O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
2.22K subscribers
4.9K photos
335 videos
48 files
3.18K links
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali

Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Download Telegram
⚡️Bugun O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida malaka oshirish kurslarining taqdirlash marosimi o’tkazildi

O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan nodavlat-notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyatidagi rolini oshirish, ijtimoiy sheriklik aloqalarini tizimli o’rnatish hamda kadrlar malakasini mustahkamlash maqsadida 83 nafar NNT lar rahbarlari uchun “O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasi”da malaka oshirish kurslari tashkil etilgan edi.

Ushbu malaka oshirish kurslarida O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi huquqiy himoya va murojaatlar bilan ishlash sho’basi bosh inspektori A.Axmadov, Sirdaryo viloyati hududiy birlashmasi raisi E.Bibalayev, Quva tuman jamiyati raisi A.Hamidovlar faol ishtirok etishib, taqdirlash marosimida sertifikat va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar, davlat organlarining boshqa qarorlari loyihalarini ommaviy muhokama qilish nima deb ataladi?
Anonymous Quiz
15%
Jamoatchilik nazorati
68%
Jamoatchilik muhokamasi
15%
Jamoatchilik eshituvi
2%
Jamoatchilik surishtiruvi
⚡️O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi iste’molchi sifatida Sizning huquqlaringiz himoyachisi! Huquqlaringiz buzilgan hollarda

📳 1091
O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi qisqa ishonch raqami

📳 71 294-52-28
Toshkent shahar hududiy birlashmasi

📳 55 902-70-74
Toshkent viloyat hududiy birlashmasi

📳 73 244-51-98
Farg’ona viloyat hududiy birlashmasi

📳 74 223-20-50
Andijon viloyat hududiy birlashmasi

📳 65 223-85-85
Buxoro viloyat hududiy birlashmasi

📳 95 601-10-91
Qoraqalpog’iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi

📳 75 221-30-06
Qashqadaryo viloyat hududiy birlashmasi

📳 79 223-03-21
Navoiy viloyat hududiy birlashmasi

📳 72 226-32-33
Jizzax viloyat hududiy birlashmasi

📳 55 651-10-91
Sirdaryo viloyat hududiy birlashmasi

📳 62 223-08-16
Xorazm viloyat hududiy birlashmasi

📳 88 593-93-80
Namangan viloyat hududiy birlashmasi

📳 76 223-50-35
Surxondaryo viloyat hududiy birlashmasi

📳 66 231-01-72
Samarqand viloyat hududiy birlashmasiga murojaatingizni qoldiring.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Yana bir murojaat ijobiy hal etildi

Joriy yilning 29-aprel sanasida O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga fuqaro K.J Mirzo Ulug’bek tumanda faoliyat yurituvchi “K sug’urta” MCHJ faoliyatidan norozi bo'lib ariza qoldirgan. Ariza mazmuniga ko'ra belgilangan miqdordagi sug'urta mablag'i iste'molchiga o'z vaqtida to'lab berilmaganligi haqida bayon etilgan.

Hududiy birlashma hodimlari tomonidan murojaat to'liq tartibda o'rganildi, korxona rahbariga murojaat etildi. Jamiyat hodimlari aralashuvi natijasida, 6 146 120 (olti million bir yuz qirq olti ming bir yuz yigirma) so'm miqdordagi mablagʻ iste'molchiga to'liq shaklda qaytarilishga erishildi. Murojaat ijobiy hal etildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
#hafta_dayjesti

⚖️ O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tarkibiy tuzilmalari tomonidan hafta davomida ijobiy hal etilgan murojaatlar dayjesti

Nurota tumanida Skuter “5” quvvatli modelga almashtirildi
https://www.facebook.com/share/p/1BTShttX9e/?mibextid=wwXIfr

Koson tumanida asossiz 4 million so’m qarzdorlik bartaraf etildi
https://www.facebook.com/share/p/12Li8KhLo85/?mibextid=wwXIfr

Boysun tumanida sifatsiz kir yuvish mashinasi sifatlisiga almashtirildi
https://www.facebook.com/share/p/1BrfAS2UkQ/?mibextid=wwXIfr

Xo’jayli tumanida sifatsiz tish protezi to’lovi qaytarildi
https://www.facebook.com/share/p/1Dot9uStSB/?mibextid=wwXIfr

Sherobod tumanida 21 million so’m asossiz qarzdorlik bartaraf etildi
https://www.facebook.com/share/p/16KeaSJY52/?mibextid=wwXIfr

Mirishkor tumanida nosoz televizor sifatlisiga almashtirildi
https://www.facebook.com/share/p/1DjF2RGpAF/?mibextid=wwXIfr

Quvasoy shaharda 12 milliom so’mlik sifatsiz darvoza uchun to’langan to’lov qaytarildi
https://www.facebook.com/share/p/1Dqb9JbLdW/?mibextid=wwXIfr

Zarafshon shahrida Onlayn savdo orqali xarid qilingan smartfon sifatlisiga almashtirildi
https://www.facebook.com/share/p/16cVpEussK/?mibextid=wwXIfr

Qo’shtepa tumanida sifatsiz kir yuvish mashinasi muammosi bartaraf etildi
https://www.facebook.com/share/p/1BbT2XjByS/?mibextid=wwXIfr

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Hamkorlik tadbirlari davom etmoqda

Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda uning hududiy birlashmalari va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan doimiy ravishda aholining isteʼmol madaniyatini oshirishga qaratilgan keng koʼlamli targʼibot tadbirlari muntazam oʼtkazib kelinmoqda.

