IT suhbat
876 subscribers
418 photos
105 videos
8 files
281 links
Faqat Java.

Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Download Telegram
#leetcode

Leetcode platformasidagi top intervyu savollari to'plamining easy qiyinlik darajasidagi masalalar ro'yxati bilan tanishing:

top-interview-questions-easy

To'plamda
— Array
— Strings
— Linked List
— Trees
— Sorting and Searching
— Dynamic Programming
— Design
— Math
kabi va boshqa mavzulardagi masalalar taqdim qilingan.

@it_suhbat
IT suhbat
#leetcode Leetcode.com saytida ma'lumot tuzilmalarini o'rganish uchun bir nechta card'lar mavjud. Shularni o'rganish ketma-ketligi bo'yicha ro'yxatini ulashmoqchi edim: 1. Array 2. Queue & Stack 3. Tree 4. Recursion & Memoization 5. D&C(Divide and Conquer)…
Shunga o'xshash cardlar orqali masalalarni ishlash shunchaki kirib random masalalar tanlab ishlagandan ko'ra ancha samaraliroq. Sababi, birinchidan, mavzu bo'yicha nazariy bilim beriladi. Ikkinchidan, ishlaydigan masalalaringiz bir mavzuda va bir-biriga o'xshash bo'ladi. Uchinchidan, faqatgina brute force emas, aniq algoritmlar(two-pointer, DFS, BFS, ...) bo'yicha yechim qilishni o'rganasiz.

Nima bo'lganda ham, tartib bilan o'rgangan boshqa baribir :)

@it_suhbat
Va nihoyat deb nomlangan rasm😅

SonarQube juda mayda narsalargacha tekshiradikuya, lekin toza kod yozishga o'rgatadi. Shunisi yaxshi.
Linkedindan olindi :)
#meetup

Serverless Workshop

The workshop will be facilitated by AWS Community Leaders Said Akhmed Agitaev and Saidazizkhon Akbarov. They will guide you through the functionalities and benefits of using AWS Lambda, Amazon API Gateway, Amazon DynamoDB, Amazon S3, and Amazon Rekognition to build powerful and scalable serverless applications.

Don't miss out on this incredible learning opportunity! Mark your calendars and join us on July 22nd at IT Park Makhtumkuli, 1st floor, starting at 11:00 AM. Due to the limited seating capacity, we encourage you to arrive early to secure your spot.

Please note that registration for the workshop is mandatory, so make sure to reserve your spot using the registration form provided below. Additionally, we kindly request all participants to bring their laptops to the workshop.
Forwarded from Jahongir Davron
Java Community by EPAM is delighted to invite you to a talk "Application for users from 0 to 10^6"

Date and time: 22 Jul 2023, 17:00 - 18:00

Location: IT Academy, Central Post Office, Shakhrisabz Street, Tashkent

As modern systems are getting bigger and bigger, new challenges are being found while serving clients. If you are interested in up-to-date solutions to the aforementioned challenges - please, join our new offline event!

We will talk about architectural patterns for particular problems and the pros and cons of usage of these patterns.

Register now https://wearecommunity.io/events/applicationforusers
JPA yoki Hibernate ishlatayotganingizda dasturni analiz qilib, yo'l qo'ygan uslubiy xatolaringizni ko'rsatib beradigan, mapping, configuration, query'larni tezlashtirish, optimizatsiya qilish uchun maslahat beradigan tool kerakmi?

Hypersistence Optimizer bilan tanishib chiqing.
Qanday ishlatish va qanday ishlashi bo'yicha video qo'llanma.

"You can catch performance problems automatically during testing, instead of catching them much later in production, with higher costs to fix them" — deydi Vlad Mihalcea bu tool haqida.

@it_suhbat
📌3-suhbatdosh — Jahongir Soataliyev, dasturchi-muxandis, Epam.

Oxirgi paytda qayta jonlangan o'zbek Java dasturchilari jamiyatining bir joyga yig'ilishiga hissa qo'shayotgan hamkasblarimizdan biri hisoblanadilar. Jahongir aka bilan o'zlarining sohaviy karyeralari, EPAM dagi laboratoriya, juniorlar qabul qilish haqida, keyingi tashkil qilinadigan tadbirlar haqida gaplashamiz.

Suhbat, in shaa Alloh, dushanba(14.08.2023) kuni 21:00 da online bo'lib o'tadi. O'zingizga qiziq bo'lgan savollarni yig'ib qo'ying, suhbatdan o'zingizga kerakli ma'lumotlarni oling.

@it_suhbat
Live stream scheduled for
Suhbatni boshlaymiz, qo'shilavering
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
#raqobat

Ertalab Paynetdan Rossiya bilan pul o'tkazmalar ishlamasligi haqida xabar kelgan edi, bir necha soatdan keyin Uzum bank Rossiya bilan pul o'tkazmalari 24/7 ishlaydi bizda deb bildirishnoma yuboribdi))

Shunaqa, xato qilsangiz, qolib ketadigan zamonda yashayapmiz :)

@it_suhbat
Dasturchilikda tajribangiz bir yilmi, O'qituvchilik qilish Sizga mumkin emas!

Hozirgi davrda IT o'quv markazlar juda ko'p. Ular har xil sifatda dars beradilar, turli yo'nalishlarda ilm ulashishga harakat qilishadi. Ammo har bir markazning eng katta muammosi bu sifatli, ilmli Ustozni topa bilishdir.

