IT suhbat
876 subscribers
418 photos
105 videos
8 files
281 links
Faqat Java.

Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Download Telegram
#kun_tartibi

Dasturchining kun tartibi.

Ideal holatdagi kun tartibimni ulashmoqchiman, balki foydali bo'lar.

Ertalab bomdod vaqtidan oldin turib saharlik qilishlik, ya'ni hozirgi kunda tahminan soat 03:30.
Jamoat bilan namoz vaqti tahminan 4:10 dan 4:30 gacha.

Soat 06:00 da juft kunlari suzish. 15 daqiqa yo'l uchun. Shunda kamida yarim soat kitob o'qish yoki boshqa narsa uchun vaqt bor. Qur'on o'qish afzal.
Toq kunlari esa 07:00 da crossfit. Ungacha 1.5 soatdan ko'proq vaqt bor. Ilm olish uchun yetarli vaqt.
Juft kunlari 07:00 gacha suzish, basseyndan 07:20 da chiqish va yana 20 daqiqa yo'l uchun ketsa, 7:50 da ishxonaga borish mumkin.

Soat 09:00 gacha yarim soat kitob o'qish va qolgan vaqtni aytaylik kun.uz dagi yangiliklarni ko'rishga sarflash mumkin.
Toq kunlari esa 08:00 gacha mashg'ulot, zaldan 08:20 da chiqish bo'lsa, ishxonaga yetib olguncha 08:30 yoki 08:40 bo'ladi.
20 daqiqa kitob o'qish uchun vaqt bor.

09:00, ish vaqti boshlandi.

Miya qizishib olishi uchun, shaxsiy rivojlanish uchun algoritmik masala yechish uchun vaqt ajratish kerak. Bu ishxona uchun ham foydali. Hodimi qanchalik aqlli bo'lsa, firmaga shuncha foyda.

Yarim soat yoki 45 daqiqa miyani qizitib olgandan keyin kunlik meeting'ga tayyorlanish kerak, ya'ni kecha qilingan ishlarni gapirishga moslab, tayyorlanish.

10:00 meeting. 15-20 daqiqa davom etadi.
Undan keyin asosiy topshiriqni bajarish uchun kirishiladi. 2 soat orada 5-10 daqiqa tanaffus bilan iloji boricha intensiv ishlashga harakat qilinadi.

12:30 yoki 13:00 da tushlik. Peshin va tushlik vaqtini moslab olish kerak. 12:30 da chiqib, ertaroq kelib peshin o'qiladi. E'tibor beradigan joyi shuki, albatta 8 soat ishga aloqador, eng kamida soha bo'yicha shaxsiy rivojlanishga aloqador ish uchun vaqt ajratish kerak.

Tushlikdan keyin yana 2 soat 5-10 daqiqa tanaffus bilan asosiy topshiriq uchun vaqt ajratiladi.
Muxokama qilinadigan, boshqa bo'limlar yoki team leader bilan maslahatlashadigan masalalar, ishdagi muammolar muxokama qilinadi, qilingan ishlar topshiriladi va feedback kutiladi.

Asr namozi va yana ozroq vaqt ish uchun.

18:00 da ish vaqti tugaydi va ishxonadan chiqiladi.
Toq kunlari ingliz tili, 20:00 gacha.

Juft kunlari 18:20 da uyga borib, shomgacha 1 soat vaqtni oila bilan o'tkaziladi. Shomdan oldin kechki ovqat yeyiladi. Shomdan xufton vaqtigacha yana 1 soatdan ko'proq vaqt bor. Bu vaqt ichida yana kitob o'qish yoki oila bilan sayr qilishga fursat topsa bo'ladi.

Xufton namozi 21:40 gacha o'qib bo'linsa, yana 15-20 daqiqa Qur'on uchun vaqt ajratilib, uxlashdan oldin olingan eng so'nggi informatsiya Qur'on bo'ladi va kechasi bilan uyqingizda o'qigan oyatlaringiz aylanib, takror bo'lib chiqadi.

22:00 yoki kechi bilan 22:30 da uxlashga yotiladi. Chunki ertalab 3:30 da turganingiz va kun bo'yi uxlamaganingiz sababidan bu paytda ko'zingizni bazo'r ochib turgan bo'lasiz :)

Shu bilan dasturchining ideal kuni o'z nihoyasiga yetadi.

@it_suhbat
👍43🔥6
IT suhbat
#kun_tartibi Dasturchining kun tartibi. Ideal holatdagi kun tartibimni ulashmoqchiman, balki foydali bo'lar. Ertalab bomdod vaqtidan oldin turib saharlik qilishlik, ya'ni hozirgi kunda tahminan soat 03:30. Jamoat bilan namoz vaqti tahminan 4:10 dan 4:30…
Bu ideal holat. Qaysidir kuni tura olmaysiz, qaysidir kuni kechroq uxlaysiz, lekin 70-80% bo'lsa ham shunga o'xshash tartib ushlansa, hamma narsaga ulgirsa bo'ladi.

1-2 oy oldin yozmoqchi edim, lekin hali o'zim bunaqa qilmasdan turib yoza olmadim. Sinab ko'rdim, ilojsiz narsa emas. To'liq shu rejimga tushib olishga harakat qilish kerak.
👍20
#tavsiya #algoritm

Hozirda Polshada o'qib yurgan ukamiz algoritm bo'yicha yaxshi tushuntirilgan va ko'p joyda ham topilavermaydigan mavzularda o'zbekcha kontentlar tayyorlab, kanal yuritayotgan edilar. Foydali deb o'yladim:

https://t.me/JavaHereBlogs

@it_suhbat
👍82
IT — bu ustun

@it_suhbat
😁41🔥41👍1
Forwarded from IT Юмор
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Случай на собеседовании
😁15🤣2👍1🔥1
📌2-suhbatdoshimiz Javohir Akramjonov

Algoritm va ma'lumotlar tuzilmasi bo'yicha o'zbek tilida sifatli kontent chiqarayotgan dasturchilardan biri.
Polish-Japanese universitetida o'qiydilar.

Shanba(10.06.2023) kuni soat 21:00 da jonli efirda suhbat tashkil qilamiz, in shaa Alloh. Suhbat davomida algoritmlash, Polshada ta'lim olish, ishlash va dasturchi-talabaning kundalik hayoti qanday ekanligi haqida gaplashamiz.

@it_suhbat
👍18🔥7
Assalomu alaykum!

Bir ozdan keyin suhbatni boshlaymiz. Tayyorlanib turinglar))
👍2
Live stream scheduled for
Live stream started
Suhbatni boshladik, qo'shilishingiz mumkin.
👍7
Live stream finished (1 hour)
#docker #free

Docker texnologiyasini o'rganish uchun Udemy platformasidagi bir nechta bepul kurslar ro'yxati:

1. Software-containerization-and-intro-to-docker
2. Docker-essentials
3. Containers-101

P.S. Birinchi linkda Docker haqida umumiy tushunchalar haqida gapirilgan. Shundan boshlagan ma'qul.

*Linkedindan olindi

@it_suhbat
👍23
IT suhbat
Javohir Akramjonov bilan bo'lib o'tgan suhbat yozib olingan va youtube tarmog'iga joylandi. Premyera vaqti bugun(14.06.2023) soat 20:00 da. https://www.youtube.com/watch?v=17MSmAVUsLM @it_suhbat
Suhbatni tinglashingiz mumkin. Hudo xohlasa yaqin kunlarda Javohir bilan live coding qilamiz. Masalaga qanday yondoshish kerak, qanday fikrlash kerak, birga ulashamiz.

@it_suhbat
👍5🖕2🔥1
https://youtu.be/qBpt-b9BkW4?t=434

Boshlanishiga 600-800$ lik ish deb umuman o'qimasdan mol-qo'y boqib yurgan, maktabni ham yaxshi o'zlashtirolmagan yoshlarni chaqiramiz. Ular umid qilib boqib turgan mol-qo'ylarigacha sotib falon million so'mlik kurslarda o'qishadi. Kimdir tortib keta oladi, kimdir shunchaki Toshkentga kelib aylanib ketgani qoladi(lekin sotilgan mol-qo'y joyiga qaytmaydi). Kursni bitirgandan keyin esa tekinga bo'lsa ham stajirovka qilaman, stajirovkaga oladigan joy bormi deb qidirib yurishadi.

To'g'ri, balki pul motivatsiyadir, lekin shu motivatsiyani berib, sohadan uzoq bo'lganlarni ichini qizdirib o't yoqishdan oldin kamida 2 yillik qiyinchilik borligini, 2 yilsiz 500 $ lik oylikka chiqish deyarli ilojsizligini ham aytib o'tishimiz kerak. 1-yili o'rganish uchun, 2-yili ish qidirish uchun.

Osonlik bilan bo'lmaydi.

@it_suhbat
Forwarded from Yo'lda
Deyarli 2 haftadan beri ingliz tili kurslariga borib, til bo'yicha bilimlarimni qaytadan tiriltirishga harakat qilyapman. Yo'l-yo'lakay uchragan iboralar, so'zlar, gaplarni tarjimasi bilan o'zimga yozib ketmoqchi edim. Shuni hamma ko'rsa, kimgadir nimadir foydasi tegib qolar deb bitta kanal ochib qo'ydim. Ingliz tilini o'rganayotganlar yoki o'rganmoqchi bo'lganlar uchun vocabulary bo'ladi desa ham bo'laveradi.

https://t.me/english_draft

Qiziq bo'lsa qo'shilib oling.
#leetcode

Leetcode.com saytida ma'lumot tuzilmalarini o'rganish uchun bir nechta card'lar mavjud. Shularni o'rganish ketma-ketligi bo'yicha ro'yxatini ulashmoqchi edim:

1. Array
2. Queue & Stack
3. Tree
4. Recursion & Memoization
5. D&C(Divide and Conquer) & Backtracking
6. Binary search
7. N-ary tree
8. Trie
9. Hash table

Bu maqolalar o'rganish uchun bepul va yaxshi tushuntirilgan. O'rgatilganlarni amaliyotda qo'llash uchun masalalar ham berilgan.

@it_suhbat
#leetcode

Leetcode platformasidagi top intervyu savollari to'plamining easy qiyinlik darajasidagi masalalar ro'yxati bilan tanishing:

top-interview-questions-easy

To'plamda
— Array
— Strings
— Linked List
— Trees
— Sorting and Searching
— Dynamic Programming
— Design
— Math
kabi va boshqa mavzulardagi masalalar taqdim qilingan.

@it_suhbat
IT suhbat
#leetcode Leetcode.com saytida ma'lumot tuzilmalarini o'rganish uchun bir nechta card'lar mavjud. Shularni o'rganish ketma-ketligi bo'yicha ro'yxatini ulashmoqchi edim: 1. Array 2. Queue & Stack 3. Tree 4. Recursion & Memoization 5. D&C(Divide and Conquer)…
Shunga o'xshash cardlar orqali masalalarni ishlash shunchaki kirib random masalalar tanlab ishlagandan ko'ra ancha samaraliroq. Sababi, birinchidan, mavzu bo'yicha nazariy bilim beriladi. Ikkinchidan, ishlaydigan masalalaringiz bir mavzuda va bir-biriga o'xshash bo'ladi. Uchinchidan, faqatgina brute force emas, aniq algoritmlar(two-pointer, DFS, BFS, ...) bo'yicha yechim qilishni o'rganasiz.

Nima bo'lganda ham, tartib bilan o'rgangan boshqa baribir :)

@it_suhbat
Va nihoyat deb nomlangan rasm😅

SonarQube juda mayda narsalargacha tekshiradikuya, lekin toza kod yozishga o'rgatadi. Shunisi yaxshi.