IT suhbat
881 subscribers
418 photos
105 videos
8 files
281 links
Faqat Java.

Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Download Telegram
#file

Java dasturlash tilida fayllardan ma'lumot o'qib olishning bir necha xil usullari mavjud. Keling, ular bilan tanishib chiqamiz. Fayldan ma'lumot o'qib olishdan oldin mavjud faylimizni File obyektiga o'zlashtirib olamiz:

File file = new File("path");

Demak, ma'lumotlarni o'qib olish yo'llarini ko'rib chiqamiz:

1. Scanner sinfi orqali.
Scanner sinfidan obyekt olish uchun InputStream foydalanilgan konstruktorini hamma ishlatib ko'rgan, ya'ni

Scanner in = new Scanner(System.in)

oldingi suhbatlarimizda gaplashganimizdek, System.in bu - InputStream, ya'ni command line orqali kiritiladigan qiymatlarni qabul qiluvchi oqim.
Fayllardan ma'lumot o'qib olishda biz Scanner sinfidan quyidagicha foydalanishimiz mumkin:

- Scanner in = new Scanner(file);
- Scanner in = new Scanner(new FileInputStream(file));
- Scanner in = new Scanner(path);

Obyekt olganimizdan so'ng, o'zimiz bilgan nextInt(), nextLine() va hokazo metodlarni ishlatib ma'lumotlarni o'qib olishimiz mumkin. Fayl ichidagi hamma ma'lumotni o'qib olish uchun :

Scanner in = new Scanner(fileInputStream);
while(in.hasNextLine()){
System.out.println(in.nextLine());
}

2. FileReader va BufferedReader sinflari orqali
Bunda qanday bo'ladi:

try{
FileReader fr = new FileReader(file);
BufferedReader br = new BufferedReader(fr);
} catch(IOException e){
e.printStackTrace();
}

BufferedReader sinfining readLine() metodi mavjud. Shu orqali biz umumiy qatorni bittada String'ga o'zlashtirib olishimiz mumkin, u uchun esa quyidagi ishni amalga oshirishimiz kerak bo'ladi:

String s = br.readLine();
while(s != null){
System.out.println(s);
s = br.readLine();
}

3. Files sinfi utilitalari orqali
Ma'lumotlarni o'qib olish uchun Files sinfining maxsus utilitalari mavjud. Misol uchun, readAllBytes():

try {
content = new String(Files.readAllBytes(Paths.get(file.toURI())));
System.out.println(content);
} catch (IOException e) {
e.printStackTrace();
}

Bu usulning afzallik tomoni shundan iboratki, ma'lumotlarni o'qib olish uchun sikl ishlatishga hojat yo'q. Lekin bunda CharSet bilan bog'liq muammo yuzaga kelishi mumkin. Lekin bu muammoni ham hal qiladigan yechim bor - readAllLines():

try {
List<String> words = Files.readAllLines(Paths.get(file.toURI()),
StandardCharsets.UTF_8);
words.forEach(System.out::println);
} catch (IOException e) {
e.printStackTrace();
}

Lekin bizga List emas, bitta Stringni o'zi kerak bo'lsachi? Bizda yana bir metod bor - readString():

try {
content = Files.readString(Paths.get(file.toURI()), StandardCharsets.UTF_8)
System.out.println(content);
} catch (IOException e) {
e.printStackTrace();
}

Bu maqolada to'liq imkoniyatlar yoritilmadi, Hudo xohlasa, bu mavzularga yana qaytamiz. Sizga qaysi uslub ko'proq yoqdi :)

@it_suhbat
👍7
#romantika

Agar shu narsani oʻzimiz xohlab buyurtma qilganimizda kamida 100$ qoʻshimcha pul berishimiz kerak edi😁

Ajib dunyo🙂

@it_suhbat
👍6😁1
IT suhbat
#brain Chidamlilik nima? Aqliy chidamlilikchi?
#brain

Chidamlilik bu - charchoqqa qaramasdan uzoq muddat davomida muayyan harakat(aqliy yoki jismoniy)ni davom ettira olish. Agar siz uzoq masofaga yugurib koʻrgan boʻlsangiz, yoʻlning yarmida muskullar charchashni boshlaydi. Shu charchoqqa qaramasdan yugurishni davom ettirish chidamlilik. Inson qancha chidamli boʻlsa, shuncha chadchoqqa bardosh bera oladi.

Aqliy chidamlilik ham huddi shunday. Agar miyangiz chidamli boʻlsa, uzoq vaqt charchoqqa qaramasdan e'tiboringiz chalgʻimaydi, zehningiz oʻtkirligi yoʻqolmaydi va siz aqliy mehnatingizni yuqori darajadagi samaradorlik bilan davom ettirasiz.


Aqliy chidamlilikni oshirish haqida keyingi suhbatlarimizda gaplashamiz :)


@it_suhbat
👍5
#java
iTechArt ищет Senior Java Developer

Компания iTechArt
– это 3500+ разработчиков в 8 странах, 19+ успешных лет на рынке IT-разработки, тестирования и консалтинга. Это топовые клиенты из США и Западной Европы. Это широкий стек технологий и проекты для различных индустрий. Мы выстроили прочные партнёрские отношения с мировыми IT-гигантами, такими как – Microsoft, Oracle, AWS, Google Cloud, Salesforce, чтобы наши разработчики первыми получали доступ к передовым технологиям и продуктам.

Стек задач будет включать:
• Участие в полном цикле разработки
• Анализ и подготовку технических решений
• Написание качественного, хорошо задокументированного кода
• Обсуждение проектных решений напрямую с англоязычными заказчиками
• Участие в код-ревью и митингах с клиентом
• Написание тестов
• Менторинг менее опытных коллег.

Наши ожидания:
• 4+ лет опыта работы с Java стеком
• Плюсом будет опыт с React.js или Vue.js, Angular
• Уровень английского не ниже Intermediate
• Умение эффективно общаться с заказчиками
• Желание изучать новые технологии

Мы предлагаем:
• Крутой и комфортабельный офис в центре города
• Работа с зарубежными проектами
• Гибкая система карьерного роста
• Вкусные перекусы от компании

Заработная плата: от 2500$

Контакты:
TG - @itechart_hr
+998 (97) 702-62-22

👉 Подписаться на канал @UzDev_Jobs
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rohat

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

Ramazonga ham oz qolyapti-a😊
👍4
#dynamic_programming

Dynamic Programming(PD) haqida eshitganlar yoki aynan qo'llaydiganlar bormi?

Bizda WIP - post tayyorlanmoqda :)

@it_suhbat
🔥5👍1
Bu rasmlar nimaga dalolat qilib turibdi?

@it_suhbat
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Albatta koʻring. Yaratilishdagi buyuk hisob-kitob, nega Ka'baga qarab sajda qilamiz?

Manba: Rational Believer

@it_suhbat
👍4
❗️Oxirgi 3 ta postlarda bog'liqlik bor
#brilliant

Oxirgi 3 ta post:
Dynamic programming
Rasmlar
Allohning mukammal hisob-kitobi

Hammasi Fibonachchi sonlari deb atalgan sonlar ketma-ketligi yoki Golden Ration(Oltin kesim) ga yetaklamoqda.
Dynamic programming'ni izohlashni klassik usullaridan biri bu Fibonachchi sonlari edi. Fibonachchi sonlarini nimaligini tushuntirish uchun internetdan unga bog'liq rasmlar qidirdim. Va bu rasm tabiat shu sonlar asosida barpo qilinganini ko'rsatdi.
Oltin kesim, 1.618... sonichi?

Fibonachchi sonlari 0 va 1 dan boshlanadi va keyingi son oldingi ikkitasining yig'indisiga teng. Ya'ni: 0,1,1,2,3,5,8,13,21...
Ularni yonma-yon qo'yib birlashtirsak, ushbu rasmdagi shakl hosil bo'ladi. Har bir kvadratni radiusi shu kvadrat tomoniga teng bo'lgan aylaning 1/4 qismi deb, shu yoylarni birlashtirsak, mana bu spiral shakl hosil bo'ladi. Bu esa, tabiatdagi juda ko'p mavjudotda aks etgan shakl. Bu buyuk yaratilish emasmi!?

Ho'p, endi Golden Ratio qayerda qoldi? Har bir fibonachchi sonini o'zidan keyingi songa nisbati Oltin kesmaga intiladi. Misol uchun:
8 / 5 = 1.6
13 / 8 = 1.625
21 / 13 = 1.615
34 / 21 = 1.619
55 / 34 = 1.617 va hokazo

Fibonachchi sonlar ketma-ketligida n-son topilsin deya berilgan masalani ko'pchilik ishlab ko'rgan bo'lishi mumkin. Bunda aksariyatimiz rekursiv funksiyadan foydalanib yechim qilgan bo'lishimiz mumkin. Ya'ni:
int fib(int n){
if(n==0) return 0;
if(n<=2) return 1;
return fib(n-2) + fib(n-1);
}
Dasturlash nuqtai nazaridan, bu yo'l optimal emas. Bu haqida Dynamic Programming mavzusida yana to'xtalamiz. Bu holatda o'tishlar soni O(2^n) !!!
Buni rekursiyasiz, O(1) tezlikda topsa bo'ladimi ?😀

Albatta! Shu joyida endi Golden Ratio'ga murojaat qilamiz. Oltin kesim haqida to'liqroq tushunish uchun bu videoni ko'rib chiqishni tavsiya qilaman.
Fibonachchi sonlarini n-sini topish uchun Jak Filipp Mari Bine ismli fransuz olimi Oltin kesma va Fibonachchi orasidagi bog'liqlik qonuniyatini kashf qilgan. U quyidagicha:

F(n) = ( (  (1+sqrt(5)) / 2)  ^ n - ( (1- sqrt(5) ) / 2) ^ n) ) / sqrt(5)

bu yerdagi (1+sqrt(5)) / 2 = 1.61803398...😧

SUBHANALLOH... Bu qanaqangi hisob-kitob? Ateistlar qanisiz? Bu hisob-kitobni kim qildi? Kim shu qonuniyat bilan butun dunyoni yaratdi? Yoki hali ham tasodifmi?

"Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'onga chiqara olursiz?!"(28, 55)

@it_suhbat
👍6🔥3
Ilmni oxiri Allohga yetaklaydi. Allohning borligi va birligiga...
👍15🔥3
Forwarded from Sariq Dev
Har kuni o'nlab-yuzlab talabalar "Dasturim ishlamayapti" deb xabar yuboradi. Kodiga qarayman, ba'zan xatoni birdan ko'raman, lekin ko'rsatmayman.

Gapni uzoqdan boshlayman, "string nimaligini bilasizmi?", ".update() metodi qanday qiymatlar qabul qiladi?" yoki "Falon mavzuni o'qiganmisiz?" kabi savollar bilan qiynayman.

Bitta savolga javob bersa, keyingisiga olib o'taman. Mavhum lekin yo'naltiruvchi javoblar beraman.

Tushunaman, bu talabaning asabini oʻynaydi, huddi battar chalkashib ketgandek tuyuladi. Keyin esa kutilmaganda 💡yoqiladida, miya ishlab ketadi. "Rahmat ustoz, xatoni topdim" deydi.

Mening maqsadim sizni asabingizni o'ynash emas. Maqsad sizga xatolar ustida mustaqil ishlashga oʻrgatish. Axir kelajakda, ishga kirganingizda doim ham ustoz tepangizda turmaydi. Qolaversa bu usul bilan, ming azobda toʻgʻrilangan xato miyangizga muhrlanib qoladi va keyingi safar bu xatoni takrorlamaysiz.

@sariqdev
👍12
😁4
#keshbek

15 900 ta xarid cheki uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilindi. Sabab...

Maʼlumki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlaridagi xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi QR-kodli chekini Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1 % keshbekka ega bo‘lmoqda.

Joriy yil 1-yanvardan 1-fevralga qadar 32 755 242 ta (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan, 17 134 987 ta ko‘p, yaʼni 191 % ga oshgan) xarid cheki onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali chop etilgan bo‘lib, shundan 1 482 563 tasiga Soliq mobil ilovasi orqali 19,4 mlrd so‘mlik keshbek hisoblangan.

Taʼkidlash lozim, chakana savdo, maishiy xizmat va umumiy ovqatlanish sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan keshbek amaliyoti isteʼmolchilar orasida tobora ommalashib bormoqda.

Ammo, bugungi kunga qadar keshbek uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar tahlil qilinganda, ayrim texnik xizmat ko‘rsatish markazi (TXKM) xodimlari keshbekka ega bo‘lish maqsadida vazifalarini suiisteʼmol qilib o‘zgalar tomonidan amalga oshirilgan xarid uchun shakllangan cheklarni o‘z nomidan ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari aniqlandi.

Jumladan, 3 nafar TXKM xodimi tomonidan o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan 281 ta tadbirkorlik subyektining 11 mlrd so‘mlik 15,9 mingta xarid cheki ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Xususan, TXKM xodimlari:

▫️Q.N. tomonidan 178 ta tadbirkorning 7 524 ta 5,8 mlrd so‘mlik;

▫️Q.A. tomonidan 80 ta tadbirkorning 5 206 ta 4,6 mlrd so‘mlik;

▫️R.F. tomonidan 23 ta tadbirkorning 3 131 ta 0,6 mlrd so‘mlik cheklarini “Soliq” mobil ilovasida QR-kod orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan.

“Soliq” mobil ilovasida yuqoridagi shaxslar tomonidan xaridni amalga oshirmasdan ro‘yxatga olingan cheklar uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilinadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, DSQ keshbek amaliyoti to‘g‘ri qo‘llanilishini doimiy nazorat qilib boradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Forwarded from UzDev Jobs – IT Jobs
#java
Ptolemay LLC - аутсорсинговая компания по разработке мобильных приложений для стартапов. Для участия в зарубежных проектах ищем Middle\Senior Java Backend developer.

Наши условия:

- полная занятость;
- удаленная работа;
- заработная плата $1500-3500;
- проект подбирается по вкусам и интересам специалиста;
- минимальные усилия до стадии технического интервью с заказчиком;
- опыт работы в зарубежном проекте.

Требования:
• Опыт работы в командной разработке от 2-х лет.
• Знание разговорного русского языка, знание английского на уровне Intermediate и выше;
• Хорошее знание Java SE 8+\ JEE и опыт работы с JMS;
• Понимание и практический опыт методологии Agile / Scrum;
• Знание Hibernate, Oracle, SQL, MySQL, Linux, Docker, Git, Jira, Maven.

Задачи:
• Backend разработка микросервисов и интерфейсов;
• Тесное сотрудничество с другими разработчиками и QA, для своевременной корректировки продукта;
• Диагностика проблем и предложение способов их решения.
• Работа над полным жизненным циклом разработки продукта, охватывающим проектирование, разработку, тестирование и кодирование.

Буду рад ответить на вопросы и ознакомиться с резюме: @pancake90

👉 Подписаться на канал @UzDev_Jobs
👍4
Sql injection))

@it_suhbat
👍2
Forwarded from Ali Zairov
​​Najot Ta’lim markazining HR boʻlimi rahbari oʻziga shogird oladi

Talab qilinadi:
- vaqt jihatidan toʻliq boʻsh boʻlish;
- insonlarni boshqarish va qiziqtirishda qobiliyatli boʻlish;
- gapga quloq solish;
- aytgan narsalarni oʻqib oʻrganish;
- koʻp gapirmaslik;
- kompyuter savodxonligida kamida oʻrta darajada boʻlish;
- hech boʻlmaganda Oʻzbek tilida tahrir qila olish;
- shaxsiy noutbukingiz boʻlishi.

Asosiy narsa — sohani o’rganib, shu sohada rivojlanishni istasangiz, so’rovnomani to’ldirishingizni so’rayman.

Ushbu soʻrovnomani toʻldiring: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScRz9U8zBFNFY16DF4lySXX2Fjn_KyZ43vsoDSPpjyPKr7_RQ/viewform?usp=sf_link

Soʻrovnomani oʻzidan saralash boshlanadi. E’tiborli boʻlib toʻldirishingizni soʻrayman.
👍5
Assalomu alaykum va rohmatulloh!
Oxirgi paytlarda faollik susaygan. Shaxsiy sabablarga ko'ra maqolalar yozishga vaqt topa olmadim va topa olmayapman hozir ham)) Hudo xohlasa yana manfaatli bo'ladigan, o'zimiz bilgan yoki yangi o'rgangan mavzularni kanalga joylab boramiz. Oldingi aytilgan gaplar hammasi rejada turibdi, qolib ketmaydi Hudo xohlasa. Har haftadagi master classlar ham yoki interview savollari ham, hammasi esdan chiqqani yo'q. Sustkashlik uchun uzr so'rayman🙂

@it_suhbat
🔥8👍5
#brain

Miyamizning qancha qismini ishlatamiz? Miyaning 2-3% qismi ishlaydi degan fikrga nima deysiz? Keling, shu mavzuda suhbatlashamiz :)

@it_suhbat
#java #internship
Anchadan beri rejalashtirilayotgan va kutilayotgan yangilik!

O'zbekiston Respulikasi Davlat Soliq Qo'mitasi huzuridagi "Yangi Texnologiyalar" ilmiy-axborot markazi java backend dasturchilarni stajirovkaga qabul qilishni boshladi😊

To'liq ma'lumotni kanalga joylayman, stajirovka 3 bosqichda bo'lishligi ko'zda tutilgan. Tanishlaringizga ulashishingiz mumkin

@it_suhbat