IT Time Academy
2.67K subscribers
521 photos
216 videos
21 files
454 links
Marketing | Dizayn | Dasturlash

- Barcha IT kurslari bir joyda
- Tajribali ustozlardan sifatli ta’lim oling!

Birinchi qadamni tashlash πŸ‘‡
+998947820092 | @it_time_admin

Instagram sahifamiz πŸ‘‡
@it_time_academy
Download Telegram
#bilasizmi #foydali

Web dasturchilar da bo'ladigan asosiy muammo .
"class" larga nom berish endi yanada oson.Marhamat bemalol nom berishingiz mumkun
1=> Rasm uchun image, img, picture, pic- rasm
icon - belgi
logo - logotip
userpic, avatar- userpic - foydalanuvchining kichik surati
thumbnail, thumb- kichik rasm

2=> Matn
title, subject, heading, headline, caption- nom
subtitle - subtitr
slogan - tagline
lead, tagline- matnda xat boshi
text - matn tarkibi
desc - tavsif, matn tarkibining varianti
excerpt - odatda "Ko'proq o'qing ..." havolasidan oldin ishlatiladigan matn parchasi.
quote, blockquote- tirnoq
snippet - misol kodi
link - havola
copyright, copy- mualliflik huquqi

3=> Ro'yxatlar
list, items- ro'yxat
item - ro'yxat elementi

4=> Bloklar
page - sahifaning ildiz elementi
header - sarlavha (sahifa yoki element)
footer - altbilgi (sahifa yoki element)
section - tarkib bo'limi (bir nechta)
main, body- asosiy qism (sahifa yoki element)
content - element tarkibi
sidebar - yon panel (sahifa yoki element)
aside - qo'shimcha ma'lumotlar bilan blokirovka qilish
widget - vidjet, masalan, yon panelda

5=> Maket
wrapper, wrap- o'rash, odatda tashqi
inner - ichki o'ram
container, holder, box- bir konteyner
grid- panjara shaklida (sahifa yoki element) (odatda rowva col)
row - ip shaklidagi idish
col, column- ustun shaklidagi idish
davomi πŸ‘‰πŸ‘‰πŸ‘‰

Bizning kanal rustambek01_uz
#bilasizmi #foydali
πŸ‘‰πŸ‘‰DavomiπŸ‘‰πŸ‘‰πŸ‘‰

6=> Boshqarish elementlari
button, btn- masalan, formani yuborish uchun tugma
control - boshqaruv elementi, masalan, fotogalereyadagi "oldinga / orqaga" strelkalar, slayderni boshqarish tugmalari
dropdown - ochiladigan ro'yxat

7=> Media ifodalari
phone, mobile- mobil qurilmalar
phablet - katta ekranli telefonlar (6-7 ")
tablet - planshetlar
notebook, laptop- noutbuklar
desktop - statsionar kompyuterlar

8=> O'lchamlari (tahrirlash)
tiny - kichik, mayda
small - kichik
medium - o'rta
big, large- katta
huge - juda katta
narrow - tor
wide - keng
miscellanea
search - Qidirmoq
socials - ijtimoiy media piktogramma bloki
advertisement, adv, commercial, promo- reklama (Adblokom kesilgan, ichki reklama bloklari bilan bunday sinflar uchun tavsiya qilinmaydi)
features, benefits- mahsulot, xizmatning asosiy xususiyatlari ro'yxati
slider, carousel- slayder, aylantiruvchi tarkibga ega bo'lgan interaktiv element
pagination - sahifa navigatsiyasi
user, author- foydalanuvchi, post yoki sharh muallifi
meta - qo'shimcha ma'lumotlarga ega blok, masalan, postdagi teglar va sanalar bloki
cart, basket- savat
breadcrumbs - non po'sti, non
more, all- to'liq ma'lumotga havola
modal - modal (dialogli) oyna
popup - ochiladigan oyna
tooltip, tip- ko'rsatmalar
preview- e'lon, ko'chirma, masalan yangiliklar yoki post, sarlavha, tavsif va rasmdan iborat bo'lishi mumkin. To'liq havola taxmin qilingan
overlay - qatlamlarni qoplash, masalan, rasmlarni qoraytirish yoki modali oynalarni yaratish

9=> Shtatlar
active, current- faol element, masalan, joriy menyu punkti
visible - ko'rinadigan element
hidden - yashirin element
error - xato holati
warning - ogohlantirish holati
success - vazifani muvaffaqiyatli bajarish holati
pending - kutish holati, masalan, vaziyatni xato yoki muvaffaqiyatga o'zgartirishdan oldin

Bizning kanal rustambek01_uz
πŸ‘†πŸ‘†πŸ‘†πŸ‘†πŸ‘†πŸ‘†πŸ‘†
You Tube darsimizda o'tgan mavzu yuzasidan qo'shimcha ma'lumot. class lar ro'yhati bilan tanishing.
css_darslari (1).pdf
2.1 MB
#Css #foydali

Css bo'yicha ajoyib o'zbekcha kitob ekan . O'rganayotganlar uchun tavsiya qilaman.

πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
You Tube dagi darsimizning uyga vazifa maketi.Maketni tez orada You Tube da tayyorlab tashlayman.
Xudo xoxlasa JavaScript bo'yicha darslarimiz tayyor bo'lib qoldi.Tez orada sizlarga havola etamiz.
YouTubeda "Html va Css yordamida maket tayyorlaymiz 1-qism" videosini koβ€˜ring
https://youtu.be/SZgSphXJdgA

πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
YouTubeda "Html va Css yordamida maket tayyorlaymiz. 2-qism" videosini koβ€˜ring
https://youtu.be/vICJULDgCCI
JavaScript nima?

Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to'g'rirog'i veb dasturlash tili, undan ham to'g'rirog'i klient(brauzer) tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya'ni bu veb dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server(Apache, ngnix) kerak emas, oddiy brauzerda(Javascriptda yozilgan kodlar) ishlayveradi.

Bu til nima uchun kerak?

Bu dasturlash tili orqali serverga so'rov jo'natmasdan, so'rovlarni(javascript kodlarini), ya'ni yozilgan kodlar natijasini, brauzerni ishga tushirgan holda olishingiz mumkin. Asosan interaktiv(dinamik) saytlar tuzish uchun kerak.

Yuqoridagi fikr nima degani?

Har xil turdagi veb dasturlash tillari mavjud, misol uchun, PHP, ASP, JAVA. Bu dasturlash tillari serverga murojaat qilgan holda ishlaydi. Misol uchun, siz arifmetik qo'shish amalini bajarmoqdasiz, yig'indini olish uchun, siz yozgan kod, veb serverga jo'natiladi, server bu kodni qayta ishlaydi va natijani sizga jo'natadi. Shu tariqa siz natijani olasiz, brauzer ham serverdan javob(natija) kelguncha aylanib yotadi. Bundan ko'rinib turibdiki, saytning(veb sahifaning) ishlash tezligi server sozlamalariga, servergacha bo'lgan masofaga, aloqa kabellariga va boshqa narsalarga bog'liq bo'lib qoladi. JavaScriptda yozilgan kodlar esa, hech qanday serverga murojaatni amalga oshirmaydi, shu sababli bu dasturlash tili kodlari brauzerni qayta yuklamasdan ishlayveradi.

πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡Davomi
JavaScript veb dasturlash tilini qachon o'rgangan ma'qul?

Bu dasturlash tilini HTML, CSS kabilarni o'rganib olgandan keyin boshlagan yaxshi. Shunda o'rganish ham oson bo'ladi. Ko'pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini o'rganishni boshlab yuborishadi, keyin qiynalib qolishadi, mani fikrimcha dasturlash tilidan dastlab Javascript ni o'rgangan yaxshi va yengil.

Bu til kodlari ishlash tezligi qanday?

Agar sodda kodlar bo'lsa, albatta tez ishlaydi, lekin kodlar murakkab bo'lsa boshqa veb dasturlash tillariga(PHP, ASP)qaraganda sekinroq ishlaydi. Chunki yozilgan kodni qayta ishlashga yordam beradigan server yo'q, agar kodda xatoliklar bo'lsa, bu xatoliklarni brauzerni o'zi analiz qilishi lozim.

JavaScript kodlari qayerga yoziladi, ya'ni u uchun IDE(muhit) mavjudmi?

HTML kodlari qayerga yozilsa, javascript kodlari ham o'sha yerda yozilishi mumkin, o'rganish uchun eng yaxshi muhit, mani fikrimcha,Visual Studio Code, Notepad++ va boshqalar.

JavaScript kodlari ishlashi uchun nimalar kerak?

Umuman olganda brauzer bo'lsa bo'ldi, lekin brauzerning Javascript kodlarini o'qishi va ishga tushirishiga ruhsat beradigan funksiyasi yoqilgan bo'lishi kerak.

πŸ‘‰πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
YouTubeda "JavaScript ga kirish . 1 - Dars" videosini koβ€˜ring
https://youtu.be/AlHwRzjhZCg


Kim dasturchi bo'lmoqchi?
Marhamat Javascript ni 0 dan boshlab o'rganamiz.
πŸ‘¨β€πŸ’»πŸ‘¨β€πŸ’»πŸ‘¨β€πŸ’»πŸ‘¨β€πŸ’»

πŸ‘‰πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
YouTubeda "Javascript 2 - Dars ." videosini koβ€˜ring

YouTube πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡

Rustambek Mamadaliyev

TelegramπŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
Diqqat e'lon !!!

Assalomu alaykum do'stlar.
Xudo xoxlasa 18-aprel (yakshanba) kuni ovozli chat qilamiz. IT sohasiga doir har qanday savollaring bo'lsa bemalol ovozli chatda berishlaringiz mumkin.
Ovozli chatimizda kanalimizga qanday mavzudagi narsalar tashlashimiz haqida gaplashamiz.
Soat 20:00 da boshlanadi .

