ITSM
1.6K subscribers
1.73K photos
438 videos
1 file
991 links
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi.

• Veb sayt: itsm.uz
• E-mail: info@itsm.uz
• Facebook: facebook.com/itsc.uz
• Instagram: instagram.com/itsm_uz
• Twitter: twitter.com/itsm_uz
• Linkedin: company/itsmuz
Download Telegram
Forwarded from Sherzod Shermatov
Bobotog‘da yillar davomida rus tili tayinli o‘tilmagan maktabda endi malakali rus tili o‘qituvchisi dars o‘tmoqda

Uzoq hududlardagi hamda taʼlim sifati past bo‘lgan maktablarda taʼlim sifatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida, boshqa hududdan oliy yoki birinchi toifali o‘qituvchilar kelishini rag‘batlashtirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar, yillar davomida rus tili tayinli o‘tilmagan maktablardagi oquvchilarga malakali o‘qituvchidan dars olishlariga imkoniyat yaratdi.

Andijonlik fidoiy o‘qituvchimiz Adilbek Ataboev Surxondaryoning bunday uzoq hududiga borib ishlayotganini eshitib, biz ham undan xabar olib qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun bordik. Haqiqatda juda uzoq hududligigan, yolda ketayotganimizda juda chiroyli tog‘ manzaralarini tomosha qilib ketdik.

O‘qituvchimizga “Xalq taʼlimi aʼlochisi” ko‘krak nishoni va noutbuk taqdim etilgani darslarni yanada samaraliroq o‘tkazishga yordam beradi deb umid qilamiz.

www.ustozfondi.uz
Batafsil: https://bit.ly/334t14J
Maktab o‘quvchilari diqqatiga!

Sizlar uchun tayyorlanayotgan Maktab.uz nomli yangi qiziqarli platforma deyarli tayyor: saytni sinovdan o‘tkazish bosqichidamiz.

👩🏻‍💻 Platformada fanlardan tashqari, dasturlash, grafik dizayn, robototexnika kabi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha videodarslar taqdim etiladi.

Saytni baholashda esa Sizning yordamingiz kerak: buning uchun Sizdan faqatgina saytdagi materiallar bilan tanishib, bir necha savolga javob berish so‘raladi.

@MaktabUzTest telegram akkauntiga quyidagi ma'lumotlarni yuboring va platformaning ilk foydalanuvchilaridan biriga aylaning:
🔹To‘liq ism-sharifingiz, (masalan, Abdullayev Abdulla Abdulla o‘g‘li);
🔹Tug‘ilgan kuningiz (masalan, 2007-yil 1-yanvar);
🔹Maktabingiz joylashgan hudud, maktab va sinfingiz raqami (Samarqand viloyati, Urgut tumani, 9-maktab, 9-A sinfi)
🔹Telefon raqamingiz (to‘liq kodi bilan, masalan, +998 90 999 99 99).

Ushbu ma’lumotlar Sizni ro‘yxatga olishda zarur bo‘lib, boshqalardan sir saqlanadi.

Website I Facebook I Telegram I Instagram
💻Kitob.uz TANLOVi gʻolibiga noutbuk berildi!

📚Xabaringiz bor, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi FM 100.2 to‘lqinidagi “Diydor” radiosi bilan hamkorlikda Kitob.uz loyihasining TANLOVini o‘tkazgan edi.

⚡️Ushbu viktorinada g‘olib deb topilgan Andijon Mashinasozlik instituti 2-kurs magistranti, Buloqboshi tumani 30-umumta’lim maktabi sobiq oʻquvchisi Davronbek Yulchiyevga xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov tomonidan noutbuk, kitoblar hamda sertifikat topshirildi.

👏🏻Gʻolibimizni qoʻlga kiritgan sovg‘alari bilan chin dildan tabriklab, kelgusi ishlarida zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

#kitob_uz #tanlov #ITSM #radio_tanlov

Website I Facebook I Telegram I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ВАЗИРЛИГИ ТАСАРРУФИДАГИ ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН ДАВЛАТ УМУМТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИГА ҚАБУЛ БОШЛАНДИ

Ҳужжатлар my.maktab.uz сайти орқали электрон шаклда қабул қилинади. Ҳужжатларни топшириш бўйича йўриқнома ушбу видеода ўз аксини топган👆👆👆

Ўқувчилар қабули режалаштирилган ихтисослаштирилган таълим муассасалари рўйхати билан ушбу ҳавола орқали танишишингиз мумкин.

Қабул жараёнлари бўйича қўшимча маълумотларни @mymaktab_uz телеграмм канали ёки ☎️71 203-07-04 телефон рақами орқали олиш мумкин.
“Yangi Oʻzbekiston”da “Zamonaviy maktab”lar tashkil etiladi

“Yangi Oʻzbekiston”ning yangi islohotlaridan biri bu – joylarda “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish. Shu maqsadda, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Andijon viloyatida “Zamonaviy maktab”larga aylantirilishi koʻzda tutilgan umumtaʼlim maktablariga tashriflar uyushtirildi. Tashrif chogʻida vazirlikning mutasaddi xodimlari tomonidan maktab direktorlari uchun oʻquv seminarlari tashkil etildi.
Oʻquv-seminarida ITSM Zamonaviy maktablarni baholash va sertifikatlash xizmati boshligʻi Sardor Rahimboyev tomonidan “Zamonaviy maktab” dasturi maqsad va vazifalari, unda yuqori natija koʻrsatish uchun eʼtibor berilishi zarur boʻlgan jihatlar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.

Tashrifdan asosiy maqsad - taʼlim sifati koʻtarish, kadrlar malakasi, maktablarda AKT infratuzilma va elektron tizimlarning joriy eʼtilishi holatini oʻrganish, ERP yagona elektron boshqaruv tizimi, KPI tizimlarini tatbiq etish boʻyicha oʻquv seminarlarini tashkil etishdan iborat.
Forwarded from Edu Kids
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨🏻‍🎨 Mashhur rassomlardan kimlarni bilasiz?

🎨Buyuk rassomlarning dunyoga mashhur asarlari real voqelikka asoslangan boʻladimi?

🎬 Edu Kidʼsning navbatdagi daydjesti taniqli rus rassomi, olti mingdan ortiq rasmlar muallifi - Ivan Konstantinovich Aivazovskiy ijodi va hayotiga bagʻishlanadi.

#rassom_Aivazovskiy #buyuk_asarlar_muallifi #rassomchilik

Kanallarimizga ulanish uchun:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
#Foydali

☀️Ta'til paytida bo'sh vaqtingizni qanday qilib unumli o'tkazishingizni bilmaysizmi?

✔️Unday bo'lsa Sizga Deyl Karnegining shaxsiy rivojlanish bo'yicha quyidagi 5️⃣ta eng sara kitobini o'qib chiqishni tavsiya etamiz:

📙Chidash san'ati
https://www.kitob.uz/book/1291

📒Do'stlar topish
https://www.kitob.uz/audiobook/161

📕Muomala_sirlari
https://www.kitob.uz/book/1609

📗O'z-o'ziga ishoch hosil qilish va notiqlik san'ati https://www.kitob.uz/book/1095

📘Muvaffaqiyat kaliti
https://www.kitob.uz/book/2030

Kitob.uz platformasidagi ushbu kitoblarning barchasi bepul bo'lib, ularning aksariyati audiotalqinda mavjud.

Website I Facebook I Telegram I Instagram
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TESOL: Teaching English to Speakers of Other Languages. Ushbu sertifikatni TOEFL yoki IELTSdan asosiy farqi, u nafaqat ingliz tilini bilishni, balki boshqa tilda so'zlovchilar uchun Ingliz tilini o'rgata olishini bildiradi.

TESOL sertifikatiga ega o'qituvchilar xalqaro maktablarga bemalol ishga kira oladi. O'qituvchi ushbu sertifikatni o'zi harakat qilib olaman desa, kamida $2000 xarajat qilishiga to'g'ri kelar edi. Hozir ushbu xarajatlarning barchasi grant hisobiga qoplanmoqda.

"English Speaking Nation" loyihamiz doirasida yuzga yaqin oddiy maktab o'qituvchilarimiz yaqinda TESOL sertifikatlariga ega bo'ladilar, yil yakunigacha ularninig soni 400 nafarga yetadi deb umid qilamiz. Umuman olganda, 3 yil ichida ushbu loyiha 15 mingdan ortiq ingliz tili o'qituvchilarimizni malaka oshirishiga yordam beradi.

Chet tilini o'rgatish uchun birinchi navbatda chet tillari o'qituvchilarining o'zlari shu kabi xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishga harakat qilishlari zarur, shundagina ularga qo'shimcha ustama ham bo'ladi
1-СИНФГА ОНЛAЙН-ҚAБУЛ ТИЗИМИ ИШГА ТУШИРИЛДИ!

Ҳурматли ота-оналар!
2021-2022 ўқув йили учун умумтаълим мактабларига 1-синфга онлайн қабул учун рўйхатдан ўтиш ва ариза топшириш жараёни бошланганлигини маълум қиламиз.

Қабул учун аризаларни my.maktab.uz электрон платформаси орқали топширишингиз мумкин.

Эслатиб ўтамиз, хизмат Тошкент шаҳри, Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятлар марказидаги умумтаълим мактаблари учун мавжуд.

Бириктирилган микроҳудуддан ташқари танланган иккинчи ва учинчи мактабларда, мактаб сиғимидан келиб чиқиб, бўш ўрин мавжуд бўлган тақдирда қўшимча ўқувчилар ўрни (квота) ажратилади.

Қабул жараёнлари бўйича қўшимча маълумотларни @mymaktab_uz телеграмм канали ёки ☎️71 203-07-04 телефон рақами орқали олиш мумкин.

🌐 mymaktab_uz
ЗАПУЩЕНА СИСТЕМА ОНЛАЙН-ПРИЕМА В ГОСУДАРСТВЕННЫЕ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ШКОЛЫ!

Уважаемые родители!
Информируем вас о том, что начался процесс регистрации и подачи заявки на онлайн-приём в первые классы общеобразовательных школ на 2021-2022 учебный год.

Вы можете подать заявку через электронную платформу my.maktab.uz.

Напоминаем, что услуга пока доступна для подачи документов в школы, которые находятся в городе Ташкент, Республике Каракалпакстан, а также центрах областей.

Дополнительная квота для вторых и третьих школ, выбранных вне своего микроучастка, будет выделена в зависимости от вместимости школы и при наличии свободных мест.

Более подробную информацию о приеме можете узнать на официальном Telegram-канале @mymaktab_uz или по телефону ☎️ 71 203 07 04.

🌐 mymaktab_uz
Forwarded from Rustam Karimjonov
Ҳурматли ота-оналар!

Фарзандингизни 1-СИНФГА ҚАБУЛ учун онлайн рўйхатдан ўтиш ва ариза топшириш бўйича ВИДЕО ЙЎРИҚНОМАНИ Халқ таълими вазирлигининг расмий телеграм каналида ушбу ҳавола орқали кўришингиз мумкин - https://t.me/uzedu/13148.

ДИҚҚАТ!
1-синфга онлайн қабул Тошкент шаҳри, Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятларнинг марказидаги мактабларда амалга оширилиши мумкин.

Батафсил маълумот - my.maktab.uz сайтидан олишингиз мумкин.
Forwarded from Sherzod Shermatov
Andijon viloyatida to’q qizil maktablar soni 7 barobarga kamayib, umumiy OTMga kirgan bitiruvchilar soni 2,4 barobarga ortishi natijasida, OTMga kirgan bitiruvchilar ulushi bo’yicha viloyat hududlar orasida 3 pog’ona yuqoriga ko’tarilgan.

OTMga kira olmagan 4 mingdan ortiq bitiruvchiga 41 mlrd so’m kreditlar berilishi natijasida ularning ham bandligi ta’minlangan.

Albatta, har bir hududda qilinishi kerak bo’lgan ishlar va yig’ilib qolgan muammolar juda ko’p, lekin ijobiy o’zgarish va natijalarni ham aytib o’tish lozim. Shundagina, ushbu hududdagi jamoa yanada yaxshiroq natijalar uchun ko’proq harakat qiladi.

Hali OTMlarga asosiy imtihon boshlanmasidan, 200dan ortiq bitiruvchilar turli xalqaro OTMlarga qabul qilinib bo’ldilar.

Bunday o’quvchilar bilan suhbatda ularning shijoati va g’ayrati to’lib turganiga guvoh bo’lish mumkin.

Eng qiyin savol esa qanday qilib boshqa yoshlarni ham bu kabi natijaga erishayotgan yoshlarga xasad emas, havas qildirishga o’rgatish…