IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mavzu #maslahat
Rus tilida juda ajoyib online kutubxona bor, uni rus tilida ko‘p kitob o‘qiydigan hamyurtlarimiz yaxshi bilishadi. Bu litres.ru kutubxonasidir. Siz ushbu kutubxona orqali jahon va rus adabiyotining eng mashhur va eng so‘nggi asarlarini xarid qilib o‘qishingiz mumkin. Man ham turli xil qaroqchi saytlardan topolmagan kitoblarimni aynan shu sayt orqali xarid qilaman. Kutubxona manimcha Runet tizimidagi eng boy kutubxona bo‘lsa kerak. Shuningdek kitoblarning narxi ham 200-300 rubl atrofida bo‘lib, jahon bozoridagi narxlarga nisbatan ancha arzon.

Kuni kecha internetda ajoyib bir xabarni o‘qib qoldim. Poytaxtda Rossiya fan va madaniyat markazi bor. Ushbu markaz Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi bitimga asosan 2001-yilda Toshkentda faoliyatini boshlagan. Markazning asosiy vazifasi mamlakatlarimiz o‘rtasida ma’daniy va ilm fan sohasidagi aloqalarni yaxshilashdir.

Kuni kecha Rossiya fan va madaniyat markazining saytida ushbu kutubxona haqida xabarni o‘qib qoldim va shu zahoti markaz bilan aloqaga chiqdim.

Man eshitgan yangilikni rus markazi xodimlari tasdiqlashdi. Endilikda litres.ru internet kutubxonasidagi kitoblarni butunlay bepul o‘qishingiz mumkin. Rossiya fan va madaniyat markazi sizga kutubxonlik biletini (kitoblarni bepul o‘qish imkonini beruvchi login va parolni) sovg‘a qiladi.

Telefon orqali mani Ism va familiyamni, elektron pochtamni, tug‘ilgan kunimni yozib olishdi va elektron pochtamga kitobxonlik biletini ya’ni saytdagi kitoblarni bepul o‘qish imkonini beruvchi login va parolni jo‘natishlarini aytishdi. Bugun login va parolni oldim, sinov uchun ikki oydan beri o‘qimoqchi bo‘lib yurgan kitobim, buyuk aktyor Tom Xenksning “Уникальный экземпляр: Истории о том и сем” kitobini oldim. Kitobning narxi 199 rubl edi, bepulga berishdi. Kitobni kompyuterda o‘qish noqulay, uni iPadda o‘qimoqchi bo‘lib epub formatda olmoqchi bo‘ldim. Kitob tarqalib ketmasligi maqsadida ePub formatiga ruhsat yo‘q ekan.

Kitobni smartfon yoki planshetda o‘qish uchun litres.ru saytining maxsus “Читай!” nomli dasturini ko‘chirib olib, o‘qisa bo‘lar ekan.

Shuningdek kutubxona biletini (login va parolni) olish uchun shunchaki biblioteka-uz@mail.ru elektron manziliga quyidagi ma’lumotlarni jo‘natsangiz ham bo‘larkan va sizga ma’lumotlar bir necha soat ichida yetib keladi:

1) Familiya, Ism, Sharifingiz
2) Kun, oy, tug`ilgan yil
3) Elektron pochta manzili


Xullas, bu kitob o‘qiyman degan inson uchun ajoyib imkoniyat va bu uchun shaxsan o‘z nomimdan Rossiya fan va madaniyat markazining Toshkent bo‘limiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Firuz Allayev
#mavzu #android #maslahat

Android uchun eng yaxshi tarjimon-ilovalar

Til o‘rganishning hozirgi kunda yo‘llari, vositalari ko‘p. Jumladan, Android-qurilmalar uchun ajoyib tarjimon-ilovalar ham chiqarilgan. Ulardan ayrimlari turli tillardagi matnni o‘girib berish bilangina cheklanib qolmasdan, fotosuratlardagi yozuvlarni, internet-sahifalarni va hatto real vaqt rejimidagi nutqni ham tarjima qila oladi!

👉 https://goo.gl/pZS78L
#mavzu #maslahat

Telegram asoschisi Pavel Durov pul va boylik xususida

Pavel Valerevich Durov — rossiyalik tadbirkor, dasturchi. 1984 yilda tavallud topgan. Talabalik yillarida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti stipendiyasi nomzodi bo‘lgan. "ВКонтакте" hamda Telegram platformalari asoschisi. Forbes reytingiga ko‘ra, Durov 2016 yilda $0,6 mlrd dollar mablag‘ bilan Rossiyaning eng boy kishilari ro‘yxatida 135-o‘rinda turadi. Quyida milliarderning boylik va pul haqidagi fikrlarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Shuhrat Sattorov

👉 https://goo.gl/ZE4mXs
#word #maslahat

Microsoft Word dasturida tasodifiy matnni hosil qilgan holda u bilan ishlash 📄

Kompyuterdan endigina foydalanishni o‘rganayotgan yangi foydalanuvchi klaviatura yordamida matnni hali unchalik tez kirita olmaydi. Shu kabi foydalanuvchiga Microsoft Word dasturidan foydalanishni o’rgatayabsiz deylik, tabiiyki sizga dasturning imkoniyatlarini tushuntirish uchun, bu dasturning asosiy resursi hisoblangan - tayyor matn kerak bo‘ladi.

Xo‘sh uni qayerdan olasiz? Biror web-saytga murojaat etib, duch kelgan xabar tarkibidagi matnni nusxalab olishingiz mumkin, lekin ayni damda sizda Internet tarmog‘iga ulanishning imkoni bo‘lmasa-chi? Bu uchun sizga shaxsiy hujjatlaringiz tarkibidan biror faylni ochib, undagi matndan foydalanish ham maqsadga muvofiq emas.

Microsoft Word dasturida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida shunday imkoniyat ham ko‘zda tutilgan. Bu uchun dasturni ishga tushirib, matn kiritish qismiga: =rand(1,1) ni kiritib, Enter tugmasini bosing. Siz ishlatayotgan dasturning qaysi tildagi versiyasi o‘rnatilganligiga qarab yo rus yo ingliz tilida quyidagicha tayyor matn paydo bo‘ladi:

Видео предоставляет прекрасную возможность подтвердить свою точку зрения.

Izoh: rand – inglizcha “random”, ya’ni “tasodifiy” ma’nosini beradi. Qavsning ichidagi birinchi son bu necha abzatsli matn kiritilishini, ikkinchi son esa bir abzats tarkibida kelishi mumkin bo‘lgan jumlalar sonini anglatadi.

Maksimal qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan qiymat esa: (201,99), ya’ni 201ta abzats va bir abzats tarkibidagi 99ta jumla.

Umid qilamizki keraklicha matnni shu tarzda “kiritib” olib, yangi foydalanuvchiga matn bilan ishlash fuksiyalarini o‘rgatish siz uchun osonroq kechadi.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#maslahat

TATU talabalari o‘zbekcha ajoyib videoo‘yin yaratishdi. Endi uni to‘liq ishga tushirish uchun homiy kerak!

Yigitlarning boshlab qo‘ygan mehnati - bu oson ish emas albatta, umid qilamizki, ushbu o‘yin kimdadir yaxshi taassurot qoldiradi, yana qiziqarli takliflar chiqadi va loyiha davom etishi uchun homiy ham topiladi!

👉 https://goo.gl/KYBCTj
#maslahat

Hurmatli do‘stlar, kuningiz hayrli o‘tsin!

Agar yaxshi farzandlarni o‘stirmoqni istasangiz, ularga ikki baravar kam pul va ikki baravar ko‘p vaqt sarflang.

Ester Selsdon

Adolatli bo‘lish uchun dastlab yaxshi inson bo‘lish kerak. Yaxshi bo‘lish degani – bu har bir inson ham adashishi mumkinligini tushunish degani.

Adriano Chelentano

Yaxshilik yerda yotmaydi va uni yerdan tasodifan topib olmaysiz. Yaxshilikni inson boshqa insondan o‘rganadi.

Chingiz Aytmatov

Kuni kelib shunday yoshga borib yetasizki, kichik bo‘lsa ham qilingan harakatlar – balandparvoz gaplardan ancha jiddiyroq ekanligini nihoyat anglab yetasiz.

Elis Romanova

To‘siqlar – bu siz maqsadingizga qarashni to‘xtatgan paytingizda paydo bo‘ladigan qo‘rqituvchi narsalardir.

Genri Ford

Biz bilan birga bo‘ling: @itspecuz
#maslahat

O‘zingizni tobora yaxshilab borishning amaliy usullari | Практические способы в значительной степени улучшить себя

1. Har kuni kitob o‘qib boring.
| Прочитайте книгу каждый день.
2. Yangi til o‘rganing. | Выучите новый язык.
3. Har haflalik jismoniy mashg‘ulotlarni olib boring. | Проводите еженедельную тренировку.
4. O‘zingizga 5 yillik maqsad qo‘ying va ushbu maqsadga erishish qadamlarini belgilab oling.| Установите 5-летнюю цель и список шагов для достижения этой цели.
5. Har hafta yomon odatni tark eting. | Бросайте вредную привычку каждую неделю.
6. Salbiy insonlardan chetda yuring. | Избегайте отрицательных людей.
7. Televizor tomosha qilishni to‘xtating. | Прекратите смотреть телевизор.
8. O‘tmishni qo‘yib yuboring. | Отпустите прошлое.
9. O‘zingiz uchun yangi xobbi toping. | Определите для себя новое хобби.
10. Murakkab insonlar bilan chiqishishni o‘rganing. | Учитесь справляться с трудными людьми.
11. O‘zingizning kamchiliklaringiz va ko‘rinmas dog‘laringizni aniqlashga harakat qiling. | Попробуйте определить свои недостатки и слепые пятна.

Biz bilan birga bo‘ling: @itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#operatsion_tizim #maslahat

Eng zo‘r pulli dasturlarning bepul analoglari 💰vs 🆓

Ofis to‘plami (Пакет офисных приложений)
Arxivator (Архиватор)
Musiqa muharrirlari (Аудио редакторы)
Disklarga yozish va ularni nusxalash (Запись и копирование дисков)
Lug‘at (Словарь)
Antivirus dasturi (Программа антивирус)
Rasmlar muharriri (Графический редактор)

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
#operatsion_tizim #maslahat

Windows’da shriftni kattalashtirish 🔍

Ekranning yuqori разрешение’sida ko‘rish qobiliyati zaif bo‘lgan foydalanuvchilar uchun matn o‘lchami juda kichik bo‘lishi mumkin. Ushbu holatda ko‘zni toliqtirmaslik uchun shriftni kattalashtirish mumkin.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz