IT Time Academy
2.67K subscribers
521 photos
216 videos
21 files
454 links
Marketing | Dizayn | Dasturlash

- Barcha IT kurslari bir joyda
- Tajribali ustozlardan sifatli ta’lim oling!

Birinchi qadamni tashlash 👇
+998947820092 | @it_time_admin

Instagram sahifamiz 👇
@it_time_academy
Download Telegram
#intervyuda_tushgan_savollar

Frontendda BEM metodologiyasi nima?

BEM(Block, Element, Modifier) - bu CSS da classlar tashkil qilish va nomlash uchun Yandex tomonidan tuzilgan metodologiya.

Block, Element, Modifier metodologiyasi HTML va CSS-da class nomlari uchun mashhur nomlash konventsiyasidir. BEMni o'qish oson va uslublarni tartibga soladi, hatto loyihalar juda katta bo'lsa ham.

Yuqoridagi rasmda:

head: block
eye: element
small: modifier

— Ko’proq o’rganish uchun bosing —

Manba: @yakhyo_ismoiljonov

👉 @it_time
Forwarded from Janob Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Odamiylik deganda nimani tushunasiz?

Axir Rohman: "Men singan yuraklardaman" demadimi ?! Uch turdagi insonning alamli ko'z yoshidan ehtiyot bo'ling

• Ota-onaning ko'z yoshi
• Yetimning ko'z yoshi
• Mazlumning ko'z yoshi

@muhammadkarim_toxtaboyev
#intervyuda_tushgan_savollar

EPAM Systems kompaniyasiga ishga kirishda tushgan savollar.

HTML & CSS & JS bo’yicha savollar

0. CSS va SASS o’zgaruvchilari orasida nima farq bor?
1. Block va inline elementlari orasida nima farq bor?
2. HTML Semantic elementlari nima?
3. CSS da qanday nomlash metodologiyalarini bilasiz va ishlatasiz?
4. Accessibility nima?
5. SEO optimizatsiyasi nima?
6. JavaScriptda qanday ma’lumot tiplari mavjud?
7. Primitiv va Reference ma’lumot tiplari orasida nima farqlar mavjud?
8. Odatiy (qo’lbola - custom) Promise kutubxonalaridan foydalanganmisz?
9. Fetch va Axios ni farqi nimada va qanday qulayliklari mavjud?

Amaliy savollar:

10. Outputlar (natijalar) ni ketma ketligida ayting
function f() {
console.log(x)
console.log(y)
var x = 0;
var y = 1;
}
f()

11. Natija nima bo’ladi?

function f() {
setTimeout(() => console.log(0), 0)
console.log(1)
}
f()


React bo’yicha savollar:

12. Reactdagi asosiy hayot tsikli metodlari qaysilar?
13. Pure component nima degani? va oddiy komponentdan nima farqi bor?
14. VirtualDOM nima degani va DOM dan nima farqi bor?
15. Quyidagi kodda qanday xatolik mavjud?

import { useEffect } from "react"
import {subscribe, unsubscribe} from "subscription-lib"

function Component() {
useEffect (() => {
subscribe ()
})
return null;
}

16. Redux ning side-effect (nojoyi ta’sir) kutubxonalaridan foydalanganmisz?
17. Q/A team bilan ishlaganmisz va ular bilan ish jarayoni qanday ketadi?

👉 @it_time
#frontend #react #toshkent

"SoftData" MCHJ Junior/Middle React FrontEnd dasturchisi ishga taklif qiladi.

📌 Talablar:

• Tijoriy loyihalarda 1 yildan ortiq tajriba;
• JavaScript, ReactJS, TypScript-ni yaxshi bilish;
• JQuery, Axios bilan ishlash tajribasi;
• HTML5, CSS3, Bootstrap bilan ishlash tajribasi;
• Git, Postman, Trello bilan ishlash tajribasi;
• Rus tilni yaxshi bilish.

