IT Time Academy
2.66K subscribers
521 photos
216 videos
21 files
454 links
Marketing | Dizayn | Dasturlash

- Barcha IT kurslari bir joyda
- Tajribali ustozlardan sifatli ta’lim oling!

Birinchi qadamni tashlash πŸ‘‡
+998947820092 | @it_time_admin

Instagram sahifamiz πŸ‘‡
@it_time_academy
Download Telegram
Frontend dasturchi kim?

Frontend dasturchi , siz har kuni browseringiz orqali biror saytga kirganizda ko'radigan ko'rinishni yaratadi. Yani siz so'ragan narsani saytning backend (algoritmlardan tuzilgan dasturiy qism)ga tushuntiradi hamda qaytgan natijani dizayner chizib bergan dizayn orqali sizga tushunarli ko'rinishda ko'rsatib beradigan interfeysni yozadi.

Frontend dasturchi bo'lish uchun birinchi navbatda Html va Css belgilash tillari va JavaScript dasturlash tilini o'rganishi kerak.

Bularni o'rgangandan so'ng shularga oid mashxur Bootstrap, Jquery, Angular, ReactJs yoki VueJs UI kutubxonalarini o'rganib chiqishingiz zarur bo'ladi.

Siz qaysi UI kutubxonalardan foydalanasiz va uning ustunligi nimada deb o'ylaysiz?

πŸ‘‰ @it_time
πŸ‘9😒1
πŸ’»πŸ’»πŸ’» Noutbuk olishda e'tibor berish kerak bo'lgan jihatlar

Quyidagi tavsiyalar dasturchi, dizayner, loyihalovchi ya'ni og'ir dasturlarni ishlatuvchi yoki o'rganuvchilar uchun noutbuk sotib olishga taalluqli. Faqat MS Office bilan ishlaydiganlarga bundayroq kompyuterlar ham bo'laveradi πŸ˜‰.

1️⃣ RAM (Operativ xotira, ΠžΠ—Π£) - Kamida 8 GB
Ma'lumot: https://is.gd/x0IPJE

2️⃣ Doimiy xotira (hard, Π²ΠΈΠ½Ρ‚) - SSD toifalisini oling, kamida 240 GB hajmdagi. Agar ma'lumotlarni saqlash uchun boshqa HDD diskingiz bo'lsa, 120 GB lik SSD hard olib, unga operatsion tizimni yozib, fayllaringizni HDD da saqlasangiz ham bo'ladi.
Ma'lumot: https://www.starusrecovery.ru/articles/the-difference-between-ssd-and-hdd.html

3️⃣ Protsessor (x64) - Intel Core i5 (i7 bo'lsa yana ham yaxshi).
Chastotasi kamida 2 GHZ, kamida 8 yadroli
https://it.wikireading.ru/39448

4️⃣ Videokartasi kamida 2 GB bo'lsin, undan yuqori bo'lsa juda yaxshi.
Ekran Full HD - https://car3g.ru/info/chto-takoe-vram-v-noutbuke/

5️⃣ Tekshiring:
- kamida 1 tadan USB 2.0 va USB 3.0 portlar (ko'p bo'lsa yaxshi)
- VGA port (proyektor ulash uchun)
- HDMI port (televizorga, proyektorga, ... ga ulash uchun kerak)
- Ethernet port (kabel bilan internetga ulanish uchun)

6️⃣ Akkumlyatorining ishlash vaqtiga ham e'tibor beringlar (bu ishlatilgan noutbuk olayotganlar uchun).

πŸ’» Kompyuteringizning yuqorida sanalgan texnik ko'rsatkichlarini qanday aniqlashni bilmasangiz:
- Win + R (Win bu ΠŸΡƒΡΠΊ, ya'ni u bilan R harfi birgalikda bosiladi) ni bosing hamda chiqqan oyna (Π’Ρ‹ΠΏΠΎΠ»Π½ΠΈΡ‚ΡŒ) ga dxdiag deb yozing va OK ni bosing.
- Win + R, msinfo32 deb yozing va OK.
- Win bilan birga Pause Break klaviturasini bosing.
Chiqqan oynalarda tizim va kompyuter texnik ko'rsatkichlarini bilib olishingiz mumkin.

P.S.:
Odatda dasturlar (Autocad, 3D Max, Revit, Photoshop, ... kabi katta va og'ir dasturlar ayniqsa) ishlash jarayonida doimiy xotira (qattiq disk) dagi o'z fayllariga o'qish yozishlarni amalga oshirish orqali ishlaydi. Demak, ular tezroq ishlashi uchun muhim omillardan biri, bu - qattiq diskning o'qish / yozish tezligidir. SSD disklar HDD disklardan kamida 5 barobar tezroq ishlaydi bu o'qish yozish tezligi bo'yicha. Shuning uchun SSD xotirali qattiq diskli kompyuter tavsiya qilaman. Ammo, SSD li noutbuklar qimmatligi uchun yana bir yo'lni tavsiya qilaman: Siz 200 - 500 $ ga HDD li noutbuk olib, uning qattiq diskini olasizda, o'rniga kamida 120 GB li SSD disk o'rnatasiz, chiqarib olgan HDD ga 10 $ ga g'ilof va kabel olish mumkin Malikada. Shunda noutbuk ishlashi ancha tezlashadi.

πŸ‘¨πŸΌβ€πŸ’»Men qoldirib ketgan qo'shimcha foydali ma'lumotlarni bilsangiz, shaxsiy tavsiyalaringiz bo'lsa, izohlarda qoldirishingizni so'rayman.

