ITSM
1.8K subscribers
1.66K photos
427 videos
1 file
957 links
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi.

• Veb sayt: itsm.uz
• E-mail: info@itsm.uz
• Facebook: facebook.com/itsc.uz
• Instagram: instagram.com/itsm_uz
• Twitter: twitter.com/itsm_uz
• Linkedin: company/itsmuz
Download Telegram
📢 "SAF 2022" Ozarbayjon Xalqaro festivali doirasida o‘tkazilgan musobaqada jamoamiz finalga yo'llanma oldi

📍 Xabaringiz bor, shu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida "SAF 2022" Xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu festival doirasida "High school survivor", "Innovative exhibition" va "Robokids Primary" toifalarida musobaqa tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston STEAM jamoasi ham ishtirok etdi.

🚩"High school survivor" toifasida jamoalar Lego EVE 3 yoki Spike to‘plamlaridan foydalandilar. Dastlabki 2 raundda jamoalar ilgari olingan ko‘rsatmalarga muvofiq o‘z ishlarini namoyish etdilar. 3-raundda topshiriq maʼlum qilinmadi va murabbiylar o‘z jamoalariga yordam bera olmadilar.

📎 3-raund vazifalaridan biri, ilgari maʼlum bo‘lmagan trayektoriya bo‘yicha robot uchun kod yozish va obyektni harakatga keltirish edi. Unda umumiy natijalarga ko‘ra, bizning jamoamiz finalga chiqdi.

🚩"Innovative exhibition" toifasida bizning jamoamiz ekinlarni qayta ishlash mavzusiga bag‘ishlangan o‘z loyihasini taqdim etdi hamda ushbu loyihani amalga oshirishda dronlardan foydalanish usulini namoyish qildi.

🚩"Robokids Primary" toifasida jamoamiz kodlashni amalga oshirish uchun Lego va WeDo to‘plamlaridan foydalandi.

🌐 O‘zbekiston shaʼnini himoya qilayotgan 3 jamoamiz ham finalga chiqdi. Jamoamiz aʼzolari natijalar eʼlon qilinishini xavotir va intizorlik bilan kutmoqda. Siz ham jamoamizni qo‘llab-quvvatlaysizmi?

🔰 Eslatib o‘tamiz, musobaqada bizning jamoamiz bilan birgalikda Angliya, Estoniya, Shvetsiya, Turkiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlar jamoalari ishtirok etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢"SAF 2022" Ozarbayjon Xalqaro festivali doirasida o‘tkazilgan musobaqada jamoamiz 🥇 Oltin medal sohibi bo‘ldi

Ayni damda "SAF 2022" Xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan musobaqaning "High school survivor", "Innovative exhibition" va "Robokids Primary" toifalarida ishtirok etgan O‘zbekiston STEAM jamoasi natijalari e'lon qilindi. Unga ko'ra jamoamiz Oltin va Bronza medallarini qo'lga kiritdi.

🥇 "Robokids Primary" toifasida qatnashgan Vatanimiz STEAM jamoasining kichik yoshdagi vakillari eng yuqori natijani ko‘rsatib, Oliy o‘rin sohibiga aylandilar.

🥉 "High school survivor" toifasida qatnashgan jamoamiz vakillari esa, Bronza medaliga sazovor bo'ldilar.

❤️ Yurtimiz shaʼnini Xalqaro maydonda munosib himoya qilgan jamoamiz aʼzolarini va butun STEAM jamoasini ushbu yutuq bilan chin dildan qutlaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbek adabiyotining eng durdona asarlari hisoblangan, adib Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar", "Mehrobdan chayon", "Uloqda" kabi mumtoz asarlar “Kitob.uz” platformasidan munosib o'rin egalladi!

❤️ Barcha kitobxonlarning birdek qalbidan joy egallagan, sevib mutolaa qiladigan elektron formatdagi shox asarlar “Kitob.uz” platformasiga doimiy ravishda joylab borilmoqda.

🖥 “Kitob.uz”ni kuzatishda davom eting!

📞 71 2020909
🌐 itsm.uz I 📒Facebook I Telegram I 📹Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bundan 30 yil avval, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida xalq shoiri Abdulla Oripov sheʼriga taniqli bastakor Mutal Burhonov tomonidan bastalangan kuy mustaqil O‘zbekistonning madhiyasi sifatida qabul qilingan edi.

🇺🇿 Davlat madhiyasi - o‘zida o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan samimiylik va bag‘rikenglikni ifoda etib, serquyosh Vatanimiz qadri, ilm-fan ravnaqiga bo‘lgan eʼtibor va har bir navqiron o‘g‘il-qiz qalbiga kirib borguvchi vatanparvarlik xissi bilan boyitilgan.

🇺🇿 Aziz Vatandoshlar, Davlat madhiyasi kuni barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Boku shahrida joylashgan 53-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston kuni o'tkazildi

🌐 "SAF 2022" Xalqaro festivalida ishtirok etgan va bir necha toifalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan O'zbekiston STEAM jamoasi, O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi bilan birgalikda Boku shahridagi 53-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan 🇺🇿 "O'zbekiston kuni" ga taklif qilindi.

🇺🇿 Maktab o'quvchilari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqidagi bilimlarini hamda xalqimiz madaniyatiga xos raqs va kuy-qo'shiqlarni namoyish etdilar.

🌍 O'zbekiston 2022-yilda OCEP dasturiga kirdi. Ushbu dastur madaniyat, ta'lim va davlatlarning do'stona munosabatlarini o'rnatish uchun xizmat qiladi. Ozarbayjon Respublikasida OCEP dasturiga 2019-yilda a'zo bo'lgan.

❤️ Ushbu dasturni qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston va Ozarbayjon maktablari o'rtasida hamkorlikni davom ettirish rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

📢 "Zamonaviy maktab” larga qo‘yiladigan talablar asosida baholangan Xorazm viloyatining 110 ta maktablari natijalari eʼlon qilindi

📍 Xorazm viloyatidan qatnashgan maktablarni taqdirlash marosimi Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida tashkil etildi. Unda 2022-yilda “Zamonaviy maktab” larga qo‘yiladigan talablar asosida baholangan 110 ta maktablar natijalari eʼlon qilindi.

Taʼkidlash kerakki, Xorazm viloyati umumiy natijalarga ko‘ra eng yaxshi ko'rsatgichni qayd etdi.

🚩 Tadbirda yaxshi natija ko'rsatgan maktablarga muvofiqlik sertifikatlari topshirildi, past natija ko‘rsatgan maktablarni "Zamonaviy maktab" larga qo‘yiladigan talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar taqdim etildi.

📷 Tadbirdan fotolavhalar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM