IT Time Academy
2.65K subscribers
521 photos
217 videos
21 files
454 links
Marketing | Dizayn | Dasturlash

- Barcha IT kurslari bir joyda
- Tajribali ustozlardan sifatli ta’lim oling!

Birinchi qadamni tashlash 👇
+998947820092 | @it_time_admin

Instagram sahifamiz 👇
@it_time_academy
Download Telegram
Assalomu Alaykum!

Sizlarni muqaddas ayyom - RAMAZON HAYITI bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Shu munosabat bilan sizga oilaviy baxt, xotirjamlik, sog‘lik, omad va shodlik tilaymiz!

Nimaki niyatlaringiz bo‘lsa barchasi ijobat bo‘lishi tilakdoshmiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin.

Shuningdek ko‘tarinki kayfiyat doimiy hamrohingiz bo‘lsin!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu-baraka tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin! 💫

👉 @it_time
👍4
Forwarded from GDG Tashkent (Dostonkhon Ozodkhujaev)
🔥 GDG Tashkent-dan uzoq kutilgan Web Dev Meetup!

Biz GDG Tashkent da yangi yo‘nalish – Web Community ochilishini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.

Kelayotgan shanba kuni yurtimizning top kompaniyalarida faoliyat yuritadigan web-dasturchilari bilan birinchi Web Dev Meetup o’tkazamiz.

💥 Spikerlar ichida:
- Husniddin Kurbonboev, EPAM;
- Doniyor Aliyev, Super Dispatch;
- Ravshan Samandarov, Oxagile;
- Doniyor Yusupov, Altoros Inc.

Tadbir to’liq o’zbek tilida bo’ladi!

👀 Sana: 7 may 2022
🕙 Vaqt: 16:00
📍 Joy: IMPACT.T Technology Hub

Ishtirok etish narxi: BEPUL.

🎟 Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-web-event-1/

😉 Bu haqida do’stlaringizga ham ulashing va eventda ko’rishguncha!

@gdgtashkent
Alhamdulillah.

Bugun yana bir o'quvchim, Frontend bo'yicha ishga kiribdi. Atiga darsimiz boshlanganiga 3 oy bo'lgan guruhimiz o'quvchisi Muhriddin aka endi o'z yo'lini topib kompaniyada ishlamoqdalar. Harakat qildilar va natijasiga kurs bitirmasdan erishdilar.

Shunday paytlarda shuncha qilgan mehnatlarimga, ketayotgan vaqtimga achinmayman. Harakatlarim natijasini ko'rib, juda ham xursand bo'laman. Muhriddin akaning kelajakdagi ishlariga omad tilayman.

Xurmat bilan Rustambek.

👉 @it_time
👍10🔥21
Dasturchilar ayta olmaydigan gaplar

😵‍💫 Ko'pchilik dasturchilarni – qanaqadir akkauntlarni buza oladigan yoki kompyuter ustasi bilan adashtirishadi. Dasturchilar siz o'ylaganimgizdek komyuter bo'yicha ekspert ham emas.

🤐 Yuqoridagi yozganlarimiz ko'pchilik dasturchilarning ichidagi, aytolmaydigan "dardi" hisoblanadi. Dasturchi bir so'z bilan aytganda – ijodkordir. Kodlar orqali san'at asari yarata oladigan inson. 🙃

😐 Sizdachi, yana qanaqa ayta olmaydigan "dardlaringiz" bor?

👉 @it_time
👍9😁1
IT olamida ish/oʻqish izlayapsizmi?

🔊Unda Sizni 13-may kuni Hilton mehmonxonasida boʻlib oʻtuvchi ish va ta'lim yarmarkasiga taklif etamiz!

🗣Yarmarkada IT-ta'lim xizmatlarini taqdim etuvchi oliygohlar, oʻquv markazlari, mahalliy va xalqaro IT-kompaniyalar va boshqa tegishli tashkilotlar oʻzlarida mavjud imkoniyatlar haqida ma'lumot beradi.

‼️Yarmarkaga tashrif buyurish uchun roʻyxatdan oʻtish shart emas.

Demak, Sizni ertaga (13-may) soat 14:00-17:00da Hilton mehmonxonasiga taklif etamiz.

👉 @it_time
🔥1
Forwarded from Osmondagi bolalar
"Hamma narsa ham ustozdan o'rganilmaydi" — dasturchi ustoz bilan suhbat

😊 Loyihamizning bu galgi spikeri haqida kecha sizlarga batafsil ma'lumot taqdim etgan edik. Bugun esa loyihaning premyerasi bo'lishini xabar qilamiz.

Muhammadjavohir Sur'atov bilan ushbu sonda IT, xususan, dasturlash va uni o’rganish uchun e’tibor berish kerak bo'lgan jihatlar, xalqaro kompaniyalarga ishga kirish yo’llari, IT sohasida eʼlon qilinadigan xalqaro va mahalliy chegirmalar, junior va senior dasturchilar, portfolio toʻldirishda eʼtibor berilishi kerak boʻlgan muhim jihatlar haqida suhbatlashdik.

Premyera bugun soat 20:30 da quyidagi havola orqali bo'lib o'tadi. Keling, bugun uni birga tomosha qilamiz. 🙂

Havola: https://youtu.be/q5j9HPx3ttw
👍1🔥1
#bot #telegram

📌 Telegram uchun foydali top 5 botlar ro'yhati.

👉 @it_time
👍7
Follow and share🚀🚀🚀

IT sohasini ingliz tilisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ingliz tilini bilgan dasturchiga imkoniyatlar ko'proq. O’qib o'rganganda ham, ishga kirishda ham ingliz tilini bilgan odam ko'proq manfaatlarga ega bo’ladi. Ingliz tili endi YouTube da tekinga bemalol o'rganish mumkin. O’quv markazlariga borib vaqtni va pulni sarflashning xojati yo’q. Bu videoda barchasi to’liq tushuntirilgan
https://youtu.be/jcdg4KiWFH8

Ingliz tilini biz bilan 0 dan o'rganing. Qulay vaqtda, qulay joyda cheksiz imkoniyatlar bilan ingliz tilini o'rganing. Bepul kurs! Eng muhimi o’zbek tilida.

👉 @it_time
👍2