Shuningdek oʼz haq-huquqlarini doimiy ravishda himoyalanishini istagan faol fuqarolar aʼzolikka qabul qilinib ularga aʼzolik guvohnomalari, «Isteʼmol madaniyati» gazetalari topshirilmoqda.

Bugun Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand shahar jamiyati raisi tomonidan Samarqand shahar «Siyob dehqon bozori» MChJning 56 nafar ishchi xodimlarning Federatsiya aʼzoligiga qabul qilinganligi munosabati bilan tashkilot direktori Sh.Аlibekovga aʼzolik guvohnomasi hamda jamiyat faoliyatiga qoʼshgan munosib hissasi uchun homiylar tomonidan sovgalar topshirildi.

Shuningdek Samarqand shahrida isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qilish borasida qilinishi lozim boʼlgan ishlar xususida fikr almashildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
“Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi qonunning nechanchi moddasida Jamoatchilik nazoratining obyekti ko’rsatilgan?
Anonymous Quiz
40%
4-modda
33%
5-modda
16%
6-modda
11%
7-modda
⚡️Sifatsiz tilla taqinchoqlar uchun to’langan to’lov qaytarildi

Karmana tumani “Navro‘z” mahallasida yashovchi fuqaro R.R Navoiy savdo kompleksida joylashgan savdo do‘konlaridan biridan umumiy qiymati 8 150 000 so‘m bo‘lgan tilla taqinchoq xarid qiladi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, ushbu mahsulotda ishlab chiqarish sifatiga oid kamchilik va nuqsonlar mavjudligi aniqlanadi.

Fuqaro mazkur holat yuzasidan savdo do‘koni xodimlariga murojaat qiladi, biroq uning mahsulotni almashtirish yoki pulini qaytarib berish haqidagi talabi rad etiladi.

Mazkur murojaat Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan ko‘rib chiqildi va mahsulotda haqiqatan ishlab chiqarishga oid nuqsonlar mavjudligi aniqlandi.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan savdo do‘koni rahbariyati bilan o‘tkazilgan tushuntirish ishlari natijasida taqinchoq qaytarib olindi hamda iste’molchiga to‘langan 8 150 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Aholining huquqiy bilimi va iste'mol madaniyatini oshirish yo‘lida

Toshloq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan jamiyatning 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy faoliyat yo‘nalishlari ish rejasiga ko‘ra tumandagi bir qator korxona va tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi va "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlar Toshloq tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi va tuman Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari xodimlari ishtirokida ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda tuman jamiyati mutaxassislarining yuqorida nomlari zikr etilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni keng targ‘ib qilish orqali fuqaro (iste'molchilar)ning huquqiy savodxonligi va iste'mol madaniyatini oshirishga, shuningdek huquqlari buzilgan holatlarda tegishli idoralarga murojaat etish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ma'ruzalari tinglandi. Shu bilan birga tadbir ishtirokchilariga iste'mol sohasiga oid qonunchilik yangiliklari, iste'molchilarning bu boradagi huquq va majburiyatlari haqida ma'lumotlar berildi.

Tadbirlar doirasida ishtirokchilarning mavjud muammolari bo‘yicha huquqiy maslahatlar berilib, zaruriy yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar ham berib o‘tildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Ishlab chiqarish defektiga ega boʻlgan uyali aloqa vositasi uchun sarflangan mablag’ iste’molchiga qaytarildi

Joriy yilning aprel oyida iste’molchi A.R “T T” doʻkonidan “HONOR 200 12/512 Moonlight white” rusumli uyali aloqa vositasini 6 889 000 soʻm mablagʻ evaziga xarid qilgan.

Uyali aloqa vositasidan bir necha kun foydalanilgandan soʻng telefon apparatida nosozliklar kuzatilgan.
Shundan soʻng iste’molchining otasi X.Sh uyali aloqa vositasini almashtirish maqsadida korxonaga murojaat qilgan. Ammo korxona tomonidan murojaat qondirilmagan. Iste’molchi kuzatilgan holatdan norozi boʻlib federatsiyaning ishonch telefoni orqali murojaat qoldirgan.

Hududiy birlashma hodimlari tomonidan murojaat tegishli tartibda oʻrganilib, “T T” korxonasiga murojaat etildi, murojaatda koʻrsatilgan holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Uyali aloqa vositasi diagnostik koʻrikdan oʻtkazildi. Diagnostik koʻrik natijasiga koʻra apparat ishlab chiqarish defektiga ega ekanligi ma’lum boʻldi.
Korxona tomonidan iste’molchi sarflagan summa toʻliq iste’molchiga qaytarilishiga erishildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
……-tovardan foydalanishning belgilangan muddati bo‘lib, u tamom bo‘lgach, tovarning texnik holatidan qati nazar, undan foydalanish to‘xtatilishi lozim.
Anonymous Quiz
15%
Kafolat muddati
22%
Xizmat muddati
56%
Yaroqlilik muddati
7%
Servis muddati