IT PROGRESS
147 subscribers
145 photos
47 videos
1 file
59 links
"IT PROGRESS" rasmiy kanaliga xush kelibsiz!
Biz – IT mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyamiz.
💻 Telegram botlar, veb saytlar, CRM tizimlar va mobil ilovalarni ishlab chiqamiz.

📞 +99894 344 19 29
📍 Manzil: IT PARK Jizzax filiali
Download Telegram
Dasturchilar bilishi kerak bo'lgan Git buyruqlari

Ish faoliyatimni boshlaganimda Git bilan bog'liq muammolarga ko'p duch kelganman va shunaqangi muammoli vaziyatlarda #cheatsheet yozib qo'yishga odatlanganman. Siz azizlarim bilan bularni bo'lishmoqchiman.Bu postni qo'ldan kelgancha o'zbekcha so'zlardan foydalanib yozishga harakat qildim. Foydali bo'ladi degan umiddaman.

Dasturchilar bilishi va ishlata olishi kerak bo'lgan Git buyruqlar ro'yxati:

Git config
Bu buyruq muallifni ismi va elektron pochta manzilini vazifalaringizda foydalanishga mos ravishda o'rnatadi.

git config -global user.name "[name]"
git config -global user email "[email adress]"


Git init
Ushbu buyruq yangi repository yani omborni boshlash uchun ishlatiladi.

git init [repository name]


Git clone
Ushbu buyruq mavjud URL manzilidan repository (omborni) olish uchun ishlatiladi.

git clone[url]


Git push
Ushbu buyruqda bajarilishi kerak bo'lgan hamma fayllar ro'yxati keltirilgan bo'ladi.

git push <remote_URL/remote_name> <branch>
#agarda hammasini belgilamoqchi bo'lsak
$git push -all


Git merge
Bu buyruqda belgilangan filal tarixini joriy filalalga birlashtiradi.

git merge[branch name]


Git pull
Ushbu buyruq boshqa serverdagi o'zgarishlarni sizning ish katalogingizga olib keladi va birlashtiradi.

git pull [Repository Link]


Git commit
Bu buyruq faylni doimiy ravishda versiya tarixiga yozib oladi.

git commit -m "[commit xabar yozilsin]"


Git add
Bu buyruq faylni qo'shib beradi.

git add [file]


Git Branch
Ushbu buyruq faqat sizni tizimingizda yangi fililal yaratadi.

git branch <branch-name>


Git Checkout
Bu buyruqda buyruqqa asoslanib sizni avtomatik filal nomiga o'zgartiradi.

git checkout <branch-name>


Git status
Bu buruqda bajarilishi kerak bo'lgan hamma fayllar ro'yxati keltiriladi.

git status


Git Tag
Ushbu buyruq belgilangan majburiyatlarga teglar berish uchun ishlatiladi.

git tag [commitID]


Git remote
Bu buyruqda sizni mahalliy repositoryngizni masofaviy serverga ulash uchun ishlatiladi.

git remote add [variable name] [Remote Server Link]


Git Diff
Bu buyruq ikkita filial orasidagi hamma fayllarni farqini ko'rsatib beradi.

git diff branch1..branch2

Kanalimizni kuzatib boring👇
https://t.me/it_progress_software
Google qidiruv tizimi qanday ishlaydi?

Google qidiruv tizimi 3 bosqichda ishlaydi. Ular quyidagilar:

Qidiruv: Google avtomatlashtirilgan o'z dasturlari bilan internetdagi sahifalarni qidiradi.

Indekslash: O'rgnib chiqilgan sahifalarga skanerlanadi va har bor sahifa nima ekanligini tahlil qiladi. Bu ma'lumotlar indekslanadi!

Natijalar: User qidiruvni amalga oshirganda, Google eng yuqori sifatli natijalarni keltirishga harakat qiladi. Sahifalarni yuqoriga qo'yish uchun siz reklamadan foydalanishingiz kerak yoki google algortimlari buni o'zi amalga oshirishi mumkin.

Kanalimizni kuzatib boring👇
https://t.me/it_progress_software
Nega Junior dasturchilarni ishga olish kerak?

Nega kompaniyalar birinchi o'rinda senior dasturchilarni ishga olishni xohlashadi?

Odatda kompaniyalarda, dasturchilarga bosim juda yuqori bo'ladi. Dasturchilar jismonan charchab, berilgan vazifalarni bajara olmay qolishadi.

Bunday muammoni hal qilish uchun, kompaniyalar yangi yosh dasturchilarni ishga olishlari kerak. Lekin ular, har qanday vazifani bajara oladigan, middle yoki senior darajadagi dasturchilarni ishga olishga harakat qilishadi.

Kompaniyalar minglab dollarlarni "yulduz" dasturchilar uchun sarflashadi, vaholanki bu pulga, 10 ta iqtidorli junior dasturchini olsa bo'ladi.

Bu "yulduz" dasturchilar esa allaqachon o'zlarini yo'llarini tolib bo'lgan bo'lishadi. Ularni topish ham mushkul. Bundaylar dasturlash olamida bor yo'g'i 5% yoki 10% ni tashkil qilishadi.

Qolgan 90% da esa juda iste'dodli junior'lar bor.Agar kompaniyalar senior'lar oldiga yoshlarni olishsa, jamiyatda aqlli dasturchilar ko'payadi.

👉@it_progress_software
Forwarded from Sarvinoz Xakimova Jizzakh
Kelajak Eshiklarini Oching‼️

Ingliz tiliga qiziqasizmi? Ingliz tilida yuqori daraja egasi bo'lmoqchimisiz?
IT Center sizga o'z orzularingizga erishishga yordam beradi.
IT Center Ingliz tili kursiga start berdi.

Kurs davomida sizga:
🔹Beginner
🔹Elementary
🔹Pre-Intermediate
🔹Intermediate
🔹Upper-Intermediate darajalari o'rgatiladi

Kurs davomida sizga quvnoq jamoa va zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan sharoit vada qilamiz.



☎️ +998 99 045 11 99
Telegram | Instagram | Website
Ozgina statistika

Stack Overflow so'rovnomasiga ko'ra, Visual Studio Code 2021-yilda dasturchilar tomonidan eng ko'p ishlatilgan dasturlash muhiti bo'lgan.

TOP 10 talik quyidagicha:

Visual Studio Code - 71.07%
Visual Studio - 32.92%
IntelliJ - 29.69%
Notepad++ - 29.09%
Vim -24.82%
Android Studio - 21.76%
Sublime Text - 19.66%
PyCharm - 16.27%
Eclipse - 14.93%
Xcode - 12.66%

*So'rovnomada 57,684 professional dasturchi qatnashgan.

Siz qanday dasturlash muhitini ishlatasiz?

👉@it_progress_software
#yangilik
Ilon Maskning fazoviy interneti narxlari ma'lum bo'ldi

— Ilon Maskning «SpaceX» kompaniyasi o‘z fazoviy interneti — «Starlink»ning yangi tarifini sotishni boshladi.

— Yangi servis nomi «Starlink Premium». Solishtirish uchun: «Starlink» oddiy tarifidan foydalanish oyiga 99 dollarga teng. «Starlink Premium» esa 500 dollar (oyiga).

— Bundan ham avval 2500 dollarga antenna sotib olish kerak. Eslatib o‘tamiz, Maskning fazoviy internetini tutadigan eng oddiy antenna narxi — 499 dollar.

📢
@it_progress_software
Starlink ham O'zbekistonga keladimi?

“O‘zbekkosmos” agentligi Ilon Mask internet sun’iy yo‘ldoshlari bilan hamkorlik haqida ma’lum qildi. Batafsil...


💬 Nima deb oʻylaysiz bizga Starlink keladimi?


Kanal: @it_progress_software
#motivatsiya

Izlagan imkon topadi. Dasturchi bo'lish kompyuter kerak deyishadi. To'g'ri dasturchi bo'lish uchun kompyuter kerak. Lekin boshlang'ich bilimlarni olish uchun kompyuter kerak emas deb hisoblayman. Chunki hozirda mobil telefonlarimizda ham bemalol HTML, CSS, JAVASCRIPT, PYTHON, JAVA va shunga uxshash bir qancha tillarda kod yozishimiz mumkin. Inson nimagadur erishishi uchun albatta imkon topadi. Man bu gaplarim bilan nima demoqchiman, bahona izlash oson lekin harakat qilish qiyin. Izlaning, o'rganing albatta natijasini beradi.