πŸ‘‰ @it_time
πŸ‘3
Forwarded from Rustambek Blog
Biznikiga mehmon kelyapti.. πŸ™‚

U shunday mehmonki, 1,2,3 kun emas, balki, 1 oy to'liq biznikida yashaydi...

U shunday mehmonki, u sovg'ayu salomlariga to'lib-toshib kelmoqda...

U shunday mehmonki, u bizga o'zi bilan Allohning rahmatu - mag'firatlarini ,savobu- salomatliklarini olib kelmoqda ...

πŸ‘‰ @rustambek_off
πŸ‘13
#ramazon

IT-Time jamoasidan ajoyib yangilik! πŸ“£πŸ“£

Ramazonga sizlar uchun loyiha boshlamoqchi edik. Sizlardan taklif olmoqchimiz. Qanday loyiha qilsak sizlarga manfaatli bo'ladi?

Misol uchun, viloyatdagi do'stlarimiz uchun 1 oylik online bepul dars o'taylikmi yoki shunga o'xshash. Takliflarni kommentariyada kutamiz.

πŸ‘‰ @it_time
πŸ‘2
#free_fake_api #api

Soxta Tekin API (Free Fake API) larni ishlatish uchun yana bir ajoyib sayt.

Bu saytda siz "Soxta API"lardan bemalol foydalana olishingiz mumkin..!

Saytga kirish uchun link πŸ‘‡:
https://fakestoreapi.com/

πŸ‘‰ @it_time
πŸ‘3
#mushugizm

β€’ Yaxshi yashash deganda mushuklardek fikrlamaslik kerak. Yani biz inson bo'lib yaratilibmizmi, demak bizni oldimizda missiya qo'yilgan.

β€’ Hamma dasturchi bo'lishi, yoki hamma shifokor bo'lishi kerak degan tushunchaga borib qolish noto'g'ri. Har kimning o'zini missiyasi va shuningdek har kimning o'zini sohasi bor.

β€’ To'g'risini aytaylik hozirgi kunda sohani puliga qarab tanlaydigan bo'lib qoldik barchamiz. Hattoki, ota-onalar farzandiga yo'l ko'rsatarkan pulini surishtiradigan bo'lishdi. Farzandni qiziqishi va ummatdagi soha mutahasislarining yetishmasligi esa keyingi o'rinda.

β€’ Yashash degani umrining birinchi qismida pul topib, mablag' jamg'arib, ikkinchi qismida mushuklardek yastanib yotish degani emas.

β€’ Yashash meni fikrimda shunday: umrning birinchi qismida o'rganib, ikkinchi qismida o'rgatishdir.

P.S: Sohamizni professional darajada o'rganaylik toki hayotimizning ikkinchi qismi, mushuklardek o'tmasin!

πŸ‘‰ @it_time
πŸ‘8
πŸŒ™ Mohi Ramazon muborak!

Ushbu oyda qilgan ibodatlaringiz, ezgu amallaringiz, xayr-ehsoningiz dargohida qabul bo’lsin.

🀍 Sizga Ramazon oyida sabr va qalb hotirjamligini hamroh bo’lsin.

😌 IT-Time Academy oilasi nomidan ushbu muqaddas oy bilan sizni muborakbod etamiz!

πŸ‘‰ @it_time
πŸ‘7
Dasturchilarning Portfoliosi qanday bo'lishi kerak?

🧰 Eng avvalo portfolio o'zi nima?

πŸ—‚ Portfolio - sizning karyerangiz davomida tayyorlagan ishlaringiz jamlanmasi hisoblanadi. U web sayt, telegram kanal yoki instagram sahifa va shu kabi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin.

πŸ“Ÿ Dasturchilar uchun portfolio muhim ahamiyatga ega.

πŸ—‘ Agar endi ishga kirmoqchi bo'lsangiz yoki yangi ishga o'tmoqchi bo'lsangiz sizga albatta portfolio kerak. Ish beruvchi ham sizning portfoliongizga qarab siz va sizning tajribangiz haqidagi ilk tushunchalari paydo bo'ladi.

βš™οΈ Lo'nda qilib aytganda esa portfolio bu sizning butun hayotingizda qanday ishlar bilan shug'ullanganingizni va natijalaringizni ko'rsatib beruvchi yordamchi.

πŸ‘‰ @it_time
πŸ‘2
Dasturchi uchun eng yaxshi jihatlar

Yuqoridagi rasmda berilgan jihatlar sizda boβ€˜lsa, sizning bu sohada faoliyat olib borishingiz oson boβ€˜ladi.

Undan tashqari qolgan dasturchilardan ustun tomoningiz paydo boβ€˜ladi va bu sizning yutugβ€˜ingiz hisoblanadi

πŸ‘‰ @it_time
πŸ‘5
πŸš€ Telegramdan akkauntingizni butunlay o'chirib yuborishni xoxlaysizmi? Unda siz bizni kuzatishda davom eting. Qani ketdik:

πŸ“Œ http://Telegram.org/deactivate ushbu saytga kirasiz
πŸ“Œ Telegramga biriktirilgan mobil raqamni yozasiz
πŸ“Œ Telefonizga sms keladi va uni yuqoridagi saytga joylaysiz
πŸ“Œ Va ushbu holatdan soΚ»ng, sizdagi telegram akkaunti butunlay oΚ»chib ketadi

P.S: Esingizdan chiqmasin, Telegram akkauntingizni butunlay o'chirib yuborganingizdan soΚ»ng, sizdagi unga tegishli shaxsiy chatlar va Telegram kanallar oΚ»chib ketadi

πŸ‘‰ @it_time
πŸ‘1