ITSM
1.6K subscribers
1.73K photos
438 videos
1 file
991 links
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi.

• Veb sayt: itsm.uz
• E-mail: info@itsm.uz
• Facebook: facebook.com/itsc.uz
• Instagram: instagram.com/itsm_uz
• Twitter: twitter.com/itsm_uz
• Linkedin: company/itsmuz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqil assotsiatsiya tashkil etish istagidagi o‘qituvchilar diqqatiga!

O‘qituvchilarning huquqlarini himoya qilishda o‘z hissangizni qo‘shmoqchimisiz?

Ularning bilim va malakasini oshirishni, eng yaxshi o‘qitish metodikasini ommalashtirishni-chi?

Balki o‘qituvchilarga metodik maslahat ko‘rsatish maqsadida elektron resurslar yaratishga hissa qo‘shishni istarsiz?

➡️Unday boʻlsa, “Oʻzbekistonda mustaqil oʻqituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasida ISHTIROK ETING va oʻqituvchilarning qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga oʻz hissangizni qoʻshing!

* Loyiha Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirishga, ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan.

Batafsil ma’lumot uchun:
🌐 oqituvchilar.uz
☎️71 202 09 09

Website I Facebook I Telegram I Instagram
Forwarded from Edu Kids
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🙇🏻‍♂️ Har bir oʻquvchining yoqtirmaydigan fani boʻladi. Ammo, u fan orqali oladigan bilim kelajakda, albatta, foyda beradi.

🎓Shunday ekan, fanga qiziqish uygʻotish va oʻrganishning samarali usullari ham yoʻq emas.

🎯 Edu Kids muxlislari, ushbu video orqali oʻzingiz yoqtirmaydigan fanlarni qiziqish bilan oʻrganishning bir nechta usullari haqida bilib olasiz.

#Edu_Kids #yangi_daydjest

Kanallarimizga ulanish uchun:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
#Foydali

🇬🇧📲Yozda boʻsh vaqtingizni unumli oʻtkazishingiz uchun chet tillarini o‘rganish bo‘yicha ilovalar ro‘yxati:

1️⃣Busuu: language learning app
Play Маркет I App Store;

2️⃣Elevateapp
Play Маркет I App Store;

3️⃣HiNative-language learning app
Play Маркет I App Store;

4️⃣Memrise: fun language learning
Play Маркет I App Store;

5️⃣Lengokids – playlearning
Play Маркет I App Store;

6️⃣EWA Kids: English for children
Play Маркет I App Store;

7️⃣Khan Academy kids
Play Маркет I App Store;

8️⃣Duolingo – Language lessons
Play Маркет I App Store;

9️⃣AccellaStudy
App Store;

🔟Rosetta Stone: learn languages
Play Маркет I App Store.

Website I Facebook I Telegram I Instagram
📰27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunidir.

🎉Fursatdan foydalanib, doimo yangilik izlab, yangilikka intilib yashaydigan, jamiyatda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning ma’no-mohiyatini odamlarga tezkorlik va xolislik bilan yetkazadigan matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilam tabriklaymiz!

Televideniye, radio, bosma va elektron nashrlarda faoliyat yuritayotgan barcha jurnalistlarga oilaviy farovonlik va ijodiy yutuqlar tilab qolamiz!

Website I Facebook I Telegram I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
МАТБУОТ ВА ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИ ХОДИМЛАРИ КУНИГА БАҒИШЛАНАДИ

Халқ таълими вазирлиги ҳамда унинг тизимидаги барча ташкилотлар раҳбар ходимлари Оммавий ахборот воситалари ходимларини бугунги касб байрамлари билан табриклайди.

Байрам тилакларимизни ушбу махсус ролик орқали қабул қилиб олинг!

Байрамингиз муборак бўлсин!
Forwarded from Edu Kids
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vaqtdan unumli foydalanish, kun tartibini toʻgʻri taqsimlash kishiga qanchalik foyda keltirishini bilasizmi?

Ikki daqiqalik qoida haqida eshitganmisiz?

Kun davomida maktab darslari, sport va sevimli mashgʻulotlar bilan shugʻullanish, shu bilan birga maroqli madaniy hordiq chiqarish va uy yumushlarini ham oʻz vaqtida bajarish...

📆 Dangasalikni chetga surib qoʻyib, barcha yumushlarni oʻz vaqtida va reja asosida amalga oshirish qanchadan-qancha foyda berishini va kunni mazmunli, samarali oʻtishiga yordam berishi haqida Edu Kids'ning navbatdagi daydjestidan bilib olishingiz mumkin.

#Edu_Kids #yangi_daydjest

Kanallarimizga ulanish uchun:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi xodimlarining ikki nafari “XALQ TAʼLIMI AʼLOCHISI” koʻkrak-nishoni bilan taqdirlandi

🏅Bugun, 30-iyun - Yoshlari kuni
munosabati bilan xalq taʼlimi tizimida samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan, islohotlarni amalga oshirishda haqiqiy jonbozlik koʻrsatayotgan 25 nafar xodim “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak-nishoni bilan taqdirlandi. Shu jumladan, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazining Raqamli taʼlim platformalarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Saidaxmad Jalilov va Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi Jasur Asqarov bunday eʼtirofga sazovor boʻldilar.

🎇👏🏻Markaz jamoasi nomidan mukofot olgan xodimlarni ushbu yutuqlari bilan muborakbod etamiz va bugungi kundagi shijoati, tashabbuskorlik hislatlarini yoʻqotmasliklarini hamda kelgusidagi ishlariga rivoj tilab qolamiz.

🌐 Website I Facebook I Telegram I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент шаҳри умумтаълим муассасаларида “Khan Academy O‘zbek” электрон платформасидан фойдаланган ҳолда таълим бериш йўлга қўйилади.

Дастлабки босқичда Khan Academy томонидан тажриба-синов тариқасида Тошкент шаҳридаги таълим сифати юқори бўлмаган 215-сонли ҳамда 222-сонли умумтаълим муассасалари танлаб олинди. Ушбу мактабларга ўқув жараёни сифатини оширишга ва мустақил ўрганишга қаратилган методик қўлланмалар тайёрланиб, ўқитувчилар учун маҳорат дарслари ташкил этилади, ҳамда платформадаги электрон ресурслардан фойдаланиш учун 80 га яқин компьютер жиҳозлари тақдим этилади.

Khan Academy Oʻzbek — ўзбек тилидаги илк бепул онлайн платформа бўлиб, ундан 190 дан ортиқ мамлакатда 80 миллиондан ортиқ одам фойдаланади, Ўзбекистонда ундан 300 мингдан ортиқ ёшлар фойдаланмоқда.

БАТАФСИЛ: https://bit.ly/2ToqOQh

🌐 Website I Facebook I Telegram I Instagram
Davlatimiz gerbi – xalqimizning erki, baxti, gʻururi, oʻzligi timsolidir.

Bugun Oʻzbekiston davlat ramzi 2️⃣9️⃣ yoshda! Ayni shu kunda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan.

Milliy gerbimiz — mustaqillik ramzi, gullab-yashnayotgan va serhosil Vatanimiz, uning boyligi va ozodligi timsolidir. Milliy ramzimiz hamisha xalqimizning asosiy qadriyatlari — birdamlik, mehr-oqibat, mehmondoʻstlik va yurtimizga boʻlgan muhabbat tuygʻusini yodga solib tursin.

🌐 Website I Facebook I Telegram I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖Nima uchun insonlar umri davomida ilm oʻrganishadi?

Hayot davomida oʻqib oʻrganish, tinmay izlanish kishilarning dunyoqarashini kengaytiradi. Hayotning oʻzi bir katta maktab!

🔆 Har bir kunimiz befoyda oʻtmasligiga, har bir soniyalardan unumli foydalanishga harakat qilishimiz, har bir voqeadan esa oʻzimizga kerakli xulosani olishimiz kerak.

🎥 Edu Kidsning navbatdagi daydjesti orqali umr davomida bilim olishning afzalliklari haqida maʼlumotga ega boʻlasiz!

#Edu_Kids #yangi_daydjest

Kanallarimizga ulanish uchun:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu Kids
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqish va qobiliyatlaringizni nima orqali namoyon qila olasiz?

Sevimli mashgʻulotingiz bilan shugʻullanish Sizga zavq bagʻishlaydimi?

Imkoniyatlaringizni ishtiyoq bilan namoyish qilgingiz keladimi?

❗️Bugungi mavzuimiz – ishtiyoq!

Ishtiyoq - bu oʻz qiziqish va qobiliyatlaringizni amalda koʻrsata oladigan mashgʻulotdir.

🎞 Edu Kidsning yangi daydjesti Sizga ishtiyoq formulasi, uni aniqlash usullari kabi foydali maʼlumotlarni beradi!

#Edu_Kids #yangi_daydjest

Kanallarimizga ulanish uchun:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
📖 Kitob oʻqishga qiziqasizmi?

📚 Biror bir kitobni mutolaa qilishni koʻzlagansiz-u, ammo uni oʻqishga vaqt topa olmayapsizmi?

💡Bu muammoning oson yechimi bor!

Siz endilikda sevimli asaringizni uy yumushlarini bajarayotib, yurgan yoʻlingizda yoki avtoboshqaruv vaqtida yoinki uzoq yoʻlga ketish chog'ida “oʻqishingiz” mumkin. Qanday deysizmi?

Kitob.uz elektron platformasida kitoblarni nafaqat elektron shaklda oʻqish, balki audio talqinda tinglab “oʻqish” imkoniyati bor!

❗️Vaqtingizni tejang, Kitob.uzdan foydalaning!

Kitob.uz – har vaqtda va har qayerda Sizning doimiy hamrohingiz!

#kitob_uz
#elektron_kitob_audio_talqinda

🌐 Website I Facebook I Telegram I Instagram
#Diqqat_Tanlov

KITOB.UZ ELEKTRON PLATFORMASIDAN KITOB O‘QING VA NOUTBUK YUTIB OLING!

Xalq ta’limi vazirligi internetning o‘zbek segmentidagi eng ommabop guruhlaridan biri Maslahat.uz guruhi bilan «Yoz —o‘tmoqda soz» turkum tanlovlarini davom ettiradi!

Tanlovning maqsadi – Internet va yangi axborot texnologiyalardan foydalangan holda bolalarni o‘qishga jalb qilish bo‘yicha kitobxonlikni targ‘ib qilishdan iborat.

TANLOVNING ASOSIY SHARTI:

Kitob.uz platformasida mavjud adabiyotlardan birini o‘qib chiqib, uni boshqalarga ham ommalashtirish maqsadida ushbu kitobni targ‘ib qiluvchi video oling (video 3 daqiqadan oshmasligi lozim) yohud rasm chizing.

TANLOV SHARTLARI:

Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishing (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lishi lozim);

Kitob.uz ilovasini yuklab oling;

https://t.me/uzedu kanaliga obuna bo‘ling;

O'qigan kitobingiz havolasini post bilan qoldirish

Ijodiy ishlar ushbu post ostida izoh sifatida qoldirilishi lozim;

☝️ Tanlovda 7 dan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar qatnashishi mumkin.

*Tanlovdagi shartlardan birortasi bajarilmagan bo‘lsa, ishtirokchi g‘olib deb topilmaydi.

Tanlov g'olibi 1️⃣4️⃣-iyul soat 1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ da e'lon qilinadi.

☝️Eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

*Avvalgi tanlovlarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi qayta g‘olib deb e’lon qilinmaydi.

Vaqt ketdi!

#Tanlov
#Yoz_2021


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлигининг айдентикасини яратиш, шунингдек тарғибот ва ахборот материалларида асосий индентификатор сифатида фойдаланиладиган замонавий, ўзига хос ва осон таниладиган логотипни яратиш устида иш олиб борилмоқда.

Шу сабаб, Сиз кузатувчиларнинг фикрингиз ҳам биз учун муҳимлигини инобатга олиб, Вазирлик учун мос келадиган логотипни аниқлаш бўйича сўровнома ўтказмоқдамиз.

Қайси логотипга овоз берасиз?

Қуйидаги ҳавола орқали овоз беришингиз мумкин:

👉 https://t.me/uzedu/13304
......

Сўровномада фаол иштирок этинг, Сизнинг овозингиз муҳим аҳамиятга эга!