🧑‍💻Telegram sahifamiz:
@it_progress_software
Muvaffaqiyatli web-dasturchi bolishni xohlaysizmi, qiziqarli va juda foydali loyihalar ustida ishlashnichi? 💵

Unda bizning WEB DASTURLASH kursimiz aynan siz uchun yaratilgan! BUGUN yoziling va Digital dunyoni zabt eting! 🚀

Bor yo'g'i 7 oy ichida siz eng katta talabdagi kasbga ega bo’lasiz. 😎

Web dasturlash kursida:

-FRONTEND
-BACKEND
-1 oy amaliyot

📲 Biz bilan Aloqa:
+998937774202


🕹Manzil:👇🏻
Jizzax viloyat hokimiyati 2 etaj, IT PARK Jizzax filiali

🧑‍💻Telegram sahifamiz:
@it_progress_software
​​Qancha muddatda yaxshi dasturchi bo'lish mumkin?

Dasturlash deganda “Hello world”ni tushunmasligimiz kerak. Qaysidir tilda juda sodda amalni bajarib qo’yib, o’zini dasturchi hisoblash to’g’ri emas. Kishi dasturchi maqomiga ega bo’lishi uchun qaysidir dasturlash tilida eng kamida bitta mukammal jarayonni to’liq avtomatlashtira olgan, amaliy foydasi bo’lgan va xatoliklarsiz ishlay oladigan dastur yarata olishi kerak.

Professional dasturchi bo’lib yetishish uchun yillar talab etiladi. Aynan necha yil talab etilishi, albatta, kishining o’ziga bog’liq. Dasturlash tili sintaksisini o’rganish, qaysidir tilda kod yozishni boshlash ikkinchi darajali ish. Eng muhimi – dasturchidek fikrlash. Dasturchidek muammoning eng optimal yechimini topa olish kishining qachon, yoki qanchalik tez professional dasturchi bo’lib yetisha olishini aniqlab beradi. Siz necha yilda mukammal va yetuk dasturchi bo’lib yetishishingizni faqat o’zingiz hal qilasiz. Hech kim sizga aniq muddatni ayta olmaydi. Hammasi o’zingizga bog’liq. Mehnat qiling, mantiqiy fikrlashni mashq qiling, ko’proq tajriba yig’ishga harakat qiling. Qisqa fursat ichida, o’zingiz xohlagandek, mukammal dasturchi bo’lib yetishasiz!

📲 Biz bilan aloqa:
+998937774202

🧑‍💻Telegram sahifamiz:
@it_progress_software
Forwarded from Axror Abdug'aniyev
#it #message
📌 IT mutaxasisi, bu o'zi kim?

— Bu axborot texnologiyalari bilan bog'liq bo'lgan ishlarni bajaruvchi kasb egasi hisoblanadi

Bunday mutaxasislarning kasblari: Dasturchi, Tizim Administratori, Grafik Dizaynder, Dizayner, Sinab ko'ruvchi, Axboror xafsizligi mutaxasissi, Analitikachi kabilardir.

💬 Albatta, bu hali hammasi emas, IT bu juda keng sohadir.

👉@axrorabduganiyev_blogi👈
Assalomu alaykum #Jizzaxliklar
Sizlar uchun Yangilik😎
Muvaffaqiyatli web-dasturchi bolishni xohlaysizmi, qiziqarli va juda foydali loyihalar ustida ishlashnichi? 💵

Unda bizning WEB DASTURLASH kursimiz aynan siz uchun yaratilgan! BUGUN yoziling va Digital dunyoni zabt eting! 🚀

Bor yo'g'i 7 oy ichida siz eng katta talabdagi kasbga ega bo’lasiz. 😎

Web dasturlash kursida:

-FRONTEND
-BACKEND
-1 oy amaliyot

📲 Biz bilan Aloqa:
+998937774202

🧑‍💻Telegram sahifamiz:
@it_progress_software
Nega dasturchi bo'lish kerak?.
1. Dasturchilik faqatgina yaxshi maosh va zamonaviy kasb hamda qiziqarli ish bo'lishidan tashqari, quyidagi ajoyib xislat, ijobiy xarakter va qadriyatlarni ham insonda shakllantiradi.
Misol uchun dastur tuzuvchilar juda yaxshi bilishadiki agar dasturda bir belgi yoki algoritm (ketmaketlik) noto'g'ri qo'yilsa(tuzilsa) kerakli natijaga erishib bo'lmaydi. Bir so'z bilan aytganda bu bizga hayotda kam xato qilishni o'rgatadi. Har bir xatoning narxi juda ham qimmatga tushishi mumkin.
Ikkinchidan siz juda ham tartibli ya'ni intizomga amal qiladigan bo'lib qolasiz qonun doirasidan chiqmay yashashni o'rganasiz. Chunki miyangiz o'zini dasturini doim yozib boradi siz buni sezmasangiz ham. Yolg'on gapira olmaysiz, birovni aldolmay qolasiz bo'lmasam miyadagi dasturingiz "error" beradi va bu sizga ruhiy yoki jismoniy zarba keltirishini oldindan bilasiz. Shuning uchun har bir inson o'z xarakterining dasturchisidir. Yuqoridagi intizom sizni insofli va vijdonli bo'lishingizni ta'minlashini ham unutmang.
3. Faoliyatingiz davomida nimaiki ish qilayotgan bo'lsangiz sitqi dildan ma'suliyat bilan yondashasiz. Chunki xato qilmaslik va ehtiyotkorlikni xarakteringizda shakllantirgansiz. Bu sizga hayotda, ishda, ijodda va hk. Barcha faoliyatlarda mukammallik sari harakat qilishingizni o'rgatadi.
4. Hayot, olam, borliq, koinot bularning hammashi birlashib butun bir ulkat tizimni tashkil qiladi. Dasturchining miyasi bilan bu dunyoga boqish va unda yashash umuman o'zgacha tasavvur paydo qiladi. Aslida hammani dasturchilik asoslariga o'qitish kerak. Bu insonlarga o'z faoliyatlarida muvaffaqiyatga erishishlari uchun, albatta umumiy dasturlash teoriyasidan xabardor bo'ishlari foydadan xoli emas. So'zimni isboti sifatida tizim va strategiya yoki algoritm bular birlashib maqsadga erishishning eng optimal yo'li rejasini tuzishda dasturchi kabi fikrlash ya'ni to'g'ri variantni tanlab olish tez va yuqori foydali ish koeffisientiga ega bo'lishiga yordam berishi aniq.
5. Bu ro'yxatni juda uzoq davom ettirishim mumkin lekin sizda ham menda ham butun borlik ilmini bir zumda o'zlashtirish imkonsiz bo'lganligi uchun ham keyingi maqolalarda seriali, davomli qilamiz. Shu yergacha o'qib chiqqanlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. E'tiboringiz uchun rahmat!
Ha aytgancha agar siz dangasa bo'lsangiz o'zingizni koyimang. Eng kuchli dasturchilar dangasalardir. Chunki ular ishni qanday qilib tez va oson bajarish haqida o'ylashadi. Bu esa dasturchiga kam "code" yozib kerakli natijaga erishishlarini ta'minlaydi...

📲 Biz bilan Aloqa:
+998937774202

🧑‍💻Telegram sahifamiz:
@it_progress_software
Dasturchilar qancha maosh oladi?

Mahalliy bozorda Frontend, Backend dasturchisining ish haqi o‘rtacha 8-10 million so‘mdan 20-30 million so‘mgacha, 1S dasturchida 3 million so‘mdan, Fullstack dasturchida 10-15 million so‘mdan 20-30 million so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Miqdorlar farq qiladi. Shunga qaramay, barchasi tajribaga, ish hajmiga va kompaniyaga bog‘liq. Bunda mutaxassislik muhim rol o‘ynaydi.

Dasturchi yangi va kam tajribaga ega bo‘lsa, unda ish haqi juda kam bo‘lishi mumkin. Ammo tajriba va bilimlarni oshirishi bilan ish haqi ham tezlikda o‘sishni boshlaydi. O‘zbekistonda tajribali dasturchilar oyiga o‘rtacha 1000-1500 dollar olishi qayd etilgan.

📲 Biz bilan Aloqa:
+998937774202


🕹Manzil:👇🏻
Jizzax viloyat hokimiyati 2 etaj, IT PARK Jizzax filiali

🧑‍💻Telegram sahifamiz:
@it_progress_software
JavaScript Cheatsheet 2.pdf
17.7 MB
#ebook

Yana bir JavaScript bo'yicha maxsus cheatsheet

Ushbu faylda JS array, variable, object, DOM, Navigator, Geolocation kabilar bilan ishlash bo'yicha kodlar keltirilgan.

Qo'llanma ingliz tilida, foydali bo'lsa ulashing!


📲 Biz bilan Aloqa:
+998937774202


🕹Manzil:👇🏻
Jizzax viloyat hokimiyati 2 etaj, IT PARK Jizzax filiali

🧑‍💻Telegram sahifamiz:
@it_progress_software
CSS uchun maxsus asboblar

📲 Biz bilan Aloqa:
+998937774202


🕹Manzil:👇🏻
Jizzax viloyat hokimiyati 2 etaj, IT PARK Jizzax filiali

🧑‍💻Telegram sahifamiz:
@it_progress_software