πŸ‘‰πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
IT Time Academy pinned Β«Diqqat e'lon !!! Assalomu alaykum do'stlar. Xudo xoxlasa 18-aprel (yakshanba) kuni ovozli chat qilamiz. IT sohasiga doir har qanday savollaring bo'lsa bemalol ovozli chatda berishlaringiz mumkin. Ovozli chatimizda kanalimizga qanday mavzudagi…»
Live stream started
​​DASTURLASH HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

πŸ”Ή Dastlabki kompyuter dasturchisi Lola Ada ismli ayol edi.

πŸ”Ή Birinchi o'yin 1961 yilda yaratilgan. Qiziqarli faktlar shundaki, u hech qanday pul ishlab topmagan.

πŸ”Ή Birinchi virus 1983 yilda yaratilgan.

πŸ”Ή Birinchi kompyuter aslida hech qanday elektr energiyasidan foydalanmaydigan, avtomatlashtirilgan mexanik Jakkard dastgohi edi.

πŸ”Ή Birinchi yuqori darajadagi (biz muloqot qilish uchun foydalanadigan haqiqiy ingliz tiliga juda yaqin) dasturlash tili FORTRAN edi. 1954 yilda IBM kompaniyasining John Backus tomonidan ixtiro qilingan.

πŸ”Ή Kompyuter dasturlash hozirgi kunda eng tez rivojlanib borayotgan kasblardan biridir.

πŸ”Ή C tilining nomi, chunki u B deb nomlangan boshqa tilga o'tib ketadi.

πŸ”Ή Jeyms Gosling derazasidan tashqarida o'sgan daraxt nomidan Java Oak deb nomlangan.

πŸ”Ή Gvido van Rossum, shuningdek, BBC-ning 1970-yillardagi komediya seriali "Monty Python's Flying Circus" dan nashr etilgan ssenariylarini o'qiyotgan. Van Rossum unga qisqa, o'ziga xos va biroz sirli ism kerak deb o'ylardi, shuning uchun u tilni Python deb atashga qaror qildi.

Kanalga o'tish: IT - Time
​​Web dasturlashni o'rganishda qanday kamchiliklarga yo'l qo'yamiz?

Bugungi kunda dasturlash sohalarini o'rganishga bo'lgan talab keskin oshdi. Ko'proq maosh to'langanligi uchun yoshi kattalar ham o'z karyeralarini o'zgartirishmoqda. Natijada, soha haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lmasdan, o'rganishni boshlashyapti. Bu o'z navbatida ma'lum bir xatolarni keltirib chiqaradi.

❌ O'qishga ko'proq e'tibor qaratib, amaliyotning yetishmasligi
Web dasturlashni o'rganishda tarix fani kabi yodlab emas, balki tushunib o'rganish va amaliyotda qo'llab borish tavsiya qilinadi.

❌ O'z ustida ishlamaslik
Faqatgina kurs davomida berilgan vazifalarni bajarib borish, sizni professional dasturchi qilmaydi. O'z ustingizda ishlab, tajriba oshiribgina maqsadingizga erishishingiz mumkin.

❌ O'zini "Professional programmist" tutish.
Eng katta xato - ma'lum darajaga yetgach, "men hamma narsani bilaman, pro darajasiga yetdim" deb o'ylash hisoblanadi. Bu sizni o'rganishingizni hamda sohada o'sishingizni cheklaydi.

Xulosa qilib aytganda, bu dasturlashni o'rganishdagi xatolarning hammasi emas. Sizdan bu sohani o'rganishda ishtiyoq, sabr va qunt talab qilinadi.

πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
YouTubeda "Css 5 - Dars" videosini koβ€˜ring
https://youtu.be/d1NfzesgxA8

Telegram kanallarimiz : πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡

πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time
πŸ‘‰πŸ‘‰ Rustambek - IT Blog
Diqqat do'st qidirilmoqda !!!

Hayotda ota-onam, akam va yana birgina do'stim bor ekan. Toshkentga kelib bittagina bo'lsa ham do'st topdim deb o'ylar edim. Afsuski adashgan ekanman.
Biz insonlar boshqa insonlardan biror foydagina topsak unga yaxshi gapiradigan, unga mulozamat qiladigan va undan qandaydir foyda izlab do'st bo'ladigan bo'lib qolganmiz, afsus.

Do'st qanday bo'lishi kerak ?
Do'st bu 2 kishini o'ylab yashaydigan inson. Ya'ni do'sti uchun jon kuydiradigan, do'sti mag'lubiyatga uchrasa o'zidan hafa bo'ladigan.
Do'sti uchun har qanday narsada yordam beradigan , hamma sirini bemalol ayta oladigan, do'sti kasal bo'lsa tomog'idan ovqat o'tmaydigan, do'stiga biror dardini aytsa, dardi ham esdan chiqib ketadigan
inson do'st hisoblanadi deb o'ylayman. Shunday do'sti bor odamlarga muhtoj bo'lgan holda, shunday do'st qidirmoqdaman.

Sizda shunday do'st bormi (o'ylab ko'ring)?

Murojaat uchun: Rustambek
Css yordamida uchburchak yasaymiz.
πŸ‘‰πŸ‘‰πŸ‘‰ IT - Time