IT Time Academy
2.66K subscribers
521 photos
216 videos
21 files
454 links
Marketing | Dizayn | Dasturlash

- Barcha IT kurslari bir joyda
- Tajribali ustozlardan sifatli ta’lim oling!

Birinchi qadamni tashlash 👇
+998947820092 | @it_time_admin

Instagram sahifamiz 👇
@it_time_academy
Download Telegram
Veb-sayt tayyorlash jarayoni.

Agar veb-saytni tayyorlashda ma'lum bir tartibga amal qilmasangiz, keyin attang qilishingiz tayin.

Shuning uchun quyidagi tartibga amal qiling!

1. Texnik topshiriq. Kelajakda qo'shimcha ishlar yomg'iri ostida qolmasik uchun oldindan, nechta sahifa bo'lishi va qanday imkoniyatlar bo'lishi kerakligini ko'rsatuvchi hujjat tuzing va shartnomaga ilova qiling.

2. Dizayn. Dizayn bilan dasturlash ikki soha. Aslida sayt dizaynini veb dizayner qilishi kerak, dasturchi esa dizayni kodga o'tkazishi kerak. Biroq "freelancer" dasturchilar dizaynni ham o'zlari qilishiga to'g'ri keladi.

3. Front-End: Bu bo'limga o'tishdan oldin, mijoz bilan dizayn ishlari butunlay tugaganiga ishonch komil qilib oling va shartnomaga dizayn ishlari tugatilganligi haqidagi ilova qo'shing. Shundan so'ng, HTML, CSS va JavaScript kodlarini yozishga kirishing.

4. Back-End: "Database structure" - ma'lumotlar ba'zasi strukturasini tuzing va dinamik xususiyat qo'shilishi kerak bo'lgan bo'limlarni tamomlang.

5. Chop etish: Veb-saytni Internetga joylang.

6. Sinov: Veb-saytdagi xatoliklarni to'g'irlang va xatolik qolmaguncha sinovni davom ettiring.

Mana veb-sayt ham tugadi. 😎

👉 @it_time
👍6
Forwarded from Psixologik bilimlar
Эээхххх...

— Имом Ал-Буҳорий 9 ёшдан ҳадис ёдлашни бошлаган.
— Заҳириддин Муҳаммад Бобур 12 ёшда юрт бошқарган.
— Султон Меxмет 21 ёшда Истанбулни фатх қилган.
—Жалолиддин Мангуберди 21-22 ёшда мўғилларга қарши қаҳрамонларча курашган.

P.S.: Бизнинг Сўтақўзи эса қирққа кирса ҳам, "Омад-шоу"да иштирок этиш учун сок сотиб олиб юрибди...

👉 @psixologikbilimlar
EPAM Systems bilan suhbat
DOT-NET.UZ | Rasmiy kanal
EPAM bilan bo'lib o'tgan audio suhbat. Agarda jonli efirda qatnashmaganlar bo'lsa yuqoridagi audioni eshitishingizni maslahat beramiz.


Training lar haqida:
training.epam.uz

Vakansiyalar bo'yicha:
epam.com/careers/job-listings?country=Uzbekistan&city=Tashkent

Treyning, Lab bo'yicha savollar uchun:
• Email: Sarvarbek_Jaloldinov@epam.com
• Telegram: @JSA97

Ishga kirish bo'yicha:
• Email: vitaliy_davidov@epam.com
• Telegram: @Vitaliy92
• Email: margarita_kim@epam.com
• Telegram: @Margarita_K31

#podkast #epam #live

.NET Uzbekistan Community
______
Telegram | Instagram | Youtube
👍6😱1
#100daysOf1000algorithm

Bir o'quvchim o'z kanalida yaxshi chellenge boshlabdi. 100 kun davomida 1000 ta algoritm yechishni maqsad qilibdi. Avval masala shartini tashlab, so'ngra uning yechimlarini C++ hamda JavaScript tillarida tashlamoqda ekan.

Tavsiya qilaman, agar 1000 ta masala va uning turli xil yechimlarini ko'rsangiz, ancha siz ham o'sasiz va ishga kirishda ham qiynalmaysiz.

Kanal: @samandarWebdev
👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍5💩3🔥1
Uraa svet yondi. Sergeli-9 da svet yondi. Bayram
#yangilik #rasman

Alhamdulillah. Sizlarga bir yangilikni aytmoqchiman. Amerikaning Quick Manage kompaniyasiga Frontend dasturchi sifatida ishga qabul qilindim. Quick Manage kompaniyasi hozirgi kunda logistika sohasida juda katta proyekt qilmoqda. Faqat bitta sal yomon tomoni bizda hozir 23:00 bo'lgan bo'lsa, Amerikada abet vaqti bo'ldi. Kompaniya menga juda yoqdi, ayniqsa jamoa zo'r. Menga juda katta ishonch bildirishdi. Xudo xoxlasa ishonchlarini oqlayman. Ha aytgancha, ishim online.

Menga dasturlashni o'rgatgan ustozim @muhammadyunus_uz ga kattakon rahmat aytaman

Xurmat bilan Rustambek Mamadaliyev.

👉@it_time
👍20🔥7🎉4🤩21
Men aslida sizlar o'ylaganchalik kuchli dasturchi emasman, algoritmni ham yaxshi yecha olmayman, tajribam ham ko'p emas. Lekin asosiysi bu narsalar emas. Eng muhimi Allohdan so'rash kerak, ota-ona, yaqinlarning duosi ham juda muhim rol o'ynaydi. Ishga kirishimdan 1 kun oldin, siqilib yurgandim. Shu payt shom payti masjidga bordim, so'ngra masjidda xuftongacha kitob o'qidim. Xudodan tinmay so'radim. Ey Allohim men yaxshi joylarga ishga joylashay, ishlarimni hayrli qil dedim. 1 kundan so'ng esa Alhamdulillah kutilmagan joydan ish chiqdi va men u yerga topshirdim hamda ishga qabul qilindim. Amerikaga ishga kirishimni umuman o'ylamagan edim. Ko'pchilik har xil savollar bilan menga yozishmoqda. Sizlarga yagona javobim: Xudodan so'ranglar hamda ota-onani duosini olinglar.

Xurmat bilan Rustambek Mamadaliyev.

👉 @it_time
👍30🔥82🎉2
Assalomu alaykum, qadrdonlarim. Ishlarga moslashib olish uchun kanalga post qila olmayotgan edim. Mana moslashib ham oldik. Hozircha kichik-kichik proyektlar berishmoqda, chunki proyekt juda katta, tajribam ortgan sari topshiriqlar ham kattarmoqda. Tez orada kanalga qanday qilib Amerika kompaniyasiga ishga kirganim va ish topish haqida ham postlar qilaman. Ha aytgancha, esingizda bo'lsa, Frontend bo'yicha dars beraman. Tez orada kurs uchun grand e'lon qilmoqchiman. U o'quvchilarni asosan o'zim ishlayotgan Amerika kampaniyasiga tayyorlamoqchiman. Bu haqida tez orada yana post qilaman.

Xurmat bilan Rustambek Mamadaliyev.

👉 @it_time
👍83🔥1
#frontend #grand

🤩Uraa talabalarga 30% chegirma !!!

⚡️Amerikaning Quick Manage kompaniyasi dasturchisidan ta'lim oling. Frontend kursimizga 4 ta GRAND e'lon qilmoqdamiz . GRAND haqida tez orada post tayyorlaymiz.

• Kurs davomiyligi 4,5 oy
• Amaliyot +1 oy
• Haftada 3 kun 2 soatdan
• Real proyektlar
• Darslar zapis qilib olinadi va guruhga tashlanadi
• Ishga joylashishda maslahat va yo'llanmalar
• 12 ta darsdan so'ng imtihon qilinadi. 1-o'rinni olgan o'quvchi keyingi oy Bepul ta'lim oladi.
• O'zi bilan sherik boshlab kelgan har bir o'quvchiga 10% chegirma

👨‍💻Kurs davomida: Html, Css, Sass, Bootstrap, Tailwind, Javascript , React, Typescript, Git kabi texnologiyalar o'rgatiladi

🥇Bonus: Amerika kompaniyasiga ishga kirish yo'llari, yaxshi bitiruvchini kompaniyaga ishga olish, Freelancer saytlardan ish topishni o'rgatish

☎️Bog'lanish uchun: @it_time_admin
+998931487733

👉 @it_time
👍6🔥21👎1
Grand 2 bosqichdan iborat.
1-bosqich.
Matematika, Mantiqiy fikrlash, Ingliz tilidan 5 tadan test bo'ladi, har bir savol 5 balldan jami 75 ball(Hayotda kerak bo'ladigan oddiy savollar).
2-bosqichda esa suhbat bo'ladi, suhbat uchun 25 ball beriladi. So'ngra eng yuqorida o'tgan 4 kishi Grand ga olinadi.
Ya'ni Grand 1-oy bepul. 2-oyga o'tishda yana o'tilganlardan imtihon olinadi. Yana shu tariqa Grand beriladi. Ya'ni 1-oyda Grand yuta olmagan o'quvchi 2-oyda yutishi mumkin. 60% dan past to'plagan va 3 ta darsga sababsiz kelmagan o'quvchi, guruhdan chetlashtiriladi. Nega kurs oxirigacha grand berilmadi degan savol bo'lishi mumkin. Javob chunki Grand yutib olgan o'quvchi, keyin ham o'sha darajada o'qishiga hech kim kafolat bera olmaydi. Ya'ni bepulku deb o'qishni susaytirishi mumkin. Savollar bo'lsa kommentariyada qoldiring, albatta javob beramiz.


☎️Bog'lanish uchun: @it_time_admin
+998931487733

👉 @it_time
👍164👎1
IT Time Academy pinned «Grand 2 bosqichdan iborat. 1-bosqich. Matematika, Mantiqiy fikrlash, Ingliz tilidan 5 tadan test bo'ladi, har bir savol 5 balldan jami 75 ball(Hayotda kerak bo'ladigan oddiy savollar). 2-bosqichda esa suhbat bo'ladi, suhbat uchun 25 ball beriladi. So'ngra…»
#bir_haftada_bitta_sayt chellenjini boshlamoqchiman.

Assalomu alaykum. Bir hafta davomida 4 sahifali mehmonxona saytini tayyorlamoqchiman. Bu saytni sizlar bilan birga amalga oshiramiz. Qani ketdik .

Mehmonxona dizayni: Sheraton Hotels dizayn


Ushbu 4 sahifali saytni ertadan YouTube sahifamga joylab boraman.

@Muhammadislom_Dev
👍1
Dasturlashni online va ingliz tilida o'rganish uchun eng yaxshi saytlar ro'yxati.


1.
youtube.com
2. HackerRank.com
3. geeksforgeeks.org
4. codecademy.com
5. Codementor.io
6. HackerEarth.com
7. freeCodeCamp.org
8. w3schools.com
9. programiz.com
10. sololearn.com
11. beginnersbook.com
12. tutorialspoint.com
13. javatpoint.com
14. robocontest.uz
15. blog.jetbrains.com
16. udacity.com
17. kotlinlang.org
18. code.tutsplus.com
19. cp-algorithms.com
20. edx.org

Ingliz tilini endi o'rganayotgan bo'lsangiz google translate orqali ham ushbu saytlardan foydalanishingiz mumkin.

P.S: Siz qaysi saytlarni tavsiya qilasiz?

👉 @it_time
👍6🔥21
#Frontend #project

🏆 Bunaqasini ko'rmagansiz.
⚡️ Frontendda ajoyib hodisa

👉 @it_time
👍6