IT Time Academy
2.66K subscribers
521 photos
216 videos
21 files
454 links
Marketing | Dizayn | Dasturlash

- Barcha IT kurslari bir joyda
- Tajribali ustozlardan sifatli ta’lim oling!

Birinchi qadamni tashlash 👇
+998947820092 | @it_time_admin

Instagram sahifamiz 👇
@it_time_academy
Download Telegram
Web saytning qanday turlari mavjud?

Aslida web sayt turlari juda ham ko'p lekin sizning tashkilotingiz uchun kerak bo'ladigan web saytning ikki turi haqida gap yuritmoqchimiz

Landing page (Sotuvchi sayt)

Bu web sayt turini ko'pchilik "Visitka sayt" deb ham atashadi. Bu web sayt bir sahifadan va ko'plab bo'limlardan iborat bo'lib, aynan bir mahsulotingiz xususiyati haqida mijozingizga so'zlab berish uchun juda ham qulay

Korporativ sayt

Ko'p sahifali web sayt bo'lib tashkilot yoki korxona haqida to'liq ma'lumotlar jamlangan web sayt. Bu web sayt orqali mijozlaringiz siz haqingizda va mahsulotlaringiz haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishi mumkin

👉 @it_time
⚡️Bizda darslar yana davom etadi.

YouTubeda "Android. 6-Dars" videosini ko‘ring

👉 @it_time
#frontend #form

👨‍💻Bizda Frontend darslari davom etadi

👀YouTubeda "Form lar bilan tanishish. 1-qism" videosini ko‘ring

👉 @it_time
Algoritm nima?

— Algoritm bu ma'lum bir vazifani bajarishga qaratilgan kichik dastur.

— Algoritm tushunchasini kengroq qilib tushuntirganda, berilgan masalani yechish uchun ketma-ketliklar majmuasidir.

— Algoritmni hayotimizda juda ko'p sohalarda ishlatiladi: chorraxada svetafor, binolarda lift. Hattoki o'zimiz oddiy hayotiy ishlarda ham algoritm ishlatamiz: choynakga choy damlash.

— Algoritmlarning kompyuter sohasida ham muhim ro'l o'ynaydi. Chunki, dasturchi yozgan dasturlar hammasi ma'lum bir ketma-ketlik bilan ishlaydi.

👉 @it_time
⚡️Frontend dasturlash kursi uchun qabul boshlandi

Bilasizmi?
Kuchli Frontend jangchisi bo'lish uchun faqat orzu qilishni o'zi kifoya qilmaydi

Dasturchi bo'lib oyiga 1000$ pul ishlayapman deb xayol qilishni o'zi bilan ish bitmaydi buning uchun ishtiyoq, mehnat harakat kerak

Natijaga erishayotganlarni faqatgina siz natijali kunlarini ko'rmoqdasiz, ular bu natijaga yetib kelgungacha kamida o'n marta mag'lubiyatga uchrashgan, chunki ularni ko'pchiligida yo'l ko'rsatuvchi yo'ldoshi ustozi bo'lmaganligini ta'kidlashadi

Kurs-davomliligi: 5 oy
Texnologiyalar: HTML, CSS, Sass, Bootstrap, JavaScript, DOM, REST API, NPM, Git, GitHub va hokazolar
Kirish-darsi: BEPUL
Ro'yxatdan-o'tish: +998712000690

-----
@webteachuz
#frontend

👨‍💻 Bizda FrontEnd darslari davom etadi.

👀YouTubeda "Frontend. Form lar bilan tanishish. 2-qism" videosini ko‘ring


👉 @it_time
#android

👨‍💻 Bizda android darslari davom etadi.

⚡️ YouTubeda "Android. 9-Dars. EditText" videosini ko‘ring
https://youtu.be/YHd6YEMQQ-w

👉 @it_time
Python dasturlash tilini hozirgi kunda ko‘proq 3 xil maqsadda ishlatishadi:

1) WEB. Bu oddiy kichik saytlardan tortib to murakkab bo‘lgan tarqmoda ishlovchi dasturlarda.

2) Desktop. Kompyterda foydalanuvchi Interfeysiga ega bo‘lgan dasturlarda.

3) Command-Line. Bu Konsol muhitda ishlaydi, bunda hech qanday user interfeys bo‘lmaydi, lekin u ma'lum bir funksiyani doim bajarib turadi.
Bunday dasturlar odatda juda ko‘p ishlatiladi. Ayniqsa avtomatlashtirilgan ko‘plab tizimlarda shunday dasturlar, serverlarda ishlab turadi.

👉 @it_time
#Hikmat

Bir saxiy inson do‘stidan so‘rabdi.
- Bir odamga 10 000 $ ehson qilmoqchiman, nima deysan?
- Yo‘g‘-e, do‘stim, bu ko‘p-ku, shuncha ham ehson qilasanmi?
- Ha, unda, 1 000 $ bersamchi?
- Bu ham ko‘p.
- 100 $ bersamchi?
- Qo‘ysang-chi, 100-200 ming so‘m bersang ham yetadi.
- Eh, do‘stim-a, o‘sha pulni senga bermoqchi edim. Baxilliging sabab, meni ehson qilishdan, o‘zingni esa ne’matdan mahrum qilding...😔

P.s: Ollohning sizga bergan ne'matini bir qismidan muhtojlarga ulashish eng go'zal amallardan biridir...😉

Ahamiyatli tomoni buni qilishim kerak deb qarash emas, balki buni qilganingiz uchun rohatlana bilishingiz kerak!😊

👉 @it_time
#android

Android kursimizning 10-darsi YouTube kanalimizga yuklandi.

Marhamat ko'rishingiz mumkin.

Android. 10-dars. ImageView va checkbox bilan tanishish

👉 @it_time
#Go #Golang

Go (Golang deb ham ataladi) - bu Google tomonidan ishlab chiqilgan kompilyatsiya qilinadigan ko'p qirrali dasturlash tili.

Go tilining yaratilishi 2007-yil sentabr oyida boshlangan va bevosita Inferno operatsion tizimini ishlab chiqishda qatnashgan Robert Grismer, Rob Pike va Ken Tompsonlar tomonidan ishlab chiqilgan.

Go rasmiy ravishda 2009-yil noyabr oyida ommaga namoyish qilingan. Ayni paytda tilni yaratuvchilar tomonidan ishlab chiqilgan rasmiy kompilyatorni qo'llab-quvvatlash FreeBSD, OpenBSD, Linux, macOS, Windows, DragonFly BSD, Plan 9, Solaris, Android, AIX operatsion tizimlari uchun amalga oshirilmoqda.

Go shuningdek kompilyatorlar to'plami tomonidan qo'llab-quvvatlanadi va bir nechta mustaqil dasturlar mavjud.

Hozirda tilning ikkinchi versiyasi ustida ishlar olib borilmoqda...

P.s: Shu tilga ishqim ketgan.

👉 @it_time
Tajriba va amaliyot, haqiqiy loyihalar barchasi siz uchun!

Haqiqiy tajriba, va bepul amaliyot hamda haqiqiy loyihalarda qatnashib kuchli mutaxasis bo'lmoqchimisiz unda aynan siz uchun imkoniyat hali ham mavjud

1-guruh. Html, Css Dan boshlang'ich bilimga egamisiz 🧐 Unda sizni amaliyot darslarimizga taklif etamiz.
2-guruh. Hammasi 0 Dan boshlab o'rgatiladi.

Kurs davomiyligi: 5 oy
Darslar : Online(zoom)

Ha aytgancha, kursimizga 2 ta insonni 100% chegirma asosida qabul qilamiz. Qanday deysizmi 🧐unda shoshiling.
Bundan tashqari, oy oxirida imtixondan 1-o'rinni olgan ishtirokchi keyingi oyda bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi.
Hoziroq ro'yhatdan o'ting.

Kurs narxi 200ming so'm

Murojaat uchun: @rustambek_0301
👉 @it_time
#android

⚡️YouTube kanalimizga "Android 11-Dars. RadioButton" yuklandi.

Marhamat ko'rishingiz mumkin.
👨‍💻👨‍💻👨‍💻👨‍💻

https://youtu.be/NfSt9sYfPUk

👉 @it_time
#backend #hodim_kerak

BackEnd dasturchi 👨‍💻👩‍💻
Kompaniya Person Hunters ga Senior JavaScript BackEnd dasturchi kerak

⚡️Vazifalar:
• Vazifalarni maket yakuniy natijaga qadar ishlab chiqing.
• UX dizayneri, Frontend dasturchisi bilan jamoada ishlang va ishlab chiqish
• API muhokamasi va dizayni
• Tizimning yangi funktsional imkoniyatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, mavjud
funktsiyalarni qayta ishlash.

⚡️Talablar:
• Typescript, ES6, Webpack, Babel, NPM/Yarn bilan amaliy tajriba.
• REST API, SOAP orqali server bilan o'zaro aloqada bo'lgan ilovalarni yaratish
• Git bilan ishlash tajribasi.
• NodeJS va Express haqida kuchli bilim.
• Ma'lumotlar tuzilmalari va algoritmlarini bilish.
• SQL murakkab so'rovlarni yozish darajasida.
• OOP, SOLID ning asosiy dizayn naqshlarini bilish.

