IT specialist
9.64K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#bilasizmi

Oddiy kitob matni ko‘rinishining aniqligi eng yaxshi kompyuter monitori ekranidagi matn ko‘rinishi aniqligidan 277 marotaba yuqoriroqdir.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​​​⚽️ Hurmatli kanalimiz muxlislari,
Sizlarni Chempionlar Ligasining ketma-ket 3-finalida g‘alaba qozongan Real Madrid CF 🥇 jamoasining g‘alabasi bilan tabriklaymiz!

🏆🏆🏆🏆🏆
🏆🏆🏆🏆🏆
🏆🏆🏆

 o‘yinda Sizlar qaysi jamoaga muxlislik qilgan edingiz?
​​#bilasizmi

📱Xiaomi kompaniyasi smartfonlar sotuvi bo‘yicha Yevropada 4-o‘ringa chiqib oldi.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

5Mb xotirali qattiq disk – 1956 yil.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

⌨️ Yekaterinburgda klaviaturaga atab o‘rnatilgan haykal mavjud.

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
​​#bilasizmi

💵 Dunyoda 2208 nafar milliarderlar mavjud.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

😴Tushlarning miqdori IQ’ga bog‘liq.
Olimlarning ta’kidlashlaricha, intellektimiz koeffitsienti qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik ko‘p tush ko‘rar ekanmiz.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi #maslahat

Bill Geytsning 10 qoidasi

91.6 milliard dollar mablag‘ga ega bo‘lgan biznes qiroli va taniqli Microsoft kompaniyasining asoschisi Bill Geyts muvaffaqiyatga erishguncha anchagina hayotning qiyinchiliklaridan o‘tgan. Endilikda biz ham uning eng muhim maslahatlarini o‘qib, ularni hayotimizda qo‘llashimiz va ulardan osonlik bilan foydalanishimiz mumkin. Demak, Bill Geytsning muvaffaqiyat sari 10 qoidasi quyidagilardan iborat:

1. Quvvat [energiya]ga ega bo‘lish

Agar siz muvaffaqiyatli, samarali va ma’noli hayot kechirmoqchi bo‘lsangiz, mehnat qilishga tayyor bo‘ling. Hayotda sizni har-xil sinovlar va qiyinchiliklar kutmoqda, demak ulardan yaxshi o‘tish uchun sizda yetarli darajada kuch-quvvat va g‘ayrat bo‘lishi kerak albatta.

2. Boshqalarga o‘xshamang

Agar boshqalardan ko‘proq natijaga erishishni istasangiz, demak ko‘pchilikka o‘xshamasligingiz kerak. Risk ya’ni tavakkal qilishdan qo‘rqmang, hattoki agar bu noto‘g‘ri yo‘l deb o‘ylasangiz ham. Shu bilan birga albatta oldindan hisob-kitob qilgan ravishda tavakkal qiling.

3. Qattiq mehnat qiling

Bu hammaga ma’lum narsa, izohga hojat yo‘q. Agar muvaffaqiyatli bo‘lishni istasangiz, mehnat qilishingiz kerak.

4. Kelajakni yarating

Hayolingizni, fantaziyangizni ishlatib kelajagingizni yarating. O‘z qudratingizga ishoning va amin bo‘ling. Dunyoga beradigan narsangizni o‘zingiz bilasiz, buni hammaga yetkazguncha to‘xtamang.

5. Ishingizdan rohatlaning

Agar hunaringizni yaxshi ko‘rmasangiz bir kun ham ishlaganday bo‘lmaysiz. Sizni ilhomlantiradigan odamlar bilan ishlang va har doim yangi maqsadlar sari harakat qiling.

6. O‘ynashga vaqt toping

Sizni tafakkur qilishga chorlaydigan hobbilarga qiziqing. Biz ko‘pincha bir uslubda oylashga odatlanamiz, hobbilar esa bizga yangicha fikrlashni, muammolarni boshqacha yo‘llar bilan yechishni o‘rgatadi.

7. Maslahat so‘rang

O‘zingiz havas qilgan odamlardan, sizni yaxshi biladiganlardan maslahat so‘rang. O‘z kamchiliklaringizni tushunishga harakat qiling, ko‘rinmayotgan narsalaringizga ahamiyat bering. Kerak bo‘lganda yordam so‘rashdan qo‘rqmang.

