ITSM
1.8K subscribers
1.66K photos
427 videos
1 file
957 links
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi.

• Veb sayt: itsm.uz
• E-mail: info@itsm.uz
• Facebook: facebook.com/itsc.uz
• Instagram: instagram.com/itsm_uz
• Twitter: twitter.com/itsm_uz
• Linkedin: company/itsmuz
Download Telegram
🇺🇿 Boku shahrida joylashgan 53-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston kuni o'tkazildi

🌐 "SAF 2022" Xalqaro festivalida ishtirok etgan va bir necha toifalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan O'zbekiston STEAM jamoasi, O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi bilan birgalikda Boku shahridagi 53-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan 🇺🇿 "O'zbekiston kuni" ga taklif qilindi.

🇺🇿 Maktab o'quvchilari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqidagi bilimlarini hamda xalqimiz madaniyatiga xos raqs va kuy-qo'shiqlarni namoyish etdilar.

🌍 O'zbekiston 2022-yilda OCEP dasturiga kirdi. Ushbu dastur madaniyat, ta'lim va davlatlarning do'stona munosabatlarini o'rnatish uchun xizmat qiladi. Ozarbayjon Respublikasida OCEP dasturiga 2019-yilda a'zo bo'lgan.

❤️ Ushbu dasturni qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston va Ozarbayjon maktablari o'rtasida hamkorlikni davom ettirish rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

📢 "Zamonaviy maktab” larga qo‘yiladigan talablar asosida baholangan Xorazm viloyatining 110 ta maktablari natijalari eʼlon qilindi

📍 Xorazm viloyatidan qatnashgan maktablarni taqdirlash marosimi Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida tashkil etildi. Unda 2022-yilda “Zamonaviy maktab” larga qo‘yiladigan talablar asosida baholangan 110 ta maktablar natijalari eʼlon qilindi.

Taʼkidlash kerakki, Xorazm viloyati umumiy natijalarga ko‘ra eng yaxshi ko'rsatgichni qayd etdi.

🚩 Tadbirda yaxshi natija ko'rsatgan maktablarga muvofiqlik sertifikatlari topshirildi, past natija ko‘rsatgan maktablarni "Zamonaviy maktab" larga qo‘yiladigan talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar taqdim etildi.

📷 Tadbirdan fotolavhalar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Oltin medal sohiblari Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda kutib olindi

🌐 "SAF 2022" Xalqaro festivalida ishtirok etgan va bir necha toifalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan O'zbekiston STEAM jamoasi kuni kecha Toshkent shahriga yetib keldilar.

📍 Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo'lib o'tgan "SAF 2022" Xalqaro festivalida Vatanimiz sha'nini munosib himoya qilgan hamda g'oliblikni qo'lga kiritgan bir guruh yoshlarni kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.

🚩Eslatib o'tamiz, O'zbekiston STEAM jamoasining kichik yoshdagi vakillari🥇 "Robokids Primary" toifasida Oliy o‘rin sohibiga aylangan bo'salar, yuqori sinfda o'qiydigan jamoa a'zolari🥉"High school survivor" toifasida Bronza medaliga sazovor bo'ldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from XorazmTELEKANAL | RASMIY (Rasulbek Masharipov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ZAMONAVIY MAKTAB MAQOMINI OLGAN TA'LIM MUASSASALARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI
11.12.2022

📲@XorazmTELEKANAL
___
📲DASTURNING HD versiyasi👇
https://www.youtube.com/c/XORAZM24
___
Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAEnP4H2TABCMSDrRMA
👍 Xalq ta'limi vazirligi Koll-markaziga 2022-yil yakuni IV-choragi mobaynida telefon qo'ng'iroqlari orqali kelib tushgan murojaatlar bo'yicha ma'lumotlar

📞 Koll-markazga fuqarolardan xalq ta'limi tizimiga oid kelib tushgan murojaatlar va ularni ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar:

➡️ 14 913 ta qo'ng'iroq qabul qilindi;
➡️ 147 ta murojaatlar rasmiy ariza sifatida qabul qilinib, ulardan 120 tasi ijobiy hal etildi hamda qolgan 27 tasi ish jarayonida;
➡️ Shuningdek, 14 766 ta qo'ng'iroqlarga Koll-markaz operatorlari tomonidan tezkor va aniq ma'lumotlar berildi.

Agar sizda Xalq ta'limi tizimiga oid savol, taklif va murojaatlaringiz mavjud bo'lsa, 📞 71-202-09-09 raqamiga
qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Koll-markaz ish vaqti:
Dushanba ~ Juma: 9:00 ~ 18:00.
Shanba: 9:00 ~ 17:00.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Maktab o'quvchilari orasida mashhur bo'lgan kibersport ustasi Shoxruz Nazarov (bloger Yakudza) bilan fan klub uchrashuvi bo'lib o'tdi

👍 ITSM markazi tomonidan poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan 260-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida, yoshlar orasida mashhur bo'lgan kibersport ustasi, bloger Shoxruz Nazarov (bloger Yakudza) bilan uchrashuv tashkil etildi.

🤖 Ushbu tadbirda ishtirok etgan 5-6-7-sinf o'quvchilari o'zlari yoqtirgan bloger hamda kiber sportchisiga ikki yo'nalishda ham qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkinligi, blogerlik faoliyatiga oid savollar berdilar.

🤖Bundan tashqari, bugungi kunda IT-kasblariga bo'lgan talab va ularni samarali o'zlashtirish kabi mavzularda o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga Markaz mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berildi. Shu o'rinda Xalq ta'limi vazirligining You Tube dagi Milliy ta'lim resurslari rasmiy kanalida 30 dan ortiq zamonaviy IT-kasblari bepul joylab borilayotgani haqida ma'lumotlar taqdim etildi va amalda sahifadan foydalanish ko'rsatib berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM