IT Time Academy
2.66K subscribers
521 photos
216 videos
21 files
454 links
Marketing | Dizayn | Dasturlash

- Barcha IT kurslari bir joyda
- Tajribali ustozlardan sifatli ta’lim oling!

Birinchi qadamni tashlash 👇
+998947820092 | @it_time_admin

Instagram sahifamiz 👇
@it_time_academy
Download Telegram
👋 "Hello, world!" turli dasturlash tillarida

Hello, world! – bu dasturlashga oid kitoblarda mualliflar tomonidan ishlatilgan eng ommabop misol hisoblanadi. Bundan tashqari, dasturlash sohasiga endigina kirib kelgan insonlarning birinchi amaliy ishlari ham ko'pincha "Hello, world!" ko'rinishida bo'ladi.

👉 @it_time
Nega aynan dasturchi bo'lishingiz kerak ?👨🏻‍💻

Sabablari juda ko'p. Dunyo bo'ylab IT sohasi rivojlanayotganda bu kasbga talab katta 🌏

Dasturchi kasbi sizga :

- doimiy o'sish va yangilanish📈
- ijod erkinligi 👨🏻‍🎨
- faol yoki jamoaviy ish 🎮
- qulay ish sharoiti tanlovi💻
- baland maosh 💸 kabi afzalliklarni beradi.

Eng qizig'i bu kasb egasi bo'lish uchun uzoq vaqt va millionlab pul ketqazish kerak emas😉

Sizni dasturchi bo'lishdan nima to'xtatyapti?

👉 @it_time
IT makoni💻

🇺🇸Silikon vodiysi yohud Silicon Valley o'zida ko'plab yuqori texnologiya, dasturlash kompaniyalar va yangi startaplarni jamlagani bilan mashxur.

Ushbu vodiy AQShning San- Fransisko shtatida joylashgan bo’lib, yaralishiga Stenford universiteti talabalari o’quv binosiga yaqin joyda ishlash imkoniyatiga ega bo’lishi sabab bo'lgan.👨🏻‍🎓

Bu yerda Google, Apple, HP, Facebook, Netflix, Adobe kabi gigant kompaniyalarga asos solingan.🏬

O'ziga xos hususiyati bu yerda muhandis va dasturchilarning o'rtacha oyligi boshqa AQSh shaharlaridan yuqori. Bu yerga dunyo bo'ylab turfa xil ixtirochilar ko'chib keladi.💸

Silikon vodiysi aholisi orasida dasturchi , muhandis yoki ixtirochilarni uchratish odatiy hol. Bu ham ishlash uchun o’zgacha muhit yaratadi. 👨🏻‍💻👨🏻‍🔧

Siz ham Silikon Vodiysida yashashni istaysizmi

👉 @it_time
#android #style

⚡️YouTube kanalimizga "Android. 13-Dars. Style yasash" darsini yukladik. Marhamat ko'rishingiz mumkin.

👇👇👇👇👇
👉 https://youtu.be/I8xQ2GnAuWQ

👉 @it_time
😉 Ilon qo'rqinchli bo'lishi mumkin, ammo Pythonda dastur yozish umuman qo'rqinchli emas

Sodda va tushunarli dasturlash tilini o'rganish uchun yaxshi imkoniyat. Bizda "Python" kursiga qabul davom etmoqda.

Kurs davomida:
🔹 Python dasturlash tili;
🔹 Kompyuter uchun dasturlar yaratish;
🔹 Telegram bot yaratish;
🔹 Web saytlar ishlash va boshqa shu sohaga oid bilimlarga ega bo'lasiz.

Kursga Python base, OOP ni biladiganlarni qabul qilamiz.
Darslar online Zoom orqali.

👉 Murojaat uchun: @rustambek_0301
👉 @it_time
Backendning asosiy tillari

1. Java
20 yildan beri ishlatilib kelinadigan universal til. Java katta hamjamiyatga ega va internetda til bilan bog'liq har qanday savolga javob topsa bo'ladi.

2. Javascript
Ham frontend, ham backend uchun ishlatish mumkin bo'lgan yaxshi moslashuvchan til. Webning asosiy tili desak ham mubolag'a bo'lmaydi.