8. Yaxshi insonlarni tanlang

Muvaffaqiyatingizni odamlar bilan qurasiz, yoki buzasiz. Agar noto‘g‘ri odamlarni ishga olsangiz yoki noto‘g‘ri odamlar bilan birga bo‘lsangiz, istagan natijangizga hech qachon erishmaysiz. Sizni qo‘llab-quvvatlaydiganlarni toping va sizni doim harakat qilishga chaqiradigan odamlar bilan bo‘ling.

9. Ishni keyinga tashlamang

Keyinga tashlash – bu ijod qilishning qotilidir. Biznesda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun vaqtingizni to‘g‘ri va samarali rejalashtiring.

10. Hazilkash bo‘ling

Muvaffaqiyat sari yo‘l baland-pastliklardan iborat bo‘ladi. Agar hazil qilmasangiz, o‘zingizga-o‘zingiz kulmasangiz, uzoqqa bora olmasligingiz mumkin. Qanchalik boy yoki hurmatli bo‘lmang, doimo hazilni, yumorni esdan chiqarmang.

Siz ushbu qoidalardan qaysilarini qo‘llaysiz? Qaysi birini qo‘llamoqchisiz. Bu haqida mulohaza yuritib, yangi fikrlarni tez orada o‘z hayotingizga tadbiq qiling.

👨🏻‍💻@itspecuz & @boylik_sirlari
​​#bilasizmi #smartfon

📱Eng chidamli smartfon aniqlandi

Life.ruxabar berishicha, «Tom’s Guide» sayti ekspertlari yetakchi kompaniyalarning 12 xil smartfonini chidamlilik borasida sinovdan o‘tkazishdi. Bularning orasida eng mustahkami 1,2 — 1,8 metr balandlikdan yog‘och va beton yuzaga, suvga tashlanganda buzilmagan «Motorola Moto Z2 Force» smartfoni bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, shuncha sinovlardan so‘ng ham bu telefonning korpusi tirnalmagan. Ekrani ham darz ketmadi. Bu xususiyatlari smartfonga 10 imkoniyatdan 8,5 ball keltirdi.

Ikkinchi o‘rinda — «LG X Venture» (6,6 ball), uchinchi — «iPhone X» (6,2 ball).

«Samsung Galaxy S9» va «LG V30» 6 ball bilan reytingning o‘rtasiga joylashdi. «Motorola Moto G5 Plus» 5,1, «iPhone 8» 4,9 ball to‘pladi. Keyingi o‘rinlarni 4,3 ball to‘plagan «Galaxy Note 8», «Google Pixel 2 XL», «Huawei Mate 10 Pro» va «OnePlus 5T» smartfonlari egalladi.

📝 Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

Sizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid g‘oyalaringiz bormi? Ushbu sayt orqali siz axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid g‘oyalaringizni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziriga yuborishingiz mumkin👇

👨🏻‍💻@itspecuz & @informatika
​​#bilasizmi #maslahat

Insonga so‘zsiz ishonib, siz oxir-oqibat ikkisidan biriga erishasiz: yoki bir umr o‘sha insonga, yoki bir umrlik darsga.

Lev Nikolayevich Tolstoy
👍1
​​​​Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaymiz🎊

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyoda har yili nishonlanadi, 1949-yilning noyabr oyida Parijda Ayollar xalqaro demokratik federatsiyasi kongressi qarori bilan ta’sis etilgan bo‘lib, birinchi marta 1950-yilda nishonlangan.

Shu munosabat bilan Siz azizlarga xursandchilik, kulgular va samimiy bolalar quvonchi bayramiga g‘arq bo‘lishni tilab qolamiz 😊. Oilangiz mustahkam bo‘lsin, undagi birdamlik, ishonch va o‘zaro mehrga ilohim ko‘z tegmasin! Bola kulgusi doim yangrab tursin, yangi umidlar paydo bo‘lib, orzular amalga oshsin!

Hurmat bilan,
©IT-spec kanali ma’muriyati.
​​#maslahat #operatsion_tizim #internet #word

Xatoimizni to‘g‘rilaylik azizlar!