Qulayliklar:

• Ish vaqti: 6/1, 09:00-18:00
• Ish haqi: suhbat natijalariga ko'ra $500 boshlanadi


📍 Manzil: Toshkent

☎️ Aloqa: @project_managerN1

👉 @it_time
Forwarded from MohirDev.uz
MEETUP2 ga 12 soat qoldi

Mohirlar bir davrada yig‘ilamiz offlaynda😊
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Anvar Narzullayev @sariqdev sahnada
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangilanish📌

Telegramda juda ham katta yangilanish

Endi siz Facebook va Instagram kabi reaksiyalar qoldirishingiz mumkin. Bu hammasi emas. Undan tashqari matnni tarjima qilish, yashirish va yana bir qator qiziqarli yangiliklari bor.

👉 @it_time
2021-yil uchun kanal tahlili.

👉 @it_time
2021-yilda amalga oshirgan ishlarim va yutuqlarim.

⚡️ FullStack Web dasturlash kursini tugatdim.
⚡️ Online dars o'tdim
⚡️ O'quv markazda dars berishni boshladim
⚡️ 100+ shogirdlar chiqardim
⚡️ Telegram, YouTube kanallar ochdim va jami 3700 dan ziyod obunachi to'pladim
⚡️ TATU da "Ilm Xalqasi" loyihasini boshladim va 1-sonini shu yerda o'tkazdim.
⚡️"Student Hack 2021" da qatnashdim, sertifikat va esdalik sovg'alar oldim hamda ko'pgina do'stlar orttirdim
⚡️Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida bo'lgan musobaqada "IT - Construktor" yo'nalishida TATU nomidan qatnashib sertifikat va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandim.
⚡️ "OPEN Data 2021" Hackatonida qatnashdim va u yerda ham sertifikat bilan taqdirlandim


Xudo xoxlasa 2022-yilga rejalar

⚡️ Arab tili o'rganib, Qur'on ni tugatish
⚡️ 5 vaqt namozni qoldirmaslik, iymonda mustahkam bo'lish
⚡️ Rus tilini o'rganish
⚡️ Ingliz tilida bemalol gapiradigan darajaga chiqish
⚡️IT kompaniyaga ishga kirish
⚡️ YouTube va Telegram da 10000dan ortiq obunachi to'plash
⚡️ Freelancer likda yuqori cho'qqilarni zabt etish
⚡️ Hackatonlarda yuqori o'rinlarni egallash va ummat uchun xizmat qiladigan inson bo'lish
⚡️Ota-onamni doimo labbay deb xizmatini qilish, boshimda ko'tarib yurish

InshaAllah 2022-yilda shu rejalarim amalga oshsin

Xurmat bilan kanal asoschisi Rustambek

👉 @it_time
👍1
Forwarded from Rustambek Blog
IT Time Academy pinned «2021-yilda amalga oshirgan ishlarim va yutuqlarim. ⚡️ FullStack Web dasturlash kursini tugatdim. ⚡️ Online dars o'tdim ⚡️ O'quv markazda dars berishni boshladim ⚡️ 100+ shogirdlar chiqardim ⚡️ Telegram, YouTube kanallar ochdim va jami 3700 dan ziyod obunachi…»
Forwarded from Kamoliddin Toʻxtamatov
Assalomu aleykum #Rustambek aka va #IT_Time jamoasi sizlarni yangi 2022-yil bilan tabriklayman ishlaringizga rivoj tilayman, sizlar tashkil qilgan, 2021-yilda android #bepul kursida tahsil olganman. Bizga dars bergan #Doniyor_To'xtaboyev hamda #Quvonch akalarga raxmat albatta bu insonlarni qisqa vaqtda qilgan ishlari besamar ketmadi 19 o'quvchi edik shu guruhdagi 4 ta o'quvchi ishga ham joylashdi, ammo no'malum sabablarga ko'ra guruh faoliyatini tugatdi, telegramdan guruhimiz o'chirildi hozirda guruhdagi bolalarni bilan telegramda fikr almashmoqdamiz ular agar yana shu kabi guruh tashkillansa albatta qatnashar edik avvalgidek fikr almashar edik deyishyapti, albatta bizga bu android kursini foydasi katta bo'ldi hatolarimizni koʼrib chiqdik, guruhdagilarni fikrlari albatta, har bir insoni darajasi har hil edi shu sabab kichik gruhlarga bo'lingan edik har bir yetakchi guruhida yangi boshlayotgan insonni hatolarini kuzatib to'g'rilashda yordam beradi, albatta guruhda tajribali dasturchilar boʻlgani yaxshi, guruh tez o'zlashtirar edi, ammo keyinchalik guruh biroz suslashdi, sababi chunki unda yoz fasli edi shu sabab biroz dangasalik kasali yuqishni boshladi 😁😁😁
Eng asosiysi bu android kursi bizni ancha rivojlantirdi 3 oy dan kam muddatda juda ham ko'p foydali tajriba oldik, Alloh rozi bo'lsin sizlardan 🤲🤲🤲
Albatta yangi android kursi ochilsa albatta hamma uchun foydali bo'lar edi😊😊😊
Kamoliddin Toʻxtamatov
Assalomu aleykum #Rustambek aka va #IT_Time jamoasi sizlarni yangi 2022-yil bilan tabriklayman ishlaringizga rivoj tilayman, sizlar tashkil qilgan, 2021-yilda android #bepul kursida tahsil olganman. Bizga dars bergan #Doniyor_To'xtaboyev hamda #Quvonch…
#ilk_qaldirgochlar

Allohga shukur. Mana bizning 1-ochilgan guruhlarimizdan ishga kirganliklari haqida habar keldi. Shunday paytda juda ham xursand bo'laman. Bu guruhga darslarimizni bepulga tashkil qilgan edik . Lekin asta-sekin bepulligi uchun o'quvchilar vazifalarni qilmay qo'yishdi(ya'ni kursga vaqt ajratmay qo'yishdi), 4-5 kishi vazifa qilar edi va 3 oydan so'ng guruh yopilgan edi.

Xudo xoxlasa sekin asta natijalar bo'lmoqda. Bepulga o'qitib, natija qilmadikmi deb turgan edim, mana natija, shunday payt Allohga shukur deymanda. 2022-yil bahor boshlariga juda katta to'lqinda natijalar kutmoqdamiz. InshaAllah oz qoldi.

2022-yilda Xudo xoxlasa bunday bepul kurslarni juda kuchli imtihonlar asosida katta jamoa bo'lib boshlaymiz. Bizni doimo qo'llab turinglar. Biz sizlarga yordam berishga tayyormiz.

Xurmat bilan IT - Time jamoasi.
Forwarded from Aziz Rahimov
2022-yil uchun maslahatlar

1. Eng zo’r maslahatlar o’ta oddiy va ularga amal qilish oson bo’ladi. Balki shuning uchun ham ularni tezda unutib qo’yarmiz. Mensimaymiz.

2. Meva sabzavotlarni ko’p iste’mol qil. 30-yoshingda o’zing rahmat aytasan hali.

3. Haftada 3 kun badaningni qiynab tur. Suzish, yugurish, og’ir ko’tarish — farqi yo’q. Hozir qiynalmasa 40 dan keyin har kuni qiynalishni boshlaydi.

4. O’zingni sohang bo’lgan va bo’lmagan yo’nalishlarda har kuni 2 soat yangi narsalar o’rgan. Kitob, maqola, intervyu, seminarlar. Har kuni. 2 soat. 3 oy shunday ketsang — miyang o’rganib qolib, o’zi yangi dozani talab qilishni boshlaydi.

5. Har kuni bitta yangi odam bilan tanishishni odat qil. Chin dildan u odam hayoti, ishiga qiziq. Savollar ber. O’rgan. 1 yil o’tib ochilgan imkoniyatlarga o’zing ham hayron qolasan.

6. Duolarni ko’paytir. Kichik narsalarni ham so’rashni kanda qilma. Ko’zing yetmagan narsalarni ham. So’raganlaringni bir joyga yozib yur. Yillar o’tib, erishib, eski holatingni unutganinga, yodga solish uchun kerak bo’ladi.

@azizrakhimov_blog
👍7
Assalomu alaykum hammaga. Men dan ko'pchilik dasturlashni o'rganishda qaysi kanallarni tavsiya qilasiz yoki qanday bepul o'rgansa bo'ladi deb savol berishadi. Javobim mana shu kanallarni kuzating va u yerdagi bepul video darsliklarni ko'ring.

