Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga rasmiy tashrifini yakunladi va Toshkentga jo‘nab ketdi. "Esenbog‘a" xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari va uning rafiqasini Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz kuzatib qo‘ydi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев завершил свой официальный визит в Турцию и отбыл в Ташкент. В международном аэропорту «Эсенбога» главу нашего государства и его супругу проводил вице-президент Турции Джавдат Йылмаз.
#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

❤25👍5👏1
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi marhuma Durdona Hakimovaning jasadi va uning ikki nafar farzandi O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Vatanga qaytarildi.
Marhuma va uning farzandlarining Vatanga qaytish bilan bog‘liq xarajatlari Bosh konsulxona hamda Migratsiya agentligi hisobidan qoplab berildi.
Afsuski, mazkur hodisa yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda marhumaning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, salbiy hamda biryoqlama fikrlar tarqalmoqda.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, Durdona Hakimova Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan “Eskeri melzeme” nomli harbiy kiyim-kechak savdo do‘konining muassisi bo‘lgan. U faol tadbirkor sifatida ko‘plab yurtdoshlarimizga yordam ko‘rsatib kelgan. Uning farzandlari esa dizaynerlikka ixtisoslashgan litseyda tahsil olishgan.
Hurmatli yurtdoshlar!
Vaziyatni to‘liq o'rganmasdan turib, hamyurtimiz haqida biryoqlama, noxolis va shaxsni kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatish, tahqirlovchi izoh yozish qonunchilikda belgilangan javobgarlikka olib kelishini, bundan tashqari, millatimizga nisbatan xalqaro maydonda salbiy fikrlar shakllanishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

❤54👏19🔥15👍8
Turkiyadagi vatandoshlarimiz uchun muhim sovg‘a
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbuslari bilan Istanbul shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktabi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.
Mazkur marosim davlatimiz rahbarining Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat rahbarlari tomonidan Anqara shahridan onlayn shaklda o‘tkazildi. Istanbul shahrida tashkil etilgan tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsuli Sherzod Abdunazarov, Turk davlatlari tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Mirvohid Azimov hamda Turkiya tomoni mas’ul vakillari ishtirok etdilar.
➖ 600 o‘rinli mazkur maktab O‘zbekistonning xorijda tashkil etilayotgan ilk davlat umumta’lim muassasasi hisoblanadi.
📘 O‘quv jarayoni o‘zbek tilida, O‘zbekistonning davlat umumta’lim dasturlari asosida olib boriladi.
🏗 Hozirgi vaqtda maktabni loyihalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
📍 Bo‘lajak maktab Istanbul shahri, Bakırköy tumanida, E-5 Halka yo‘li bo‘yida, MÜSİAD binosi yaqinida quriladi.

❤47👍19🔥5👏2
Maktabimiz tamal toshini qo‘yish marosimidan avval milliy va diniy an’analarimizga muvofiq Qur’on tilovati ado etilib, qurbonlik qilindi hamda yurtboshimizning ushbu xayrli tashabbuslari ezgu va holis duolar bilan boshlab olindi.
❤88👍33🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1441 yil 9 fevralda o‘zbek adabiyotining asoschisi, mutafakkir shoir, yetuk nosir, iqtidorli olim, davlat arbobi - Alisher Navoiy tavallud topgan kun
❤40👏7🔥1
S.Ergashalievaning vafoti yuzasidan rasmiy munosabat
Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avval Durdona Hakimovaning o‘limi bilan bog‘liq hodisadan so‘ng bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro - 1994-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan Ergashalieva Sayyoraning vafot etganligi aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, S.Ergashalieva marhuma D.Hakimovaning yaqin dugonasi bo‘lgan.
Tergov jarayonida gumonlanuvchilar S.Ergashalieva yuzasidan ko‘rsatma berishdan bosh tortganliklari qayd etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 22-yanvar kuni marhumalar hamda gumonlanuvchilar Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan restoranlardan birida birgalikda tushlik qilgan. Uchrashuv davomida S.Ergashalieva va G.K. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Taxminlarga ko‘ra, mojaro S.Ergashalievaning O‘zbekistonga qaytish niyati bilan bog‘liq masalada kelib chiqqan.
23 yanvar kuni T.D. va K.G. o’zaro til biriktirib S.Ergashalievani avval pichoq bilan o’ldirib, tanani bir necha qismlarga bo’lib Fotih tumanidagi axlat qutilariga tashlashgan.
24-yanvar kuni qotillar S.Ergashalievaning telefonidan D.Hakimovaga SMS xabar yuborib uni ham chaqirib, S.Ergashalieva singari uni pichoq tiqib o’ldirib, tanani bir nechta qismlarga bo’lib, Shishli tumanidagi axlat qutilariga tashlashgan.
S.Ergashalievaning jasadi topilganligi haqida OAV da malumot tarqaldi. Biroq Istanbul Sud tibbiy ekspertizasiga hozircha jasad olib kelinmadi.
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur holatni doimiy nazoratga olgan bo‘lib, Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda.
Tergov harakatlari davom etmoqda. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish bo’yicha ehtiyot chora qo’llanilgan va ular aybiga iqror bo’lishgan, hujjatlar sudga taqdim qilingan.
Marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlashtirilishi bilan jamoatchilik xabardor qilinadi.

