IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#bilasizmi

🇷🇺Rossiyaning shaharlaridan birida o‘quvchilarni qiz va o‘g‘il bolalarga ajratib o‘qitish kutilmagan natija berdi👦🏻👧🏻

2 yil avval Rossiyaning Biysk shahridagi 20-sonli maktabda 1-sinfga kelgan o‘quvchilarni qiz va o‘g‘il bolalarga ajratib o‘qitish bo‘yicha tajriba boshlangan. Ayni vaqtda bu sinflarning o‘quvchilari 2-sinfda ta’lim olishmoqda va o‘qituvchilar ushbu tajribaning natijalarini keltirib o‘tishga qaror qilishdi.

Natija esa ham o‘qituvchilarni, ham ota-onalarni hayratda qoldirdi. Birinchidan, ikkala sinfda ham fanlarni o‘zlashtirish darajasi oshgan. Ma’lum qilinishicha, aralash sinflarda “to‘rtchilar” va “a’lochilar” o‘rtacha 50 foizni tashkil qilsa, alohida sinflarda ancha yuqoriroq bo‘lgan: “qizlar” sinfida 89 foiz, “o‘g‘il bolalar” sinfida 65 foiz.

Ikkinchidan, aralash sinflarda darslarda 40 foiz o‘quvchilar faol bo‘lsa, alohida sinflarda deyarli hamma faol bo‘lgan. Ruhshunoslar bu muvaffaqiyatni ta’lim qizlar va o‘g‘il bolalar uchun tushunarli tilda olib borilishi bilan tushuntirishmoqda: qizlar turli taqinchoqlar, yumshoq o‘yinchoqlar, gullarni muhokama qilishsa, o‘g‘il bolalarga robotlar, sport, mashinalar va boshqa shunday mavzularda suhbatlashish qiziq.

Bundan tashqari, alohida sinflarda jinslar orasida, ya’ni qizlar va o‘g‘il bolalar orasida raqiblik yo‘q, umumiy sinflarda esa o‘g‘il bolalar e’tibor jalb qilish uchun qizlarni xafa qilishlari mumkin, biroq qizlar ham ulardan qolishmaydilar. Bu esa ta’limdan chalg‘itadi. Bir ruhshunosning e’tibor qaratishicha, qizlar o‘g‘il bolalardan farqli ishga sekinroq kirishadilar, biroq o‘g‘il bolalarga nisbatan bu ishdan uzoqroq “soviydilar”. O‘g‘il bolalarda esa biror mavzu yoki buyumga qiziqish tezroq so‘nadi.

Alohida o‘qitish bolalarning ijtimoiylashuviga xalaqit qiladi, degan taxminga kelinadigan bo‘lsa, mutaxassislar buni “cho‘pchak” deb atashmoqda. Chunki ularning ta’kidlashicha, bolalar baribir birga yashashadi, ko‘chada, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilishadi va hokazo. Tajribani 8-sinfgacha davom ettirishga qaror qilindi.

Manba: Kun.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
👍2
#operatsion_tizim #maslahat #security

Windows uchun Macrium Reflect dasturi qattiq disklarning zaxira nusxalarini yaratishda sizga yordam beradi 🗄

Barcha ma’lumotlari va sozlamalari bilan birga tizimni to‘liq nusxalash va bo‘lim (раздел)larning backup’ini hosil qilish.

Tizimni qayta o‘rnatish – bu aslida uzoq vaqt talab etuvchi jarayon emas. Aslida drayver va dasturlarni o‘rnatish uchun ko‘proq vaqtimiz sarflanadi. Windows’ni qayta o‘rnatganingizdan yoki qattiq diskni almashtirganingizdan so‘ng keraksiz ishlarni bajarishdan o‘zingizni halos etish maqsadida Macrium Reflect yordamida tizimning zaxira nusxalarini yaratib borishingiz mumkin.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

🚭 Garchi sigaret chekuvchi insonlarning 90% bu yomon odatni tashlashni istagani bilan, faqatgina 2-3% bu odatini tark etishga qodir.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#android

Android smartfoniga periferik qurilmalar qanday ulanadi? 🖨

Android operatsion tizimi turli xil kompyuter periferik qurilmalariga ulanishni qo‘llab-quvvatlashi haqida bilarmidingiz?

Bular esa:

fleshka,
qattiq disk,
sichqoncha,
klaviatura,
o‘yin kontrolleri,
karnaylar,
garnitura,
web-kamera,
printer,
modem
yoki umuman boshqa Android smartfoni bo‘lishi mumkin.

