Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!
513 subscribers
11.3K photos
1.96K videos
71 files
5.06K links
🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz
📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/
🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari
📩Telegram: @Istiqbol_sari

Murojaat u-n telefonlar:
+998666461238
+998902800865
+998932354953
@X_Aktamov
Download Telegram
📜 “Istiqbol_sari” gazetasining 2024-yil №9-sonida o‘qing.

📌 Qo‘shrabot tumani Shensi tajribasi asosida rivojlantiriladi;

📌 Xotira-abadiy qadr-muqaddas;

📌 Deputatlar "mahalla yettiligi"bilan hamkorlik qiladi;

📌 Firibgarning nayrangi fosh bo‘ldi;

👆Shu va shu kabi boshqa yangiliklarni
www.istiqbolsari.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari haqida davlat tashkilotlarida ham huquqiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 204-sonli Qarori yuzasidan tuman tashkilotlar bo‘limi xodimlari o‘rtasida tushuntirishishlar olib borildi.

Tadbirlar davomida, ishtirokchilarga qaror bo‘yicha tayyorlangan materiallar tarqatilib, kelgusida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan tavsiya hamda maslahatlar berildi.

Bundan tashqari, tashkilot binolariga qarorning mazmun-mohiyati bayon etilgan flaer va bukletlar yopishtirildi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#tavsiya

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Mehnat faxriysi Normoʻmin Usmonov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi.


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi tumanimiz ziyolilaridan “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiyasini taqdim etishni boshladi.

Batafsil:👉https://telegra.ph/Kitob-tavsiya-05-10

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi mahallada sport maydonchasi qurishni odamlar ovoz berib hal qiladi

Sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman va shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.

Sport maydonchalari tuman (shahar)lar kesimida eng ko‘p ovoz olgan mahallaga qurib beriladi.

❗️Ovoz berish jarayoni ertaga, 10-maydan boshlanib, 1-iyungacha tashabbus.sport.uz saytida bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilda ushbu tizim sinov tariqasida o‘tkazilayotgani sababli, mahalla qo‘shish imkoniyati yo‘q. Vazirlikning o‘zi hududlardan kelgan so‘rovlar asosida ehtiyojmandligiga qarab, har bir tuman yoki shahar bo‘yicha 3 tadan nomzod mahalla ro‘yxatini oldindan kiritib qo‘ygan. Ovoz berish ana shu mahallalar orasida bo‘lib o‘tadi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Qo‘shrabot tumanida 10-may – 1-iyun kunlari o‘tkaziladigan media-tadbirlar

Vaqti: 11.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Media-tadbir mavzusi: Tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Vaqti: 13.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Media-tadbir mavzusi: Tuman iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Vaqti: 13.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Media-tadbir mavzusi: Tumandagi fermer va dehqon xo‘jaliklarining daromadini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Vaqti: 14.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Media-tadbir mavzusi: Kuz-qish mavsumida gaz ta’minotida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Vaqti: 15.05.2024.
Media-tadbir nomi: Press-tur
Mas’ul: tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Media-tadbir mavzusi: Tumandagi dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bozor tushumlari rejasi bajarilishi, narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

Vaqti: 16.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Agroinspeksiya boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi holati to‘g‘risida

Vaqti: 16.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Arxitektura va qurilish bo‘limi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Tumandagi uy-joylarga kommunal xizmat ko‘rsatishning bugungi kundagi holati, sohadagi muammo va kamchiliklar

Vaqti: 16.05.2024.
Media-tadbir nomi: Infografika
Mas’ul: Statistika bo‘limi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Tumanda 2024-yil 1-chorak iqtisodiy ijtimoiy rivojlanish statistik ko‘rsatkichlari

Vaqti: 17.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Suv ta’minoti korxonasi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Tuman aholisini sifatli ichimlik suvi ta’minlanganlik darajasi to‘g‘risida

Vaqti: 17.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: 2024-yilda aholini uzluksiz ravishda elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Vaqti: 17.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar

Vaqti: 18.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
Media-tadbir mavzusi: Tumanda 2024-yilda aholi tomorqalariga turli xil ekinlar ekish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Vaqti: 18.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Gaz ta’minoti korxonasi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Suyultirilgan gaz ta’minotidagi ID kartalardan foydanish tartibi

Vaqti: 18.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Yo‘llardan foydalanish korxonasi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Tumandagi avtomobil yo‘llariga xizmat ko‘rsatishning bugungi kundagi holati, sohadagi muammo va kamchiliklar

Vaqti: 18.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: IIB YHXB boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: 2024-yilning I chorak yakuniga qadar Yo‘l transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Vaqti: 18.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Yoshlar ishlari agentligi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida
#Matbuot_anjumani

Qo'shrabot tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi bo'limi bosh mutaxissisi Elyor Salimov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Mavzu: Tumanda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishhlar to'g'risida.

Batafsil: https://telegra.ph/Qoshrabot-tumani-Ekologiya-atrof-muhitni-muhofaza-qilish-va-iqlim-ozgarishi-bolimi-bosh-mutaxissisi-Elyor-Salimov-ishtirokida-ma-05-10

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
BAKTЕRIAL KUYISh KASALLIGI.

Bog'lardagi baktеrial kuyish kasalligini Erwinia  amylovora (Burrill)  Winslow  et  al. baktеriyasi qo'zg'atadi. Ushbu kasallik Kanada, Mеksika, Gvatеmala, AQSh, Kolumbiya, Chili,  Yangi  Zеlandiya,  Bеlgiya,  Polisha,  Gеrmaniya,  Chеxiya,  Italiya,  Grеsiya,  Angliya, Osiyoning  Viеtnam,  Xitoy,  Turkiya,  Yaponiya,  Saudiya  Arabistoni,  Misr kabi mamlakatlarda  kеng  tarqalgan. Kasallik qo'zg'atuvchi baktеriya asosan yomg'ir, shamol, hasharotlar yordamida, daraxtlarga shakl bеrishda ishlatiladigan asbob-uskunalar va qushlar orqali taqaladi.
Karshi kurash.  Kеsish paytida bog' asboblarini 0,5 foizli xloramin yoki 2 foizli formalin eritmasida tеz-tеz zararsizlantirib turish;
Kuzda barg to'kilishidan so'ng va bahorda kurtak yozishdan oldin 3 foizli, o'suv davrida esa (gullashdan 10-12 kun kеyin) 1 foizli Bordo suyuqligini purkash.
Bahorning nam va iliq haroratli kunlarida mеva gullab, toki gul barglari to'kilguncha strеptomisin (17% formulasi 100 litr suvga 40-60 gramm miqdorda) yoki oksitеtrasiklin (17% formulasi 100 litr suvga 120 gramm miqdorda) prеparatlaridan foydalanish mumkin. Mеva gullari va novdalar uchlari kasallik tarqalishi uchun eng moyil daraxt a'zolari bo'lgani sababli, ushbu prеparatlarni yaxshilab sеpilishini nazorat qilish kеrak. Qolavеrsa, baktеriyalar bunga oson ko'nikish hosil qilishi tufayli ko'p foydalanish tavsiya etilmaydi.
Shuningdеk, 0,5dan 1,0%gacha mis kuparosi aralashmasini (bordo suyuqligi ham bo'ladi) kurtaklar 0,5sm o'sgan paytda sеpish kеrak bo'ladi. Bu daraxtning tashqi qismida kasallik ko'payishi oldini olishga xizmat qiladi. Unutmang, mis kuparosi mеvalarning ustki qatlamida dag'al dog'lar hosil qilish xavfini ham tug'dirishi mumkin. Shu bois sеpilayotgan aralashmaga imkon qadar kamroq mis kuparosi qo'shing va agar iloji boricha mеvalar gullaganidan kеyin sеpishga harakat qiling.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi Qoʻshrabot tuman boʻlimi fitosanitar nazorati davlat inspektori
Ismoilov Sh.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Samarqand viloyatida qancha baliq ovlangan?

🔹 2024-yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 451,5 tonna (2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 2,7 marta ko‘p) baliq ovlandi.

Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmidan 86,9 foiz fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari