IT suhbat
884 subscribers
418 photos
104 videos
8 files
281 links
Faqat Java.

Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Download Telegram
​​Click — 3 oy. Payme — 5 oy. Udevs — 8 oy.

LinkedIn vebsaytida oxirgi ikki uch oy ichida bir g’alati narsani guvohi bo’ldim. Bu narsaga oldinlari e’tibor bermas edim. Hozir bu narsa meni o’ylantirib qo’ydi.

LinkedIn — bu ish qidiruvchi va ish beruvchi orasida aloqani bog’lab beruvchi ijtimoiy tarmoqdir. Ish qidiruvchi o’z profilini o’zi egallagan bilim va ko’nikmalar bilan boyitadi. Ish beruvchi esa, agar unga ish qidiruvchining malakasi yetarli bo’lsa, shu odamni ishga olish uchun suhbatga taklif qiladi.

Ish topgan payt LinkedIn’da huddi Facebook’ga o’xshab “I’m excited to start my new job!” mavzusida post chiqarish urf bo’lib qoldi. Qolganlar esa bu postga Like qo’yib o’z tabriklarini bildirishadi.

Men e’tibor bergan narsa shunda-ki, o’zi bir ish joyiga ishga kirganiga 2 oygina bo’lgan odam, yana yangi ish joyida ish boshlaganini hammaga ovoza qiladi. Shu odam profiliga kirsangiz, uning har bir kompaniyada uzog’i 8 oy ishlaganini guvohi bo’lasiz.

Shu payt bir necha savollar paydo bo’ladi:
Bu CVni to’ldirishga harakatmi? Yoki kompaniyalar shunchalik yomonmi? Nima uchun yoshlar kompaniyalarda ko’p ishlay olishmayapti? Muammo qaysi tomonda?

Yana ham qizig’i shunda-ki, aynan shunday dasturchilar tufayli — kompaniyalar saviyali, ish ko’zini biluvchi, jonkuyar bolalarni ishga olmay qo’yishmoqda. Bu tabiiy narsa, bir dasturchi bir joyda bir yil ham o’tira olmasa, kompaniya undan keyingi dasturchiga ham ishonmay qo’ya qoladi. Axir dasturchini ishga olib ish bilan ta’minlash ham alohida katta mablag’ talab etadi. Agar hamma oz-ozdan o’tirib ketaversa, unda hech kimni olmagan yaxshi!

Shuning hisobiga ham suhbatlar murakkablashib ketdi. Shuning hisobiga ham hamma vakansiyalar “Middle kerak” degan so’zlardan boshlanadigan bo’lib qoldi, chunki Juniorga ishonch yo’q. U o’sishni xohlamadimi, kompaniyalar ham uni ishga olgisi kelmaydi. Shundan keyin ham kuchli filterlar kelib chiqaveradi.

Gaplarim oxirida bir narsani aytaman — Kompaniya rivoji, undagi Sizga bo’lgan e’tibor Sizga bog’liq narsa. Hech kim o’zidan o’zi “Mana shu bolani qiynaymiz” — demaydi. Kompaniyada uzoqroq ishlab o’zingizga yaxshi nom va tajriba yig’ishga uruning. Shundagina yaxshi oylik maosh ham, Seniorlik darajasi ham bo’ladi.

Ilm izlashdan to’xtamang!
@app_hbs
👍13🔥41👎1
🌆Yakshanba uchun mavzu tanlang :)
Anonymous Poll
49%
🧬Collections API
58%
⛓️Stream API
36%
📃Fayllar bilan ishlash
👍1
Forwarded from .
Энг ёмон кўрган ишим телефонга кўп машғул бўлиб қолиш (машғуллик фойдали ишларда бўлса ҳам). Ёмон кўришим сабаби:

1. Вақт кетиши.

2. Вақт кетиши оқибатида қалбнинг қорайиши.

3. Вақт беҳуда кетгани учун муҳим ишларга рағбат сусайиши.

4. Тармоқлардаги енгил маълумотларни ўқиб фикр ўтмаслашиши.

5. Кўзга ёмон таъсир қилиши.

6. Бошқалар наздида телефон ўйнаган кўриниб, ножиддий одамга айланиш.


Маслаҳатим: фақат жиддий маълумотлар ўқинг. У ҳаётингизда сизга фойда берсин. Комментларда ўралашманг. Барибир у ердаги фикрларни ҳеч ким инобатга олмайди. Бунинг ўрнига китоб ўқинг.

Чунки у сизни юксакларга олиб чиқади, телефон маълумотларидан фарқли ўлароқ. Қисқаси ҳаммасини ўзингиз тарозуга солинг. Бўлмаса кўп зиён кўрасиз.

@MubashshirAhmad
👍16🔥31
IT suhbat pinned «🌆Yakshanba uchun mavzu tanlang :)»
Javadan online kurs o'tayotgan tanishingiz bo'lsa, qidirib yurganlarga kommentlarda yordam bering👇🏻👇🏻👇🏻
Mendan shu kunlarda online kurs haqida so'rayotganlar ko'p bo'lyapti.

@it_suhbat
IT suhbat
🌆Yakshanba uchun mavzu tanlang :)
Assalomu alaykum va rohmatulloh, demak bugungi kungi o'tiladigan mavzu Stream API ekan. 15 daqiqadan so'ng boshlaymiz, in shaa Alloh.

@it_suhbat
👍9👏3
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#stream

Stream API haqida boshlang'ich tushunchalar:
- filter
- map
- collect
- for vs stream
- functional interface & functional java
- stream ishlatilgan real case'lar.

Bu temaga chuqurroq kirish kerak. Keyingi hafta 🌊🤿

@it_suhbat
👍7🔥1
Ko'p narsa o'rganish(o'rgatish)ni xohlamayman, bitta narsani chuqurroq o'rganish(o'rgatish)ni afzal deb bilaman. Chunki umumiy aytiladigan, sayoz, qimmatli bo'lmagan ma'lumotlar tiqilib yotibdi!

Sayozlikdan qochishimiz kerak.

@it_suhbat
🔥19👍4👏2
Forwarded from Yo'lda
#sayoz

Sayoz ma'lumot olmang! Sayoz gapirmang, sayoz o'ylamang, sayozlashmang. Sayoz bo'lsangiz tezlashasiz lekin qiymatingiz yo'qoladi.

Birinchi yo'qotishimiz kerak bo'lgani bu: sayoz gap, bekorchi gap.

Bekorchi laqqillashdan iborat ma'lumotlar yozadigan kanaldan bittada chiqib keting. Sababi siz sayoz, ma'nosiz va qabul qilayotganda o'ylashni talab qilmaydigan ma'lumotlar o'qiganingiz sari miyangiz shu narsaga moslashib, keyinchalik muhim bo'lgan, diqqat talab qiladigan, teran fikrlash talab qiladigan ma'lumotlarni olayotgan paytingizda ularni qayt qilib tashlaydi🤮(gapni yaxshi tushunish uchun qaytadan o'qing).

لَّا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا وَلَا كِذَّابًا
U yerda bekorchi va yolg'on gaplarni eshitmaslar(Naba' surasi, 35).

——————————
لَا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا وَلَا تَأْثِيمًا
Ular unda behuda, gunoh(so'z)larni eshitmaslar. (Voqi'a surasi, 25).

Behuda, bekorchi, lag'v so'zlar jannatiylarning sifatlari emas ekan. Hammamiz jannatiy bo'lishni xohlaymiz, lekin biz uchun berilgan vaqtni shunchaki bekorchi so'zlarni aytishlik bilan ishlatib yuboramiz.

Tafsirda ikkala oyat uchun ham lag'v so'zlar insonning halovatini, rohatini buzadi deb kelgan. Nimaga buzadi a? Axir, aksincha, bunaqa so'zlashish yoki bunday oson qabul qilinadigan ma'lumotlarni o'qish yoqimli bo'lyapti-ku!

Shaxsan o'zimda kuzatganman, telegramga berilib, kimningdir blogiga kirib, bir-ikki sayoz, kim uchundir biror foydasi bo'lmagan narsani o'qiganim sari yuqorida aytganimdek qiyin, diqqat talab qiladigan ma'lumotlarni miyam o'zlashtirishni inkor qila boshlagan. Bu holatga tushgandan keyin, oldingi holga qaytib olish og'ir kechadi. Shunday sayoz ma'lumotlarga "o'tirib qolishim" meni halovatimni, rohatimni buzgan, sababi uni o'rniga biror bilim o'rgansam hozir mevasini berayotgan bo'lar edi.

SHUNCHA YILLIK BEKORCHI GAPLARNI DEB HOZIR ROHATIM YO'Q, UXLAMAYAPMAN!

Sizda ham keyinchalik afsus bo'lmasligi uchun sayozlikdan qoching. Bu haqida hali ancha gapiraman.

@ahmad_abdulvahid
👍20🔥1
IT suhbat
Javadan online kurs o'tayotgan tanishingiz bo'lsa, qidirib yurganlarga kommentlarda yordam bering👇🏻👇🏻👇🏻 Mendan shu kunlarda online kurs haqida so'rayotganlar ko'p bo'lyapti. @it_suhbat
Bu tema juda ko'p ko'tarilyapti, yaqin kunlarda ko'pchilik online kurs o'tishligimni so'rab murojaat qilishdi. Bu fikrga qanday qaraysiz?

Tekin darslar davom etaveradi. Tezroq ketmoqchi bo'lganlar uchun alohida kurs ham tashkil qilinadi. Ko'pi bilan 10 kishidan iborat guruh bo'ladi.

Fikringiz qiziq :)

@it_suhbat
👍25🔥4
Yakshanba(03.07.2022) soat 21:00 da oʻtgan haftadagi mavzuni davom ettiramiz, Stream API mavzusiga chuqurroq kiramiz 🤿🌊

@it_suhbat
👍18🤯1
IT suhbat
Yakshanba(03.07.2022) soat 21:00 da oʻtgan haftadagi mavzuni davom ettiramiz, Stream API mavzusiga chuqurroq kiramiz 🤿🌊 @it_suhbat
Assalomu alaykum va rohmatulloh, bugungi darsni ma'lum sabablarga ko'ra ertaga ko'chirishga majbur bo'ldim. Noqulaylik uchun uzr so'rayman. Ertaga aniq vaqtini yozib yuboraman
👍20👎3
#java #stream_API
Soat 22:00 da Stream API haqida gaplashamiz.

@it_suhbat
😢4👍2
Kanalda yangilik:

Doimiy
- SQL ga aloqador;
- Ingliz tilidagi dasturlashga oid terminlarning ta'rifi haqida

postlar qo'yib boriladi.

@it_suhbat
👍27🔥7
IT suhbat
#java #stream_API Soat 22:00 da Stream API haqida gaplashamiz. @it_suhbat
Bugungi mavzuni kech bo'lgani sababli video dars ko'rinishida tayyorlaymi yoki online suhbat bo'lsinmi?
Anonymous Poll
76%
video dars
24%
online
IT suhbat
Bugungi mavzuni kech bo'lgani sababli video dars ko'rinishida tayyorlaymi yoki online suhbat bo'lsinmi?
Sizlar xuftonni o'qib, damni olaveringlar, men video dars tayyorlayman ekan😁
👍20😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#stream_API

Stream 2. Stream hosil qilish usullari:
- empty stream
- collections stream
- generate
- iterate
- array stream
- stream builder
- primitive streams
- file ma'lumotlaridan stream

@it_suhbat
👍291