Bu uchun sizga shunchaki – OTG kabeli kerak bo‘ladi, uning bir uchi (microUSB) smartfonga, boshqa uchi (USB-host) esa tashqi qurilma ulanadi. Odatda qo‘shimcha drayverlar talab etilmaydi, smartfon gadgetni aniqlaydi va darhol u bilan ishni boshlashni taklif qiladi.

❗️Biroq, veb-kameraning ishlashi uchun USB Camera ilovasini yuklab olishingiz kerak bo‘ladi.

❗️Printerning to‘g‘ri ishlashi uchun PrintHard ilovasi mos keladi.

❗️Deyarli har qanday modemni smartfon bilan PPP Vidjet 2 do‘stlashtirib qo‘yishi mumkin.

👨🏻‍💻 @itspecuz
​​#bilasizmi

👾 Agar kompyuter virusi kompyuteringizga tushib qolsa, u o‘zini quyidagicha namoyon qiladi:

Ba’zi bir dasturlar ishlamaydi yoki yomon ishlay boshlaydi;

Ekranga noodatiy xabarlar yoki simvollar chiqa boshlaydi;

Kompyuterning ishlash tezligi ancha sekinlashadi;

Ba’zi bir fayllar buziladi, o‘zgaradi yoki kattalashadi;

Operativ xotiraning bo‘sh joyi qisqaradi;

Dasturlarning yuklanish vaqti sekinlashadi.

👨‍💻 @informatika
👍1
​​#bilasizmi

👨🏻‍🔧 Veb-dasturchilar bilan veb-dizaynerlarning farqi nimada? 👨🏻‍🎨

Ko‘p hollarda ish beruvchilar dasturchilar dizaynni ham yarata oladi, deb o‘ylashadi. Biroq har ishni o‘zining ustasi qilgani ma’qul. Veb-dizayner bilan veb-dasturchilar o‘rtasida farq bormi? Albatta, bor. Keling bu savolga oydinlik kiritamiz.

Veb-dizayner nima ish qiladi

Maket yaratadi, interfeysni quradi va mijozning veb-sayt bilan o‘zaro hamkorligini o‘ylab topadi — g‘oyani va tarixni chiroyli vizual dizaynga aylantiradi. Xuddi me’mor uyning rejasini tuzganidek, veb-dizayner ham sayt maketini yaratadi va hayotga tatbiq etadi.

Veb-dasturchining o‘rni qanday?

Veb-dasturchi veb-dizaynerning g‘oyasini maketga aylantirib ish mahsulotiga aylantiradi. Uning vazifasi — kelgusi resursning mijoz (frontend) yoki server qismini (backend) yaratadi. Yana full-stack dasturchilar ham bor — ular to‘liq ish ilovasini, ya’ni backend’ni ham, frontend’ni ham yaratadi.

Veb-dasturchi sayt dizaynini yarata oladimi?

Yaratadi, Lekin unga ishonish kerak emas. Dizayn bilan o‘zining mutaxassisi shug‘ullangani yaxshi.

Frontend-dasturchi kim?

Frontend-dasturchi dizayner tayyorlagan maket orqali saytning tashqi ko‘rinishini ishlab chiqadi, ishchi interfeys yaratadi. Odatda, foydalanish uchun HTML tili, CSS, JavaScript va turli freymvorklari qo‘llaniladi.

Backend-dasturchi kim?

Backend-dasturchi resursning server qismi bilan shug‘ullanadi. Backend bilan shug‘ullangan kishi server mantig‘ini yaratadi, ya’ni qanday qilib ishlashini tushunishi kerak. Ko‘pchillik veb-ilovalar ma’lumotlar bazasini ishlatadi. Shu bois backend-dasturchi ommabop MBBT (Ma’lumotlar bazalarini boshqaruv tizimi) bilan ishlashni bilishi kerak.

Full-stack dasturchi kim?

Full-stack dasturchi veb-dasturchining barcha bilimi va tajribasini egallagan bo‘lishi kerak, ya’ni frontend yo‘nalishida ham, backend yo‘nalishida ham birday ishlay olishi kerak. Hozirda full-stack dasturchilari sahifalovchi, mijoz va resursning server qismi, shuningdek ma’lumotlar bazasi va turli freymvorklar bilan ishlay olishi talab etiladi.

