IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​​​#bilasizmi #word #powerpoint #outlook

🗣 Microsoft Office’da endi gapirib turib matn terdirish mumkin!

Microsoft kompaniyasi kattaroq hajmli matnni qo‘lda terishga erinadiganlarga atab Microsoft Office uchun maxsus Dictate qo‘shimchasini taqdim etdi. Uning yordamida o‘z kompyuteringizdagi mikrofonda matnni o‘qib (gapirib) turib terdirishingiz mumkin, deb yozadi Layfxaker.

Ushbu qo‘shimchani o‘rnatganingizdan so‘ng Microsoft Office’ni o‘chirib qayta yoqishingiz, keyin esa dastur sozlamalarida Dictate qo‘shimchasini faollashtirishingiz talab etiladi. Shunda Outlook, Word va PowerPoint dasturlari interfeyslarida nutqni anglashga javob beruvchi yangi varaqa paydo bo‘ladi. Uning yordamida gapirib turib matn terish imkoniyati yuzaga keladi.

Ayni damda Dictate asosiy yigirmata tilni «biladi», ular orasida rus tili ham bor. Bundan tashqari, u matnni yo‘l-yo‘lakay 60 ta tildan biriga o‘girib ham bera oladi. To‘g‘ri, mazkur qo‘shimchaga o‘zbek tili hali kiritilmagan, ammo ruscha matn bilan ishlashda u sizga ham qo‘l kelishi mumkin.

Nutqni anglash va real vaqt rejimida boshqa tilga o‘girishda Windows’ga o‘rnatilgan Cortana intellektual yordamchisi hamda Microsoft Translator tarjimoni ko‘makka keladi.

Microsoft Dictate ilovasini mana bu havola orqali ushbu loyihaning uy sahifasidan olib o‘rnatish mumkin. Buning uchun avval kompyuteringizda ofis to‘plamining qaysi – 32 bitli yoki 64 bitli versiyasi o‘rnatilganligini aniqlab, qo‘shimchaning shunga mos versiyasini ko‘chirib olishingiz lozim. Shuningdek, uning ishlashi uchun .Net Framework 4.5.0 yoki undan keyingi versiyalaridan biri ham o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

DIMAX Terabayt.uz

👨🏻‍💻 @itspecuz
​​#maslahat

🖥 Kompyutеr xonasida quyidagilar ta’qiqlanadi:

📌 kompyutеr yaqinida isitish asboblaridan foydalanish va o‘t yoqish;
📌 qurilmalar yaqinida tеz yonuvchi idishlarni ochish va ishlatish;
📌 xonaga kislotali, tarkibida xlori bor bolgan moddalarni va umuman qurilmaning ichki elеmеntlari ishiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalarni olib kirish;
📌 kompyutеr va uning boshqa qurilmalari ustiga turli buyum va kiyimlarni qo‘yish;
📌 qurilmalarga xo‘l qo‘l bilan tеgish va ularni ulash;
📌 qurilmalarning tirqishlariga avtoruchka, chizg‘ich va boshqa narsalarni tiqish;
📌 tugmalarni bosishda kuch ishlatish;
📌 ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish;
📌 bo‘r ishlatish;
📌 elеktr manba ulangan holatda tozalash ishlarini olib borish.

⛅️ Xonadagi havo harorati o‘rtacha 20-24°C atrofida bo‘lishi lozim.

⚠️ VIII-XI sinf o‘quvchilarining shaxsiy kompyutеr bilan uzluksiz ishlash vaqti bir kun davomida 4 soatdan oshmasligi tavsiya etiladi. O‘quvchi kompyutеrdan eng kamida 40 sm narida o‘tirishi kеrak.

👨‍💻 @informatika
#smartfon #android

Android’da dasturchilar uchun menyuni faollashtirish ⚙️

Android operatsion tizimi juda ko‘p sozlamalari bilan mashhur. Unda qobiqning har qanday xatti-harakati va tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Biroq, ushbu sozlamalarning ba’zilari oddiy foydalanuvchilarning ko‘zidan berkitilgan.

Ushbu maqolada dasturchilar uchun sozlamalar haqida gap borishiga qaramasdan, bu nomlanishdan qo‘rqish kerak emas. Ushbu bo‘limda keltirilgan ba’zi opsiyalar oddiy foydalanuvchilar uchun ham foydalidir. Qoida bo‘yicha bu bo‘lim sozlamalarda ko‘rinmaydi, ammo 3 oddiy qadam orqali buni hal qilish mumkin.

1️⃣. Android sozlamalarini oching va О телефоне bo‘limiga o‘ting.

2️⃣. Ro‘yxatning oxiriga tushing. Номер строки satrini toping.

3️⃣. Ushbu element ustiga yetti marta tezkor bosing.

Natijada, siz endi dasturchi bo‘lganingiz haqida bildirishnoma va sozlamalar menyusida tegishli bo‘lim namoyon bo‘ladi.

Dasturchilar menyusi (Меню разработчиков) bizga qurilmamizni boshqarish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni beradi. Siz amalga oshira oladigan harakatlar:

Tashqi xotira qurilmalariga saqlashga ruxsat berish.
Ko‘p oynali rejimni yoqish.
Zaryad olayotganda ekranni o‘chirmaslik.
Tizim animatsiyalarini tezlashtirish.
Oq-qora ranglar rejimiga o‘tish.

Dasturchilar uchun Menyu (Меню для разработчиков)’ning bizga beradigan ushbu va boshqa opsiyalarini biz Android haqidagi keyingi maqolalarimizda ko‘rib chiqamiz.

Biz bilan birga bo‘ling!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
​​​​#bilasizmi

💊Farmatsevtika kompaniyalari yangi dori-darmonlarni ishlab chiqarishga qaraganda reklama uchun ikki baravar ko‘proq pul sarflaydi.

👨🏻‍💻 @itspecuz
​​#bilasizmi

👨🏻‍🏫👨🏻‍🎓TATU o‘qituvchi va talabalari nufuzli tanlovda g‘olib bo‘lishdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘qituvchi va talabalari “BEST IP-2018” eng yaxshi intellektual mulk ob’ekti uchun tanlovida g‘olib bo‘lishdi.

Kompyuter injiniring fakulteti kompyuter tizimlari kafedrasining professor-o‘qituvchilari: M.Musaev, U.Berdanov va M.Rahimovlar tomonidan yaratilgan dasturiy ishlanma “Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va malumotlar bazasi” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Axborot xavfsizligi fakulteti 4-bosqich talabasi Farrux Boltaev “Yoshlar o‘rtasida eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi respublikada ixtirochilik va ilmiy-texnik ijodiyotni rag‘batlantirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko‘maklashish, ixtirochilikni faollashtirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublikada eng yaxshi intellektual mulk ob’ektlarini aniqlash va rag‘batlantirish uchun “BEST IP-2018” tanlovini e’lon kilgan edi.

Bu yilgi tanlovda boshqa yillardan farqli ravishda oltita — “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi” hamda “Yoshlar o‘rtasida eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi” nominaniyalari bo‘yicha talabnomalar qabul kilingan.

Tanlovda qatnashish uchun agentlikka barcha nominatsiyalar bo‘yicha jami 188 ta talabnoma kelib tushgan.

G‘ulomjon Nazarov Xabar.uz

👨🏻‍💻 @itspecuz
​​#xotira

📨 Письмо танкиста

25 октября 1941 г.

 Здравствуй, моя Варя!

Нет, не встретимся мы с тобой.

Вчера мы в полдень громили еще одну гитлеровскую колонну. Фашистский снаряд пробил боковую броню и разорвался внутри. Пока уводил я машину в лес, Василий умер. Рана моя жестока.

Похоронил я Василия Орлова в березовой роще. В ней было светло. Василий умер, не успев сказать мне ни единого слова, ничего не передал своей красивой Зое и беловолосой Машеньке, похожей на одуванчик в пуху.

Вот так из трех танкистов остался один.

В сутемени въехал я в лес. Ночь прошла в муках, потеряно много крови. Сейчас почему-то боль, прожигающая всю грудь, улеглась и на душе тихо. Очень обидно, что мы не всё сделали. Но мы сделали всё, что смогли. Наши товарищи погонят врага, который не должен ходить по нашим полям и лесам. Никогда я не прожил бы жизнь так, если бы не ты, Варя. Ты помогала мне всегда: на Халхин-Голе и здесь. Наверное, все-таки, кто любит, тот добрее к людям. Спасибо тебе, родная! Человек стареет, а небо вечно молодое, как твои глаза, в которые только смотреть да любоваться. Они никогда не постареют, не поблекнут.

Пройдет время, люди залечат раны, люди построят новые города, вырастят новые сады. Наступит другая жизнь, другие песни будут петь. Но никогда не забывайте песню про нас, про трех танкистов.
У тебя будут расти красивые дети, ты еще будешь любить.
А я счастлив, что ухожу от вас с великой любовью к тебе.

Твой Иван Колосов.


👨🏻‍💻 @itspecuz
#maslahat #learn_english_with_software #game

Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin 🇬🇧🕹

Agarda siz kompyuter o‘yinlari ishqibozi bo‘lsangiz, u holda yoqimli mashg‘ulotni foydalisi bilan uyg‘unlashtirib borish imkoni mavjud: o‘yin o‘ynash jarayonida ingliz tilini o‘rganish mumkin. Agar o‘yinni to‘g‘ri tanlasangiz, bu jarayon sizni o‘ziga rom etishi aniq, deya maslahat beradi lifehacker.ru.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻 @itspecuz
👍4
​​​​📍Будущее Telegram

Для нас, обычных пользователей Телеги и админов каналов, совершенно не принципиально - будет Telegram и далее заблокирован или решение о блокировке отменят. Наша любимая Телега продолжает работать. А признает ее существование правительство нашей страны или нет - не имеет значения.
Из-за шумихи, вызванной блокировкой, аудитория Telegram неуклонно растет. У наших каналов появляются новые читатели, которые тоже создают свои каналы... и так по кругу.
Телега развивается назло тем, кто пытается ее уничтожить💪🏻
@goodbiznes
👍1
#android

Android’da ishlovchi smartfonimizni tezlashtiramiz 🚀

❗️Dasturchilar uchun menyuning imkoniyatlari rukni ⚙️

Bugun biz Android’da ishlovchi smartfonimizni dasturchilar uchun menyuning Скорость системной анимации (Tizim animatsiyasi tezligi) kabi foydali funksiyasi yordamida tezlashtiramiz.

Bu Android’ning vizual ishlashini yaxshigina tezlashtirishga erishish imkonini beruvchi foydali opsiyalardan biridir. Gap shundaki, ba’zi ishlab chiqaruvchilar vau-effektlar poygasida qatnashib, operatsion tizimni haddan tashqari chiroyli animatsiya bilan og‘irlashtiradi.

Ushbu dasturchi uchun opsiyalar bo‘limida siz mustaqil tarzda animatsiyalar vaqtini sozlashingiz yoki umuman ularni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Natijada esa, tizim ishlashining ancha tezlashgani sizga bilinadi.

Buning uchun amalga oshiriladigan harakatlar ketma-ketligi:

1️⃣ Dasturchilar uchun menyuga o‘ting (bu menyuni faollashtirish haqidagi batafsil ma’lumot quyidagi maqolamizda keltirilgan).

2️⃣ Анимация окон, Анимация переходов, Длительность анимации bandlarini toping.

3️⃣ Barcha bandlarda Без анимации qiymatini o‘rnating.

‼️ Android’da ishlovchi smartfoningiz tezligi bilan yuz bergan o‘zgarishlardan zavqlaning!

Biz bilan birga bo‘ling!

👨🏻‍💻 @itspecuz
👍2
#smartfon #android #game

Android’da o‘yinlardagi grafika sifatini oshirish haqida 🕹

❗️
Dasturchilar uchun menyuning imkoniyatlari rukni ⚙️

Android haqidagi oldingi maqolamizda dasturchilar uchun menyuni qanday faollashtirishni bilib olgandik. Endi biz uchun ochilgan imkoniyatlardan qanday foydalanishni o‘rganish vaqti keldi! Va biz birinchi navbatda to‘xtaladigan mavzu bu – o‘yinlardir.

Agar sizda yetarli darajada samarali (lekin flagman bo‘lmagan) qurilma bo‘lsa va siz Google Play’dan yaxshi, lekin qurilma resurslariga juda talabchan o‘yinni yuklab olgan bo‘lsangiz, lekin o‘yin jarayonida bir soniyadagi kardlar miqdorining aks ettirilishi sizga ma’qul kelmasa, unda darhol pulingizni behuda sarflaganingizni o‘ylab hafa bo‘lishga shoshilmang. Chunki dasturchilar uchun menyuda OpenGL ES 2.0 ilovalarida MSAA-ni to‘rt baravar silliqlashni (сглаживание) faollashtirish mumkin.

Buning uchun Включить 4x MSAA bandini toping va uni faollashtiring.

Ushbu bandning faollashtirilishi sizga yanada sifatli renderlashga va oqibatda o‘yinlardagi eng yaxshi tasvirga erishishga yordam beradi.

‼️Faqat shuni ham bilingki, ushbu layfxak faqatgina detallashtirilgan grafika bilan ishlay oladigan, eng kuchli zamonaviy qurilmalarda ishlaydi, shuningdek smartfonning batareyadan ishlash vaqtini ham qisqartiradi.

👨🏻‍💻 @itspecuz
1👍1
​​#Android

Android’da ekran lupasini yoqish🔍

Ekran lupasi Android’da ekranning tanlangan sohasini kattalashtirish uchun ishlatiladi.

Ushbu funksiyani faollashtirish uchun quyidagi qadamlar amalga oshiriladi:

1️⃣ Все настройкиСпециальные возможности menyusiga kirish.

2️⃣ Ushbu funksiyani Экранная лупа yoki Жесты увеличения bo‘limida yoqish.

Shundan so‘ng ekranga uch marta tez bosish orqali masshtab kattalashadi.

