IT suhbat
876 subscribers
418 photos
105 videos
8 files
281 links
Faqat Java.

Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Download Telegram
Bu masalani JavaScript'da ishlashingiz kerak, lekin bu uchun JavaScriptni bilishingiz shart emasπŸ˜‚
😁5
Ishni tizimli tashkil qilishda bir nechta oraliq pozitsiyalar bor. Ya'ni biznes va dasturchi o'rtasini bog'lovchi va boshqaruvchi.

Bu o'z-o'zidan bir nechta mutaxassislarni talab qiladi va agar talab qilingan mutaxassislar o'z ishini yaxshi bajarmasa, jarayon juda ham murakkablashib ketadi, ish sur'ati sustlashadi. 2 ta yaxshi mutaxassis topishdan ko'ra 5 ta yaxshi mutaxassis topish anchagina qiyin.

Shuning uchun agar yaxshi mutaxassis bo'lmasa, tizimni murakkablashtirishning keragi yo'q. Tushunmovchiliklarni "eski" usulda hal qilish ham mana shunday vaziyatlarda qo'l kelib qolishi mumkin.

Sizning fikringiz...

@it_suhbat
πŸ‘6
😒 streak...

Kecha shunaqangi band kun bo'ldiki, leetcode borligi hayolimga ham kelmabdi.

Mayli, hechqisi yo'q. Yana boshidan boshlaymiz.
🫑8
Birinchi o'rinni kim olgandi?
🀣33πŸ‘3❀1
Orada tanaffus bo'ldi.

Shaxsiy-oilaviy hayotimda o'zgarish bo'lgani uchun ish, shaxsiy rivojlanish va sportga bo'lgan e'tibor oxirgi oyda ancha kamayib ketdi va mana naqd 6 kun leetcode uzilib qoldi.

Kelgan joyidan davom ettiramiz))

Bugungi masala easy ekan. Yoqimli ishtaha!

@it_suhbat
πŸ”₯3πŸ‘1πŸ€”1
Kanal faoliyati ham pastga qarab ketibdi))

Hudo xohlasa oz qoldi, yaxshi yangilik bilan qaytish qilamiz. Bunga 2-3 oy kerak hali. Ungacha barcha xalal beradigan ishlarni hal qilib olamiz.

Hozircha miyani charxlab, leetcode ishlab turaylik))

@it_suhbat
πŸ”₯8πŸ‘1
Forwarded from Yo'lda
Millat sifatida rivojlanishimiz kerak. Vijdonini sotganlar o'z yo'liga, ular yaloqilik qilib yuraverishsin.

O'zbekman deb g'ururlanadiganlar, harakat qilinglar, kuch biz tarafda bo'lsin. Shartni biz qo'yaylik, talabni biz qo'yaylik. Bizni yerlarga kelib, bizning orqamizdan non yeb, bizga shart qo'yishmasin.

Uyqusiz tunlar, qattiq mehnat, intizomning qiyinchiliklariga tayyor turing. Yutuqqa erishib, sizga so'z berilsa o'zbekchada gapirishdan uyalmang. Har sohada chempion bo'ling, gapingizni kerak bo'lsa tarjima qilib eshitishadi.
πŸ‘26πŸ”₯5
Kelgan g'oyani oxirigacha va 100% optimallik bilan bajarguncha shuncha urinish ketdi.

Bugungi masala qiziq ekan, Bir qarashda oson, lekin nozik joyi bor ekan))

@it_suhbat
πŸ”₯7
O'ylab qarasam, birinchi marta junior va senior tushunchalarini qurilishda ishlagan paytim uchratgan ekanman.

15-16 yoshimda yozgi ta'tilda qurilishga ishga chiqqanman. Kuniga 20 mingdan berardi bizga. Katta usta bor edi, u 80 ming olardi)) Sababi uyning qurilishi, mustaxkamligi, bizlarni ishlatish va hokazo mas'uliyatli ishlar uning bo'ynida edi.

Mas'uliyatni bo'yningizga olganingiz sari ko'tarilasiz. Har tomonlama.

@it_suhbat
πŸ‘17❀2πŸ”₯2
Bugungi masala va yana bitta medium masala juda qiziq ekan.
Ishlab ko'rishni tavsiya beraman.
πŸ”₯7πŸ‘2
HRlar, iltimos, raqamlarda va valyutalarda adashmanglar))

Bunaqada hamma system analyst bo'lib ketadiku))

@it_suhbat
😁26πŸ—Ώ3
#mock vs #spy

Mock β€” sinf yoki interfeysning skletini yasab beradi va unga so'rov bo'lganda o'zini qanday tutishini sozlashimizga, test davomida bu sinf metodlariga qanday so'rovlar bo'lganligini qayd qilib, tekshirishimizga yordam beradi.

Spy β€” sinfning haqiqiy obyektini hosil qiladi va xuddi mock'dagi kabi ta'sirlarni tekshirish imkoniyatini beradi.

Savol:
Qachon mock ishlatish kerak va qachon spy ishlatish kerak?

Javob:
Misol uchun, unit test jarayonida qandaydir adapter(tashqi servis bilan bog'lovchi, misol uchun REST) service bor va undan qaytgan natija ObjectMapper yordamida mapping qilinadi. Bu yerda adapter servis mock sifatida ishlatilishi mumkin. Ya'ni u o'zini haqiqiy servisdek tutmaydi, tashqi servisga so'rov yubormaydi. Biz oldindan tayyorlab qo'ygan javobni qaytarib bersa bo'ldi.
ObjectMapper esa spy bo'ladi. Sababi u qaytarilgan natijani haqiqatan mapping qilishi kerak. O'zining metodlarini to'laqonli bajarishi kerak. Shu bilan birga biz uning metodlariga murojaat bo'lgan yoki yo'qligini ham bemalol aniqlashimiz mumkin bo'ladi.

@it_suhbat
πŸ‘8
Tandirchi do'stlarimiz zo'r ketishyapti))

Va nihoyat kecha Javadan savollar qo'shildi. Endi bemalol kirib o'zbek tilida(!) bir-birimiz bilan bellashishimiz mumkin.

Ha aytgancha, siz platformada bo'lishini xohlagan noodatiy va qiziq savollarni bizdan.tandir.app manzili orqali qo'shishingiz ham mumkin.

Birgalikda ilm o'rganamiz, ulashamiz, tajriba oshiramiz.

πŸ“± Android: Google Playdan yuklash
🍏 iOS: App Storedan yuklash

@it_suhbat
πŸ‘8πŸ”₯5
Leetcode'da SQL bo'yicha ham masalalar ishlab turishni tavsiya qilaman.

Misol uchun: investments-in-2016

@it_suhbat
πŸ”₯2
#stack

Har bir Thread runtime ma'lumotlar saqlash uchun o'z Stack xotirasiga ega bo'ladi. Stack xotiraning ma'lum hajmi bo'ladi. Agar Thread Stack xotirasiga sig'maydigan darajada ko'p elementlar bilan ishlashga harakat qilsa, StackOverflow xatoligini keltirib chiqaradi.

Java oqimlari turli operatsion tizimlarda turlicha belgilangan hajmlarga ega Stacklar bilan ishlaydi. Misol uchun:
Windows IA32 β€” 64 KB
Windows IA64 β€” 320 KB
Windows x64 β€” 128 KB
Linux IA32 β€” 128 KB
Linux IA64 β€” 1024 KB
Linux x64 β€” 256 KB
Solaris/SPARC β€” 512 KB

Undan tashqari JVM ning ichki oqimlari bor. Misol uchun garbage collector, code generation oqimlari. Bular uchun hamma platformalarda hajm 256 KB qilib belgilangan.

Stack hajmini o'zgartirish uchun -Xss tanlovidan foydalanish mumkin. Misol uchun:
java -Xss:512k MyApplication


Bu buyruq hamma Stack xotiralarni, jumladan, JVM ichki oqimlaridagi Stack xotira hajmini ham o'zgartiradi.

@it_suhbat
πŸ‘18πŸ”₯1
Tandir qiziyaptiyu, kiringlar :)
πŸ”₯8😁2🫑2
Dilxiralikka sabab boΚ»larkan.
πŸ‘8πŸ‘Ž2πŸ”₯2