IT specialist
9.64K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​​​📍Будущее Telegram

Для нас, обычных пользователей Телеги и админов каналов, совершенно не принципиально - будет Telegram и далее заблокирован или решение о блокировке отменят. Наша любимая Телега продолжает работать. А признает ее существование правительство нашей страны или нет - не имеет значения.
Из-за шумихи, вызванной блокировкой, аудитория Telegram неуклонно растет. У наших каналов появляются новые читатели, которые тоже создают свои каналы... и так по кругу.
Телега развивается назло тем, кто пытается ее уничтожить💪🏻
@goodbiznes
👍1
#android

Android’da ishlovchi smartfonimizni tezlashtiramiz 🚀

❗️Dasturchilar uchun menyuning imkoniyatlari rukni ⚙️

Bugun biz Android’da ishlovchi smartfonimizni dasturchilar uchun menyuning Скорость системной анимации (Tizim animatsiyasi tezligi) kabi foydali funksiyasi yordamida tezlashtiramiz.

Bu Android’ning vizual ishlashini yaxshigina tezlashtirishga erishish imkonini beruvchi foydali opsiyalardan biridir. Gap shundaki, ba’zi ishlab chiqaruvchilar vau-effektlar poygasida qatnashib, operatsion tizimni haddan tashqari chiroyli animatsiya bilan og‘irlashtiradi.

Ushbu dasturchi uchun opsiyalar bo‘limida siz mustaqil tarzda animatsiyalar vaqtini sozlashingiz yoki umuman ularni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Natijada esa, tizim ishlashining ancha tezlashgani sizga bilinadi.

Buning uchun amalga oshiriladigan harakatlar ketma-ketligi:

1️⃣ Dasturchilar uchun menyuga o‘ting (bu menyuni faollashtirish haqidagi batafsil ma’lumot quyidagi maqolamizda keltirilgan).

2️⃣ Анимация окон, Анимация переходов, Длительность анимации bandlarini toping.

3️⃣ Barcha bandlarda Без анимации qiymatini o‘rnating.

‼️ Android’da ishlovchi smartfoningiz tezligi bilan yuz bergan o‘zgarishlardan zavqlaning!

Biz bilan birga bo‘ling!

👨🏻‍💻 @itspecuz
👍2
#smartfon #android #game

Android’da o‘yinlardagi grafika sifatini oshirish haqida 🕹

❗️
Dasturchilar uchun menyuning imkoniyatlari rukni ⚙️

Android haqidagi oldingi maqolamizda dasturchilar uchun menyuni qanday faollashtirishni bilib olgandik. Endi biz uchun ochilgan imkoniyatlardan qanday foydalanishni o‘rganish vaqti keldi! Va biz birinchi navbatda to‘xtaladigan mavzu bu – o‘yinlardir.

Agar sizda yetarli darajada samarali (lekin flagman bo‘lmagan) qurilma bo‘lsa va siz Google Play’dan yaxshi, lekin qurilma resurslariga juda talabchan o‘yinni yuklab olgan bo‘lsangiz, lekin o‘yin jarayonida bir soniyadagi kardlar miqdorining aks ettirilishi sizga ma’qul kelmasa, unda darhol pulingizni behuda sarflaganingizni o‘ylab hafa bo‘lishga shoshilmang. Chunki dasturchilar uchun menyuda OpenGL ES 2.0 ilovalarida MSAA-ni to‘rt baravar silliqlashni (сглаживание) faollashtirish mumkin.

Buning uchun Включить 4x MSAA bandini toping va uni faollashtiring.

Ushbu bandning faollashtirilishi sizga yanada sifatli renderlashga va oqibatda o‘yinlardagi eng yaxshi tasvirga erishishga yordam beradi.

‼️Faqat shuni ham bilingki, ushbu layfxak faqatgina detallashtirilgan grafika bilan ishlay oladigan, eng kuchli zamonaviy qurilmalarda ishlaydi, shuningdek smartfonning batareyadan ishlash vaqtini ham qisqartiradi.

👨🏻‍💻 @itspecuz
1👍1
​​#Android

Android’da ekran lupasini yoqish🔍

Ekran lupasi Android’da ekranning tanlangan sohasini kattalashtirish uchun ishlatiladi.

Ushbu funksiyani faollashtirish uchun quyidagi qadamlar amalga oshiriladi:

1️⃣ Все настройкиСпециальные возможности menyusiga kirish.

2️⃣ Ushbu funksiyani Экранная лупа yoki Жесты увеличения bo‘limida yoqish.

Shundan so‘ng ekranga uch marta tez bosish orqali masshtab kattalashadi.

Agar shuning o‘zi kamlik qilsa, unda rasmni an’anaviy pinch-to-zoom (ikki barmoqda cho‘zish) harakati bilan kattalashtirish mumkin.

Ekranda bir vaqtning o‘zida ikki barmoq bilan yurgizish orqali kattalashgan ekran bo‘ylab o‘tish mumkin.

❗️Uch marta bosish orqali klaviatura va navigatsiya panelidan tashqari ekranning barcha sohalari kattalashadi.

👨🏻‍💻 @itspecuz
👍1
​​#maslahat

🤧 Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aksirish burun teshigi hamda nafas muskullarining tebranishli harakati bilan havoni bir onda og‘iz va burundan chiqarish hodisasi.

Aksirish bilan vujudimizda:

Miya va yurak tomirlari kengayadi;
Ko‘zyoshi kanallari ochiladi;
Oddiy nafas olish bilan chiqmagan o‘lik havo chiqib ketadi;
Yurak millisoniyalar ichida to‘xtab, yana ishga tushadi (ya’ni, dam oladi);
Vujuddagi ba’zi zararli toksinlar tashqariga chiqib ketadi.

Ko‘pchiligimiz jamoat joylarida uyalib, tortinib kelgan aksani ortga qaytarishga urinamiz.

Vaholanki, aksirish qanchalik foydali bo‘lsa, uni qaytarib qolishning zararlari ham oz emas.

Misol uchun, kishi bir lahzada infarkt bo‘lib qolishi yoki vena qon tomirlari va o‘pkasi kuchli bosimdan yorilishi yo bo‘lmasa, miya tomirlarida tiqin yuzaga kelishi oqibatida falaj (insult) bo‘lib qolishi mumkin.

Demak, aksirishni qaytarishga hojat yo‘q, faqat odoblariga amal qilsak, kifoya.

Aksirish asnosida ko‘zlarning yumilishi ham biz uchun katta ne’matdir. Agar yumilmaganida, aksirish jarayonida ko‘zlar kosasidan chiqib ketishi mumkin.

Aksirgan paytimizda yurak bir muddatga ishlashdan to‘xtaydi.
Qo‘polroq qilib aytganda, o‘sha paytda biz qisqa muddatga o‘lib tirilamiz.

Ko‘rdingizmi azizlar shuning uchun xam musulmonlar shukronalik va musulmonligini tasdiqlab "ALHAMDULILLAH, XUDOGA SHUKUR" deyishlari bejiz emas ekan...

🌀 @UzTwit
​​#bilasizmi

🎉 Har yilning 8-mayida Coca-Cola o‘z tug‘ilgan kunini nishonlaydi 🎊

U 1886 yilda, farmatsevt Djon Pemberton siropning retseptini kashf etganidan keyin yuzaga kelgan. Ichimlikning nomlanishini Pembertonning hisobchisi – Frenk Robinson o‘ylab topgan. U o‘z qo‘li bilan keyinchalik logotipga aylangan “Coca-Cola” yozuvini qog‘ozga chiqargan. Ushbu voqealar Atlantada (AQShning Djordjiya shtati) sodir bo‘lgan. Hozirda u yerda kompaniyaning asosiy ofisi va dunyoning eng katta Coca-Cola muzeyi joylashgan.

Sirli tarkibi haqida

Coca-Cola’ning maxfiy retsepti - bu afsona bo‘lib, unda sir yo‘q degan fikr bor. Aslida esa bu sir haqiqatdan ham bor! Misol uchun, 1978 yilda kompaniya Hindistonning ko‘p millionli iste’mol bozoridan voz kechdi, chunki mahalliy amaldorlar ichimlikni sotishga ruxsat berish uchun ichimlikning to‘liq tarkibini oshkor qilishni talab etishgan. Oradan 15 yil o‘tgach, rasmiylar o‘z fikrlarini o‘zgartirishdi va Coca-Cola hind do‘konlaridaning rastalarida paydo bo‘ldi, ammo retsepti sirligicha qoldi. Jon Pembertonning qo‘li bilan yozilgan sirli formula uzoq vaqt davomida Atlanta shahridagi Sun Trust Bank’ning asosiy omborida saqlangan va 2011 yilda seyf ichidagi retsept bilan Atlanta shahridagi Coca-Cola muzeyiga ko‘chirilgan, u yerda istagan kishi ushbu seyfni kelib ko‘rishi mumkin. Biroq, kompaniyaning yuqori boshqaruvidan faqat ikki kishining quti tarkibidagi ma’lumotni bilishi mumkin.

👨🏻‍💻 @itspecuz
​​#bilasizmi

Agar klaviaturadagi Пуск klavishi ishlamasa CTRL+ESC klavishlarini bosgan holda Пуск menyusini ochish mumkin.

👨‍💻 @informatika
👍1
#bilasizmi #maslahat

🖥 Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari. 🏷

🔌 Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o’chirish tartiblari mavjud. Dastlab, kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin.

🔋 Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o’zgarishi, ayniqsa keskin o’zgarishlar xavfli bo’lishi mumkin. Shuning uchun, maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvati uzluksizligini ta’minlovchi - UPS (ingl. Uninterruptible Power Supply - uzluksiz quvvat manbai) qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o’zgarmas holda ishlab turadi hamda elektr manbai o’chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini ta’minlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir. Masalan, kerakli ma’lumotlarni diskka yozib qo’yish, yoki dasturlar ishini tugatish uchun va hokazo.

Do'stlaringizga ham ulashing.
👨‍💻 @informatika
​​🏵 Aziz kanalimiz obunachilari, barchangizni chin dildan 9-May - Xotira va qadrlash kuni bilan muborakbod etamiz!

🇺🇿 Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin. Ota-bobolarimizning ulug‘ Vatan urushidagi sa'y harakatlari mahsuli bo‘lmish hozirgi farovon hayotimiz bardavom bo‘lsin.

👨🏻‍💻 Hamyurtlarimizga cheksiz hurmat va ehtirom ila, @itspecuz kanali Ma'muriyati.
​​#android #smartfon #maslahat

Android smartfonida qancha vaqt sarflayotganingizni bilish usuli

Smartfonlar allaqachon hayotimizning bir qismiga aylanishga ulgurgan. Ularning yordamida siz butun dunyodagi yangiliklarni kuzatishingiz, do‘stlaringizga xabarlar yuborishingiz yoki o‘yin o‘ynashingiz mumkin. Ekranga tikilgan holda qancha vaqt sarflayotganingizni hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, odamlar smartfonlariga kuniga 5-6 soatgacha vaqtlarini sarflashadi. Bu juda katta raqam, lekin hammada ham shundaymikin? Aynan o‘zingiz smartfoningizga kuniga qancha vaqt sarflayotganingizni bilishingiz uchun juda foydali ilova hisoblangan – Quality Time’ni o‘rnatib olishingiz mumkin.

Ushbu dastur ekrandan ko‘z uzmasdan kuniga qancha vaqt sarflaganingizni va bu aynan qaysi ilovalarda sodir bo‘lganligini sizga ko‘rsatib beradi.

Ushbu ilovadan foydalanish juda oson.

Play Market’dam o‘z qurilmangizga Quality Time’ni o‘rnatib olganingizdan so‘ng siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:

Unga Facebook orqali kirish.

Yangi qayd yozuvini yaratish.

Umumun ro‘yxatdan o‘tish jarayonini o‘tkazib yuborish.

Quality Time’ni ishlatish uchun qisqacha qo‘llanmani ko‘rib chiqqaningizdan so‘ng, odatdagidek, smartfoningiz va ilovalaringizdan foydalanishga yana qaytishingiz mumkin. Ushbu ilovani bir necha kun yoki haftaga o‘z holicha qoldirib, keyinchalik o‘z statistik ma’lumotlaringizni tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Siz haftalar, muayyan bir kun yoki joriy kun uchun statistikani ko‘ra olasiz.

❗️Endi dasturlardan qaysi biri sizning vaqtingizni o‘g‘rilayotganini bilib olasiz va bu bilan keyinchalik nima qilish kerakligini hal qilishingiz mumkin.

👨🏻‍💻 @itspecuz
​​#bilasizmi

Sabzi ko‘zdagi charchoqni tez bartaraf etishga ko‘maklashadi.

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
​​📢 DIQQAT, O‘QUV KURSIGA MARHAMAT! 📢

📐 Autodesk AutoCAD dasturida professional tarzda ishlashni xohlovchilar uchun individual o‘quv kurslariga Sizlarni taklif etamiz. 📏 Istalgan paytda bizga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun 📞: +998(90)3709592, Najmiddin.
Manzil 📪: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 108-uy.

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #operatsion_tizim

Диспетчер задач Windows oynasini Windows 7 va undan keyingi versiyalarda CTRL+ALT+DELETE klavishlari yordamida chaqirish biroz noqulaydir, buning uchun Windows’ning har qanday versiyasi uchun CTRL+SHIFT+ESC klavishlarini bosish afzalroqdir.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#smartfon #maslahat

Smartfonni tunda quvvatlashga qo‘yib yotish xavflimi?

Tunda uxlashdan avval telefoningizni quvvatlashga qo‘yib qo‘yasiz, tonggacha batareyasi yuz foizga to‘lib, tayyorgina bo‘lib turadi. Zo‘r-a?

Hamisha ham emas

Gap shundaki, ko‘pincha biz bitta telefonni bir-ikki yil ishlatamiz, keyin yangisini olamiz. Bu muddatda esa foydalanuvchi akkumulyatorning sig‘imi kamayganini sezib ulgurmaydi. Agar siz ham bitta smartfondan ko‘p yillar davomida foydalanmaydigan bo‘lsangiz, uni tunda quvvatlashga qo‘yib uxlayversangiz bo‘ladi.

Bundan tashqari, tez-tez quvvatlantirib turish litiy-ionli batareyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda akkumulyatorning o‘zi tokka to‘lib-toshib ketishi emas, balki tez-tez quvvat olishi asosiy omildir.

Telefonlar uchun quvvatlash uskunalarini ishlab chiqaruvchi Anker kompaniyasining matbuot kotibi Edo Kampos ta’kidlashicha, akkumulyatorlar to‘lganidan keyin ortiqcha tok olmaydi.

Aslida smartfonlar aqlli qurilmalardir. Ular quvvatlanishni to‘xtatish vaqtini bilishadi.
Edo Kampos

Zamonaviy modellar akkumulyatorni ortiqcha to‘lib ketishdan himoyalovchi maxsus chiplar bilan jihozlangan. Shu bois, smartfoningizning o‘z jamlanmasida kelgan yoki unga to‘la mos tushuvchi quvvatlagich orqali tungi quvvatlanishga qo‘yish sababli aytarli zarar yetmaydi.

Ammo gap boshqa yoqda: quvvatlash jarayonining o‘zi smartfon batareyasiga salbiy ta’sir etishi mumkin.

Xo‘sh, nega endi?

Ko‘pchilik telefonlarda avvaldan o‘rnatilgan texnologiya – batareyasini tezkorlik bilan to‘ldirish funksiyasi mavjud. Simsiz quvvatlash sohasidagi Ossia kompaniyasi asoschisi, bosh ilmiy xodimi va texnik direktori Xatem Zeyne so‘zlariga ko‘ra, bu texnologiya qurilmalarning quvvatlash uskunasi kuchiga moslashib qolishiga olib keladi.

Elektr toki batareyaga modullangan ko‘rinishda yetib keladi, bunda litiy ionlarining qutbdan-qutbga harakatlanishi tezligini oshiradi va quvvatlanishni tezlashtiradi. Biroq bu jarayon litiy-ionli va litiy-polimerli akkumulyatorlarning tezroq to‘zishiga sabab bo‘ladi.

Smartfoningizni kuchaytirilgan tezlikda quvvatlash bilan siz batareyaning xizmat qilish vaqtini qisqartirasiz.
Xatem Zeyne

Yechimi bormi?

Agarda litiy-ionli batareyangiz ko‘proq vaqt xizmat qilishini istasangiz, u holda baquvvatligi kamroq gadjet uchun mo‘ljallangan quvvatlagichdan foydalaning, deydi Zeyne. Lekin bu ham batareyangiz umri uzayishiga kafolat bo‘la olmaydi.

Masalan, agarda IPad Pro’ni iPhone quvvatlagichi yordamida quvvatlasak, uning akkumulyatori juda ko‘p vaqtda to‘ladi. Muhandislarning ta’kidlashicha, aynan shu tarzda – sekinlik bilan to‘ldirish batareyaning xizmat muddatini uzaytiradi.
Xatem Zeyne

Agarda akkumulyatori uzoq vaqt xizmat qilsin, desangiz – smartfoningiz qizib ketishiga yo‘l qo‘ymang. Zero, yuqori harorat litiy-ionli batareyalarning tez to‘zib qolishiga olib keladi. Apple saytida ham, 35°C dan yuqori harorat «akkumulyatorning shikastlanishiga sabab bo‘lishi mumkin»ligi aytilgan.

Qanday quvvatlasak to‘g‘ri bo‘ladi?

Zeyne va Kampos ta’kidlashicha, tobora yangi smartfonlarga talab kuchayib borayotgan bugungi sharoitda, ularni tungi quvvatlantirish aytarli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Buning ustiga, so‘rovlar natijalariga ko‘ra, foydalanuvchilarning aksariyati o‘z telefonlarini ikki yil ichida almashtirishadi. Shu vaqt ichida ko‘pchilik batareyalarda to‘zish alomatlari sezilmaydiyam.

Shu bois, qadrdon qurilmangizni bemalol tunda ham quvvatlashga qo‘yib yotaversangiz bo‘ladi.

Biroq keyingi paytlarda akkumulyatorlar turli sabablarga ko‘ra qizib, yonib va hatto portlab ketishi haqidagi xabarlarga tez-tez duch kelayotirmiz. Shunday holatlarning oldini olish va yuz berganida ko‘riladigan choralar haqidagi maqolamiz bilan ham tanishib qo‘yishingizni tavsiya etamiz.

DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
​​#smartfon #android

📲 Google Play Awards 2018: yilning eng zo‘r o‘yin va ilovalari taqdirlandi

Har yili Google kompaniyasi to‘qqizta toifa bo‘yicha o‘tgan bir yil davomidagi eng yaxshi o‘yinlari hamda ilovalarini aniqlab, maxsus taqdirlaydi. Joriy yildagi Google Play Awards sovrindorlarini kompaniya 8 may kuni o‘z blogida e’lon qildi.

Quyida mazkur mukofotga sazovor bo‘lgan Android-ilovalarni keltirmoqdamiz.

1️⃣. Simple Habit Meditation

Ushbu meditatsiya ilovasi mingdan ortiq turli mashqlarni o‘z ichiga oladi. Mashg‘ulotlar mobaynida siz faqatgina ustozning ovozini eshitasiz, u sizga xotirjamlik va ruhiy barqarorlik baxsh etadi.

Simple Habit Meditation ilovasini mana bu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

2️⃣. Be My Eyes

Ko‘zi ojiz kishi mazkur ilova orqali volontyor (ko‘ngilli yordamchi) bilan bog‘lanishi va undan yordam so‘rashi mumkin. Bu – yolg‘iz yashovchi ko‘zi ojizlar uchun tengi yo‘q dastur. Istagan sog‘lom kishi esa volontyor bo‘lib, ushbu dastur orqali ularga ko‘maklasha oladi.

Mazkur ilovani ushbu havola orqali ko‘chirib olish imkoni bor.

3️⃣. Khan Academy

Navbatdagi dastur turli yo‘nalishlar: matematika, fizika, kimyo va boshqa fanlar bo‘yicha ulkan bilimlar omborini jamlagan. Ilova 10 000 dan ortiq videoroliklar va 40 000 ta interfaol mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.

“Xon akademiyasi”dan foydalanish uchun uni mana bu havola yordamida o‘rnatib oling.

4️⃣. Old Man’s Journey

Ushbu indi-o‘yinda siz olis safarga chiqqan chol rolida o‘ynaysiz. Siz bosh qahramonning hayot tarixi bilan tanishasiz, hayotning baxtli damlarini u bilan birga yashab ko‘rasiz va mash’um xatolarga yo‘l qo‘yasiz...

Old Man’s Journey o‘yinini esa ushbu havola orqali smartfoningizga o‘rnatib olishingiz mumkin.

5️⃣. Episode

Bu o‘yin romantik sarguzashtlardan iborat, ammo ularning syujeti sizning harakatlaringizga bog‘liq. Betakror personaj yarating, harakat joyini tanlang va o‘z tarixingizni yarating.

Episode o‘yinida o‘zingizni sinab ko‘rish uchun mana bu havola orqali uni yuklab oling.

6️⃣. BBC Earth: Life in VR

Okean tubiga virtual sayohatga yo‘l oling. U yerda yashovchilar hayoti bilan tanishasiz, okean hayotida o‘rmonlarning tutgan o‘rnini bilib olasiz, mikroskopik hayot turlarini batafsil tomosha qilasiz.

BBC Earth: Life in VR dasturini ushbu havola yordamida smartfoningizga o‘rnatib olishingiz mumkin.

7️⃣. Flipkart Online Shopping App

Bu – Hindistondagi ommaviy onlayn savdo maydonchasining rasmiy ilovasidir.

Har ehtimolga qarshi, mana bu havola orqali yuklab olinadi.

8️⃣. Canva

Mazkur universal grafik muharrir yordamida fotosuratlarni qayta ishlash, kollajlar tuzish, taklifnomalar yaratish va boshqa ko‘plab ishlarni amalga oshirish mumkin.

Mana bu havola orqali o‘rnatib olib, bir sinab ko‘ring...

9️⃣. Empires & Puzzles

Ushbu pazl-o‘yinda ko‘pchilikka tanish bo‘lgan «bir qatorga uchtasini terish» mexanikasi qal’alar qurish, boshqa o‘yinchilar bilan o‘ynash hamda o‘z qo‘shinini tashkil etish kabilar bilan uyg‘unlashtirilgan.

Bu o‘yinni ushbu havola yordamida smartfoningizga ko‘chirib olishingiz mumkin

DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

⌨️ Agar ekranni to‘liq emas, balki aktiv turgan oynani rasmga olish kerak bo‘lsa, u holda Alt+PrintScreen (PrtScr) klavishlarini birgalikda bosish lozim.

👨‍💻@informatika
👍1