💰Maosh: $2500 dan

Aloqa: @moy_dobriy_hr

👉 @it_time
Forwarded from Rustambek Blog
#inshaAlloh

InshaAlloh bugun biror bir ish boshlashim uchun va bu yo'lda jiddu jahd qilishimga hech qanday motivatsiya, maslahatlar kerak emas.

Peshonamga yozilgan bo'lsa, men xohlamasam ham, bo'lishi kerak bo'lgan ish bo'ladi. Va bu ishlar uchun men sababini qilishim ham, qilmasligim ham yozilgan. Dod desam ham, voy desam ham, yo'qotilishi kerak bo'lgan yillar yo'qotildi, qilinishi kerak bo'lgan ishlar qilindi.

Alloh xohlamasa, kiprik ham qoqolmayman.

Shu o'rinda eslashim kerak bo'lgan qissa: Ismoil alayhissalom otalaridan Allohning yo'lida qurbonlik qilinishlarini eshitganlarida, InshaAlloh meni sabrlilar qatorida ko'rasiz dedilar. E'tibor bering! Ismoil alayhissalom o'zlarida bor bo'lgan sabr sifatini ham Alloh xohlasagina, menda ko'rasiz dedilar.

Birodarim, sen ham ko'p ishlatadigan jumla - gapimga javob beraman deyishdan oldin, InshaAlloh kalimasini unutmaysan degan umiddaman.

InshaAlloh

👉 @rustambek01_uz
#android

YouTube ga "Android. 12-Dars. LinerLayout bilan chuqurroq ishlash"
video darsi yuklandi.
Marhamat , tomosha qiling.

https://youtu.be/jXYQ808JsDY

👉 @it_time
Mobile ilovalar yaratishga qiziqadigan, va mobile dasturchi bo'lishni o'z oldiga maqsad qilgan do'stlarimiz uchun Dart tili asosida yaratilgan Flutter Framework haqida malumot berishni xohladim.

Oxirgi yillarda mobil ilovalar tobora ommalashib bormoqda. Natijada, mobil ilovalarni yaratmoqchi bo'lgan dasturchilar uchun ko'plab dasturiy vositalar ishlab chiqilmoqda. Ushbu vositalar orasida so'nggi paytlarda o'z imkoniyatlari bilan ajralib turadigan Flutter ham bor.


Flutter nima?
Flutter - bu Google kompaniyasi tomonidan 2017-yil may oyida chiqarilgan bepul va ochiq manbali mobil interfeys UI hisoblanadi. Qisqacha aytganda, ushbu texnologiya yordamida siz bitta mobil kod yordamida bazaviy mobil ilovani yaratishingiz mumkin bo'ladi. Bu shuni anglatadiki siz bitta dasturlash tili va bitta kod bazasi yordamida ikkita iOS va Android tizimlariga dasturiy ilovalar yarata olasiz.

"Flutter - bu qisqa qilib aytganda bitta kod bazasidan mobil, veb va Desktop uchun tez va chiroyli dasturlarni yaratib beradigan Google-ning UI vositasi hisoblanadi"

Flutter o'rganish va ishlatish uchun oddiy, tez kompilyatsiya bo'ladi (maksimal unumdorlik) va mobile dasturlashni endi boshlamoqchi bo'lganlar uchun juda mos keladi.

Freelance (Internetdan buyurtma(zakaz) olib ishlash) - Agar siz biron bir mustaqil ish bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz, Flutterdan foydalanish haqida o'ylashingiz kerak. 2021-yilda ushbu texnologiya portlashiga ishonamiz. Va bu shuni anglatadiki, ko'p odamlar uni qanday ishlatishni biladigan dasturchilarni qidirmoqdalar. Fransiyadagi "Malt" deb nomlangan freelancerlar uchun eng katta platforma yaqinda ushbu yilning texnologik yo'nalishlarini e'lon qildi. Flutter ushbu platformada 2018-2020 yillarda talab bo'yicha + 303 % ga o'sdi.

👉 @it_time
👋 "Hello, world!" turli dasturlash tillarida

Hello, world! – bu dasturlashga oid kitoblarda mualliflar tomonidan ishlatilgan eng ommabop misol hisoblanadi. Bundan tashqari, dasturlash sohasiga endigina kirib kelgan insonlarning birinchi amaliy ishlari ham ko'pincha "Hello, world!" ko'rinishida bo'ladi.

👉 @it_time