IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Kimningdir hayotida yaxshi o‘zgarishlarga sababchi bo‘lish – bu inson uchun Yaratgan tomonidan berilgan eng ulug ne‘matdir.

Blez Paskal
Assalomu alaykum kanalimizning aziz va muhtaram a'zolari! Barchangizni "Vatan himoyachilari kuni"ning 26 yilligi munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Ilohim yurtimiz hamisha tinch, oilalarimiz hotirjam, Vatanimizni ko'rolmaganlar zotiljam bo'lsin.
Hurmat va ehtirom ila @itspecuz
Vatan himoyachilari uchun ayollardan maxsus!

Xonadon obro‘yi, taxti - erkakdir, 
Bolalar quvonchi, baxti - erkakdir. 
Ayollar qudrati mulki - erkakdir, 
Vatanim g‘ururi ko‘rki - erkakdir.

Erkak bor, bog‘larda gullar ochilar,
Ular bor, qalblarga quvonch sochilar.
Oila butundir ular boridan,
Hayotin qizg‘anmas do‘sti, yoridan.

Dasturxon qutligi - ular mehnati,
Ustimiz butligi - ular himmati.
Farzandlar chirog‘i - ular borligi,
Muhabbatning bizga mudom yorligi.

Erkaklar mardligi berur iftixor,
Ularda mehr bor va muhabbat bor.
Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,
Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.

Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,
Shundayin erkaklar mehrga loyiq.
Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.

Bayram muborakdir, aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo‘ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin!
#operatsion_tizim

Windows 10’da foydalanuvchini administratorga aylantirish 👤➡️🤠

Qoida bo‘yicha Windows 10’da (masalan, o‘rnatish paytida) yaratilgan birinchi foydalanuvchining qayd yozuvi administrator huquqiga ega bo‘ladi, biroq keyingi yaratiladigan qayd yozuvlariga – oddiy foydalanuvchi huquqi beriladi.

Ushbu ko‘rsatmamizda boshlang‘ich foydalanuvchilar uchun qadamma-qadam bir nechta usullarda yaratilayotgan foydalanuvchilarga administrator huquqini berish, shuningdek, agarda sizda administrator qayd yozuviga kirishga ruxsat bo‘lmasa (нет доступа), Windows 10 administratoriga aylanish haqida gap boradi.

Bundan tashqari: Windows 10’da foydalanuvchini yaratish bilan tanishishingiz mumkin.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Front-end – web-saytlarning tashqi ko‘rinishi;

Back-end – web-saytning ortidagi adminlar mehnati.

Mazmuni: Asosiysi - bu natija, lekin ekran ortidagi mehnatning ham qadriga yetishimiz lozim! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #mulohaza_uchun

Xiaomi Redmi Note 4X: «X»ning siri nimada?

So‘nggi vaqtlarda Xiaomi smartfonlari soni ko‘payib, foydalanuvchilar ularning nomini ham adashtirib qo‘yishyapti. Misol uchun, Xiaomi Redmi Note 4 va Xiaomi Redmi Note 4X modellari quloqni aldashi mumkin.

👉 https://goo.gl/dkMTXu
#mavzu #smartfon #maslahat

Android’ni oldingi versiyasiga qaytaramiz

Smartfonlar operatsion tizimlarining yangilanib borishi yaxshi, albatta, biroq ba’zan eng yakuniy relizlarida ham mayda kamchiliklar yoki muayyan bir qurilmaga tushmay qolishi holatlari uchrab turadi. Shuningdek, ba’zida yangi proshivka smartfon yoki planshet resurslarini ko‘proq talab qiladi, natijada gadjet qotib ishlay boshlaydi.

👉 https://goo.gl/KWDiZa
#smartfon #maslahat

Xiaomi xatosidan millionlab smartfon xaridorlari jabr ko‘rmoqda (Xiaomi Mi A1)

Xitoyning smartfonsozlik sohasida ham yaxshi nom qozonib kelayotgan Xiaomi kompaniyasi kutilmaganda “qovun tushirib” qo‘ydi. Ishlab chiqaruvchining xatosi tufayli, mazkur kompaniyaning hamyonbop toifaga mansub smartfonini xarid qilib, uni yangilagan foydalanuvchilar qiyin ahvolga tushib qolishdi. Gap 2017 yilning sentabrida taqdim etilgan Xiaomi Mi A1 qurilmasi haqida ketmoqda.

👉 https://goo.gl/To1GLZ

👨🏻‍💻@itspecuz
#mavzu #smartfon

AnTuTu ideal Android-smartfon xususiyatlarini ma’lum qildi

Smartfonlarning yirik ekranli, xotirasi katta, dasturiy ta’minoti ilg‘or bo‘lishi borasida ishlab chiqaruvchilar go‘yo o‘zaro poyga o‘ynayotgandek. Biroq foydalanuvchilarning aksariyati uchun bu xususiyatlarning eng yuqori bo‘lishi unchalik ham shart emas ekan. Har holda, AnTuTu taqdim etgan ma’lumotda shunday deyiladi.

👉 https://goo.gl/WtmrpJ
#smartfon #maslahat

Telefoningizni topib beruvchi bepul Android-ilova

Hayotda turli vaziyatlar bo‘ladi – ba’zida smartfoningizni qaerga qo‘yganingizni eslay olmaysiz. Aksiga olib, ovozini o‘chirib yoki pasaytirib qo‘ygansiz – unga qo‘ng‘iroq qilishning foydasi yo‘q. Telefoningiz qaerdadir shu atrofda, ammo topa olmayapsiz. Xo‘sh, shunaqa holatlarda nima qilgan bo‘lardingiz?

👉🏻 https://goo.gl/nGRqTj

👨🏻‍💻@itspecuz
#mavzu #smartfon #maslahat

O‘g‘irlangan smartfonni topsa bo‘ladi!

Deylik, smartfoningizni yo‘qotib yoki o‘g‘irlatib qo‘ydingiz. Xo‘sh, nima qilasiz? Agarda avvalroq unga smartfonni topishga yordam beruvchi maxsus dasturlarni o‘rnatib qo‘ygan bo‘lsangiz – hali umid bor. hi-tech.mail.ru sayti o‘g‘irlangan smartfondagi shaxsiy ma’lumotlarni qanday himoyalash va uning o‘zini topishga oid maslahatlarni berib o‘tgan.

👉 https://goo.gl/4DrMPs
Kanalimizning doimiy muxlis va muxlisalari o‘rtasida yana bir so‘rovnoma o‘tkazishga qaror qildik. Sizning jinsingiz?
anonymous poll

👨🏻‍💻Erkak – 263
👍👍👍👍👍👍👍 79%

👩🏻‍💻Ayol – 68
👍👍 21%

👥 331 people voted so far.
Kanalimizning doimiy muxlis va muxlisalari uchun keyingi so‘rovnomamiz. Iltimos, faol ishtirok eting. Sizning yoshingiz?
anonymous poll

17-22 oralig‘ida – 180
👍👍👍👍👍👍👍 45%

23-30 oralig‘ida – 144
👍👍👍👍👍👍 36%

31-40 oralig‘ida – 28
👍 7%

7-16 oralig‘ida – 27
👍 7%

51 va undan katta – 11
▫️ 3%

41-50 oralig‘ida – 9
▫️ 2%

👥 399 people voted so far.
👍1
#word

MS Word’da o‘zbek tilining lotin alifbosida matn kiritilganida yuzaga keladigan “orfografik xato” hoshiyasidan halos bo‘lish 📄

Microsoft Word dasturida matnni o‘zbek tilining lotin (yoki kirill) alifbosida kiritgan bo‘lsangiz, u hujjatingizda post ostidagi rasmdagi kabi ko‘rinishda bo‘ladi.

Sababi, o‘zbek tili lug‘atining Microsoft Word dasturida mavjud emasligidir, ushbu matnni elektron ko‘rinishida kimgadir berishdan oldin, uni ushbu postimizda keltirilgan ko‘rsatmaga binoan sozlab olishingizni tavsiya etamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Kanalda ushbu rukn ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing:
1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz
#mavzu #internet

O‘zbekiston internet-foydalanuvchilarining eng ommaviy servislari, ilovalari va telefonlari

Intarget.uz” kompaniyasi “Milliy marketing markazi” assotsiatsiyasi bilan hamkorlik doirasida O‘zbekiston internet-statistikasi maxsus sonini chiqardi. Unda foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlarga qancha kirgani, eng ommalashgan mobil ilovalar top-ro‘yxatlari va boshqa muhim ma’lumotlar keltirildi.

👉 https://goo.gl/Pcpx9J
#operatsion_tizim

Kompyuter yoqilayotganidagi 0xc000000f xatolikni tuzatamiz 🔧

Windows 7 va undan keyingi versiyalari ancha ommalashgan bo‘lishiga qaramasdan, baribir ularda oxiriga yetmagan jihatlar bor. Ishlab turgan operatsion tizimda biror xatolik yuz bersa-ku, u haqda ma’lumot topib, to‘g‘rilash unchalik qiyin emas. Ammo tizimning o‘zi yuklanmay qolsa-chi?

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz