IT Time Academy
2.65K subscribers
521 photos
216 videos
21 files
454 links
Marketing | Dizayn | Dasturlash

- Barcha IT kurslari bir joyda
- Tajribali ustozlardan sifatli ta’lim oling!

Birinchi qadamni tashlash 👇
+998947820092 | @it_time_admin

Instagram sahifamiz 👇
@it_time_academy
Download Telegram
Forwarded from Rustambek Blog
Biznikiga mehmon kelyapti.. 🙂

U shunday mehmonki, 1,2,3 kun emas, balki, 1 oy to'liq biznikida yashaydi...

U shunday mehmonki, u sovg'ayu salomlariga to'lib-toshib kelmoqda...

U shunday mehmonki, u bizga o'zi bilan Allohning rahmatu - mag'firatlarini ,savobu- salomatliklarini olib kelmoqda ...

👉 @rustambek_off
👍13
#ramazon

IT-Time jamoasidan ajoyib yangilik! 📣📣

Ramazonga sizlar uchun loyiha boshlamoqchi edik. Sizlardan taklif olmoqchimiz. Qanday loyiha qilsak sizlarga manfaatli bo'ladi?

Misol uchun, viloyatdagi do'stlarimiz uchun 1 oylik online bepul dars o'taylikmi yoki shunga o'xshash. Takliflarni kommentariyada kutamiz.

👉 @it_time
👍2
#free_fake_api #api

Soxta Tekin API (Free Fake API) larni ishlatish uchun yana bir ajoyib sayt.

Bu saytda siz "Soxta API"lardan bemalol foydalana olishingiz mumkin..!

Saytga kirish uchun link 👇:
https://fakestoreapi.com/

👉 @it_time
👍3
#mushugizm

• Yaxshi yashash deganda mushuklardek fikrlamaslik kerak. Yani biz inson bo'lib yaratilibmizmi, demak bizni oldimizda missiya qo'yilgan.

• Hamma dasturchi bo'lishi, yoki hamma shifokor bo'lishi kerak degan tushunchaga borib qolish noto'g'ri. Har kimning o'zini missiyasi va shuningdek har kimning o'zini sohasi bor.

• To'g'risini aytaylik hozirgi kunda sohani puliga qarab tanlaydigan bo'lib qoldik barchamiz. Hattoki, ota-onalar farzandiga yo'l ko'rsatarkan pulini surishtiradigan bo'lishdi. Farzandni qiziqishi va ummatdagi soha mutahasislarining yetishmasligi esa keyingi o'rinda.

• Yashash degani umrining birinchi qismida pul topib, mablag' jamg'arib, ikkinchi qismida mushuklardek yastanib yotish degani emas.

• Yashash meni fikrimda shunday: umrning birinchi qismida o'rganib, ikkinchi qismida o'rgatishdir.

P.S: Sohamizni professional darajada o'rganaylik toki hayotimizning ikkinchi qismi, mushuklardek o'tmasin!

👉 @it_time
👍8
🌙 Mohi Ramazon muborak!

Ushbu oyda qilgan ibodatlaringiz, ezgu amallaringiz, xayr-ehsoningiz dargohida qabul bo’lsin.

🤍 Sizga Ramazon oyida sabr va qalb hotirjamligini hamroh bo’lsin.

😌 IT-Time Academy oilasi nomidan ushbu muqaddas oy bilan sizni muborakbod etamiz!

👉 @it_time
👍7
Dasturchilarning Portfoliosi qanday bo'lishi kerak?

🧰 Eng avvalo portfolio o'zi nima?

🗂 Portfolio - sizning karyerangiz davomida tayyorlagan ishlaringiz jamlanmasi hisoblanadi. U web sayt, telegram kanal yoki instagram sahifa va shu kabi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin.

📟 Dasturchilar uchun portfolio muhim ahamiyatga ega.

🗑 Agar endi ishga kirmoqchi bo'lsangiz yoki yangi ishga o'tmoqchi bo'lsangiz sizga albatta portfolio kerak. Ish beruvchi ham sizning portfoliongizga qarab siz va sizning tajribangiz haqidagi ilk tushunchalari paydo bo'ladi.