Saroy Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#android #smartfon

Android’da mobil internet tufayli balans hisobining nolga tushishini oldini olish⛔️

Chet elda sayohat qilayotganimizda biz ko‘pincha Internetga kirish uchun mahalliy SIM-kartalarni xarid qilishimizga to‘g‘ri keladi. Trafik paketi odatda ma’lum miqdordagi gigabaytlarda cheklangan bo‘ladi. Sarflangan hajm noxush syurprizga aylanmasligi uchun 3 oddiy qadamni amalga oshirgan holda mobil trafik sarfi uchun cheklov o‘rnatish mumkin. Buning uchun esa quyidagi harakatlarni amalga oshirish lozim:

1️⃣ Настройки → Беспроводные сети’ga kiramiz.

2️⃣ Передача данных menyusini tanlaymiz (smartfonning modeliga qarab aniq nomlanishi farq qilishi mumkin).

3️⃣ Unda Ограничение использования мобильного Интернета bandini topamiz.

4️⃣ Uning yonida maxsus belgi (галочка)ni o‘rnatgan holda, biz belgilangan limitga yetib kelganimizda modemning ma’lumotlarni uzatish (передача данных)ni to‘xtatishiga amin bo‘lishimiz mumkin. Ma’lumotlarni uzatish (передача данных)ning o‘chirilishi chegarasini pastroqda, trafik dinamikasini aks ettiruvchi grafikda o‘rnatishingiz mumkin.

❗️Endi siz balansning to‘satdan nolga tushib qolishidan qo‘rqmasdan, Internetdan ishonchli va qulay foydalanishingiz mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​☪️ Barchangizga ramazon oyi muborak bo‘lsin! 🕋

Assalomu alaykum AKT shinavandalari, kanalimiz kuzatuvchilari. Sizlarni ertangi boshlanadigan muborak Ramazon oyi bilan qutlaymiz!

Ushbu barokatli oyda barchamizga yaratgandan hidoyat, yaxshiliklar tilagan holda, oldimizga qo‘ygan ezgu maqsadlarimizga halol va to‘g‘ri yo‘l bilan yetishishni, bilim olish (zero, bilim olish ham ibodatdir) yo‘lida sabr, kuch-quvvat va teran tafakkur ato etishini tilab qolamiz. Barcha buyuklar hamda fozillar ta’kidlaganidek halollik, to‘g‘rilik bilan erishilgan natijalar bardavom va totlidir. Barchamizni ana shu halollikdan adashtirmasin!

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#maslahat

💻 Dasturchilikdagi 3 kunda o‘zlashtirsa bo‘ladigan ko‘nikmalar

Dasturchilik birmuncha murakkab, ayrimlar uchun hatto vahimali darajada qiyin ko‘rinadigan soha. Biroq unda ham oson o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan jihatlar mavjud.

Biz quyida, dasturchilikka qiziqqanlar uch kundayoq nimalarni o‘zlashtira olishlari mumkinligini sanab o‘tamiz. Ishtiyoq va ozroq qunt bo‘lsa, siz shularni o‘rganib olishingiz mumkin:

1️⃣. Linux

Linux bilan ishlash asoslarini uch kunda o‘rganish mumkin. Linux – eng keng tarqalgan, ommabop operatsion tizimlardan biri. Dasturchilikda asosan ushbu tizimdan foydalaniladi, ko‘pincha masofadagi serverlar uchun ham qo‘llanadi. Shuningdek, Kali Linux distributivi ko‘pincha axborot xavfsizligi sohasidagi mutaxassislar va xakerlar tomonidan ishlatiladi.

2️⃣. Versiyalar nazorati tizimi

Shuncha muddat mobaynida yana Versiyalar nazorati tizimi – VCS’lardan birini o‘zlashtirib olishingiz mumkin. Mazkur jihoz xatolardan saqlanishingizni kafolatlaydi. Chunki, agarda dasturdagi o‘zgartirishlar kerakli natijani bermasa, bir necha bosqich orqaga qaytishga to‘g‘ri keladi. Mana shu paytda VCS’lar rosa ish beradi.

3️⃣. Muhim resurslardan foydalanish

Agarda dasturlashga qiziqsangiz, Stack Overflow hamda uning ruscha analogi – Hashcode saytlarida profil ochib olganingiz ma’qul. Shundan keyin, mazkur savol va javoblar tizimlaridan foydalanishni o‘rgana boshlaysiz. U yerda kimdir foydali maslahatlar oladi, yana kimlardir bepul amaliyot o‘taydi.

