IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​Bugungi kunda insonlar faqir. Qorni to‘q va usti but bo‘lsa-da – faqir... Aqli sayoz, qalbi bo‘sh. Sababini o‘zingiz yaxshi bilasiz: bekorchilikdan hech uyalmaymiz, madaniyatdan yiroqmiz, adolatsizlik qilamiz, birovning haqqiga xiyonat qilamiz. Bularning barchasi bilimsizligimizdandir. O‘zingizni yaxshi tarafga o‘zgartirishni istasangiz buyuklar so‘zlariga quloq tuting, turli tillarni o‘rganing, kitoblar o‘qing. Bularning hammasini bir paytning o‘zida bajarish yo‘lini esa @philosophy_uz dan o‘rganing!
​​#bilasizmi

Ingliz tilida eng ko‘p ishlatiladigan harf bu - "E".

👨🏻‍💻 @itspecuz
​​#operatsion_tizim #maslahat

💻 USB-fleshkani kompyuterdan qanday chiqarib olish kerak?

Bu haqida Xabar.uz ma’lumot bergan. Ma’lumotlarni yonda olib yurishda USB-fleshkalardan yaxshisi yo‘q. Kompyuterdan tortib TV-tyunergacha, buyog‘i avtomashina pleeri va smartfonlargacha tushaveradi. Bilasizmi, bitta ehtiyotsizlik ana shu beminnat dastyorimizning boshiga yetishi mumkin. Qanday qilib? Masalan, kompyuterda ishlatib bo‘lgandan so‘ng xavfsiz rejimda ajratib olinmaganda.

🤔 Xavfsiz rejimning o‘zi nima?

Agarda fleshkani kompyuterga (yoki smartfonga) qanday ulagan bo‘lsak va shunday chiqarib olsak — bu xato. Bu xavfsiz rejimga amal qilmaslik hisoblanadi. Oqibatda eng kamida fleshkaning ichidagi ma’lumotlarimizdan ayrilishimiz yoki bunday harakatlar takrorlanaversa fleshkaning o‘zi ham yaroqsiz holatga kelib qolishi mumkin. Fleshka kompyuterga ulanganida uning bir qismiga aylanadi — bu jarayonni bitta mexanik harakat bilan uzib qo‘yish yaramaydi.

Eng to‘g‘ri yo‘l — fleshkani avval kompyuterdan o‘chirish, keyin uzish. Bu kompyuterdagi bir-ikkita oddiy harakatlar orqali amalga oshiriladi. Fleshka kompyuterga ulanganida (smartfonlarda ham shunday) qo‘shimcha xotira qurilmasi ulangani haqidagi qaydnoma chiqib turadi: kompyuterda ekran pastki paneli o‘ng burchagida, smartfon va planshetlarda xotira bo‘limining ichida.

«Windows». Ekran pastki paneli o‘ng burchagidagi tegishli yorliq yoki provodnikda fleshkani topib «izvlech» («chiqarish») funksiyasi yordamida uni chiqarib olish kerak. Smartfonlarda esa xotira bo‘limida tashqi saqlagichni ajratish funksiyasi yordamida fleshga ajratiladi. Xavfsizlik rejimi mana shu.

Sakkizinchi avlodidan boshlab «Windows» tizimlari USB-saqlagichni xavfsiz ajratish haqida ogohlantirmaydi, bor-yo‘g‘i ma’lumotlar yo‘qolib qolganini bildiradi.

«MacOS». Fleshkani kompyuterdan ajratishda sichqonchaning o‘ng tugmasi ekrandagi ish stolida joylashgan USB-saqlagich ustida bosilib «izvlech» funksiyasi tanlansa yoki fleshka yorlig‘i savatchaga tashlab yuborilsa kifoya.

👨🏻‍💻 @itspecuz
#operatsion_tizim #maslahat

USB Safely Remove dasturi ☑️

USB Safely Remove – tashqi qurilmalaringiz bilan ishlashni avtomatlashtirishning ajoyib vositasi. Siz tashqi qurilma ulangan yoki uzilgan (подключение и отключение) paytida dasturlarning ishga tushishini belgilab qo‘yishingiz mumkin, bundan tashqari to‘plamda funksional komanda satrini olishingiz mumkin. Asosan klaviaturada ishlaydiganlar uchun USB Safely Remove “qaynoq klavisha” yordamida qurilmalarni to‘xtatish yoki ularning tarkibini ko‘rish imkoniyatini ta’minlaydi. Asosiysi esa, noyob texnologiya USB Safely Remove’ga tashqi qurilmaning to‘xtatilishida xalaqit beruvchi sababni aniq belgilab beradi va ushbu sababni osongina bartaraf etishga yordam beradi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

Agar siz biror ishni amalga oshirishga ahd qilib, 72 soat ichida buni amalga oshirishga kirishmasangiz – 85% holatlarda siz buni hech qachon amalga oshirmaysiz.

👨🏻‍💻 @itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Marhamat, yuqoridagi maqolamizga qo‘shimcha ingliz tilidagi videoni tomosha qilib, xizmatdan foydalanish tartibini jonli ko‘rishingiz mumkin.

👨🏻‍💻 @itspecuz
Евгений_Попов_Правило_72_часов_качество.MKV
6.5 MB
#maslahat

Из проекта "Жизнь в стиле Кайдзен". Известный инфобизнесмен Евгений Попов говорит о "Правиле 72 часов".
Рекомендуем к просмотру. Качество видео: 144p

👨🏻‍💻 @itspecuz
Евгений_Попов_Правило_72_часов_качество.MKV
22.9 MB
#maslahat

Из проекта "Жизнь в стиле Кайдзен". Известный инфобизнесмен Евгений Попов говорит о "Правиле 72 часов".
Для любителей качества получше: 480p

👨🏻‍💻 @itspecuz
​​#internet #maslahat @mehrobuz kanalidan olindi

Internet odoblari

"Internet" so‘zi ajnabiy tildagi qisqartirilgan jumla bo‘lib, tilimizda "xalqaro ma’lumotlar to‘ri" degan ma’noni anglatadi. Ammo bu nom ixtiyor qilinganidan keyin internetning tinmay rivojlanishi oqibatida u faqat ma’lumotlar taqdim va qabul qilish bilan cheklanib qolmay, bundan ham katta hajmdagi ishlarni olib borishga xizmat qiladigan bo‘lib ketdi. Hayotning barcha sohalarida internet yordamida osonlik, arzonlik va tezlik foydalari ko‘zlanadigan bo‘ldi.

Tassavur qilish uchun birgina misol keltirishning o‘zi kifoya qiladi, deb o‘ylayman. Havo yo‘li bilan safarga chiqmoqchi bo‘lgan inson oddiygina chipta olish uchun chiptaxonaga borishi, navbatda turib, chipta olishi, agar chipta u istagan kunga topilmasa, ortiga qaytib ketishiga to‘g‘ri keladi. Xuddi shu ish internet orqali amalga oshirilsa, juda ko‘p foyda ko‘riladi, ya’ni uyda o‘tirib, chipta sotib olinadi. Vaqti kelganda, aeroportda uchishdan oldin avtomatdan elektron chiptasini oladi. Bu ish avvalgisiga solishtirib ko‘rilsa, vaziyat ayon bo‘ladi. Chiptaxonaga borib, ovora bo‘linmaydi. Navbatga turilmaydi. Ustiga-ustak, arzonga tushadi. Chunki chiptaxona binosi, chiptachi, binoni isitish, sovutish, yoritish uchun ketadigan, yo‘lkira va shunga o‘xshash xarajatlar tejab qolinadi.

Bunga o‘xshash foydalar juda ko‘p bo‘lib, biz keltirganimiz oddiy bir misol edi. Shuning uchun hozirda hamma xalqlar internetni rivojlantirish borasida qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rmoqda. Bu ishga to‘g‘anoq bo‘luvchi omillardan xalos bo‘lish yo‘llarini axtarmoqda. Internetdan foydalanuvchilar kun sayin ko‘payib bormoqda. Hamma ushbu osonlik va qulaylikdan bahramand bo‘lishga oshiqmoqda.

