IT Time Academy
2.66K subscribers
521 photos
216 videos
21 files
454 links
Marketing | Dizayn | Dasturlash

- Barcha IT kurslari bir joyda
- Tajribali ustozlardan sifatli ta’lim oling!

Birinchi qadamni tashlash 👇
+998947820092 | @it_time_admin

Instagram sahifamiz 👇
@it_time_academy
Download Telegram
#Windows_11

Vaqt bo'ldi do'stlar! Windows 11 rasman muqobil versiyada Microsoft sahifaga joylashtirildi:

https://www.microsoft.com/en-us/software-download/windows11

😎 Saytga o'tib yangi avlod operatsion tizimi - Windows 11'ni yuklab olishingiz mumkin.

👉 @it_time
❗️❗️❗️Diqqat, diqqat!

Talabalar uchun maxsus yangi loyiha 🔥🔥🔥

"Ilm Xalqasi " nomli TATU da katta motivatsion loyiha tashkil etilmoqda!

🚀🚀🚀

Talabalik davridanoq qanday qilib katta muvaffaqiyatga erishishni, dasturlash sohalari ustalaridan tavsiyalarni bilmoqchi boʻlsangiz, bu loyiha aynan siz uchun!

Spikerlarimiz oʻzining shaxsiy brendiga, biznesiga, kompaniyasiga, kreativ jamoasiga ega dasturchilar!!!

🎯Loyiha davomida siz:
* Talabalik + biznes
* Dasturlashni oʻrganishni nimadan boshlash kerak
* Frilanser
* SMM
* Web dasturlash
* Liderlik
* IOS va Android
* Loyihalar boshqaruvi va boshqa mavzularda eng kerakli hayotiy bilim va koʻnikmalarni olasiz!

Forum: 8-oktabr kuni soat 14:00da boshlanadi.

🏛Manzil: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta majlislar zali.

👉 @it_time
IT Time Academy
❗️❗️❗️Diqqat, diqqat! Talabalar uchun maxsus yangi loyiha 🔥🔥🔥 "Ilm Xalqasi " nomli TATU da katta motivatsion loyiha tashkil etilmoqda! 🚀🚀🚀 Talabalik davridanoq qanday qilib katta muvaffaqiyatga erishishni, dasturlash sohalari ustalaridan tavsiyalarni…
Xudo xoxlasa 3 ta loyihani boshlash arafasidamiz. Bu loyihada spikerlik ham qilaman. Bu 1-loyihamiz , bu loyihamizda qolgan 2 ta asosiy katta loyihalarimiz e'lon qilinadi. Qolgan loyihalarimiz haqida ham tez orada e'lon qilaman.
IT Time Academy
❗️❗️❗️Diqqat, diqqat! Talabalar uchun maxsus yangi loyiha 🔥🔥🔥 "Ilm Xalqasi " nomli TATU da katta motivatsion loyiha tashkil etilmoqda! 🚀🚀🚀 Talabalik davridanoq qanday qilib katta muvaffaqiyatga erishishni, dasturlash sohalari ustalaridan tavsiyalarni…
❗️❗️❗️Diqqat, diqqat!

Vaqt o'zgartirildi !!!


"Ilm Xalqasi " nomli universitetimizda katta motivatsion loyiha tashkil etilmoqda!

🚀🚀🚀

Forumga boshqa universitet talabalari ham qatnashishi mumkin.

Forum: 8-oktabr kuni soat 13:30da boshlanadi.

🏛Manzil: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta majlislar zali.

Murojaat uchun : +998 94 445 09 80

👉 @it_time
Ha aytgancha , Bugungi tadbirda web dasturlash va "Saodatga boshlovchi ilm" va "Ilm Xalqasi" loyihalarim bo'yicha spikerlik qilaman
Mana bugun spikerlik ham qildim, hayajon juda kuchli bo'ldi. Chunki 400 kishining oldida so'zga chiqish boshqacha ekan. Hammaning nigohi menda turdi. Web dasturlash va yangi boshlayotgan loyihalarim haqida gapirishim ham juda katta ma'suliyat bo'ldi.Yangi boshlayotgan loyihalarim haqida tez orada ma'lum qilaman.

👉 @it_time
Omadsizlik – bu omad uchun qo’yilgan ilk qadam

IT olamida texnologik revolyutsiya qila olgan shaxslarning hayotiga nazar solsangiz, bosib o’tilgan yo’lning avvali omadsizlik va yo’qotishlardan boshlangan.

Lekin nima uchun manzilning oxiri muvaffaqiyat bilan yakun topdi?

Javobi oddiy: To’g’ri qo’yilgan maqsad, o’zgalarning negativ fikriga e’tibor bermaslik, tinimsiz harakat va ishonch.

👉 @it_time
"Saodatga boshlovchi ilm" nomli loyihamiz haqida: Bu loyihadan maqsad imkoniyati cheklangan do'stlarimizga dasturlash kurslarimizni bepul o'rgatish.
Bu loyihamizni hozirda 1-lardan bo'lib Toshkent axborot texnologiyalari universitetining imkoniyati cheklangan yoshlari bilan boshlamoqdamiz. Shu kunlarda start beriladi, hozirda xonalar jihozlanmoqda. Xudo xoxlasa , bu loyihamizni kengaytirmoqchimiz, ya'ni boshqa universitetlar va butun respublikamiz o'rtasida qilmoqchimiz.
Zero , bilimni u dunyoga olib ketib bo'lmaydi, lekin bu dunyoda qoldirsa bo'ladi.

® Rustambek Mamadaliyev

Bunday savobli ishimizni butun O'zbekiston bo'yicha qilishimizda yordam bering va ushbu habarni boshqalarga ham tarqating.

👉 @it_time
​​Hozirda IT juda jadallik bilan rivojlanib🚀 ko'lami kengayib bormoqda. IT kompaniyalar bugungi kunga kelib eng daromadli kompaniyalar hisoblanadi.
IT kompaniyalar har kuni yangiliklar ustida tinmasdan ishlamoqda va insonlar uchun foydali va qulay bo'lgan IT xizmatlarini taklif qilishmoqda.
IT kompaniyalarning bunday xizmatlarini albatta dasturchilar👨‍💻 yaratmoqda va bu bilan zamonamizni yanada rivojlanishida o'z xissalarini qo'shishmoqda.
So'ngi vaqtlardagi ko'pgina turli xil so'rovnoma 📈natijalari ham shuni ko'rsatmoqdaki, yoshlarning dasturchilikga qiziqishi va dasturchi bo'lishga intilishlari ortib bormoqda.

Bugungi kunga kelib IT kompaniyalarda ishlovchi dasturchilar yaxshigina sharoit va qulayliklarga ega bo'lish bilan birga, boshqa ko'pgina sohalarga nisbatan ko'proq daromad💵 ham topishmoqda.
Bu kabi ko'plab sabablar yoshlarni dasturchi bo'lishga undamoqda.

🧑‍💻Agar siz ham dasturlash orqali dunyoni zabt etmoqchi bo'lsangiz, harakatni hoziroq boshlang!

👉 @it_time
🍀 Rizqqa baraka keltiruvchi omillar 🍀

🙂 Rizq har bir banda uchun avvaldan belgilab qo'yilgandir. Lekin uni kengaytiruvchi, baraka kirituvchi omillar bor. Biz ularni siz bilan bo'lishmoqchimiz.

Rizqni barakotli qiluvchi quyidagi omillar mavjud:

▪️ Sadaqa;

▪️ Silai rahm;

▪️ Zikr - duo.

Siz rizqni kengaytiruvchi yana qanday omillarni bilasiz? Ularni izohlarda yozib qoldiring ⬇️


👉 @it_time
#MERN

MERN — Javascript'ga asoslangan texnologiyalarning bosh harflaridan tashkil topgan akronim so'z bo'lib, MongoDB, ExpressJS, ReactJS va NodeJS lardan tashkil topgan.

👉 @it_time
Hech qachon bir vaqtning o'zi bir nechta dasturlash tillarini o'rganmang ☝️...

💻 Bir dasturlash tilini tugatmasdan turib, boshqasini o'rganmoqchi bo'lsangiz katta xato qilgan bo'lasiz. Buning sababi sizda barcha dasturlash tiliga e'tiboringiz bo'linib ketadi. Va eslab qolish tezligingiz tushib ketadi.

🤔 Kichik eksperiment:
Birinchi. 2 sonini qayta qayta qo'shib hisoblab ko'ring (2, 4, 6, 8... 100, 102). 1 daqiqada nechigacha borishingizni ko'ring.
Ikkinchi. 2 va 3 sonlarini bir vaqtning o'zida qayta qayta qo'shib hisoblab ko'ring (2, 3, 4, 6, 6, 9, ...).

☝️1 narsani o'zini oxirgacha o'rganganimizda va ✌️ 2 ta narsani bir vaqt o'rganganimizda diqqatimiz 2 ga bo'linadi avvalgidan ancha ko'p vaqt ketadi.

👀 Yuqorida Aziz va Aziza ning o'rganish uslubida ko'rsatib o'tilgan. O'zingiz xulosa qiling.

👉 @it_time