4️⃣. JavaScript asoslari

Qisqa muddatda o‘rganish mumkin bo‘lganlardan yana biri JavaScript hisoblanadi. U Github’dagi eng ommabop dasturlash tilidir. Dasturchilikda Node.js paydo bo‘lganidan keyin, JavaScript nafaqat frontend uchun qo‘llanuvchi texnologiya sifatida, balki backend va konsol utilitalarini yaratishda ham faol qo‘llanmoqda.

5️⃣. Saralash

Uch kunda saralash algoritmlaridan birini o‘rganib olishingiz imkoni bor. Umuman olganda, tizimga solish hamisha ham ishni osonlashtiradi. Koderlar uchun esa u suv va havodek muhim.

6️⃣. Buyruqlar satrida ishlash

Dasturchining oddiy foydalanuvchidan farq qiluvchi jihatlaridan biri – buyruqlar satri bilan samarali ishlay olishidir. Siz ham buni o‘rganib olsangiz, ishingiz tezlashadi. Shuningdek, buyruqlar satrida ishlash masofadagi server bilan ishlash uchun eng kerakli malakalardan biridir.

🤔 O‘ylaymizki, dasturlashga qiziqsangiz va harakat qilsangiz, maslahatlarimiz sizga asqotadi. 👍

DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​Hayotni yangi sahifadan boshlash mumkin, faqat yozuvni o'zgartirish mushkuldir.

Paulo Koelyo

👨🏻‍💻@itspecuz
Кимки ёлғон сўзлашни тарк этмаса ва Аллоҳ қайтарган нарсалардан қайтмаса, рўза тутиб, емай-ичмай қўйгани билан рўзаси қабул бўлмайди. Аллоҳ унга раҳмат назарини ташламайди.

Имом ал-Бухорийнинг «Ал-жомеъ ас-сахих» китобидан.
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.cieuz.al_jome_as_sahih
#game

🕹Barcha geymerlar uchun qadrdon bo‘lishga ulgurgan Counter Strike o‘yini kodlari ⌨️

1️⃣. impulse 101 - 16000$ pul

2️⃣. give spaceweaponawp - Snayper

3️⃣. svaim - Snayper avtomatik nishonga oladi

4️⃣. svgravity 101 (-999 -999999) - Baland sakrash

5️⃣. glzmax[0-9999] - Devordan o‘tadigan o‘q

6️⃣. lambert -1.0001 - Qorong‘i joyni yoritish

7️⃣. clhidefrags 0 - Boshqa o‘yinchilarni ko‘rish

8️⃣. clforwardspeed 999 - Oldinga qarab tez yurish

9️⃣. clbackspeed 999 - Orqaga qarab tez yurish

1️⃣0️⃣. clsidespeed 999 - Joyidan tez qo‘zg‘alish

1️⃣1️⃣. +reload - Avto perezaryadkani yoqish

1️⃣2️⃣. -reload - Avto perezaryadkani o‘chirish

1️⃣3️⃣. mpc4timer [1-100] - Bombani vaqtini belgilash

1️⃣4️⃣. svclienttrace 9999 - Avtopritselni yoqish

1️⃣5️⃣. svclienttrace 0000 - Avtopritselni o‘chirish

1️⃣6️⃣. adjust crosshair - Pritsel rangini o‘zgartirish

1️⃣7️⃣. timeleft - Qolgan vaqtni ko‘rsatish

1️⃣8️⃣. crosshair [1-5] - Metkani qimirlatmasdan harakatlanish

1️⃣9️⃣. mpfreezetime [sekund] - O‘yin vaqtini kamaytirish

2️⃣0️⃣. mproundtime [3-15] - O‘yin raundlarini belgilash

2️⃣1️⃣. mptimelimit - O‘yin vaqtini sozlash

2️⃣2️⃣. mpfriendlyfire [0 yoki 1] - Sherikni o‘ldirish (friendly fire)

