IT PROGRESS
148 subscribers
145 photos
47 videos
1 file
59 links
"IT PROGRESS" rasmiy kanaliga xush kelibsiz!
Biz – IT mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyamiz.
💻 Telegram botlar, veb saytlar, CRM tizimlar va mobil ilovalarni ishlab chiqamiz.

📞 +99894 344 19 29
📍 Manzil: IT PARK Jizzax filiali
Download Telegram
#foydali

🤫 HTMLdagi yashirin imkoniyatlar

Bugun loyihalarimizda qo'l kelishi mumkin bo'lgan bir nechta foydali HTMLdagi yashirin imkoniyatlarni ko'rib o'tamiz.

Ushbu imkoniyatlar sizning vaqtingizni tejashga va kamroq kod yozishingizni ta'minlaydi. Sinab ko'ring!

Kanalimiz 👇
https://t.me/it_progress_software
Ushbu soha rivojlanmasa, boshqa biror-bir tarmoq oldinga yurmaydi” — Shavkat Mirziyoyev axborot texnologiyalari sohasi haqida

Shuningdek, sohada yechimini kutayotgan muammolar va ishga solinmagan imkoniyatlar hali ko‘pligi qayd etildi.




Kanal
@it_progress_software
​​​​Frontendga oid amaliyot qilish uchun TOP manbalar

codewell.cc - Tayyor Dizayn shablonlari orqali HTML, CSS imkoniyatlaringizni kuchaytiring;

dailyui.co - Kunlik dizayn chellenjlari yig'ilgan majmua;

frontendpractice.com - Murakkabroq frontend loyihalarida o'zingizni sinang;

javascript30.com - 30 kunlik javascript chellenji orqali JS bo'yicha bilimlaringizni oshiring;

cssbattle.dev - CSSga doir turli darajadagi vazifalar jamlanmasi;

👉 @it_progress_software
Javascriptda trim() metodi orqali matn boshida va oxiridagi bo'sh joylarni olib tashlash mumkin!
Qiziq to'g'rimi?!
Dasturlash sohasini o'rganmoqchi bo'lsangiz:
📲 Biz bilan Aloqa:
+998937774202


🕹Manzil:👇🏻
Jizzax viloyat hokimiyati 2 etaj, IT PARK Jizzax filiali

🧑‍💻Telegram sahifamiz:
@it_progress_software
Internet tezligingizni bilib olishni istaysizmi?

Internet tezligingiz necha Mbps ekanligini bexato ko'rsangiz bo'ladigan sayt. Menda 18 Mbps ekan, siz ham koʻrib yozib qoldiring!

Sinab koʻrish: fast.com

📲 Biz bilan Aloqa:
+998937774202


🕹Manzil:👇🏻
Jizzax viloyat hokimiyati 2 etaj, IT PARK Jizzax filiali

🧑‍💻Telegram sahifamiz:
@it_progress_software
Kunlarning sultoni Sayyid-ul ayyom, Haj-ul masokin yana bir juma kuniga nasib qilgan Alloh taologa hamdu-sanolar boʻlsin!

Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!

👉@it_progress_software
Yangi dasturchilar orasidagi xozirgi kundagi raqobat haqida

Borgan sari IT ga qiziqib uni o'rganayotganlar soni oshib borayotgani albatta bu yaxshi. Lekin tanganing ikkinchi pallasi bo'lganidek ularning birinchi ish topish masalasi ham o'rtaga chiqadi.

Oldin IT ga kirib borish osonroq bo'lgan. Sababi o'rganiladigan narsa kam edi. Xozir kun sayin yangi texnalogiyalar chiqib borayapti. Oldin frontend uchun HTML, CSS va JS kifoya qilgan bo'lsa, xozir:
HTML
CSS
Bootstrap
Sass
JS
Git & Github
React.js /Next.js
Vue
WebPack
.........
va hokazolarni o'rganish kerak bo'ladi. O'rganib bo'lgandan keyin ham ish topish uchun sizga o'xshab shularni o'rganib chiqqanlar bilan raqobat qilishingiz kerak bo'ladi.

Demoqchi bo'layotganim IT ni nonini yeyish ko'pchilik o'ylaganidek oson emas. Ko'pchilik tanishlarim meni oddiy qiyin bo'lmagan ishlarni qilib katta daromad topib yuribdi, omadi kelgan deb o'ylashadi. Aslida voqelik buning mutlaqo teskarisi. Buning ortida turgan qiyinchiliklar va tinimsiz mehnatlar hech kimga ko'rinmaydi.

Bu post aslida IT ni o'rganvolib mazza qilib soqqa qilaman deb yuzaki o'ylab yurganlar uchun yozildi. Siz dasturchi bo'lmoqchi bo'lsangiz boshida juda ko'plab mashaqqalarga duch kelasiz. Taslim bo'lmay, yarim yo'lda tashlab ketmaydigan, o'z ustida tinimsiz ishlab mehnat qiladiganlar birinchi ishini topib ketishadi. Bir narsani unutmang, siz dasturchi sifatida faqatgina birinchi ishingizni qiynalib qidirasiz holos. Biroz tajriba yig'ganingizdan keyin qolgan ishlarni o'zi sizni qidirib kelaveradi.


📲 Biz bilan Aloqa:
+998937774202


🕹Manzil:👇🏻
Jizzax viloyat hokimiyati 2 etaj, IT PARK Jizzax filiali

🧑‍💻Telegram sahifamiz:
@it_progress_software
☀️ Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuh!

📿 Turlicha gullar bor,
Lekin mushkuanbarning ifori boshqa...

🕋 Minglab shaharlar bor,
Lekin "Makka"ning muhabbati boshqa...

💫 Haftada yetti kun bor,
Lekin "Juma" kunining hosiyati boshqadir! 🤲

🌙 Azizlarim Juma ayyomingiz muborak boʻlsin !

#Shahriyor

Telegram sahifamiz:🧑‍💻
@Shahriyor_Yorbekov
Google’ning ochiq kodli operatsion tizimi Android 2.0 ning eng yangi versiyasidan foydalangan birinchi telefon 2009-yil 2-noyabrda Motorola Droid yaratilgan.

@it_progress_software
🧠 Miya-kompyuter texnologiyasi odamlarda sinovdan o'tkaziladi

— Qo'shma Shtatlarda birinchi bemor BCI texnologiyasi (Brain-Computer Interface) klinik sinovlari uchun ro'yxatga olindi. Bu haqida Synchron dasturchi kompaniyasi xabar bermoqda.

— BCI tizimi nogiron bemorlarga raqamli qurilmalarni ovozsiz boshqarishda yordam beradi: matnli xabarlar, elektron pochta bilan ishlash, onlayn xaridlarni amalga oshirish va boshqa oddiy vazifalarni bajarish.

Stentrode deb nomlangan qurilma bo‘yin venasi orqali bosh miya po‘stlog‘iga kiradi va implantatsiya qilinganidan so‘ng foydalanuvchining miya faoliyatini signallarga aylantira boshlaydi.

— BCI chipini ishlab chiqqan Synchron Ilon Mask-ning Neuralink neyrotexnologik kompaniyasi bilan raqobatlashadi.

👉 @it_progress_software
#github

Github bilan ishlash qo'llanmasi.

1. git clone "url"
Github'dagi repository'ni kompyuteringizga ko'chirib beradi.
2. git status
Loyihaga o'zgartirish kiritilgan yoki kiritilmaganligini ko'rsatadi.
3. git add .
Kiritilgan barcha o'zgarishlarni loyihaga qo'shadi.
3. git commit -m "kommentariyalaringiz"
Kiritilgan o'zgarishlarni tasdiqlaydi.
4. git push
Kiritgan o'zgartirishlaringizni github'dagi repository'ga jo'natadi.

👉@it_progress_software
⚡️Asus yangi ZenBook Pro Duo 14 OLED noutbukini taqdim etdi

• Intel Core i9-12900H;
• GeForce RTX 3050 Ti;
• 32 GB operativ xotira va 2 TB gacha SSD;
• Qo'shimcha sensorli ekran.

💰Narxi — 2000$

https://t.me/it_progress_software
1
😅 Full stack

@it_progress_software
O‘zbekistondan qanday qilib IT bo‘yicha ish topish mumkin

IT yoki dasturlashni bir muddatdan buyon o‘rganib kelyapsiz va endi ishga kirmoqchimisiz? Unda bu post siz uchun

Mahalliy IT bozoridan qanday ish topish mumkin
🔹 Soha bo‘yicha bilimlaringiz yaxshi ekanligiga ishonch hosil qiling va yaxshi rezyume yarating
🔹 Yaxshi portfolio tuzish uchun vaqt sarflang, bu sizning kuchingizni ko‘rsatadi

🔹 Nazariy berilishi mumkin bo‘lgan va o‘zingiz qiynaladigan mavzularingiz bo‘yicha tayyorlaning
🔹 Ish beruvchi platforma va saytlarni kuzatib boring, o‘zingizga mos bo‘lgan ish bilan tanishib chiqing va maʼqul bo‘lsa ariza topshiring

🔹 Ish beruvchi platformalar orqali mahalliy IT kompaniyalar ro‘yxatini tuzing, va o‘zingiz yo‘nalishingiz bo‘yicha xodim kerak emasligini birin ketin so‘rab ko‘ring bu albatta yordam beradi
🔹 Muhimi, ish izlashdan to‘xtamang albatta o‘zingizga mos ish topasiz

Telegram sahifamiz: @it_progress_software
Audio
AI haqida nimalar bilamiz ?

01:27 - Anvar Narzullayev nimalar bilan band ?

02:53 - Karyerangizda "nimalarni to’g’ri qildim va nimalarni notog’ri qildim" deb o’ylaysiz ?

09:42 - Sun’iy intelekt(AI) o’zi nima va nimalarga qodir ?

13:42 - Kelajakda ko'pchilikni ishdan ayirishi rostmi ? Masalan qaysi sohalarni ?

16:10 - Dasturchilarni hammi ?

24:12 - O'zimiz o'rgansak bo'ladimi ? Qanday ? Nima bilimlar kerak ?

21:05 - Frontendni yoki dasturlashni boshlaganim ma'qulmi yoki AI egallab oladimi ?

28:20 - Mohirdevdagi kurs haqida qisqacha.

32:45 - Savol: "Matematikani bilmayman. Dasturlashning qaysi sohasini maslahat berasiz ? AI'da ishlay olamanmi ?"

42:37 - Rivojlangan AI insoniyatga qarshi chiqmasligi uchun qanday xavfsizlik choralari ko'rilyabdi?

45:39 - Web saytga qanday qilib sun'iy intelektni qo'shsa bo'ladi ?

46:40 - AI sohasida startup qanday qilib boshlasak bo’ladi ? agar biz boshlasak qaysi sohani taklif berasiz ?

49:44 - Dasturchilarga tavsiyalar.

👉@it_progress_software