⚙️ Lo'nda qilib aytganda esa portfolio bu sizning butun hayotingizda qanday ishlar bilan shug'ullanganingizni va natijalaringizni ko'rsatib beruvchi yordamchi.

👉 @it_time
👍2
Dasturchi uchun eng yaxshi jihatlar

Yuqoridagi rasmda berilgan jihatlar sizda bo‘lsa, sizning bu sohada faoliyat olib borishingiz oson bo‘ladi.

Undan tashqari qolgan dasturchilardan ustun tomoningiz paydo bo‘ladi va bu sizning yutug‘ingiz hisoblanadi

👉 @it_time
👍5
🚀 Telegramdan akkauntingizni butunlay o'chirib yuborishni xoxlaysizmi? Unda siz bizni kuzatishda davom eting. Qani ketdik:

📌 http://Telegram.org/deactivate ushbu saytga kirasiz
📌 Telegramga biriktirilgan mobil raqamni yozasiz
📌 Telefonizga sms keladi va uni yuqoridagi saytga joylaysiz
📌 Va ushbu holatdan soʻng, sizdagi telegram akkaunti butunlay oʻchib ketadi

P.S: Esingizdan chiqmasin, Telegram akkauntingizni butunlay o'chirib yuborganingizdan soʻng, sizdagi unga tegishli shaxsiy chatlar va Telegram kanallar oʻchib ketadi

👉 @it_time
👍1
Universitet

Universitetni bitirishning ikkita aniq foydasi bor. 1. Turmush qurishing osonroq kechadi. (Sovchilikda birinchi savol: Kelin/kuyov bola o’qiganmilar ?) 2. Yangi tanishlar orttirasan.

Ish topishning osonlashishi, dunyoqarash kengayishi, yuqori lavozimda ishlash imkoniyati, ko’proq pul topish imkoni – bu quruq safsata xolos. Odamni o’zida talant bo’lsa kollejni bitirish ham shart emas, lekin bo’lmasa TATU ham yordam bera olmaydi,

Universitet berishi mumkin bo’lgan barcha bilimlar onlaynda tekinga turibdi. (Xatto Harvardniki ham). Demak institutga bilim uchun kirilmaydi hozirgi kunda. Lekin universitet filtr vazifasini barajaradi va atroflaringda bilimli, juda bo’lmaganda kelajagi uchun 1 ta til o'rganadigan insonlar bo’ladi. Bunday insonlar orasida yurish doimiy motivatsiya va kelajakda hamkorlik imkoniyatlarini oshiradi.

Xulosa: Turmush qurishda kriteriylaring baland bo’lmasa (bu yaxshi aslida) va tanishlaring yetarli bo’lsa, universitetni bitirish seni hayotingni deyarlik o’zgartirmaydi. Puling ketgani qoladi xolos(3000$ - 20 000$). Shu pulni uchdan biriga sifatli kurslarda o’qisang maqsadingga tezroq yetasan.

Bunday fikrlash uchun avval universitetga kirib o'qib ko'r.😂

👉 @it_time
👍9
🚀 IT-Time academy obunachilari uchun, mehnat qilib pul topsa bo'ladigan saytlar ro'yhatini beramiz!

Themeforest.net – Sayt dizayn va shablonlarini sotsa bo'ladigan sayt.
lTurbosquid.com – 3D Max va shunga o'xshash dasturlarda 3D modellar yasab sotsa bo'ladi.
Videhive.net –Videomahsulotlar tayyorlab qimmat narxlarga sotsa bo'ladi.
Photodune.net – Fotosuratlar sotsa bo'ladigan sayt.
Graphicriver.net – Fotoshop dasturini biladigan do'stlarimiz o’z ijodlarini shu sayt orqali sota olishadi.

🤯Bu saytlardan million-million dollorlar aylanadi. Bu yo'nalishlarda pul topsa bo'ladigan saytlarni nomini bittadan yozdik. Aslida har bir yo'nalish uchun juda ko'plab saytlar mavjud.

👉 @it_time
🔥1