2️⃣3️⃣. mpfootsteps [0 yoki 1] - Qoldirilgan izni yoqish va o‘chirish

2️⃣4️⃣. svclienttrace 999999999 - Istagan o‘q aniq tegadi

2️⃣5️⃣. changelevel [map name] - Kartani o‘zgartirish

2️⃣6️⃣. give [weapon name] - Qurol olish

2️⃣7️⃣. skin [skin name] - Skinni almashtirish

2️⃣8️⃣. svstpsize (18-1000) - Devorga chiqadi

2️⃣9️⃣. botshovnav 1 - Botni qayerdaligini ko‘rsatish

3️⃣0️⃣. botsnipersonly - Botlarga snayper oldirish

3️⃣1️⃣. mplimitteams (2-1) - 10 kishiga 1 kishi qarshi

3️⃣2️⃣. botstop (0-1) - Botlarni to‘xtatish

3️⃣3️⃣. cllw (1-0) - Metkani kichraytirish

3️⃣4️⃣. svkniversonly - Botlarga pichoq oldirish

3️⃣5️⃣. botpistoletsonly - Botlarga pistolet oldirish

3️⃣6️⃣. svairclan - Tez yurish

3️⃣7️⃣. sv_cheats 1 - Pul

👨🏻‍💻@itspecuz & @android_4ik
👍6
#smartfon #android

Android ekranida barmoq tekkan joyni aks ettirish 👈

❗️
Dasturchilar uchun menyuning imkoniyatlari rukni ⚙️

Ekranda barmoq tekkan joyni aks ettirish kezi kelganda juda foydali funksiya hisoblanadi. Ushbu opsiya ilovalar va ko‘rsatmalarning turli sharhlarini video ko‘rinishida yozib olishda juda foydalidir. Bu videorolik tomoshabinlarining ekrandagi barcha barmoq tekkan nuqtalarni ko‘rib, muallifning aynan nima haqida fikr bildirayotganini tushunishida juda qulaydir. Ehtimol, kimgadir mobil qurilmaning ekranida barmoqlari bilan barcha tegingan nuqtalarni ko‘rib borish yoqimlidir.

Bu uchun esa quyidagi qadamlarni amalga oshirish lozim:

1️⃣. Dasturchilar menyusiga o‘tish (Для разработчиков) (bu menyuni faollashtirish haqidagi batafsil ma’lumot quyidagi maqolamizda keltirilgan).

2️⃣. Отображать касания (Показывать нажатия) bandini tanlash.

3️⃣. Bajarildi! Endi barmoqlaringizning ekrandagi harakati e’tiborsiz qolmaydi!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
​​#android #smartfon

Google Play’da ota-ona nazorati (родительский контроль)ni o‘rnatish👭

❗️Google Play layfxaklari rukni

Bolaning raqamli dunyodagi faolligining nazorati – zamonaviy ota-onalar uchun yangi mas’uliyat hisoblanadi. Bolalar, hali oyoqlarida mustahkam turishga o‘rganmaslaridan, “bir qatorga uchtasini” mohirona yig‘ish va MSQRD'da quyon quloqlarini rasmga o‘rnatib ko‘rishni mohirona bajarishadi – chetdan kuzatganda albatta quvonasan kishi. Biroq, do‘kon faqat bolalar auditoriyasi uchun mo‘ljallangan ilovalar bilan chegaralanmagan. Farzandingizni kutilmagan ma’lumotlardan himoya qilish uchun sizga quyidagi qadamlarni amalga oshirish lozim:

1️⃣ Google Play sozlamalari’ga kirish.

2️⃣ Личное bo‘limida Родительский контроль’ni faollashtirish.

3️⃣ Parametrlarni o‘zgartirish uchun pin-kod'ni belgilash va o‘z xohishingizga ko‘ra ularni sozlash.

‼️Endi siz 3 yoshdan boshlab 18 yoshgacha o‘yin va ilovalar kontenti uchun cheklanmalar qo‘yishingiz va shu bilan birgalikda normativ hisoblanmagan musiqani bloklashingiz mumkin. Ushbu sozlamalarni keyinchalik faqat Родительский контроль’ni faollashtirgan vaqtda siz ko‘rsatgan pin-kod orqali o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 @itspecuz
​​#maslahat

👨🏻‍🎓 — Ustoz, agar o‘zligingni anglasang, dono bo‘lasan deb aytgandingiz, ammo buni qanday qilib amalga oshirishim mumkin?

👨🏻‍🏫 — Dastavval, odamlardan sening kimligingni hal qilish huquqini tortib ol.

👨🏻‍🎓 — Qanday qilib, Ustoz?

👨🏻‍🏫 — Biri seni yomonlaydi, sen unga ishonasan va xafa bo‘lasan. Yana birov senga yaxshi ekanligingni aytadi, sen bundan xursand bo‘lasan. Seni maqtashadi yoki haqoratlashadi, ishonishadi yoki xiyonat qilishadi.

Toki ularda sening kimligingni yoki qanday ekanligingni hal qilish huquqi bor ekan, sen o‘zligingni anglay olmaysan.

Ulardan bu huquqni tortib ol.

Hattoki mendan ham.


👨🏻‍💻 @itspecuz