IT suhbat
876 subscribers
418 photos
105 videos
8 files
281 links
Faqat Java.

Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Download Telegram
Collections API haqida gaplashmagan ekanmiz. Demak, bir boshidan Collections API ierarxiyasi, uning a'zolarining qanday tashkil topganligi va ishlatilishi haqida darslar seriyasini boshlaymiz. Birinchi darsimiz yakshanba(19.11.2023) kuni soat 11:00 da boshlanadi.

@it_suhbat
Assalomu alaykum, kelishganimizdek, bugun 11:00 da Collections API turkum darslarining birinchi sonini boshlaymiz. Tayyor turing))
Biz boshladik!
IT suhbat
Dars IT suhbat kanalining youtube tarmog'idagi sahifasida jonli tarzda bo'lib o'tadi. Live stream uchun link: https://www.youtube.com/watch?v=ghZWvhGfftg @it_suhbat
O'tkan hafta Collections API uchun bag'ishlangan darslar ketma-ketligini boshlagan edik. Bu sizlarga qanchalik qiziq va foydali bo'lganini izohlarda qoldirishingiz keyingi sonlarni chiqarishlik uchun biroz turtki bo'ladi, ya'ni sarflanayotgan vaqt va qilinayotgan mehnat samarasiz ketmayotganini his qilamiz.

Keyingi mavzu LinkedList haqida bo'ladi. Uni to'liq o'rganib chiqib, ArrayList bilan har xil vaziyatlarda taqqoslaymiz.

@it_suhbat
Microsoft Community Conference 2023 Uzbekistan


2-dekabr kuni Yangi O'zbekiston universitetida do'stlarimiz tomonidan Microsoft bilan hamkorlikda birinchi marta rasmiy konferensiya tashkil qilinmoqda va meni ham taklif qilishdi. Boshlangan ishlarga barokat va xayr so'ragan holda 2-dekabr kuni tadbirda qatnashamiz.

O'zbekistonda shunday ishlar boshlanishiga harakat qilgan do'stlarimizga iliq salomlarimiz va minnatdorchiligimizni bildiramiz 😊

@it_suhbat
Python FAQ
Tanlov 2023 - 💰 5 million so'mlik yutuq Python dasturlash tilidan O'zbek tilidagi savollar tanlovi: savol tuzing va bizga jo'nating. 2023-yilning 1-dekabridan 2023-yilning 21-dekabrigacha savollar qabul qilinadi.
Pythonchi doʻstlarimiz oʻzbekcha savol-javob battle dasturi ustida ishlashayotganidan xabarim bor edi. Shu dasturda savollar xilma-xilligini ta'minlash maqsadida dasturchilar auditoriyasiga savol tuzib berish taklifini kiritishibdi va har bir tuzib berilgan savolga pul ham ajratishibdi. Oʻta goʻzal.

Pythonni bilsangiz, juda qiziq va foydali dastur rivojiga hissa qoʻshish bilan bir qatorda pul ham ishlab olishingiz mumkin boʻladi.

Hudo xohlasa keyinchalik battledagi savol-javoblarni boshqa dasturlash tillari uchun ham kiritib, toʻldirib chiqishadi. Java ham boʻladi :)

Tasavvur hosil boʻlishi uchun sololearn ilovasini yuklab, oʻsha yerda battle tashkil qilib koʻrishingiz mumkin. Shu birga-bir savol-javobning oʻzbekcha varianti.

@it_suhbat
👍1
Telegramda "Similar channels" funksionalligi qo'shilibdi. Kanalga kirib, menyularning eng oxiridagi bo'limga o'tsangiz, shu kanal faoliyatiga yaqin kanallar ro'yxatini chiqarib berar ekan.
Assalomu alaykum.

Dekabr oyining 1-sanasidan boshlab adventofcode.com saytida qizg'in baxslar ketmoqda))
Bugungi kunlik masalani live @JavaHereBlogs do'stimiz mehmon sifatida ishlab ko'rsatmoqchilar.

Hozir live qilamiz, bo'sh bo'lsangiz kiring.

@it_suhbat
Live stream started
IT suhbat pinned «Assalomu alaykum. Dekabr oyining 1-sanasidan boshlab adventofcode.com saytida qizg'in baxslar ketmoqda)) Bugungi kunlik masalani live @JavaHereBlogs do'stimiz mehmon sifatida ishlab ko'rsatmoqchilar. Hozir live qilamiz, bo'sh bo'lsangiz kiring. @it_suhbat»
Live stream finished (59 minutes)
Forwarded from Shukhrat Utaboev | Blog
Advent of code ishlayotganlar bormi?

Bugungi masala men uchun ancha oson kechdi oldingi kunlarga nisbatan. Matematika ishqibozlari bo'lsa, quyida constant time bilan necha xil usulda rekordni yangilash mumkinligini topib beruvchi tenglama keltirilgan.

#AdventOfCode

@shukhratutaboev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adventOfCode

Bugungi live codingdan nimalar o'rganishingiz yoki kuzatishingiz mumkin:

— masalani yechishda dasturchi sifatida qanday o'ylash kerakligini;
— binary searchni;
— har xil vaziyatlarga mos keladigan universal kod yozishni;
— kod yozish prinsplarini, misol uchun DRY;
— xatolik chiqqanda nima qilish kerakligini;
— kotlinning imkoniyatlaridan foydalanib readability ko'rsatgichi yuqori holda va 'functional programming' stilida yozilgan kodni.

@it_suhbat
Forwarded from Janob Panda | AI
Shunchaki 2 daqiqa vaqtingizni sarflab, mamlakatimizdagi vebsaytlarning havfsizligiga ulkan hissa qo'sha olasiz

Esingizda bo'lsa kerak, "President Tech Award" musobaqasida men o'z jamoam bilan birgalikda "Alator" loyihasi bilan qatnashayotgan edim. Hozir finaldamiz va bu bosqichda eng ko'p ovoz yig'gan loyiha g'alaba qozonadi.

Menga emas, bizga emas, bizning loyihaga ovoz bering. Har bir ovoz biz uchun qadrli.


1. awards.gov.uz ga kiring
2. Ovoz berish tugmasini bosing
3. MyID yoki OneID sistemasi orqali avtorizatsiyadan o'ting. (30 soniya vatingizni qadrlaymiz)
4. "Axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari" kategoriyasini tanlang.
5. "Alator" loyihasiga ovoz bering.

@mukhammadkarim_tukhtaboev