IT Time Academy
2.67K subscribers
521 photos
216 videos
21 files
454 links
Marketing | Dizayn | Dasturlash

- Barcha IT kurslari bir joyda
- Tajribali ustozlardan sifatli ta’lim oling!

Birinchi qadamni tashlash πŸ‘‡
+998947820092 | @it_time_admin

Instagram sahifamiz πŸ‘‡
@it_time_academy
Download Telegram
JavaScript veb dasturlash tilini qachon o'rgangan ma'qul?

Bu dasturlash tilini HTML, CSS kabilarni o'rganib olgandan keyin boshlagan yaxshi. Shunda o'rganish ham oson bo'ladi. Ko'pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini o'rganishni boshlab yuborishadi, keyin qiynalib qolishadi, mani fikrimcha dasturlash tilidan dastlab Javascript ni o'rgangan yaxshi va yengil.

Bu til kodlari ishlash tezligi qanday?

Agar sodda kodlar bo'lsa, albatta tez ishlaydi, lekin kodlar murakkab bo'lsa boshqa veb dasturlash tillariga(PHP, ASP)qaraganda sekinroq ishlaydi. Chunki yozilgan kodni qayta ishlashga yordam beradigan server yo'q, agar kodda xatoliklar bo'lsa, bu xatoliklarni brauzerni o'zi analiz qilishi lozim.

JavaScript kodlari qayerga yoziladi, ya'ni u uchun IDE(muhit) mavjudmi?

HTML kodlari qayerga yozilsa, javascript kodlari ham o'sha yerda yozilishi mumkin, o'rganish uchun eng yaxshi muhit, mani fikrimcha,Visual Studio Code, Notepad++ va boshqalar.

JavaScript kodlari ishlashi uchun nimalar kerak?

Umuman olganda brauzer bo'lsa bo'ldi, lekin brauzerning Javascript kodlarini o'qishi va ishga tushirishiga ruhsat beradigan funksiyasi yoqilgan bo'lishi kerak.

πŸ‘‰πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
YouTubeda "JavaScript ga kirish . 1 - Dars" videosini koβ€˜ring
https://youtu.be/AlHwRzjhZCg


Kim dasturchi bo'lmoqchi?
Marhamat Javascript ni 0 dan boshlab o'rganamiz.
πŸ‘¨β€πŸ’»πŸ‘¨β€πŸ’»πŸ‘¨β€πŸ’»πŸ‘¨β€πŸ’»

πŸ‘‰πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
YouTubeda "Javascript 2 - Dars ." videosini koβ€˜ring

YouTube πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡

Rustambek Mamadaliyev

TelegramπŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
Diqqat e'lon !!!

Assalomu alaykum do'stlar.
Xudo xoxlasa 18-aprel (yakshanba) kuni ovozli chat qilamiz. IT sohasiga doir har qanday savollaring bo'lsa bemalol ovozli chatda berishlaringiz mumkin.
Ovozli chatimizda kanalimizga qanday mavzudagi narsalar tashlashimiz haqida gaplashamiz.
Soat 20:00 da boshlanadi .

πŸ‘‰πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
IT Time Academy pinned Β«Diqqat e'lon !!! Assalomu alaykum do'stlar. Xudo xoxlasa 18-aprel (yakshanba) kuni ovozli chat qilamiz. IT sohasiga doir har qanday savollaring bo'lsa bemalol ovozli chatda berishlaringiz mumkin. Ovozli chatimizda kanalimizga qanday mavzudagi…»
Live stream started
​​DASTURLASH HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

πŸ”Ή Dastlabki kompyuter dasturchisi Lola Ada ismli ayol edi.

πŸ”Ή Birinchi o'yin 1961 yilda yaratilgan. Qiziqarli faktlar shundaki, u hech qanday pul ishlab topmagan.

πŸ”Ή Birinchi virus 1983 yilda yaratilgan.

πŸ”Ή Birinchi kompyuter aslida hech qanday elektr energiyasidan foydalanmaydigan, avtomatlashtirilgan mexanik Jakkard dastgohi edi.

πŸ”Ή Birinchi yuqori darajadagi (biz muloqot qilish uchun foydalanadigan haqiqiy ingliz tiliga juda yaqin) dasturlash tili FORTRAN edi. 1954 yilda IBM kompaniyasining John Backus tomonidan ixtiro qilingan.

πŸ”Ή Kompyuter dasturlash hozirgi kunda eng tez rivojlanib borayotgan kasblardan biridir.

πŸ”Ή C tilining nomi, chunki u B deb nomlangan boshqa tilga o'tib ketadi.

πŸ”Ή Jeyms Gosling derazasidan tashqarida o'sgan daraxt nomidan Java Oak deb nomlangan.

πŸ”Ή Gvido van Rossum, shuningdek, BBC-ning 1970-yillardagi komediya seriali "Monty Python's Flying Circus" dan nashr etilgan ssenariylarini o'qiyotgan. Van Rossum unga qisqa, o'ziga xos va biroz sirli ism kerak deb o'ylardi, shuning uchun u tilni Python deb atashga qaror qildi.

Kanalga o'tish: IT - Time
​​Web dasturlashni o'rganishda qanday kamchiliklarga yo'l qo'yamiz?

Bugungi kunda dasturlash sohalarini o'rganishga bo'lgan talab keskin oshdi. Ko'proq maosh to'langanligi uchun yoshi kattalar ham o'z karyeralarini o'zgartirishmoqda. Natijada, soha haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lmasdan, o'rganishni boshlashyapti. Bu o'z navbatida ma'lum bir xatolarni keltirib chiqaradi.

❌ O'qishga ko'proq e'tibor qaratib, amaliyotning yetishmasligi
Web dasturlashni o'rganishda tarix fani kabi yodlab emas, balki tushunib o'rganish va amaliyotda qo'llab borish tavsiya qilinadi.

❌ O'z ustida ishlamaslik
Faqatgina kurs davomida berilgan vazifalarni bajarib borish, sizni professional dasturchi qilmaydi. O'z ustingizda ishlab, tajriba oshiribgina maqsadingizga erishishingiz mumkin.

❌ O'zini "Professional programmist" tutish.
Eng katta xato - ma'lum darajaga yetgach, "men hamma narsani bilaman, pro darajasiga yetdim" deb o'ylash hisoblanadi. Bu sizni o'rganishingizni hamda sohada o'sishingizni cheklaydi.

Xulosa qilib aytganda, bu dasturlashni o'rganishdagi xatolarning hammasi emas. Sizdan bu sohani o'rganishda ishtiyoq, sabr va qunt talab qilinadi.

πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
YouTubeda "Css 5 - Dars" videosini koβ€˜ring
https://youtu.be/d1NfzesgxA8

Telegram kanallarimiz : πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡

πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
πŸ‘‰πŸ‘‰ Rustambek - IT Blog
Diqqat do'st qidirilmoqda !!!

Hayotda ota-onam, akam va yana birgina do'stim bor ekan. Toshkentga kelib bittagina bo'lsa ham do'st topdim deb o'ylar edim. Afsuski adashgan ekanman.
Biz insonlar boshqa insonlardan biror foydagina topsak unga yaxshi gapiradigan, unga mulozamat qiladigan va undan qandaydir foyda izlab do'st bo'ladigan bo'lib qolganmiz, afsus.

Do'st qanday bo'lishi kerak ?
Do'st bu 2 kishini o'ylab yashaydigan inson. Ya'ni do'sti uchun jon kuydiradigan, do'sti mag'lubiyatga uchrasa o'zidan hafa bo'ladigan.
Do'sti uchun har qanday narsada yordam beradigan , hamma sirini bemalol ayta oladigan, do'sti kasal bo'lsa tomog'idan ovqat o'tmaydigan, do'stiga biror dardini aytsa, dardi ham esdan chiqib ketadigan
inson do'st hisoblanadi deb o'ylayman. Shunday do'sti bor odamlarga muhtoj bo'lgan holda, shunday do'st qidirmoqdaman.

Sizda shunday do'st bormi (o'ylab ko'ring)?

Murojaat uchun: Rustambek
Css yordamida uchburchak yasaymiz.
πŸ‘‰πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
YouTubeda "Css 6- Dars" videosini koβ€˜ring
https://youtu.be/dTk4cU6isS0


πŸ‘‰ πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time


πŸ‘¨β€πŸ’»πŸ‘¨β€πŸ’»πŸ‘¨β€πŸ’»πŸ§‘β€πŸ’»
Kanalga qanday videolar tashlashimizni xohlaysiz ? ( Bu yerda yo'q bo'lsa kommentga yozing )
Anonymous Poll
58%
Html va Css
64%
JavaScript
47%
Sayt versatka (FrontEnd maket)
IT Time Academy pinned Β«Kanalga qanday videolar tashlashimizni xohlaysiz ? ( Bu yerda yo'q bo'lsa kommentga yozing )Β»
πŸ§‘β€πŸ’»Dasturlashni self study orqali o'rganish mumkin bo'lgan manbalar

MIT Open Courseware: ocw.mit.edu
FreeCodeCamp: www.freecodecamp.org
MDN: developer.mozilla.org
W3schools: www.w3schools.com
Learn Javascript: learn.javascript.ru
Javascripttutorial: javascripttutorial.net
Codecademy: codecademy.com
Youtube: youtube.com