Ammo shu bilan birga, internetga bog‘liq muammolar ham ko‘payib va jiddiylashib bormoqda. Barcha sohalardagi kabi, internetning foydalari muqobilida zararlari ham ko‘payib bormoqda.

Internetda foydali ma’lumotlar bilan bir qatorda zararli, buzuq ma’lumotlar ham tarqalmoqda. Aqiydaga putur yetkazuvchi, fohishabozlik va behayolikni targ‘ib qiluvchi, axloqsizlikni tarqatuvchi va shunga o‘xshash inson zotiga or keltiruvchi ishlarni targ‘ib qiladigan saytlar ko‘payib bormoqda. Ba’zi odamlar internet orqali bir-biriga tuhmat qilmoqda va hokazo. Aynan internet orqali nafaqat axloqiy buzuqliklar, balki siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy, ilmiy va boshqa ko‘pgina sohalarda ham jinoyatlar sodir etilmoqda. Qo‘pol qilib aytganimizda, internet mazkur qabohatlarni amalga oshirishni osonlashtirmoqda.

Aytib o‘tilgan ushbu gaplardan ko‘rinib turibdiki, internet ham ikki taraflama - ham yaxshilikka, ham yomonlikka xizmat qilishi mumkin narsaga aylandi. Bizning vazifamiz uni yaxshilikka xizmat qildirib, yomonlikka boshlamasligi choralarini ko‘rish, uning zararlaridan chetlanishga harakat qilishdir. Buning uchun esa dinimizning umumiy ta’limotlari asosida internetdan foydalanish odoblarini yo‘lga qo‘yishimiz kerak bo‘ladi.

"Ijtimoiy odoblar kitobidan". Do‘stlaringizga ham eslating!

👨🏻‍💻 @itspecuz
​​#bilasizmi

🌏 Yer orbitasida “Sutka” taxminan 90 daqiqadan iborat: 45 daqiqasi “kun” va qolgan 45 daqiqasi “tun”. Shunday ekan, astronavtlar 24 soat ichida 16 tong otishi va 16 kun botishini kuzatishadi.

👨🏻‍💻 @itspecuz
👨🏻‍🎓 IUT matematika, fizika va ingliz tili kurslariga tanlov e’lon qiladi

Bu haqida Said Ma’murov Terabayt saytida xabar bergan. Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) umumta’lim maktablarining 9-10 sinflari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning 1-2 bosqich o‘quvchilariga yozgi ta’tillarini foydali o‘tkazishni taklif etadi.

IUT umumta’lim maktablarining 9-10 sinflari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning 1-2 bosqich o‘quvchilari uchun matematika, fizika va ingliz tili kabi fanlaridan Tayyorlov kurslarini e’lon qiladi. Bu haqda universitet saytida xabar berilmoqda.

Mazkur kurslar tinglovchilarga kirish imtihonlari oldidan o‘z malakalarini oshirish, yozgi ta’tilni foydali o‘tkazish hamda universitet hayotini his qilish imkonini beradi. Shuningdek, tinglovchilar IUTda o‘tkaziladigan turli xil ta’lim tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yozgi kurs natijalariga ko‘ra muvaffaqiyatli tinglovchilar dastlabki saralashsiz bir yillik yoki ikki yillik tayyorlov kurslarining tinglovchilariga aylanadilar.

Tayyorlov kurslariga ro‘yxatdan o‘tish 2018 yilning 23 aprelidan 18 may kuniga qadar quyidagi sahifa orqali amalga oshiriladi. Shoshiling, joylar cheklangan!

20 may kuni matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan tinglovchilarning bilim darajasini aniqlash uchun dastlabki imtihon o‘tkaziladi. Javoblar 27 may kuni e’lon qilinadi. Kurslar 2018 yil 4 iyundan boshlanadi.

Darslarning davomiyligi 1,5 soatni tashkil etib, haftasiga 3 marotaba o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 2899999 (ichki 0301) telefon raqami orqali murojaat qiling.

