IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
📢 Уважаемые читатели канала IT-spec! 🏷 Разрешите нам провести маленькое голосование среди Вас по поводу размещения постов на нашем канале также и на русском языке. ⚠️ На каком языке вы бы больше хотели получать статьи?
anonymous poll

На узбекском – 184
👍👍👍👍👍👍👍 83%

На русском – 21
👍 9%

На английском – 17
👍 8%

👥 222 people voted so far.
​​Qiziqarli fakt!

Quyosh energiyasini qabul qiluvchi eng yirik o‘rnatma Gollandiyada joylashgan va u 26110 kvadrat kilometr maydonga ega.
​​#bilasizmi Biror bir faylni tezkor arxivlash uchun Total commander dasturi orqali kerakli fayl tanlanadi va klaviaturadan ALT+F5 tugmalari bosiladi. 👨‍💻 @informatika
​​#bilasizmi Diskka ma'lumot yozishda kerakli dasturingiz bo'lmasa Total Commander dasturi orqali rasmda ko'rsatilgan amallar orqali ma'lumotlaringizni diskka oson ko'chirishingiz mumkin. 👨‍💻 @informatika
​​#internet
O'zbek tilidagi matnlarni boshqa tillarga tarjima qilmoqchimisiz? Unda https://translate.google.com sayti orqali matnlarni o'zingizga kerakli tillarga oson tarjima qiling. 👨‍💻 @informatika
Еxcel_oquv_qollanma.pdf
4.1 MB
Excel dasturini o'rgatuvchi o'zbek tilidagi qo'llanma 👨‍💻 @informatika
​​#bilasizmi
Qaysi dasturlash tilini o‘rganish kerak deb o‘tirganlar uchun quyidagi ro‘yxat samara beradi. 👨‍💻 @informatika
​​#word #bilasizmi
Microsoft Word dasturida tayyorlagan ma’lumotlaringizdan "skrinshot" olish uchun Вставка menyusidan снимок buyrug‘i tanlanadi. 👨‍💻 @informatika
🔥1
ms_access_oquv_qollanma.pdf
2.6 MB
#access
Microsoft Accessda ma'lumotlar bazasi bilan ishlashni o'rgatuvchi o'zbek tilidagi qo'llanma. 👨‍💻 @informatika
👍1
​​#bilasizmi
CTRL+SHIFT+N - Yangi papka yaratishni osonlashtiradi. 👨‍💻 @informatika
#bilasizmi #operatsion_tizim

⌨️ ALT + ENTER - Papka yoki fayl xususiyati oynasini ekranga chaqiradi (bu bo‘yicha kanalga nashr etilgan alohida postimiz)

👨🏻‍💻@itspecuz
👆🏻Kompyuter savodxonligi - PDF formatda bo’lib, bu kitobda kompyuter bilan tanishishdan boshlab, unda ishlash, operatsion tizimlar, MS Office paketiga kiruvchi dasturlarda ishlash ko'nikmalarini hosil qilish va juda ko’p mavzular bilan boyitilgan. Yuklab oling va o’rganing!
👨‍💻 @informatika
#operatsion_tizim #maslahat

Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash ⚙️

Total Commander
dasturida lokal disk, papka va fayllarning hajmi Windows ning Проводник oynasidagidek Kb, Mb, Gb, Tb larda qoida bo‘yicha ko‘rinmaydi, bunday ko‘rinishi uchun dasturni o‘zimizga mos tarzda sozlab olishimiz lozim:

1️⃣ Dastlab menyu satridagi Конфигурация -> Настройка: Табуляторы ga o‘tiladi.

2️⃣ Настройка oynasi ochiladi va chap tomondagi menyu bandlari orasida Табуляторы tanlangan bo‘ladi.

3️⃣ Oynaning o‘ng pastki tomonida joylashgan Размеры в панелях: ning yonidagi ro‘yxatdan в байтах ni плавающий (х.х К/М/Г) ga o‘zgartiramiz.

4️⃣ Yuqoridagi Размеры в панелях: ning pastida joylashgan В строке состояния: yonidagi ro‘yxatdan в Кбайтах (округлённо) ni ham плавающий (х.х К/М/Г) ga o‘zgartiramiz.

5️⃣ OK tugmasini bosamiz va oynaning paneli va fayllarning o‘lchamidagi biz uchun tushunarliroq bo‘lgan hajm ko‘rinishiga o‘zgarish sodir bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz.

⚠️ Agar siz hech qanday o‘zgarish bo‘lganini sezmasangiz, unda kompyuteringizni qayta yuklab, yuqoridagi qadamlarni qayta takrorlab ko‘ring, agar shunda ham o‘zgarish yuz bermasa, unda yaxshisi Total Commander ning ushbu versiyasini kompyuteringizdan o‘chirib tashlab, boshqa versiyasini o‘rnatishingizni tavsiya etamiz. Biz tavsiya etadigan versiya bu Total Commander PowerPack, chunki unga qo‘shimcha tarzda ko‘plab utilitalar o‘rnatiladi, ularga esa dasturning yuqori qismidagi menyu satrining ostidagi panellarda murojaat qilishingiz mumkin.

💡Papkani hajmini bilish uchun Probel (Space) klavishasi bosiladi, diskdagi umumiy papkalarning hajmini bilish uchun esa ALT+SHIFT+ENTER klavishlari birgalikda bosiladi. Papkaning hajmiga qarab biroz vaqt o‘tganidan so‘ng barcha papkalarni xususiyatlar oynasini ochmasdan turib, ularning hajmini o‘ng tomondagi Размер ustunida ko‘rishingiz mumkin.

👨🏻‍💻 @itspecuz
#bilasizmi
🖥Kompyuter xotirasi o‘lchov birliklari:
1 bit = Binary Digit (eng kichik) o‘lchov birligi
8 bit = 1 b (bayt) = 2^0 b
1024 bayt = 1 Kb (Kilobayt) = 2^10 b
1024 Kb = 1 Mb (Megabayt) = 2^20 b
1024 Mb = 1 Gb (Gigabayt) = 2^30 b
1024 Gb = 1 Tb (Terabayt) = 2^40 b
1024 Tb = 1 Pb (Petabayt) = 2^50 b
1024 Pb = 1 Eb (Eksabayt) = 2^60 b
1024 Eb = 1 Zb (Zettabayt) = 2^70 b
1024 Zb = 1 Yb (Yottabayt) = 2^80 b

👨‍💻 @itspecuz
​​#maslahat

📢 Kompyuter bilan ishlaganda ko‘zlarni qanday asrash mumkin?

⚡️Agar tez-tez va uzoq vaqt kompyuterda ishlasangiz, ko‘rish qobiliyatingiz yomonlashishi mumkin. Texas universiteti olimlari ko‘zlarga muntazam ravishda hordiq berishni va «20-20-20-20» nomini olgan usulni qo‘llashni tavsiya etadi.

💥U juda oddiy – har 20 daqiqada ko‘zlarni ekrandan olib, 20 soniya davomida kompyuterdan 20 fut (6 metrga yaqin) masofada turgan predmetlarga qarash kerak. Shu bilan birga ko‘zlarni kamida 20 marta yumib-ochish ham lozim bo‘ladi.

AQShlik mutaxassislarning fikricha, ana shunday oddiy, biroq samarali harakatlar ko‘zlar qurishi va charchashi, shuningdek bosh va bo‘yin og‘riqlariga duch kelmaslikning imkonini beradi. Konditsionerli xonada ishlovchi odamlar ushbu qurilmaga alohida e’tibor qaratishlari lozim, chunki u havoni quritib yuboradi, bu esa ko‘zlarda qurish va achishish hissini keltirib chiqaradi.

Olimlar o‘zlari ishlab chiqqan usulning samarali ekaniga shubha qilmayapti va uni nafaqat shaxsiy kompyuter foydalanuvchilariga, balki o‘zining ko‘rish qobiliyatini asrashni xohlagan barcha kishilarga tavsiya etadi.

👨💻 @informatika
​​💻 Nega Windows’da “con” nomli papkani yaratib bo‘lmaydi?

⚠️ Windows’da oddiy usulda “con” nomli papkani yaratib bo‘lmaydi.

🌎 Ko‘p saytlarda Bill Geytsni yoshligida shu so‘z (“botanik” ma’nosini anglatadi) bilan mazax qilishgani uchun shaxsiy xohishiga ko‘ra buni cheklab qo‘ygan deb ta’kidlanadi.

💡Aslida esa barchasi juda oddiy: ushbu cheklov xattoki Windows’dan oldin qo‘llanilgan MS-DOS operatsion tizimi davriga borib taqaladi. U yerda “con”, shu kabi boshqa belgilanishlar (prn, aux, nul) bilan birga kiritish-chiqarish qurilmalarini bilan ishlash uchun rezervlangan, shuning uchun ham bu nomdagi papkalarni yaratib bo‘lmaydi.

👨🏻‍💻 @itspecuz
​​#maslahat

😴 Bir daqiqada uyquga ketish

Uyqusizlik bilan kurashishda oddiy nafas olish mashqi yordam berishi haqida Layfxaker xabar beradi.

Nima qilish kerak?

Ushbu maksimal oddiy texnika 4-7-8 deya nomlanadi. O‘zingizga qulay tarzda yotib oling. Burningiz orqali 4 soniya davomida nafas oling (havoni o‘pkangizga to‘plang). Nafasingizni 7 soniya ushlab turing. Og‘zingiz orqali 8 soniya davomida nafasingizni chiraqing. Uxlab qolguningizga qadar shu tarzda nafas olishni davom ettiring.

Nima uchun bu usul samarali?

Garvard universitetining tibbiyot xodimi Endryu Veyl (Andrew Weil) o‘zining ma’ruzalaridan birida ushbu mashqni eng samarali bo‘shashtirish va tez uyquga ketish usuli sifatida ta’rifladi. Mohiyatiga ko‘ra ushbu nafas olish tizimi – tabiiy sedativ hisoblanadi.

Ushbu davriy ritmda nafas olish asab tizimini tinchlantirishga yordam beradi. Bu hind yoglari tomonidan maksimal bo‘shashish holatiga erishish uchun meditatsiya sifatida qo‘llanilgan qadimiy texnika hisoblanadi. Buni nafaqat siz tez uyquga ketishni istaganingizda, balki shunchaki tinchlanib olishingiz uchun ham qo‘llashingiz mumkin.

Agar muntazam ravishda 4-7-8 tizimida nafas olinsa, vaqt o‘tib sizga bo‘shashganlik holatiga erishish tobora osonlashib boraveradi.

👨🏻‍💻 @itspecuz
👍2
​​Informatika bo‘yicha ta’lim hech kimni yetuk dasturchi qila olmaydi. Xuddi, mo‘yqalam va moybo‘yoq haqida o‘qish kimnidir yetuk rassom qila olmaganidek.

Erik S. Reymond