Lekin e’tiborimizni bir narsa tortdi. Hali tajribasi ikki yil bo'lmagan juda ko'p yoshlar markazlarda dars berishga oshiqishadi. Bu narsa o'ta yomon natijalarga olib borishi haqida esa deyarli hech qayerda gapirilmaydi. Joriy maqolada shu mavzularni yoritishga harakat qilamiz.

Haqiqiy proyekt qanday amalga oshirilishini bilmaysiz.
Tajribasi hali yo’q, yoki kam bo’lgan odam proyekt qanday yuritilishi haqida hali yetarlicha ma’lumotga ega bo’lmaydi. O’rgatiluvchi har bir mavzu keyinchalik proyektda qayerda yordam bera olishini bilish — dars berishdagi eng muhim joy! Proyektni bajarishda kimlar ishtirok etadi, qanday vazifalar bajariladi — bularni bilish darsni mazmunli qilib o’tishga sababchi bo’ladi.

Mijoz kimligi haqida ma’lumotingiz yo’q.
Hali tajribasi kam bo’lgan odam, o’zi yozayotgan kodning mijoz qo’lida qanday ishlashi haqida ma’lumotga ega bo’lmaydi. Kod soddaligi, effektivligi, katta yuklamalarga bardoshliligi tajribasi faqat mijoz uchun real proyektda ishtirok eta olgan odamda bo’ladi. Mijozning xohishlari, uning injiqliklarini ko’rmagan odam dasturlashdagi tushunchalar qanday qilib muammolarni hal qilishini bila olmaydi.

Hayotiy tajriba o’lchamini o’quvchi o’ta tez ilg’ay oladi.
Xohlaysizmi, yo’qmi — Sizni eshitayotgan odam Sizning tajribangizni tez ilg’aydi. Buning uchun dasturchi bo’lish shart emas. Umuman tajribasi bor odam bilan tajribasiz odam fikrlashida, gapirishida va mavzuni tushuntirib berishida juda katta farq bo’ladi va bu narsani o’quvchi birinchi darsning o’zidayoq ilg’ay oladi.

Muammolar qanday hal qilinishini bilmaysiz.
Istalgan dasturiy ta’minot real hayotda ishlatilganidan keyin muammolarga duch kelishi aniq — hakerlar hujumi, katta yuklamadagi murojaatlar, dasturiy ta’minot arxitekturasi o’sishga tayyormasligi yoki noto’g’ri tuzilganligi va boshqalar. Tajribasiz odam bunday muammolarni ko’rmagan bo’ladi, ularni hal qilish bo’yicha fikrga ega bo’lmaydi. Axir, o’qituvchiga borishdan aynan maqsad shu-ku — hayotiy muammolarga yechimlarni o’rganish. Dasturlash tillarini o’qituvchisiz o’rganib olsa ham bo’ladi. Onlayn kurslar buni sifatliroq ham qila oladilar. Ammo hayotiy tajriba faqat tajribali ustozdan olinadi.

Haqiqiy mas’uliyat o’quvchi o’qishni bitirganida boshlanadi.
Endigina dars berishni boshlaganimizda, biz dars berishni mas’uliyati yuqori ish deb bilar edik, ammo bu mas’uliyat qayerda namoyon bo’lishini bilmagan ekanmiz. Uch yil dars berib bir fikr paydo bo’lgan — O’qituvchilik mas’uliyati o’quvchi o’qishni bitirib, ishini topib o’zini ko’rsatishni boshlagan kunida boshlanar ekan. Dars jarayoni bu sun’iy jarayon. Undagi masalalar sun’iy (ya’ni dars uchun o’ylab topilgan) bo’ladi. Ustozning mahorati, o’quvchiga singdirgan ilmi faqatgina shu o’quvchining haqiqiy ishida bilandi. Agar ishxonadagi odam o’quvchingiz haqida: “Shuni ham bilmaysizmi? O’qituvchingiz kim bo’lgan o’zi?”, desa, Sizning mas’uliyatsizligingiz bilinadi. Agar o’quvchingiz zarracha bo’lsa ham Siz bergan ilmga norozilik his qilsa, biling-ki, qilayotgan ishingizda halollikka e’tibor kamaygan bo’ladi. Shuning uchun ham ustozlik og’ir kasb deyiladi. Ustoz bergan ilk ilm o’quvchining professional hayotining har bir nuqtasida bilinib turadi, shuning uchun ham Ustozman degan odam yelkasiga katta yuk olgan bo’ladi.

Yakun o’rnida…
Yakun o’rnida bir narsani aytib o’tish joiz — umuman istalgan kasbda Ustozlik qilish uchun katta tajriba o’ta muhim. Shundagina ushbu kasb egalari sifatli ish qila oladilar. Dasturlashda esa ayni damda dars beraman deb yonib turgan, hali yetarlicha tajribaga ega bo’lmagan yoshlar ko’payib qoldi. Maslahatimiz: Dasturlashda yana bir necha yil tajriba yig’ing, zero Siz bergan ilm birovning kelajagini sindirib qo’ymasin!

Ilm izlashdan to’xtamang!

@app_hbs
#best_practice

Bu maqolada oddiy mavzu, lekin foydali uslub haqida o'qishingiz mumkin.
Ha, ko'rib turganingizdek, bu shart operatori.

Davomi...

@it_suhbat