IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#outlook

Agar xatga dizayn yetishmasa, unda zerikarli oq fonni o‘zgartirib ko‘rishimiz mumkin. Mavjud standart variantlar: zalivka, bezaklar, teksturalar, orqa fon uchun ishlatiladigan rasmlar.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#outlook

Ko‘p dastur va xizmatlar infoni CSV matnli fayl formatida saqlaydi. Agar siz ushbu formatda kontaktlar ro‘yxatini uchratsangiz, uni Outlook’ga import qilish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#outlook

Xatlar ro‘yxatida shrift o‘lchami odatda 8пт bo‘ladi. Kim uchundir bu juda kichik va o‘qishga qiyin, kimdir aksincha yana ham kichraytirgisi keladi. Sozlamalarda buni o‘zgartiramiz.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#operatsion_tizim

Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari” ⌨️

Klaviaturadagi kombinatsiyalardan foydalanish kompyuterda ishlashni yanada qulaylashtirishi va unumdorlikni oshirishi har bir tajribali foydalanuvchiga ma’lum. Ushbu maqolada biz sizlar uchun barcha foydalanuvchilarga foydasi tegadigan Windows 10’ning eng foydali qaynoq klavishalarini to‘pladik.

Pastroqda keltirilgan ro‘yxat orqali siz oldingi versiyalardan sizga tanish bo‘lgan klaviatura kombinatsiyalari bilan bir qatorda, Windows 10 bilan birga paydo bo‘lganlarini topishingiz mumkin. Ularning barchasini yodlab olishning hecham keragi yo‘q, bu albatta oson ish emas. Shunchaki siz eng ko‘p foydalanadigan 3-4 operatsiyani tanlang, ularga mos bo‘lgan klavishalarni stikerga yozib, doimiy ko‘rinib turadigan joyga yopishtirib qo‘ying. Ularning tez orada miyangizda muhrlanib qolishini sezmay ham qolasiz, keyinchalik ularsiz ishingizni tasavvur qilishingiz qiyin bo‘lib qoladi. Bu amalga oshganidan so‘ng esa keyingi qaynoq klavishalar kombinatsiyasini o‘rganishga kirishishingiz mumkin.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Yacheykada u yoki bu so‘z necha marta uchrashini matn funksiyalari orqali hisoblash mumkin. Formula qanday ishlashini tushunish qulay bo‘lishi uchun u bosqichlarga bo‘lib tushuntirildi.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Joriy yacheykaning boshqa лист’larda joylashgan bir nechta natija qiymatlariga ta’sirini kuzatish lozim bo‘lganda “Окно контрольного значения” funksiyasi bizga qo‘l keladi.

👨🏻‍💻@itspecuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#word

⬆️⬇️ Dastlab videoni diqqat bilan tomosha qiling va maslahatlarimiz ma’qul kelsa – o‘z dasturingizni ko‘rsatmalarga binoan sozlab oling.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Foydali makroslar doim qo‘l ostida bo‘lishi uchun - ularni makroslar shaxsiy kitobida saqlang. Uni yaratish uchun hech bo‘lmasa unga 1 makrosni saqlash lozim. Ko‘rsatmani tomosha qiling.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Excel’ning o‘zi tuzilmani yaratish va oraliq natijalarni hisoblashga qodir. Asosiysi – лист’da ma’lumotlarni to‘g‘ri tashkillashtirishdir. (“Aqlli jadvallar” uchun ishlamaydi)

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

To‘ldirilgan diapazon uchun ma’lumotlarni tekshirishni qo‘llagan paytingizda, tekshiruvdan o‘tmagan yacheykalarni tez topish usuli bor. Noto‘g‘ri ma’lumotlar qizil ellipsda ajratiladi.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#operatsion_tizim

Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar ⌨️

Windows operatsion tizimidagi aksariyat masalalarni yechishda, ko‘p holatlarda “Выполнить” menyusi orqali komandalarni amalga oshirish mumkin (bundan tashqari ushbu menyu yordamida bizning ko‘zimizdan berkitilgan dasturlarni ham ishga tushirish mumkin).

Ba’zi komandalarni Windows’ning Панель управления’si yordamida ishga tushirish mumkin, lekin odatda bunga biroz ko‘proq vaqt talab etiladi. Haqiqatdan ham siz uchun nima osonroq, bir komandani kiritib ENTER klavishasini bosishmi yoki 10ta ketma-ketlikda oynadan-oynaga o‘tishmi?

O‘z tavsiyalarimizda biz ko‘pincha u yoki bu komandalarga murojaat etishni, ularni qanday kiritish va hkz.larga murojaat etamiz. Aynan shuning uchun ham “Выполнить” orqali ko‘pincha ishga tushirishga to‘g‘ri keladigan eng kerakli va dolzarb komandalarni o‘z ichiga oluvchi maqola yaratish bo‘yicha g‘oya tug‘ildi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4