Ko‘pchilik operatsion tizim dasturlari yoki Internet tarmog‘idagi yozishmalarida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida kirill alifbosidagi Ў va Ғ harflarini yanglishib O’ va G’ ko‘rinishida yozadi. Ushbu xatolik ba’zida ko‘chadagi bannerlarda ham uchrab turadi, alam qiladigan tomoni esa buni katta-katta harflarda yozib qo‘yilganidir.

Aslida esa buning yozilishi quyidagicha – O‘ va G‘.

1️⃣. Barcha dasturlarda buni yozish uchun esa ALT+0145 klavishlari kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: ALT klavishini qo‘yib yubormagan holda NumLock panelidagi raqamlar kiritiladi va shundan so‘ng barmoq ALT klavishidan olinadi.

2️⃣. Microsoft Word dasturida esa buni kiritishning boshqa usuli mavjud, buning uchun CTRL+ ~ + ~ klavishlar kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: CTRL klavishini qo‘yib yubormagan holda Esc klavishi osti yoki o‘ng tomonidagi ~ (kirillcha Ё harfi) klavishiga ikki marta bosiladi va shundan so‘ng barmoq CTRL klavishidan olinadi.

Bundan oldin bunga unchalik ahamiyat bermay kelgan bo‘lsangiz, bundan keyin shu maslahatlar asosida ushbu harflarni to‘g‘ri kiritishga odatlanasiz degan umiddamiz.

Ushbu maslahatimizni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!

👨🏻‍💻@itspecuz
#maslahat #telegram #internet

Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?

Ba’zida messenjerdagi biror muhim yozishmani saqlab qo‘yish zarurati tug‘ilib qoladi. To‘g‘ri, buning uchun bir nechta skrinshot olish ham mumkin, biroq yozishmalar uzun bo‘lsa, skrinshot usuli noqulaylik tug‘diradi.

Shu kabi hollarda Telegram’dagi uzundan-uzoq yozishmalarni bitta fayl tarzida saqlab olish usulini “Сетевой Вестник” kanali tavsiya etgan.

Buning uchun sizga kompyuter (yoki noutbuk) hamda unga o‘rnatilgan Chrome yoxud Firefox brauzeri kerak bo‘ladi. Kerakli yozishmani saqlab olish uchun quyidagilarni amalga oshirasiz:

1. Brauzerda Telegram’ning veb-versiyasini (web.telegram.org) ochib, o‘z akkauntingizga kirasiz.

2. Kerakli yozishma (chat)ni tanlaysiz.

3. Yozishmaning qaeridagi xabardan boshlab nusxa olish kerak bo‘lsa, o‘sha yergacha varaqlab chiqasiz. Agar chat juda uzun bo‘lsa, eng birinchi xabarga borish uchun “Home” klavishini bosib ushlab tursangiz ham bo‘ladi.

4. Brauzer menyusiga kirib, “Chop etish” (“Печать”) funksiyasini tanlaysiz.

5. Chop etish variantlari orasidan “PDF holida saqlash” (“Сохранить в PDF”)ni tanlaysiz va yozishmani fayl ko‘rinishida saqlab olasiz.

Shu tariqa, yozishmadagi barcha xabarlar – undagi suratlari, stiker va smayllar bilan birga qulay PDF formatida bitta faylda saqlanadi.

DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
​​#maslahat #telegram #internet

Xushxabar: Telegram’da qidirish osonlashdi

Ommabop Telegram messenjeriga yangi funksiyalar qo‘shildi, aniqrog‘i – qidirish funksiyasi boyitildi. Bu haqda Telegram Live kanali xabar bergan.

Endi bu messenjerdagi yozishmalarda o‘zingizni eslab (teg qilib) yozilgan xatlarni hamda sizning xabaringizga javob tarzida yozilganlarini izlab topish mumkin.

🏷 Maqola ostidagi jadvalda qidiruvda mazkur belgilar bilan nimalarni topishingiz mumkinligi ko‘rsatilgan.👇🏻🏞

Ko‘rib turganingizdek, sizni eslab yozilgan xabarni topish uchun izlash maydonchasiga @ belgisini yozishingiz kerak bo‘ladi. iOS tizimida esa @ belgisidan so‘ng bitta probel ham qoldirish zarur.

Yozishmadagi sizning biror xabaringizga javoban yozilgan xabarni topish uchun esa #m deb yozishingiz lozim.

DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz