IT Time Academy
2.67K subscribers
521 photos
216 videos
21 files
454 links
Marketing | Dizayn | Dasturlash

- Barcha IT kurslari bir joyda
- Tajribali ustozlardan sifatli ta’lim oling!

Birinchi qadamni tashlash 👇
+998947820092 | @it_time_admin

Instagram sahifamiz 👇
@it_time_academy
Download Telegram
​​🌐2020-yilda Web dasturlashni o'rganish uchun Top-5 Web saytlar🚀

➡️ 1.CoderByte
200dan ortiq dasturlash uchun mashqlarni o'z ichiga olgan ajoyib platforma.
Bu Web-sayt dasturlashni endigina boshlagan dasturchilar uchun juda qulay. Bunda 10ta turli dasturlash va databaselarni ham ko'pgina userlar bilan musobaqa qilib o'rganish mumkin.

➡️ 2.HackerRank
Sayt ko'pincha o'rta darajadan professional gacha bo'lgan dasturchilar uchun ko'pgina qulayliklar yaratadi.

➡️ 3.Codesignal
Bu platforma orqali 4000dan ziyod savolaringizga sun'iy intellekt tizimida tuzilgan dasturlar yordamida javob olasiz.

➡️ 4.Geeks for Geeks
Ushbu saytda hozirda trend dasturlash tillari ya'ni JavaScript, Python, Java, SQL, PHP va boshqalarni o'rganish osonroqdir.

➡️ 5.Codewars
20dan ortiq dasturlash tillarini o'rganish uchun va ishlash uchun qulay platforma. Bu asosan oldingi bilgan narsalaringizni yana takrorlab yanada mustahkamlash niyati bor o'rganuvchilar uchundir.


👉 @it_time
👨‍💻Web dasturlash nimani anglatadi?

Sodda qilib aytganda, Web dasturlash - saytlar qanday yaratilishi, ishga tushirilishi va internetda qay shaklda aks etishi bilan bog‘liq barcha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu kasb egasini sahna ortida turib filmga senariy yozgan muallif va uni sahnalashtirgan rejissyorga qiyoslash mumkin. U ma’lum funksiyani bajarishga qaratilgan saytning barcha vazifalarini yaratadi va ularning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi. Shuningdek, tarmoq xavfsizligi, web kontent ishlab chiqish, web dizayn, ma’lumotlar bazasi boshqaruvi va shu kabi yana ko‘plab ishlar mazkur kasb egasining asosiy vazifalariga kiradi. Bundan tashqari, dasturchilar saytlarning ko‘rimliligini oshirish va belgilangan vazifalarni risoladagidek bajarishlari uchun DOM, HTML, CSS, Javascript kabi texnologiyalar zarur bo‘ladi. Qisqasi dasturlovchi ma’lum dasturlash tillari va kodlar vositasida vebsaytga “jon bag‘ishlovchi”, nima qilish va qanday ishlash kerakligi “aytib turuvchi” mutaxassisdir

👉@it_time
⚡️ LinkedIn orqali ish toping!

🌐 Linked.in sayti online ish topish uchun juda qulay platforma hisoblanib, hozirgi vaqtda 675 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega.

Siz LinkedIn platformasiga oʻz rezyumeingizni joylashtirish orqali yoki oʻzingizning mutaxassislik sohangiz boʻyicha ish bildirishnomalarni olishingiz mumkin. Shuningdek, ish haqi bo'yicha, soatbay, yarim kunlik va boshqalar uchun ish topish imkoni mavjud.

👉@it_time
Tungi motivatsiya uchun Stiv Jobs so'zlaridan iqtibos keltiramiz!

➡️ Nodir odamlar kam va sen ham o'zingni ulardan biri deb bil. Sen boshqalarga o'xshamaysan, saralangansan, sening fikring toza. Bunga ishon.

➡️ Iste'dodli odamlarni to'pla va ular bilan hamkorlikda ish boshla.

➡️ Bizning maqsadimiz - qanday qilib bo'lmasin foydani chiqarib olish emas, balki revolutsion mahsulot yaratishdir.

➡️ Umringizni oxirigacha o'rtamiyona inson sifatida yashamoqchimisiz yoki dunyoni o'zgartirishga urinib ko'rasizmi?

➡️ Sizning talablaringizga javob bermaydigan insonlar bilan ishlamang.

➡️ Jamoingizga isyonkorona ruhni singdiring. O'z ishidan mag'rurlanadigan, lekin birovning g'oyasini o'g'irlashdan ham tap tortmaydigan "gazanda"lar bandasiga aylantiring.

Isyonchi bo'ling! Tez harakatlanishimiz va hamma narsani bajarishimiz mumkin.

➡️ Odamlar 2 ga ajraladi: Qahramonlar va ahmoqlar

👉 @it_time
Amerikanlik injener, dasturchi, kashfiyotchi, tadbirkor-investor va dollarli milliarder Elon Maskning yoshligi haqida qiziq faktlar.

10 yoshida Elon Mask 6 oyga moʻljallangan BASIC dasturlash oʻquv kursini 3 kunda oʻzlashtirgan.
12 yoshida Blaster nomli kompyuter oʻyinini yaratib 500$ga sotgan.
14 yoshida Duglas Adamsning “The Hitchhikerʻs Guide to the Galaxy” (Galaktika boʻylab sayohat qiluvchiga qoʻllanma) nomli ilmiy-fantastik asarini oʻqib chiqib, savol bera olish javob berishdan muhim ekanligini tushunib yetgan.
Elon Mask 24 yoshida Pensilvaniya Universitetida ham biznes va ham fizika yoʻnalishlarida baravariga bakalavr diplomlarini olgan ekan. Doktoranturani ham fizika sohasida Stenford Universitetida boshlagan va keyinchalik proyektlari bilan band boʻlib, oʻqishni tashlab ketgan.
Bugungi kunda neyrokompyuter interfeyslar yaratish, koinotda insoniyat yashashi uchun imkon qidirish kabi proyektlari ustida ishlamoqda.

#haqida #fakt

👉 @it_time
#frontend #middle

⚡️Endilikda IT - Time kanalida ish bo'yicha e'lonlar ham tashlab boriladi.

💥"DIS" kompaniyasi Middle FrontEnd (Reactjs ) dasturchisi ishga taklif qiladi

📌 Talablar:

• 1 yil ish tajribasi;
• ES6, react, redux, redux-saga, react-query;
• react hooks, custom hooks, UI components: (Material UI);
• sass, webpack, npm, typescript, git, tdd;
• D.R.Y va SOLID patterns ni bilish;
Talabalar va stajorlar ko`rib chiqilmaydi!

Qulayliklar:

• Ish kuni: 09:00 dan 18:00 gacha, 5/2;
• O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida rasmiy ishga joylashish;
Ish haqi $600 - $1000

📍 Manzil: Toshkent

Rezyumeni @mikasu telegramiga yuboring;
Aloqa uchun +998974410491 (Aleksandra)

👉 @it_time
IT Time Academy pinned Deleted message
Eng yaxshi frilanserlik saytlari

Bugun internet, bosma eʼlonlar yoki shaxsiy aloqa kanallari orqali oʻz xizmatlarini taklif qiluvchi turli soha mutaxassislari frilanser deb ataladi.

🚀 Frilanserlikning koʻpgina ijobiy jihatlari bor. Ular qatoriga erkin ish tartibi, uydan ishlash imkoniyatining mavjudligi kabilarni sanab oʻtish mumkin.

Yuqorida dasturlash kasbini egallaganingizdan so'ng daromad topish uchun eng yaxshi frilanserlik platformalarini siz bilan bo'lishamiz.

👉 @it_time
✔️ React nima ?

🔘 Foydalanuvchi interfeyslarini yaratish uchun JavaScript kutubxonasi
🔘 React Framework emas
🔘 React faqat foydalanuvchi interfeysiga e'tibor qaratadi
🔘 React dasturning ( Backend, HTTP serverlar va Router...) lar qismi bilan yolg'iz o'zi ishlay olmaydi
_______________

✔️ Nima uchun Reactni o'rganish kerak ?

🔘 Facebook tomonidan yaratilgan va qo'llab-quvvatlab kelmoqda
🔘 Web va Mobile dasturlar yarata olasiz
🔘 Sizda o'rganish uchun katta jamoa va foydali manba'lar mavjud
🔘 Hozirgi kunda dunyo bo'yicha judaham ko'plab ish o'rinlari mavjud
🔘 Kelajakda VR (Virtual reality) tizimlari bilan ishlay olasiz
_________________

🟡 Qachon o'rganishni boshlaymiz 🙂 ?

👉 @it_time
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎁🎁🎉🎉

Dasturchilar kuni muborak bo'lsin!

👨‍💻👨‍💻👨‍💻🧑‍💻🧑‍💻🧑‍💻

👉 @it_time
🖥 Kompyutеr bilаn ishlаsh jаrаyonida amal qilish kerak bo'lgan 9 ta qoida

1. Fоkus mаsоfаni yarаting (nigоhni uzоq mаsоfаlаrgа ko‘chirish imkоniyati).
2. Kompyutеr ekrаnigа shu’lа yoki nurlаrning tushmаsligini tа’minlаng.
3. Xоnаni to‘g‘ri yoritishgа hаrаkаt qiling.
4. Kompyutеrga nisbаtаn jоy (o‘rindiq)ni to‘g‘ri tаnlаng.
5. To‘g‘ri tana egilish burchagi va holatini tanlang.
6. Nаfаs оlish vа uning dаvоmiyligigа e’tibоr bеring.
7. Hаr uch-bеsh sоniyadа ko‘zingizni yopib оching.
8. Fаqаt ekrаngа qаrаmаng.
9. Tеz-tеz uzоq-uzоqlаrgа qаrаb turing.

🤔 Siz ushbu qoidalarning qaysilariga amal qilasiz?

👉 @it_time
Ha bu ana shu mashxur “Hello World” 😅

HTML — Hello World
Bash — echo "Hello World"
C++ — cout<<" Hello World ";
C — print(" Hello World ");
C# — System.Console.WriteLine(" Hello World ");
Basic — PRINT "Hello, world!"
JavaScript — console.log(" Hello World ");
PHP — echo " Hello World ";
Clipper — ? "Hello World"
jQuery — $("body").append(" Hello world ");
CoffeeScript — console.log 'Hello, world!'
Python — print( " Hello World ")
MatLab — disp('Hello, world!')
Java — System.out.println( " Hello World ");
Pascal — WriteLn('Hello, world!');
Perl 5 — print "Hello, world!";
Fortran — print*, " Hello World "
Processing — println("Hello, world!");
Ruby — puts " Hello World "
Delphi — Writeln(' Hello, world ');
Swift — println(" Hello, world ")
ADA — Put_Line( " Hello World ");

Siz qaysi dasturlash tillarida sinab ko’rgansiz? 🧐

👉 @it_time
👨‍💻 Ingliz tilini bilaman, lekin DASTURLASHNI qayerdan o’rganay?

Tajribamdan kelib chiqib aytamanki, agar siz ingliz tilini biladigan bo’lsangiz biror kursga borib, dasturlashni o’rganish shart emas. Shunday yigit va qizlar uchun dasturlashni minimal darajasiga chiqib olish uchun quyidagi roadmap ni tavsiya qilaman. (o’zim frontend dasturchi bo’lganim uchun, frontend roadmap):

1. HTML, CSS, Sass - https://www.udemy.com/course/modern-html-css-from-the-beginning/?referralCode=EB0470C43F3C3E9AA306

2. JavaScript - https://www.udemy.com/course/modern-javascript-from-the-beginning/?referralCode=F3249B20C1BBE85EFEEC

3. HTML, CSS, JavaScript bo’yicha bilimlarni maksimal darajaga olib chiqish uchun amaliyot - https://www.udemy.com/course/50-projects-50-days/?referralCode=684EE5F9DE1745B6428B

4. Vue js - https://www.udemy.com/course/build-web-apps-with-vuejs-firebase/

5. Git - https://www.udemy.com/course/git-alishev/

6. Google va You Tube

Bularni o’rganib bo’lib, o’z ustingizda ishlaysiz va sekin-astalik bilan ish uchun suhbatlarga borasiz. Yiqilsangiz, qayta boring, tajriba+tajriba+tajriba=birinchi ish! Ha aytgancha rus tili va ingliz tilini bilishingiz sizga ustunlik va qo’shimcha daromad ham olib keladi!

Mustaqil o’rganuvchilarga ozgina bo’lsa ham yordamim tekkan bo’lgan bo’lsa, xursandman. Eng muhimi boshlab olish va muntazamlik!

👉 @it_time
#Bilib_qoygan_yaxshi
Kompyuterning muhim qismlari👍

▪️CPU - Protsessor
▪️GPU - Videokarta
▪️RAM - Operativka
▪️FAN - Kuller (sovitgich)
▪️MotherBoard - Ona Plata
▪️CASE - Tizimli blok
▪️PSU - Blok Pitaniya
▪️CD-ROM - Diskovod
▪️Hard Drive - Qattiq disk

👉 @it_time
​​💪 Amaliyot qilmoqchi bo'lganlar uchun zo'r saytlar!

Ha amaliyotsiz natijaga erishish qiyin shu sababli Frontendga doir bir nechta amaliyot platformalarini keltirib o'tamiz 😉

100dayscss.com - CSS bo'yicha 100 kun chellejida qatnashib turli xil CSS bo'yicha loyihalar qilish mumkin;

exercism.org - JS ga oid amaliyotlar joylangan platforma;

frontloops.io - chellenjga boy yana bir zo'r sayt;

cssbattle.com - CSS bellavshulariga jamlangan portal;

👉 @it_time
#foydali

Ushbu sayt dasturlashni oʻrgatuvchi blogerlar va dasturlashni yoqtiradiganlar uchun. Shu sayt bilan kodingizni chiroyli rasmlarini yarating va boshqalar bilan ulashing.

👉 carbon.now.sh

👉 @it_time
#foydali

Dasturlashni o'rganish bo'yicha yo'l xaritasi. Bu xarita Frontend yo'nalishida dasturchi bo'lmoqchi bo'lganlar uchun mo'ljallangan.

👉 @it_time