👨🏻‍💻 @itspecuz
​​Master Android – mobil ilovalar yasashni o‘rgatuvchi ilova!

Bu haqida DIMAX Terabayt saytida xabar bergan.

Dasturchilikni o‘rganishning o‘zgacha usuli

Bugungi kunda dasturlashni o‘rganish uchun yurtimizda turli o‘quv kurslari ochilgan, bundan tashqari, shu maqsadga yo‘naltirilgan onlayn servislar ham mavjud. Bugun esa sizni dasturlashga o‘rgatuvchi Master Android ilovasi bilan tanishtirmoqchimiz.

Ushbu dastur Android operatsion tizimi uchun ilovalar yaratishni o‘rganish istagida bo‘lgan har bir tolibi ilmga mo‘ljallangan. Uning har bir darsida mavzu bo‘ycha nazariy qism va mavzuga doir amaliy namunalar keltiriladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar uchun o‘zlari o‘rganayotgan darsda keltirilgan ba’zi murakkab dastur kodlarini o‘z telefoniga saqlab olish imkoni mavjud.

Master Android ilovasi «Darslar», «Yuklab olish» hamda «Manbalar» bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. U offlayn tarzda ishlaydi, ya’ni ilovadan foydalanish uchun internetga ulangan bo‘lishingiz shart emas.

Dasturning afzalliklari

Dasturlashni Master Android ilovasi orqali o‘rganishning bir qator qulayliklari mavjud. Ulardan asosiylari quyidagilardir:

— Har bir darsdagi nazariy ma’lumotlarning to‘liq yoritib berilganligi;

— Darslarni o‘rganish jarayonida amaliy dasturlarni tuzishga namunalar keltirilishi;

— Amaliy dasturlarni tuzish jarayonining qadamma-qadam ko‘rsatib berilishi;

— Darsda berilgan ma’lumotlarni hajmiga ko‘ra bir nechta qismlarga ajratilgan holda o‘rgatilishi;

— Foydalanuvchilarda har bir komponentaning qo‘llanilish usullari haqida amaliy ko‘nikma hosil qilishi;

— Murakkab dastur kodlarini qurilma hotirasiga yuklab olish imkoniyati;

— Android ishlab chiquvchilar uchun zaruriy manbalar bilan tanishtirib borishi;

— Ilovadan qanday foydalanish haqida tushunarli yo‘riqnoma berilganligi.

Dasturning bo‘limlari

Master Android dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:

«Darslar» – bu bo‘lim 35 ta darsdan iborat bo‘lib, ularning har biri nazariy qism, dars mavzusi doirasida to‘liq yoritilgan dastur kodlari va amaliy namunalardan iborat. Amaliy namunalar orqali foydalanuvchi dars davomida o‘rgatiladigan mavzuning qo‘llanilish o‘rinlarini bilib oladi. Namuna sifatida berilgan dastur kodlari foydalanuvchilarda dastur yozish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan.

«Yuklab olish» – mazkur bo‘limda foydalanuvchiga murakkablik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan 47 ta dastur kodini mobil qurilma xotirasiga yuklab olish imkoni mavjud. Bu esa foydalanuvchi darsda keltirilgan dastur kodidan nusxa olish orqali Android studio muhitida ishlatib ko‘rish imkonini beradi.

«Manbalar» – ushbu bo‘limda har bir Android dasturchisi uchun zarur bo‘ladigan 20 dan ortiq internet manbalari keltirilgan. Bu bo‘lim ishlab chiquvchilar uchun savol-javob forumlari, dasturlash sohasi bo‘ycha ishga takliflar, Android qurilmalar va ilovalar haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi saytlar haqidagi kerakli axborotlarni o‘z ichiga olgan.

Dastur nomi: Master Android

Talab etiladigan tizim versiyasi: Android 4 yoki undan yuqori

Hajmi: 12.9 MB

Ishlab chiquvchi: Milestone Systems

Elektron pochta: faxriddin@misys.uz

👨🏻‍💻 @itspecuz
#dasturlash #game

Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin! 🕹

Bugungi kunda eng talabgir kasblardan biri dasturchilik ekanidan xabaringiz bor. Dasturlash asoslarini o‘rganish uchun O‘zbekistonda ham ko‘plab o‘quv markazlari mavjud, shuningdek, bu borada ko‘p bilimlarni onlayn kurslar orqali yoki maxsus dasturlar yordamida ham egallash mumkin. Bu haqida DIMAX Terabayt saytida xabar bergan.

Qidiruv giganti sifatida ko‘proq tanilgan Google kompaniyasi esa, dasturlash asoslarini o‘rganishga hech qachon kech emas, degan qarorga keldi va buni osonlashtirish uchun Grasshopper ilovasini taqdim etdi. Mazkur mobil dastur JavaScript bo‘yicha boshlang‘ich kursni o‘yin tarzida taqdim etadi. Va quvonarlisi – ushbu ilova mutlaqo bepul bo‘lib, hoziroq uni mana bu havola orqali Google Play katalogidan yuklab olishingiz mumkin!

Grasshopper ishlab chiquvchilarining ta’kidlashlaricha, ular imkon qadar oddiy va qulay ilova yaratish maqsadi bilan bu dasturni tayyorlashgan. Katta yoshlilarning aksariyati aynan vaqti yetarli emasligi bois dasturlashni o‘rganishdan cho‘chishadi. Yangi ilova – ta’limiy o‘yin bilan ishlashda esa kishi o‘zini unga butkul bag‘ishlashi ham talab etilmaydi, deydi Google’ning mazkur mahsulot bo‘yicha menejeri Laura Xolms.

Ushbu ilova boshqotirmalar formatida ishlangan, ular orasidagi viktorinalarda esa ta’lim natijalarini mustahkamlash mumkin. Grasshopper foydalanuvchilari dasturchilik asoslarini istalgan vaqt va xohlagan joyda o‘rganib ketaverishlari mumkin.

Tabiiyki, Grasshopper bir kechadayoq sizdan dasturchi yasab bermaydi. Ammo u orqali shu faoliyat turi haqida yetarlicha tasavvur olishga, o‘rganishni boshlashga ko‘maklashadi. Yetarlicha harakat qilib, unda bir necha mashg‘ulot o‘tkazsangiz, siz soha atamalarini bilib olasiz, kodlarning qanday to‘g‘ri yozilishini o‘rganasiz va o‘zingiz biror yangi kod yoza oladigan bo‘lasiz.

Ushbu ta’limiy o‘yin Android 5.0 va undan keyingi talqinlardagi operatsion tizim boshqaruvi ostidagi qurilmalarda ishlaydi. Agarda qiziqsangiz, marhamat – ushbu havola orqali uni smartfoningizga o‘rnatib oling, ishlatib ko‘ring, o‘rganing...

👨🏻‍💻 @itspecuz
​​💻 Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova!

Bu haqida DIMAX Terabayt saytida xabar bergan. Ko‘pchilik yoshlarning qiziqishini inobatga olib, ular uchun dasturlashni o‘rgatuvchi mobil ilovalar ro‘yxatini keltiramiz. Ha, shular yordamida dasturlashni o‘z smartfoningizda ham o‘rganishingiz mumkin!

Udacity

Udacity – dasturlashni o‘rgatuvchi taniqli resurs bo‘lib, u mazkur yo‘nalishda bepul ilova ham chiqargan. Uning yordamida axborot texnologiyalari sohasidagi bepul kurslarda o‘z bilimlaringizni oshirishingiz mumkin. Ilova Android hamda iOS uchun ishlab chiqilgan.

Swifty

Swift dasturlash tilini o‘rganish uchun Apple kompaniyasining o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan iOS-ilova.

Swift Playgrounds

Bu – Swift dasturlash tili bilan tanishishning eng sodda usulidir. Swift Playgrounds bilan o‘z planshetingizda – mavjud qoliplardan foydalangan holda, yoki o‘zingiz qolip o‘ylab topib, o‘z ilovangizni yaratishingiz mumkin.

Codecademy Hour of Code

Codecademy ta’lim portali iPhone uchun o‘zining ilk ilovasini ishlab chiqdi, uning yordamida dasturlash asoslarini bir soat ichidayoq o‘zlashtirishingiz mumkin! Undagi kichkina topshiriqlarni bajarish judayam kam vaqt talab etadi.

Lrn

Ommabop HTML, CSS, Python, Ruby, Javascript dasturlash tillaridan birida kod yozishga ko‘maklashuvchi servis. iOS uchun ilova tarzida taqdim etilgan, Android-versiyasi esa hozircha ishlov jarayonida.

Tynker

Bu – bolalar uchun ommabop o‘rgatuvchi platformalardan biri. Undan 8000 dan oshiq maktabda foydalanishadi. Tynker 6 milliondan oshiq bolalarga dasturlashni boshlashga yordam bergan. Uning iOS-ilovasi ham mavjud.

Khan Academy

Mashhur ta’lim resursi – Khan Academy ham Android va iOS uchun ilovalarini taqdim etgan. Ular mazkur platforma kurslarida o‘z mobil qurilmangiz orqali qatnashish imkonini beradi.

Javvy

Java dasturlash tilini o‘rgatuvchi interfaol o‘quv qo‘llanmasi. Uning yordamida mazkur til asoslarini o‘rganib olish mumkin. Ta’lim kursi 150 dan oshiq darsni o‘z ichiga oladi. Uni Google Play yoki iTunes do‘konidan olishingiz mumkin.

SoloLearn

SoloLearn – dasturlashni foydalanuvchiga maxsus o‘yinlar yordamida o‘rgatuvchi mobil ilovalar to‘plamidir. SoloLearn bepul ilovasini iOS va Android platformalari uchun yuklab oling.

Coursera: Online courses

Dunyoning yetakchi universitetlarining bepul kurslari – Coursera endi Android hamda iOS ilovalari tarzida ham chiqarilgan.

EdX – Online Courses

Jahondagi eng yaxshi universitetlarning onlayn-kurslarini taklif etuvchi yana bir ochiq ta’lim maydonchasi. Android yoki iOS tizimidagi qurilmalar uchun ilovani yuklab oling.

👨🏻‍💻 @itspecuz
👍1
​​#internet #maslahat

💰 UzCard barcha plastik karta egalarini Telegram’dagi firibgarlikdan ogohlantirmoqda

Bugungi kunda pul mablag‘larining plastik karta orqali muomalasi hayotimizga chuqur kirib kelgan. Bank plastik kartasi orqali onlayn rejimida o‘z hisobingizni boshqarishingiz, to‘lov va pul o‘tkazmalarini amalga oshirishingiz, shuningdek, bularning barchasini mobil ilova orqali qilishingiz ham mumkin. Bu haqida DIMAX Terabayt saytida xabar bergan.

Ammo shunisi ham borki, mablag‘larning naqd pulsiz aylanmasida xavfsizlik masalasiga o‘zgacha yondashish kerak bo‘ladi. Plastik kartadagi mablag‘laringizning xavfsizligini ta’minlash uchun, avvalo, uning dastlabki PIN-kodini murakkabrog‘iga almashtirishingiz, keyin bu kodni hech kimga bermasligingiz kabi choralar zarur.

Bugun esa plastik kartadan foydalanish bilan bog‘liq yana bir turdagi firibgarlik haqida ogohlantirmoqchimiz. Aniqrog‘i, shunday holatni UzCard kompaniyasi payqab qolib, barcha plastik karta sohiblari uchun e’lon qilgan ogohlantiruv xabarining mazmunini keltirmoqdamiz.

Gap shundaki, firibgarlar endi O‘zbekistonda keng ommalashgan Telegram tarmog‘i orqali «faoliyat» yurita boshlashgan. UzCard kompaniyasining aniqlashicha, ushbu messenjerda plastik karta egalarining pul tikishlari ortidan noqonuniy biznes bilan shug‘ullanuvchi shubhali kanallar mavjud ekan. Ular Telegram foydalanuvchilaridan o‘z plastik kartasidagi pul mablag‘larini boshqa karta hisobraqamiga o‘tkazishlarini taklif etadi va ma’lum muddatdan so‘ng shu mablag‘ni 20 foizlik foyda bilan qaytarishni va’da qiladi.

Ta’kidlash o‘rinliki, bunda pullarning aytilgan vaqtda va miqdorda qaytarilishiga hech qanday kafolat berilmaydi, natijada soddadil kishilar tikkan pullaridan ajralib qolishlari xavfi yuqori.

Shu bois, UzCard kompaniyasi barcha plastik karta egalarini ogohlantirib, shu kabi e’lonlarga duch kelgan taqdirda Yagona umumrespublika protsessing markaziga xabar qilishga chaqiradi. Bu kabi shubhali xizmatlarga ishonch bildirib, siz internet-firibgarlik qopqoniga tushishingiz mumkin, shuningdek, bunday usullarda amalga oshirilgan o‘g‘irlik holatlari uchun o‘zingiz mas’ul bo‘lasiz, deyiladi ogohlantiruv xabarida.

Firibgarlarga ishonib, bank plastik kartangizdagi mablag‘laringizdan ajralib qolmang! Shuningdek, bu kabi holatlarda aldanib qolmasliklari uchun, mazkur xabarimizni do‘st va yaqinlaringizga ham ulashing!

👨🏻‍💻 @itspecuz
#maslahat

👓 Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?

Ko‘pchilik kuniga 8—10 soat davomida kompyuterda ishlaydi. Bu holat inson organizmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shuning uchun mutaxassislar ko‘zni kompyuter ekranining zararli ta’siridan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqishni maslahat berishadi. Bu haqida Said Ma’murov Terabayt saytida xabar bergan.

Ko‘zoynaklarning foydasi nimada?

Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynak linzalariga ko‘zni ekranning elektromagnit nurlanishlaridan va boshqa zararli ta’sirlardan himoya qiluvchi maxsus ishlov beriladi.

Ko‘zoynaklar nima uchun kerak?

– Ko‘zga tushadigan bosimni kamaytiradi

– Ekranning “pikselligi”ni yo‘qotadi

– Ko‘rish qobiliyatini tez yo‘qotishdan himoya qiladi

– Ko‘z charchashini kamaytiradi

– Ko‘z gavharini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi

Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynakni ishingiz turiga qarab tanlang. Agar siz har doim matnlar bilan ishlasangiz, kontrastni kuchaytiruvchi ko‘zoynakni tanlaganingiz ma’qul. Agar siz grafika bilan shug‘ullansangiz ranglarni yaxshiroq ko‘rsatuvchi ko‘zoynaklarni tanlasangiz ham bo‘ladi.

Ko‘zoynak sotib olishdan oldin mutaxassis shifokor bilan maslahatlashing. Shifokor ko‘zingizning ko‘rish holatiga qarab sizga qanday ko‘zoynak zarurligi to‘g‘risida maslahat beradi.

Sifatli ko‘zoynaklar arzon turmaydi. Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynaklarning boshlang‘ich narxi 50 ming so‘m bo‘lib, ko‘zoynak linzasini ishlab chiqaruvchi va gardishining tannarxiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.

Eng sifatli ko‘zoynak linzalari Germaniya, Shveysariya va Yaponiyada ishlab chiqariladi.

Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynaklarni to‘g‘ri tanlaganingizni qanday bilish mumkin? Agar kun bo‘yi ko‘zingizda toliqish sezmasangiz – demak, ko‘zoynakni to‘g‘ri tanlagansiz. Agar qandaydir noqulaylik, ko‘zingizda og‘riq va qichishish sezsangiz, demak, ko‘zoynakni noto‘g‘ri tanlagansiz yoki sizga sifatsiz ko‘zoynakni sotishgan.

📝 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Salomatlikka oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz.
• Talabalar uchun foydali mavzular jamlangan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
​​#bilasizmi

🛩 eBay Veb-auksionida sotilgan eng qimmat buyum – bu haqiqiy reaktiv samolyotdir. U 40 mln AQSh dollariga sotilgan.

👨🏻‍💻 @itspecuz