Istanbul Boshkonsulxonasi
6.63K subscribers
1.23K photos
254 videos
5 files
642 links
O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanali

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://uzconsulate.taplink.ws/
Telegramdagi bot: https://t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️
Жорий йилнинг 9 февраль куни фаол диаспора вакиллари томонидан йиғилган 15 минг АҚШ долларилик гуманитар ёрдам (иситгич, генератор, озиқ-овқат, иссиқ кийим, гигиена маҳсулотлари ва б.) Бош консулхона томонидан Туркиянинг жанубида содир бўлган табиий офатдан зарар кўрган оилаларга юборилди. Ушбу маҳсулотлар ҳозирги вақтда Хатай вилоятида бўлиб турган “Ўзбекистон маданияти, бирдамлик ва ҳамкорлик” жамияти ходимлари орқали  тарқатилмоқда.
O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari Turkiyaning Hatay viloyati vayronalari ostidan yana 14 kishining jasadini olib chiqdi

Batafsil
Батафсил

Telegram | Facebook | Twitter| YouTube |Telegram (на русском)
Forwarded from Anadolu Ajansı
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Özbekistanlı ekip Hatay’da Aslı Ayan Sokağı’nda bir binanın en kazından 102 saat sonra Naim Bayaslı’yı kurtardı http://v.aa.com.tr/2814067
🇹🇷 Туркиянинг жануби-шарқий вилоятларида рўй берган кучли зилзила оқибатида кўплаб инсонлар қурбон бўлгани ва катта талофатлар кўрилгани туфайли Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси ҳамда «Ёшлар - келажагимиз» жамғармаси томонидан иссиқ овқат тайёрлаб тарқатиш мақсадида Ўзбекистондан юборилган Бахриддин Чустий бошчилигидаги ошпазлар гуруҳи Бош консулхона ходимлари томонидан кутиб олинди.

Ишчи гурух зилзила содир булган ҳудудга қараб йўл олди.
⚡️⚡️⚡️
Xushxabar!

Yana 2 nafar vatandoshimizni zilzila sodir bo’lgan Adana shahridan Istanbulga evakuatsiya qilishga erishildi.

Ularga O’zbekiston Havo Yo’llarining HY-274 Istanbul-Toshkent samolyoti uchun avia-chipta olib berilib, vatanimizga kuzatib qo’yildi.

Fuqarolarimizga OQ YO’L tilab qolamiz.
🇺🇿dan yuborilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuki 🇹🇷ga yetib keldi.
***
🇺🇿dan gönderilen sıradaki insani yardım yükü 🇹🇷ye ulaşmıştır.
‼️Bugun yana bir O’zbek oilasining 5 nafar a’zosi zilzila sodir bo‘lgan Malatya shahridan evakuatsiya qilindi. Ularga Bosh konsulxonaning tabiiy ofat oqibatini bartaraf etish uchun ochilgan maxsus hisob raqamidan aviachiptalar harid qilinib Vatanimizga yuborishga erishildi.

Shu o'rinda faol vatandoshlarimiz va O‘zbekiston Havo yo'llarining Istanbuldagi vakolatxonasi hodimlariga aviachiptalarni tezkor ravishda rasmiylashtirib berish va boshqa yordamlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.
⚡️⚡️⚡️ E'lon!

Turkiya prezidenti R.T.Erdogan Turkiya oliy o'quv yurtlari yozga qadar ta‘limni onlayn ravishda davom ettirishni e'lon qildi.

Barcha yotoqxonalar zilzilada boshpanasiz qolganlar uchun berilishi ma‘lum qilindi.
⚡️⚡️⚡️

11 fevral kuni Turkiyadagi zilzila natijasida Hatay shahrida vafot etgan Andijon viloyatida tug’ilgan 56 yoshlik U.H.ning jasadi Istanbul aeroportidan Farg’ona shahriga yuborildi.

Marhumni Alloh rahmatiga olsin. Yaqinlariga sabr tilaymiz. Bu borada Bosh konsulxonaga moddiy va ma’naviy yordam berganlarga tashakkur bildiramiz.
⚡️⚡️⚡️
Bugun zilzila natijasida Kahramanmarash shahrida vafot etgan yana bir fuqaromiz asli Namanganlik 40 yoshlik N.M.ning jasadi O‘zbekistonga yuborildi.

Marhumani Alloh rahmatiga olsin. Yaqinlariga sabr tilaymiz. Bu borada Bosh konsulxonaga moddiy va ma’naviy yordam berganlarga tashakkur bildiramiz.
‼️ Yana bir Gaziantepdan kelgan fuqaromizga aviachipta xarid qilib Vatanga qaytarishga erishdik.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📍Fojea ro‘y bergan Gaziantep shahrida qardosh xalqqa og‘ir kunlarda yordam ko‘rsatish uchun jonajon O‘zbekistonimizdan yetib kelgan o‘z ishi ustasi bo‘lgan bir guruh oshpazlarimiz tunu-kun mehnat qilishmoqda.

Oshpazlarimiz har kuni kamida 6 ta katta qozonda 2 mahal taniqli o‘zbek palovi va boshqa milliy taomlarni pishirib xalqqa tarqatishmoqda.

"Ta‘kidlash joizki, taomlar pishirish uchun barcha masalliqlar Vatanimizdan insonparvarlik yordam sifatida keltirilmoqda".

Aziz oshpazlarimizga kuch-quvvat tilab, pishirgan taomlariga baraka berishini so‘rab qolamiz!
🇺🇿dan yuborilgan navbatdagi 5-insonparvarlik yordami yuki ham 🇹🇷ga yetib keldi.
***
🇺🇿dan gönderilen sıradaki 5.insani yardım yükü de 🇹🇷ye ulaşmıştır.
⚡️Bugun Bosh konsulxona Yelkadosh jamiyati bilan hamkorlikda Istanbulga ishlash maqsadida kelib, hasta bo‘lib qiyin ahvolga tushgan vatandoshimiz asli Namanganlik 41 yoshlik 2 nafar farzandning onasi A.G.ni o‘z oilasi bag'riga yubordi.

Kasallik tufayli uchishga ruxsat berilmagan va Turkiyada noqonuniy holatga tushib qolgandi.

Bosh konsulxona mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda mamlakatimizga qaytishiga muvaffaq bo'ldi.

A.G. ni yaqinlari barcha yordam berganlarga cheksiz minnatdorchilik bildirdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Hatay shahrida qiynalganlarga yordam berish maqsadida borgan "O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik" jamiyati hodimlari u yerdagi holat va kayfiyatni namoyon qilmoqdalar.

Haqiqatdan ham butun dunyodan, shu qatorda O'zbekistondan yuborilgan oziq-ovqat va kiyimlar juda vaqtida jonlariga oro kirganligi va hozir yetarli ekanligi o'rganildi.

Ko‘mak bermoqchi bo‘lganlar ko‘chma hojatxona, yuvinish xonalari, qurilish mahsulotlari va albatta moddiy (pul) bersalar maqsadga muvofiqdir, demoqda jamiyat rahbari Chokay Kochar.