3. PHP
1995-yilda yaratilgan. Boshlovchilar uchun ajoyib til.

3. .NET (C#, Visual Basic)
Ochiq kodga ega, Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan ASP.NET freymvorki Visual Basic, C#, F# kabi tillardan foydalangan holda veb-saytlar yaratish imkonini beradi. Stabil va ishonchli bo'lgani uchun biznes uchun yaxshi tanlov hisoblanadi.

4. Ruby va Ruby on Rails
Ruby on Rails — Ruby tilida yozilgan veb-freymvork. 2000-yillar boshida mashhur bo'lgan, hozirda unga talab sezilarli darajada pasaygan.

5. Python
Juda mashhur dasturlash tili. Ham webda, ham desktopda qo'llaniladi. Dasturlashga endi kirib kelayotganlar uchun yaxshi tanlov.

👉 @it_time
#JavaScript

JavaScript ni bilasizmi ?

👇👇👇

JavaScript o'rganuvchilar uchun yo'l xaritasi

👨‍💻🧑‍💻👨‍💻🧑‍💻👩‍💻

👉 @it_time
👨🏻‍💻Dasturchi portfoliosi uchun qulay sayt.

🌐 Github.com – bu dasturchilar yoqtiradigan platforma hisoblanadi. Bunga sabab, dasturchilar jamoa bo'lib ushbu platformada ishlashadi va ushbu saytda dasturchilar o'zlarining qilgan ishlarini qo'yishadi, shuning uchun juda qulay platforma hisoblanadi. Ish beruvchi mijozlar odatda Github sahifasini soʻrashadi.

Shuningdek, ushbu saytdan koʻplab dasturchilarning qilgan ishlarini topishingiz mumkin.


👉 @it_time
Hammaga Assalomu alaykum. Kanalimizni yanada foydali bo'lishi uchun sizlarga murojaat qilmoqchimiz . Kanalimizda qanday loyiha qilsak, sizlar uchun foydali bo'ladi yoki qanday ma'lumotlar tashlaylik ? Qaysi dasturlash tillariga oid videodarsliklar, qo'llanmalar tashlashimizni xohlaysiz ?

⚡️Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring. 👇👇👇

👉 @it_time
#android

⚡️ YouTube kanalimizga " Android 12-Dars. Ro'yhatdan o'tish dasturi. 1-qism " darsi yuklandi.

Marhamat tomosha qiling.

👇👇👇👇👇

👀 https://youtu.be/yeqTsoL9lYE

👨‍💻👨‍💻📲📱👨‍💻👨‍💻

👉 @it_time
​​🌐2020-yilda Web dasturlashni o'rganish uchun Top-5 Web saytlar🚀

➡️ 1.CoderByte
200dan ortiq dasturlash uchun mashqlarni o'z ichiga olgan ajoyib platforma.
Bu Web-sayt dasturlashni endigina boshlagan dasturchilar uchun juda qulay. Bunda 10ta turli dasturlash va databaselarni ham ko'pgina userlar bilan musobaqa qilib o'rganish mumkin.

➡️ 2.HackerRank
Sayt ko'pincha o'rta darajadan professional gacha bo'lgan dasturchilar uchun ko'pgina qulayliklar yaratadi.

➡️ 3.Codesignal
Bu platforma orqali 4000dan ziyod savolaringizga sun'iy intellekt tizimida tuzilgan dasturlar yordamida javob olasiz.

➡️ 4.Geeks for Geeks
Ushbu saytda hozirda trend dasturlash tillari ya'ni JavaScript, Python, Java, SQL, PHP va boshqalarni o'rganish osonroqdir.

➡️ 5.Codewars
20dan ortiq dasturlash tillarini o'rganish uchun va ishlash uchun qulay platforma. Bu asosan oldingi bilgan narsalaringizni yana takrorlab yanada mustahkamlash niyati bor o'rganuvchilar uchundir.


👉 @it_time
👨‍💻Web dasturlash nimani anglatadi?

Sodda qilib aytganda, Web dasturlash - saytlar qanday yaratilishi, ishga tushirilishi va internetda qay shaklda aks etishi bilan bog‘liq barcha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu kasb egasini sahna ortida turib filmga senariy yozgan muallif va uni sahnalashtirgan rejissyorga qiyoslash mumkin. U ma’lum funksiyani bajarishga qaratilgan saytning barcha vazifalarini yaratadi va ularning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi. Shuningdek, tarmoq xavfsizligi, web kontent ishlab chiqish, web dizayn, ma’lumotlar bazasi boshqaruvi va shu kabi yana ko‘plab ishlar mazkur kasb egasining asosiy vazifalariga kiradi. Bundan tashqari, dasturchilar saytlarning ko‘rimliligini oshirish va belgilangan vazifalarni risoladagidek bajarishlari uchun DOM, HTML, CSS, Javascript kabi texnologiyalar zarur bo‘ladi. Qisqasi dasturlovchi ma’lum dasturlash tillari va kodlar vositasida vebsaytga “jon bag‘ishlovchi”, nima qilish va qanday ishlash kerakligi “aytib turuvchi” mutaxassisdir

👉@it_time
⚡️ LinkedIn orqali ish toping!

🌐 Linked.in sayti online ish topish uchun juda qulay platforma hisoblanib, hozirgi vaqtda 675 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega.

Siz LinkedIn platformasiga oʻz rezyumeingizni joylashtirish orqali yoki oʻzingizning mutaxassislik sohangiz boʻyicha ish bildirishnomalarni olishingiz mumkin. Shuningdek, ish haqi bo'yicha, soatbay, yarim kunlik va boshqalar uchun ish topish imkoni mavjud.

👉@it_time
Tungi motivatsiya uchun Stiv Jobs so'zlaridan iqtibos keltiramiz!

➡️ Nodir odamlar kam va sen ham o'zingni ulardan biri deb bil. Sen boshqalarga o'xshamaysan, saralangansan, sening fikring toza. Bunga ishon.

➡️ Iste'dodli odamlarni to'pla va ular bilan hamkorlikda ish boshla.

➡️ Bizning maqsadimiz - qanday qilib bo'lmasin foydani chiqarib olish emas, balki revolutsion mahsulot yaratishdir.

➡️ Umringizni oxirigacha o'rtamiyona inson sifatida yashamoqchimisiz yoki dunyoni o'zgartirishga urinib ko'rasizmi?

➡️ Sizning talablaringizga javob bermaydigan insonlar bilan ishlamang.

➡️ Jamoingizga isyonkorona ruhni singdiring. O'z ishidan mag'rurlanadigan, lekin birovning g'oyasini o'g'irlashdan ham tap tortmaydigan "gazanda"lar bandasiga aylantiring.

Isyonchi bo'ling! Tez harakatlanishimiz va hamma narsani bajarishimiz mumkin.

➡️ Odamlar 2 ga ajraladi: Qahramonlar va ahmoqlar

👉 @it_time
Amerikanlik injener, dasturchi, kashfiyotchi, tadbirkor-investor va dollarli milliarder Elon Maskning yoshligi haqida qiziq faktlar.

10 yoshida Elon Mask 6 oyga moʻljallangan BASIC dasturlash oʻquv kursini 3 kunda oʻzlashtirgan.
12 yoshida Blaster nomli kompyuter oʻyinini yaratib 500$ga sotgan.
14 yoshida Duglas Adamsning “The Hitchhikerʻs Guide to the Galaxy” (Galaktika boʻylab sayohat qiluvchiga qoʻllanma) nomli ilmiy-fantastik asarini oʻqib chiqib, savol bera olish javob berishdan muhim ekanligini tushunib yetgan.
Elon Mask 24 yoshida Pensilvaniya Universitetida ham biznes va ham fizika yoʻnalishlarida baravariga bakalavr diplomlarini olgan ekan. Doktoranturani ham fizika sohasida Stenford Universitetida boshlagan va keyinchalik proyektlari bilan band boʻlib, oʻqishni tashlab ketgan.
Bugungi kunda neyrokompyuter interfeyslar yaratish, koinotda insoniyat yashashi uchun imkon qidirish kabi proyektlari ustida ishlamoqda.

#haqida #fakt

👉 @it_time