iTeach academy
1.13K subscribers
1.22K photos
281 videos
12 files
822 links
💡iTeach Academy - Zamonaviy kasblar markazi.

📍Manzil: Farg‘ona, Sayilgoh 18/2 uy (mo'ljal: Emirates kafesi ro'parasida)

📲Telefon: +99888-665-77-77

🔖Aloqa: @iteachadmin1

www.iteach.uz

Online ta'lim:
onlinedars.uz
Download Telegram
🎬 Siz tomosha qilayotgan Hollywood effektlari aslida qanday yaratiladi?
Avengers, Iron Man, Transformers… Bu filmlardagi hayratlanarli portlashlar, robotlar va futuristik shaharlar qayerda yaratilgan deb o‘ylaysiz?

🖥️ 3ds Max — maxfiy qurol!
❤‍🔥643👍1
iTeach academy
🎬 Siz tomosha qilayotgan Hollywood effektlari aslida qanday yaratiladi? Avengers, Iron Man, Transformers… Bu filmlardagi hayratlanarli portlashlar, robotlar va futuristik shaharlar qayerda yaratilgan deb o‘ylaysiz? 🖥️ 3ds Max — maxfiy qurol!
👇 Quyida bu dasturning 3ta kuchli sohadagi roliga e’tibor bering:



🌟 1. Hollywood effektlari aynan 3ds Max orqali yaratilgan!
• Avengers, Iron Man, Transformers kabi filmlarning ko‘plab vizual effektlari 3ds Max’da yaratilgan.
• Partlashlar, robotlar va futuristik shaharlar modellashtirishda bu dasturning imkoniyatlari juda kuchli.

🏛️ 2. Arxitektura vizualizatsiyasi – eng kuchli quroli
• Realistik binolar, ofislar, interyer dizaynlar aynan 3ds Max + V-Ray kombinatsiyasida yaratiladi.
• Ba’zida bu renderlar haqiqatdan ajralmas darajada real ko‘rinadi!

🎮 3. O‘yin industriyasida model yaratish bo‘yicha eng mashhur vositalardan biri
• GTA, Call of Duty, Assassin’s Creed kabi o‘yinlardagi ko‘plab 3D modellar 3ds Max’da yaratilgan bo‘lishi mumkin.
• O‘z o‘yiningizdagi qahramon, qurol yoki muhitni noldan yaratishingiz mumkin.
❤‍🔥64👍221
Frontend orqali yaratilgan texnologik mo‘jizalar

Netflix, Instagram, Airbnb, Spotify — bu mashhur platformalarning orqasida kuchli frontend texnologiyalari yotadi 💡

Mashhur platformalar va ularning frontend yondashuvi:

Netflix — React.js asosida qurilgan.

Tez yuklanish, smart TV va mobil qurilmalar uchun moslashuv — bu foydalanuvchi uchun qulaylik demak.

Instagram — JavaScript va React Native asosida ishlaydi.

Stories, reels, animatsiyalar — foydalanuvchi uchun tez, qulay va zamonaviy tajriba yaratadi

Airbnb — React va boshqa frontend framework’lardan foydalanadi.

Vizual ko‘rinishda turar joylar, xarita va filtrlar orqali qulay qidiruv tizimi yaratilgan.

Spotify — Web-player qismi React va Redux asosida yozilgan.

Ovoz boshqaruvi, pleylistlar, interfeysdagi soddalik — foydalanuvchining kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi 🎧

Frontend — bu nafaqat kod, balki ijod, estetik va insoniy tajribani birlashtirgan zamonaviy soha.

👉 Davomi keyingi postda
7❤‍🔥22💯1🆒1
Frontendni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun 5 muhim haqiqat

Frontend — bu ijodiy kasb.

Dasturchi har bir tugma, animatsiya va rang tanlovini foydalanuvchining his-tuyg‘usiga moslab yaratadi.

Muvaffaqiyatli frontendchilar psixologiyani ham bilishadi.

Masalan, ko‘k rang ishonch uyg‘otadi — Facebook va Twitter buni yaxshi ishlatadi 🔵
Yorqin ranglar esa harakatga undaydi — masalan, “Start” yoki “Join now” tugmalari.

Frontend — eng talabgir yo‘nalishlardan biri.

2025-yilda ham ish e’lonlarining katta qismi aynan frontend mutaxassislariga tegishli.

Mashhur frontend texnologiyalar:

– React.js – Facebook tomonidan
– Angular – Google tomonidan
– Vue.js – Evan You (sobiq Google xodimi) tomonidan

Frontendni o‘rganish uchun universitet shart emas.

YouTube, onlayn kurslar va mustaqil loyihalar orqali minglab muvaffaqiyatli dasturchilar yetishib chiqmoqda. Muhimi — sabr va amaliyot 🛠

@iteachstudy — sizni zamonaviy kasblar sari boshlaydi.
55❤‍🔥3💯3🆒2
“Python” haqida siz bilmagan 5 haqiqat! 🐍

Ko‘pchilik o‘ylaydi: “Python” nomi ilon bilan bog‘liq… Aslida esa yo‘q!
Bu nom “Monty Python’s Flying Circus” degan inglizcha komediya shousidan olingan 😄

📅 1989-yil Rojdestvo ta’tilida Guido van Rossum Python tilini yaratishni boshladi.
Maqsad bitta edi: oddiy va tushunarli dasturlash tili yaratish

Bugun esa Python:
- Eng tez rivojlanayotgan dasturlash tillaridan biri
- Google, Facebook, Netflix, NASA va boshqa gigantlar tomonidan ishlatiladi
- Sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili va mashinani o‘rganishda yetakchi

Kutubxonalar haqida eshitganmisiz?
🔹 TensorFlow
🔹 Pandas
🔹 Scikit-learn
🔹 NumPy
🔹 Matplotlib

Ularning barchasi Python orqali AI ni “jonlantiradi”! 💡
72👍2
Python bilan nima qilish mumkin? Juda ko‘p narsa!

Python nafaqat ilon emas — bu cheksiz imkoniyatlar tili 💻

🎮 Hatto o‘yin ham yozsa bo‘ladi!
Python’dagi pygame kutubxonasi orqali oddiy 2D o‘yinlarni yaratish juda ham oson.

“Bug lardan qo‘rqmang!
Python sintaksisi shunchalik soddaki, boshqa tillarga qaraganda xatolar kamroq uchraydi.

💡 Eng zo‘ri esa:
Python — ko‘p platformali til.
Windows, macOS, Linux, hatto mobil qurilmalarda ham ishlaydi!

Demak, siz qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, Python siz bilan! 🌍
72👍2🔥2🌚1
Dizayn aslida kimlardan boshlangan?!

🎨 Grafik dizayn zamonaviy soha deb o‘ylaysizmi? Unday emas!

🕵️‍♂️ Miloddan avvalgi 2600-yillarda qadimgi misrliklar papirusga reklamalar, yozuvlar va piktogrammalar tushira boshlagan.

Ya’ni, ular Instagram yo‘q davrda ham kontent tayyorlab, odamni jalb qilishni bilishgan! 📜

Keyinroq esa Shveytsariyada Helvetica degan shrift tug‘iladi. Juda oddiy, lekin kuchli. BMW, Panasonic, Lufthansa — barchasi shu shriftga oshiq.

👨‍🏫 Va nihoyat, Jan Tschichold degan odam chiqib:
“Bo‘ldi, dizaynning qonun-qoidalarini yozaman!”

Deb, grafik dizayn asoschisiga aylangan.

Xulosa:
“Vizual aloqa san’ati ming yillar oldin boshlangan – bugun esa yanada kuchliroq.”

Grafik dizaynni o‘rganmoqchimisiz?
iTeach kurslari sizni kutyapti!
👉 @iteachadmin1
7👍3❤‍🔥211🔥1
🎨 Grafik dizayn — bu san’at, texnologiya va fikrning uyg‘unligi!

Bugun ko‘rib turgan logotip, reklama banneri yoki Instagram posti orqasida bitta oddiy fikr yotadi:

“Qanday qilib ko‘zga ko‘rinadigan, esda qoladigan va ta’sirli dizayn qilish mumkin?”

Grafik dizayn bu – shunchaki chiroyli rasm emas, balki g‘oyani ko‘rinishga aylantirish.

🔍 Masalan, siz bilasizmi?
Netflix logotipidagi qizil rang – ehtiros va diqqatni anglatadi.

Apple logotipidagi “tishlangan olma” esa soddalik va mukammallik ramzi.


iTeach Academy

👨‍🎨 Dizayn — bu nafaqat kasb, bu ta’sir qilish san’ati!

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📞 +998 88 665-77-77

Instagram | Telegram | YouTube
3👍2🔥2🏆1
🎯 FRONT-END MUSOBAQASI

💻 Dastur yaratib o‘zingizni ko‘rsatishga tayyormisiz?

Codial va iTeach Academy tomonidan Front-end yo‘nalishidagi o‘quvchilar uchun yirik musobaqa tashkil etilmoqda!
Agar siz Codial yoki iTeach Academyda o‘qiyotgan yoki o‘qigan bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!

• O‘z mahoratingizni namoyon eting
• Qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting
• Eng iqtidorli Front-end dasturchilar bilan bellashing

Ro‘yxatdan o‘tish

📅 Yakshanba, soat 09:00
📍 Manzil: iTeach Academy
101👍1🔥1💯1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 iTeach Academy — bilimdan amaliyotgacha!

Har bir o‘quvchi biz uchun qadrli. Tushunmagan joylaringizni alohida tushuntiramiz, kerak bo‘lsa individual shug‘ullanamiz.

Darslardan so‘ng esa o‘rganganlaringizni mustahkamlash uchun birgalikda loyihalar qilamiz. Murakkab mavzularni ham Sizga qulay va eng samarali usullar bilan tushuntiramiz.

🚀 iTeach Academy — Sizni marralarga eltuvchi yo‘l!


Savollar va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📞 +998 88 665-77-77

Instagram | Telegram | YouTube
11😁5🔥4👍2
🎯 Codial & iTeach hamkorligida — Front-end Musobaqasi!

Har bir IT yo‘nalishida o‘qiyotgan o‘quvchiga amaliyot zarur. Biz esa bu jarayonni yanada qiziqarli qilish uchun ba’zan uni musobaqa shaklida o‘tkazamiz. Bu orqali o‘quvchilarimizni rag‘batlantirib, bilimlarini real loyihalarda sinash imkonini beramiz. 💻🔥

📌 Bugun Front-end bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etishdi. Tadbir nafaqat tajriba, balki yangi do‘stliklar va g‘oyalar uchun ham maydon bo‘ldi.

🤝 Codial va iTeach — birgalikda o‘quvchilarni yanada yuqori cho‘qqilarga olib chiqadi!

#iTeach #Codial #Frontend #Musobaqa #Hamkorlik #Texnologiya #WebDasturlash
105🔥4👍2
Back-end dasturchi bo‘lishni xohlaysizmi?
Quyidagi texnologiyalarni o‘rganing — bu yo‘l Sizni haqiqiy professionalga aylantiradi.

1. Node.js + Express
JavaScript asosida server dasturlarini yozish.
Tez, kuchli va juda ommabop texnologiya.

2. Python + Django / FastAPI
Oddiy sintaksis, katta loyihalar uchun mos.
FastAPI — tez ishlaydigan API.
Django — to‘liq imkoniyatli web platforma.

3. Ma’lumotlar bazalari
PostgreSQL, MongoDB, MySQL
Ma’lumotlarni saqlash va boshqarishning asosi.

4. API’lar bilan ishlash
REST API, GraphQL
Frontend bilan aloqa qilishning zamonaviy yo‘li.

5. Authentication & Security
JWT (JSON Web Token), OAuth 2.0
Foydalanuvchini xavfsiz tizimga kiritish va himoya qilish.

Savollar va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📞 +998 88 665-77-77

Instagram | Telegram | YouTube
7👍2🔥1