😱38❤13👍8🔥2
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi
Bugun, buyuk davlat arbobi, sarkarda, shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.
Zahiriddin Muhammad Bobur - o‘zining boy ilmiy-adabiy merosi, davlat boshqaruvi va sarkardalik salohiyati bilan jahon tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk ajdodimizdir. Uning qalamiga mansub “Boburnoma” asari nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki jahon memuar adabiyotining durdonalaridan biri sifatida yuksak e’tirof etiladi.
Bobur Mirzo asos solgan davlat, uning ilm-fan, madaniyat va ma’rifatga bo‘lgan e’tibori, bag‘rikenglik va adolatga asoslangan boshqaruv tamoyillari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Buyuk ajdodimizning hayoti va faoliyati yosh avlodni Vatanga sadoqat, ma’rifat va yuksak maqsadlar sari intilishga undaydi.
Buyuk ajdodlarimiz merosini asrab-avaylash va keng targ‘ib etish, uni munosib ravishda kelajak avlodlarga yetkazish – barchamizning muqaddas burchimizdir.

❤18👍7🔥2
Фуқаро Ватанга қайтарилди
Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонаси томонидан кўрилган чора-тадбирлар натижасида иш излаб Истанбул шаҳрига келиб, мураккаб ижтимоий вазиятга тушиб қолган фуқаронинг мурожаати ижобий ҳал этилди.
Фуқарога консуллик-ҳуқуқий ва ташкилий ёрдам кўрсатилиб, унинг Ватанга қайтиши таъминланди. Авиа чипта харажатлари Ўзбекистон мусулмонлари идораси Андижон вилояти вакиллиги томонидан қоплаб берилди.
Бош консулхона хорижга ишлаш мақсадида келаётган фуқароларни барча ҳужжатларни қонуний тартибда расмийлаштиришга, текширилмаган ва шубҳали таклифларга ишонмасликка чақиради.
Ҳамкорлик учун Ўзбекистон мусулмонлари идораси Андижон вилояти вакиллигига алоҳида миннатдорчилик билдирамиз.

👍37❤12👏11
Qadrli vatandoshlar!
Avvalo, siz, azizlarni, butun xalqimizni yurtimizga mehr-oqibat, xayr-u saxovat va shukronalik timsoli bo‘lgan muqaddas Ramazon oyining kirib kelishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Albatta, ushbu qutlug‘ ayyomda barchamizni Ramazoni sharifga mana shunday sog‘-omon, birlik va hamjihatlikda yetkazgani uchun Parvardigori olamga cheksiz shukronalar aytamiz.
Aziz do‘stlar!
Qutlug‘ zaminimiz uzra Alloh taoloning marhamati yog‘ilib turgan mana shunday saodatli kunlarda ajdodlar xotirasini, ularning ezgu ishlari, xayrli amallarini eslash va davom ettirish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda islom dini va madaniyati ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning muqaddas qadamjolarini obod qilish, ilmiy merosini tiklash va o‘rganish, xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz o‘rtasida targ‘ib etish bo‘yicha ko‘pgina ishlarni amalga oshirayotganimiz sizlarga yaxshi ma’lum, albatta.
Ulug‘ ajdodlarimizning shonli an’analariga sadoqat bilan yashab kelayotgan xalqimizning azm-u shijoati bilan noyob me’moriy loyihalar asosida Toshkent shahrida – Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda esa buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriy majmuasini bunyod etish ishlari yakuniga yetkazilganini faxr bilan aytib o‘tmoqchiman.
Ramazoni sharif kunlarida muhtaram ulamolarimiz, ilm-fan va ijod ahli, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ana shu tabarruk maskanlarda buyuk aziz-avliyo va allomalarimiz xotirasiga ehson dasturxonlari yozib, bu muqaddas ziyoratgohlar eshiklarini xalqimiz uchun keng ochishni reja qilganmiz va bu ishlarni albatta amalga oshiramiz.
Afsuski, hozirgi vaqtda jahonning turli mintaqalarida urush va janjallar davom etmoqda. Pok niyatlar qabul bo‘ladigan ushbu muborak ayyomda nizo va adovatlar barham topib, tinchlik, o‘zaro ishonch va hamkorlik aloqalari qaror topishini chin dildan istab qolamiz.
Fursatdan foydalanib, uzoq va yaqin mamlakatlardagi vatandoshlarimizga, butun musulmon ummatiga ham samimiy tabrik va tilaklarimizni yo‘llaymiz.
Muhtaram yurtdoshlar!
Sizlarni ezgulik, mehr-muruvvat va baraka oyi – mohi Ramazonning boshlanishi bilan yana bir bor tabriklayman.
Ushbu shukuhli kunlarda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik tilayman.
Ro‘za kunlarida qilinadigan barcha ibodatlar, ezgu niyat va amallar ijobat bo‘lsin!
Xalqimizni, Vatanimizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin!
Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

❤46👍9👏1😱1