ushbu tarif rejalarining shartlari va boshqa ma’lumotlar bilan batafsil tanishish uchun UMS rasmiy saytiga o‘tishingiz mumkin.
📝 DiMaX Terabayt.uz