Agar shuning o‘zi kamlik qilsa, unda rasmni an’anaviy pinch-to-zoom (ikki barmoqda cho‘zish) harakati bilan kattalashtirish mumkin.

Ekranda bir vaqtning o‘zida ikki barmoq bilan yurgizish orqali kattalashgan ekran bo‘ylab o‘tish mumkin.

❗️Uch marta bosish orqali klaviatura va navigatsiya panelidan tashqari ekranning barcha sohalari kattalashadi.

👨🏻‍💻 @itspecuz
👍1
​​#maslahat

🤧 Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aksirish burun teshigi hamda nafas muskullarining tebranishli harakati bilan havoni bir onda og‘iz va burundan chiqarish hodisasi.

Aksirish bilan vujudimizda:

Miya va yurak tomirlari kengayadi;
Ko‘zyoshi kanallari ochiladi;
Oddiy nafas olish bilan chiqmagan o‘lik havo chiqib ketadi;
Yurak millisoniyalar ichida to‘xtab, yana ishga tushadi (ya’ni, dam oladi);
Vujuddagi ba’zi zararli toksinlar tashqariga chiqib ketadi.

Ko‘pchiligimiz jamoat joylarida uyalib, tortinib kelgan aksani ortga qaytarishga urinamiz.

Vaholanki, aksirish qanchalik foydali bo‘lsa, uni qaytarib qolishning zararlari ham oz emas.

Misol uchun, kishi bir lahzada infarkt bo‘lib qolishi yoki vena qon tomirlari va o‘pkasi kuchli bosimdan yorilishi yo bo‘lmasa, miya tomirlarida tiqin yuzaga kelishi oqibatida falaj (insult) bo‘lib qolishi mumkin.

Demak, aksirishni qaytarishga hojat yo‘q, faqat odoblariga amal qilsak, kifoya.

Aksirish asnosida ko‘zlarning yumilishi ham biz uchun katta ne’matdir. Agar yumilmaganida, aksirish jarayonida ko‘zlar kosasidan chiqib ketishi mumkin.

Aksirgan paytimizda yurak bir muddatga ishlashdan to‘xtaydi.
Qo‘polroq qilib aytganda, o‘sha paytda biz qisqa muddatga o‘lib tirilamiz.

Ko‘rdingizmi azizlar shuning uchun xam musulmonlar shukronalik va musulmonligini tasdiqlab "ALHAMDULILLAH, XUDOGA SHUKUR" deyishlari bejiz emas ekan...

🌀 @UzTwit
​​#bilasizmi

🎉 Har yilning 8-mayida Coca-Cola o‘z tug‘ilgan kunini nishonlaydi 🎊

U 1886 yilda, farmatsevt Djon Pemberton siropning retseptini kashf etganidan keyin yuzaga kelgan. Ichimlikning nomlanishini Pembertonning hisobchisi – Frenk Robinson o‘ylab topgan. U o‘z qo‘li bilan keyinchalik logotipga aylangan “Coca-Cola” yozuvini qog‘ozga chiqargan. Ushbu voqealar Atlantada (AQShning Djordjiya shtati) sodir bo‘lgan. Hozirda u yerda kompaniyaning asosiy ofisi va dunyoning eng katta Coca-Cola muzeyi joylashgan.

Sirli tarkibi haqida

Coca-Cola’ning maxfiy retsepti - bu afsona bo‘lib, unda sir yo‘q degan fikr bor. Aslida esa bu sir haqiqatdan ham bor! Misol uchun, 1978 yilda kompaniya Hindistonning ko‘p millionli iste’mol bozoridan voz kechdi, chunki mahalliy amaldorlar ichimlikni sotishga ruxsat berish uchun ichimlikning to‘liq tarkibini oshkor qilishni talab etishgan. Oradan 15 yil o‘tgach, rasmiylar o‘z fikrlarini o‘zgartirishdi va Coca-Cola hind do‘konlaridaning rastalarida paydo bo‘ldi, ammo retsepti sirligicha qoldi. Jon Pembertonning qo‘li bilan yozilgan sirli formula uzoq vaqt davomida Atlanta shahridagi Sun Trust Bank’ning asosiy omborida saqlangan va 2011 yilda seyf ichidagi retsept bilan Atlanta shahridagi Coca-Cola muzeyiga ko‘chirilgan, u yerda istagan kishi ushbu seyfni kelib ko‘rishi mumkin. Biroq, kompaniyaning yuqori boshqaruvidan faqat ikki kishining quti tarkibidagi ma’lumotni bilishi mumkin.

👨🏻‍💻 @itspecuz
​​#bilasizmi

Agar klaviaturadagi Пуск klavishi ishlamasa CTRL+ESC klavishlarini bosgan holda Пуск menyusini ochish mumkin.

👨‍💻 @informatika
👍1