Umumiy videodarslar, real loyihalar ham bor (playlistlarda)

Muhammadjavohir Suratov (@mayoquz)
youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Saidbek Arislonov (@saidbekarislonov)
youtube.com/channel/UChEMatfOEAQuny-TIJidM8w

Farkhod Dadajanov
youtube.com/user/Farkhod1982

Muhammadyunusuz (@muhammadyunus_uz)
youtube.com/c/muhammadyunusuz

Kadirov Dev (@kadirovDev)
youtube.com/channel/UCcjcQHyiSPtGMhpiCc4mGfQ

Javascript mastery
youtube.com/channel/UCmXmlB4-HJytD7wek0Uo97A

Dev Ed
youtube.com/channel/UClb90NQQcskPUGDIXsQEz5Q

The Net Ninja
youtube.com/channel/UCW5YeuERMmlnqo4oq8vwUpg

Ben Award
youtube.com/user/99baddawg

thenewboston
youtube.com/user/thenewboston

Programming with Mosh
youtube.com/user/programmingwithmosh

Traversy Media
youtube.com/user/TechGuyWeb

Web Dev Simplified
youtube.com/channel/UCFbNIlppjAuEX4znoulh0Cw

Π’Π»Π°Π΄ΠΈΠ»Π΅Π½ Минин
youtube.com/channel/UCg8ss4xW9jASrqWGP30jXiw

Rustambek Mamadaliyev(web)
https://youtu.be/VjUBtMfY3mo

P.S: Dasturlashni o'rganish uchun mana shuncha manba. Endi yana nimani bahona qilasizπŸ˜…

πŸ‘‰πŸ‘‰ @it_time
Dasturlashni bepul o'rganing !!!

Dasturchi bo'lmoqchimisiz ?
Web dasturlash ni bepul o'rganamiz.Html, Css, Bootstrap, Javascript ni o'rgatamiz hamda FrontEnd dasturchi bo'lamiz, undan so'ng Backend dasturlashni o'rganamiz.
Talablar : Ma'suliyatli, sabrli, oxirigacha boradigan, dasturlashga qiziqadigan va vazifani vaqtida tayyorlaydigan.
Shunday bo'lajak dasturchilarni taklif qilamiz.Odam soni cheklanmagan vaqt cheklangan.Darslar 1-maydan boshlanadi.

Guruhimiz: @it_timegroup
Murojaat uchun: @rustambek_0301

Bunday savobli ishni boshqalarga ham jo'nating. Qancha ko'p odamga foydamiz tegsa, biz xursandmiz.
πŸ‘¨β€πŸ’»πŸ‘¨β€πŸ’»πŸ‘¨β€πŸ’»

πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
IT Time Academy pinned Β«Dasturlashni bepul o'rganing !!! Dasturchi bo'lmoqchimisiz ? Web dasturlash ni bepul o'rganamiz.Html, Css, Bootstrap, Javascript ni o'rgatamiz hamda FrontEnd dasturchi bo'lamiz, undan so'ng Backend dasturlashni o'rganamiz. Talablar : Ma'suliyatli, sabrli…»
IT Time Academy
Dasturlashni bepul o'rganing !!! Dasturchi bo'lmoqchimisiz ? Web dasturlash ni bepul o'rganamiz.Html, Css, Bootstrap, Javascript ni o'rgatamiz hamda FrontEnd dasturchi bo'lamiz, undan so'ng Backend dasturlashni o'rganamiz. Talablar : Ma'suliyatli, sabrli…
Xudo xoxlasa ertaga 27-aprel soat 20:00 da bepul kursimiz haqida audio chat qilamiz. Savollaringni bemalol beraverasizlar. Bepul dasturlash kursimizni iloji boricha ko'proq tarqatinglar. Sababi viloyatlarda, qishloqlarimizda dasturlash kursiga moddiy tomondan(dasturlash kursi qimmat) muammosi bor do'stlarimiz bor bo'lganligi sababli, o'rgana olmayotganlar uchun bepul kurs.
(Savollarni komment ga yozib qoldiringlar)
Frontend dasturlash nima?

Frontend dasturlash veb sahifaning foydalanuvchilarga koβ€˜rinib turadigan qismi hisoblanadi.

Frontend dasturchilar dizaynlarni HTML, CSS, JavaScript va boshqa texnologiyalar orqali sayt tushunadigan tilda yoza oladigan dasturchidir. Ular yaratadigan mahsulotlar saytning moslashuvchanligi, dizayni, ranglari, rasmlari, tugmalari, navigatsiyalari yoki havolalari kabilar bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, bepul Frontend kursimiz 1-maydan boshlanadi.Dasturlashni FrontEnd kursimiz dan boshlaymiz.

πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time