IT Time Academy
2.66K subscribers
521 photos
216 videos
21 files
454 links
Marketing | Dizayn | Dasturlash

- Barcha IT kurslari bir joyda
- Tajribali ustozlardan sifatli ta’lim oling!

Birinchi qadamni tashlash 👇
+998947820092 | @it_time_admin

Instagram sahifamiz 👇
@it_time_academy
Download Telegram
IT Time Academy
https://t.me/inagamov3d
Kanalimizdagi 3D MAX darslarini Abdulloh akamizdan ruhsat olgan holda tashlayapmiz.Akamizga kattakon rahmat.
#ibrat

"BISMILLAH"NING FAZILATI

Bir ayol har bir qilgan ishini, har bir aytgan soʻzini "bismillah" bilan boshlar edi. Bu esa ayolning munofiq erining gʻashiga tegardi. Bir kuni eri uni xijolat qilishni koʻngliga tugadi-da, ayoliga hamyon berib, uni ehtiyot qilib olib qoʻyishni tayinladi. Ayol hamyonni olib, "Bismillah" deb, bir joyga berkitib qoʻydi. Eri esa hamyon berkitilgan joyni koʻrib olib, xotiniga koʻrsatmay hamyonni olib, ichidagi narsalarni quduqqa tashlab yubordi. Ertasi kuni u ayolidan hamyonni topib berishni talab qildi. Ayol hamyonni qoʻygan joyiga kelib, "Bismillahir rohmanir rohim" deb, oʻsha joydan hamyonni olmoqchi boʻldi. Shunda Alloh taolo Jabroil alayhissalomga hamyonni oʻz joyiga qaytarishni amr qildi. Ayol hamyonni olish uchun qoʻlini uzatib, uni oʻz joyidan topdi. Hangu mang boʻlib qolgan er Alloh taologa tavba qildi.

©Honiy al-Haj. Solihlar gulshani📖
👉👉 Imkoniyatlar eshigi 👈👈

Imkoniyatlar eshigi nima?
Bu so'zlarning tagida ma'no juda ko'p. Avvalo Alhamdilulloh deyishimiz kerak.Chunki musulmonmiz, shu vaqtgacha tirikmiz, nafas olyapmiz , yaqinlarimiz sog'-omon va shunday yurtda tug'ilganimiz Ollohning bizga bergan imkoniyatidir. Imkoniyatim yo'q,pulim yo'q deymiz lekin Olloh bergan imkoniyatni qadriga yetmaymiz.Iymonimizni butun qilmaymiz.Shunday Ollohning imkoniyatiga javob qaytarmaymiz.Tan olish kerak ba'zida namoz o'qish uchun ham ba'zilarimiz erinib qolamiz, vaqtida namozimizni o'qimaymiz, yolg'on gapirib qo'yamiz,ehsonni vaqtida bermaymiz.Olloh shunday imkoniyat berdimi biz ozgina harakat qilaylik natijasini 10 marta ko'p ko'ramiz.Olloh ham aytar ekan sendan harakat mendan barokat. Biz shunday imkoniyatlardan vaqtida foydalanib qolishimiz,qadriga yetib qolishimiz kerak. Doimo Ollohga shukr qilishimiz kerak.

Rustambek Mamadaliyev(Shaxsiy fikrim)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qoyilmaqom

💡 CSS Animated Clock - Pure CSS Clock Shape - CSS Animation Effect

Ushbu videoda harakatlanayotgan soat ni Html va Css yordamida yaratishni o'rganamiz.

O'zingiz ham kodini yozib, sinab ko'ring👍👆


Rustambek - IT Blog
#nasib_qilsin

Kanalimizni rivojlantirish uchun aniq maqsad qo'ydim.Bor bilimimni sizlar bilan baham ko'rmoqchiman.Xudo xoxlasa tez kunlarda Frontend dasturchi bo'lishni xoxlaganlar uchun Frontend darsimizni boshlayman.1-navbatda Html va Css ni o'rganamiz.Keyin esa Bootstrap .So'ng JavaScript ni o'rganamiz InshaAlloh.

Bizni kuzatib boring. IT - Time
Albatta, o'qing!!!