🥇 Javohir Group FrontEnd dasturlash bo'yicha juda ham ko'plab video darsliklar hamda foydali videolar bor.

🥇muhammadyunus.uz - IT Blog mening ustozim. Hamda YouTube kanallarida Telegram Bot, React Native va qiziqarli videolar bor. Pixer kompaniyasi asoschisi va CEO si hamda Najot ta'limda o'qituvchi

🥇Janob Panda .NET bo'yicha video darslar hamda foydali kontentlar jamlangan kanal. Juda ko'plab Hackatonlar g'olibi, maslahatini ayamaydigan, akam deb tan olgan inson kanali. Hozirgi kunda Moliya vazirligida Software Engineer , Najot ta'limda o'qituvchi, .NET Uzbekistan Community asoschisi

🥇Usmon Ma'sudjonov Backend NodeJs bo'yicha, JavaScript hamda Telegram bot bo'yicha video darsliklar jamlangan kanal. Hozirgi kunda Abutech kompaniyasida Backend Engineer hamda Najot ta'limda o'qituvchi.

🥇Saud Abdulvahed Flutter, NodeJs, JavaScript, Python, FrontEnd, Kiberxavfsizlik va ko'plab foydali videolar jamlangan kanal. Hozirgi kunda Najot ta'imda o'qituvchilar hamda Senior Developerlar. Ustozimizga tan bermaslikni iloji yo'q, men eshitgan hamma dasturlash tillarini biladilar

🥇Samar Badriddinov JavaScript, ReactJs, VueJs, TypeScript, MERN video darslari jamlangan kanal. Hozirgi kunda FullStack developer, Freelancer hamda Misrda ta'lim olayotgan developer ustozimiz.

🥇Sariq Dev Python, Suniiy Intellekt, algoritmlash, Telegram Bot, Data Science va ko'plab video darslar muallifi, Mohirdev asoschisi, hamda hozirgi kunda Malayziyada o'qituvchi.

🥇Mayoq FrontEnd bo'yicha juda ham ko'plab video darsliklar muallifi, ko'plab shogirdlar chiqargan hamda juda quvnoq ustozimiz. Hozirgi kunda Najot ta'limda FrontEnd development instructor.

👉 @it_time
👍16
O‘zbekistondagi eng faol GitHub foydalanuvchilari ichida 30 - o'rinda turar ekanman. Bu saytda Public commit larim xisoblanibdi, Private commit larim bilan jami 835 ta ekan. Xudo xoxlasa 1 - o'ringa chiqishga harakat qilaman

Github manzilim: https://github.com/Rustambek-Mamadaliyev0301
kirib follow bo'lib qo'llab-quvvatlab qo'yasizlar degan umiddaman hamda u yerdagi FrontEnd va BackEnd Open Source Code larimdan bemalol foydalanishingiz mumkin.

👉 @it_time
👍9🔥3😁1
Boyligini do‘sting bilmasin!

Bu hayotda har kimning qabul qilishi har xil. 20 ta shogirdni o‘tkazib ularga bir xil maʼlumot bersangiz ham ularning xulosasi turli xil bo‘ladi. Chunki ularning qabul qilishi turli xil. Masalan " boyligini do‘sting bilmasin" degan iborani aytdingiz. Javoblar esa quyidagicha eshitila boshlaydi:

- Ha to‘g‘ri, ular boyligimizni bilsa “shilishni” boshlashadi.

- To‘g‘ri, ular boyligimiz uchun do‘st bo‘lishadi.

- Albatta daromadimizni bildirmaslik o‘zimizga foyda.

- To‘g‘ri, ularning oldida kibrga berilmaslik kerak.

- Boylik aslida bir sinov. Nima bo‘lganda ham kamtar bo‘lish kerak.

- .....

Odobni odobsizdan o‘rgan deganlaridek, har qanday holatda ham siz o‘zingiz uchun yaxshisini qabul qiling. Xulosangiz doim yaxshi bo‘lsin.

👉 @it_time
🔥3