Talabaman! 2-3yil o'qib
izlanib talaba bo'lish nasib etdi.
Toshkentda o'qish qiyin ekan!!!
O'qishga kirsam " mazza, oq koylak galstuklarni taqib kastyum shimlarda hammani o'zimga qaratib yuraman, hamma menga havas qilib boqadi " shunday o'ylardim.
To'g'ri menga havas qilishyapti.
Lekin yuragim chetida bir nima kamdek!!!
Bugun uydan pul keldi. Juda juda hursandman. Faqat pul emas pul bilan birga yaxshi ko'rishimni bilgan onam pista bodom bervorishibdi. Faqat shugina emas uydaligimda Oyi pishdimi noningiz qorin ochib kettikuuu !!! deb baqirgan paytimda oldimga kuyib pishib yanoqlariga qora tekkanini ham sezmasdan issiq nonni oldimga qo'ygan onam yana shu nondan ham yuborishibdi menga. Pulni bir o'rtogim olib keldi. Dadam pul berishsa dadasi bilmasin deb yoniga oz-moz yashirganini ham qo'shib beribdi onam.
Dadam bo'lsa ayasi bilmay qo'ya qolsin o'g'il bolasizlar bu pul yetmaydi begona joy deb ular ham yonidagi pulni qo'shib berishibdi.
Bugun gaplashdim onam o'rtog'ing yetib bordimi dedi.Raxmat onajon yetib keldi. Onam Xudoga shukr yaxshi o'qinglar bolam dedi. Raxmat ona deya olmay tilimga so'z kelmadi. Bo'g'zimga yig'i tiqildi. Yana onam o'g'lim oyog'ingdagi tuflingni rangi menga yoqmas edi boshqa sotib olgin dedi. Ehh ona deb to'xtab qoldim. Sizgaku tufligimni rangi yoqmabdi boshqa sotib ol deysiz o'ziz qachon yangi kiydingiz ona. Kastyum shim kiyib birovga yoqishni o'ylabman-u o'z jannatimni unuta yozibmanku men nodon. Otam bo'lsa o'qish qale dedi. Bo'g'zimga yig'i tiqildi. Yana o'g'lim pul ozgina kam bo'lib qoldi o'zing kelganingda olib ketarsan. Yana o'sha yig'i bog'zimni bo'g'di. Esimda dadam issiq kurtka olsam bo'larkan deb yurgandi. Dada kurtka oldizmi dedim. Yoq o'g'lim dedi biroz o'ylanib. Bittasi qarz so'ragan edi shunga bergandim pulimni. Ehhh dada men oldimkuu shu qarzni bugun sizdan. Hech narsa deya olmay qoldim .
Dada o'zim telefon qilaman chaqirib qolishdi deb zo'rg'a telefonni qo'ydim. Menimcha hammaning ota-onasi o'z farzandini o'zidan ko'p yaxshi ko'radi. Biz bo'lsak hali vaqt bor deymiz. Tog'ri vaqt bor. Endigina 21-ga kirdim. Xato o'ylaymiz. 21-ga kirgunimcha 21 yilga qarishdiku ota-onam. Tun-u kun telefon chuqalab , qizlarga shirin gapirguncha onangga bir og'iz ona sizni yaxshi ko'raman degin!!! Qizlarga aytsang ishonmadim ishontiring deydi sen onangga aytgin nima derkan. O'ylab o'tirmasdan ehh oppog'im bolam sendan boshqa suyanchig'im bormi bu dunyoda. Shu gapni tinglaysan.
Sizdan iltimos ota onangizni bir yo'qlang. Raxmat hammamizning ota-onamiz baxtimizga sog' omon bo'lishsin.Ota-onalarimizning qadriga yetaylik baxtimizga soģ bo'lishsin!!!

Buni bir birodarimiz tashladi o'qib ko'zimga yosh keldi.(manba noma'lum)

Boshqalarga ham ulashishni unutmang!

Bu kimgadir oddiy bo'lishi mumkin, lekin hali hali bu gaplarni qadrini bilib olasizlar.Bo'ladigan-bo'lmaydigan kino va videolarni soatlab ertadan-kechgacha kòrasizlaru nahotki mana shunaqa narsaga 1 daqiqa ajratmaysizlar.Xoziroq Onangizga telefon qilib " Ona sizni yaxshi ko'raman " deb aytinglar aziz do'stlarim

Bizning kanal👉👉 IT - Time
InshaAlloh ertagadan Html darsimizni yuklashni boshlaymiz.Kanalga qaysi mavzudagi video darslarni tashlaylik.Javobni kommentariyada kutaman.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xayrli_tong 📌

15 yoshida talaba bo'lgan, bugungi kungacha 10 mingdan ziyod shogird chiqarishga erishgan - Muhammad Ali Eshonqulov bilan bo'lgan ajoyib suhbatdan bir parcha
Osmondagi bolalar 10-soni ko'rishni tavsiya qilaman.Juda motivatsiya beradigan ko'rsatuv

To'liq intervyuni ko'rish
IT Time Academy pinned «InshaAlloh ertagadan Html darsimizni yuklashni boshlaymiz.Kanalga qaysi mavzudagi video darslarni tashlaylik.Javobni kommentariyada kutaman.»
Bugun Html darsimizni zapis qildik.Ertadan Xudo xoxlasa You tube ga yuklaymiz
Kompyuterda o'tirgan holatda ko'z mashqlarini bajarishga mo'ljallangan eye.tsue.uz tizimi ishga tushirildi.

Yangi zamonaviy texnikalar hayotimizni qulaylashtirmoqda, lekin shu qatorda ulardan ortiqcha foydalanish ham organizmimiz uchun zarar keltirmoqda, ayniqsa ko‘zlar ko‘proq zararlanmoqda. Bunday oqibatlarga duchor bo‘lmaslik uchun ko‘zlarimiz uchun bir ozgina vaqt ajratib parvarish qilsak bas. Shunchaki ko‘zlarga dam bering, ularni eye.tsue.uz orqali muntazam mashq qildirib turing.

Har bir mashq 30 sekund davom etadi. 30 sekunddan so'ng keyingi mashqga o'tiladi. Mashqlar soni 8 ta. Ko'zingizning salomatligi uchun 4 daqiqa vaqtingizni ayamang!

eye.tsue.uz - takomillashtirilib, yangi mashqlar va funksiyalar qo'shib boriladi.(kompyuterda ochilsin)

Bizning kanal: IT -Time
IT Time Academy pinned «https://youtu.be/VjUBtMfY3mo?t=63 Azo bo'lib qo'yasizlar degan umiddaman Telegram kanallar. @it_time @rustambek01_uz»
YouTubeda "Html 3-dars" videosini ko‘ring
https://youtu.be/-om53-6t5cw

Sayt yaratishni xoxlaysizmi?

Telegram kanallarim:👇👇👇
👉👉👉 @it_time
👉👉👉 @rustambek01_uz
E'tiboringlar uchun rahmat.You tube dagi savobli videolarimiz tarqalishiga hissa qo'shgan do'stlarimizga rahmat.Tez orada keyingi darslarimiz yuklanadi.Xudo xoxlasa ishonchlaringni albatta oqlayman
Telegram kanallarimiz👇👇👇
👉👉 IT - Time
👉👉 Rustambek - IT Blog
Forwarded from Najot Ta'lim
​​Najot Ta'lim va Cambridge o'quv markazlari "Kelajak yoshlari" nomli ta'lim grantini yo'lga qo'yganini ma'lum qiladi

Najot Ta'lim va Cambridge o'quv markazlari o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida, "Kelajak yoshlari" nomli umumiy qiymati 1 mlrd so'mlik ta'lim grantini yo'lga qo'yganini ma'lum qiladi.

🤩 Ta'lim aksiyasi orqali 60 nafar yoshlarga ingliz tili hamda IT sohalarini, jumladan: grafik dizayn va dasturlash yo'nalishlarida, 1 yil davomida mutlaqo bepul ta'lim berish reja qilingan.

Ushbu xayriya aksiyasi har yili Ramazon oyida boshlanib, Ramazon oyida tugaydi.

"Kelajak yoshlari" ta'lim grantida 15 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

⚡️ Talabgorlar Najot Ta'lim va Cambridge jamoalari HR bo'limi a'zolari tomonidan motivatsion xat va boshqa omillar orqali saralab olinadi. Loyihada qatnashish uchun arizalar aprel oyining 13-sanasigacha qabul qilinadi.

Najot Ta'lim va Cambridge jamoalari ushbu xayrli ishni o'z qadriyatlaridan kelib chiqqan holda, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda.

👉 "Kelajak yoshlari" loyihasida ishtirok etish

👨🏻‍💻 Administratorga bog'lanish

📞 Telefon raqam: +998712001123

🔴 YouTube sahifa
https://youtu.be/xZutfqN63K8

Telegram kanallarim:
👉👉 @it_time 👉👉 @rustambek01_uz