Islomiy_statuslarim
11 subscribers
289 photos
326 videos
3 files
82 links
Маъноли ва Ибратли ҳикоялар...

🍃🌸🍃
#Зикр

🌸Ўзингизни ёлғиз ҳис қилсангиз, Роббимнинг зикри билан машғул булинг!

📿 Субҳаналлоҳ

📿 Алҳамдулиллаҳ

📿 Аллоҳу Акбар

📿 Лаа илааҳа иллаллоҳ


InshAlloh 1k
Kanal ochilgan sana - 06.01.2022
Download Telegram
Eng kulgulisi shuki, odamlar sizdan avvalgidek foydalana olishmasa, o'zgarib ketibsan deyishadi..

@islomiy_statuslarim_video



Alamliaaa😅🥹
Birovning narsasini birov avaylamaydi. (Qalb ham shunday)

@islomiy_staruslarim_video
Bzayam wunaqa qliluuuu🥹
Bitta obunacimiz wunaqa qib manga tawavoripti🥹🥹rosa xursand bolidmee raxmat owa obunaciga☺️☺️
Zerikdim..
Zerikdim, Tahajjudsiz tunlardan-u Bomdodsiz ottirgan tonglardan zerikdim. Zikring bo'lmagan bu qalbdan zerikdim. Yo Alloh, Sensizlikdan men juda zerikdim. Dunyo ortidan quvishdan, uni o'ylab yurishdan, Sendan uzoq insonlardan zerikdim. G'iybat taraluvchi suhbatlardan, Sendan chalg'ituvchi soxta do'stlardan, tartibsiz o'tgan kunlardan, bekor, bedor o'tgan tunlardan zerikdim. Dangasalik, tanballik, faxshga to'la ko'chalar-u, undan tiyila olmayotgan ko'zlardan zerikdim. Yo Alloh, Sensizlikdan men juda zerikdim. Har gal tavba qilib o'sha gunohni yana va yana takrorlashdan zerikdim. Bilganlarimga bir foiz ham amal qilmaslikdan, shunday bo'lsa ham ne'matlaringga ko'mib tashlashingga loyiq shukr qilmasligimdan zerikdim. Yo Alloh, Sensizlikdan men juda zerikdim..
@islomiy_statuslarim_video
#biroz_kulgu
Bemor:🤕
— doktor meni jigarim ogriyapti
Shifokor:👨‍⚕
— hozir tekshirib koramiz, birontasi bilan urushganmidiz?
Bemor:🤕
— ha, kecha 5tasi bilan urushgandim.
Shifokor:👨‍⚕
— ana bolmasam ozingiz nozikkina ekansiz qanday urushdingiz?
Bemor:🤕
— hamma qatori.
Shifokor:👨‍⚕
— qayerda urushdinigiz?
Bemor:🤕
— TELEGRAMDA .....🤣🤣🤦‍♂

@islomiy_statuslarim_video
Islomiy_statuslarim
Zerikdim.. Zerikdim, Tahajjudsiz tunlardan-u Bomdodsiz ottirgan tonglardan zerikdim. Zikring bo'lmagan bu qalbdan zerikdim. Yo Alloh, Sensizlikdan men juda zerikdim. Dunyo ortidan quvishdan, uni o'ylab yurishdan, Sendan uzoq insonlardan zerikdim. G'iybat taraluvchi…
Kimliglarini bilmiman lekn kop postlarimizga 🕊shu reaksyani qoldirib ketibtila raxmat kottakon🥹🥹rosayam xursan bob kettimey 4 ta pm 👀 lekn 2 ta reaksya turibti reaksya bosib mb omidiku🥺mayli Fiamanillah
Mavlono Jaloliddin Rumiyning qisqa ammo eng sara hikmatlari

• Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi.
• Ey, dil! Na bitmas xazinasan, na davosiz dard.
• Ming yil o‘qisamu, mendan «nimani bilding», deb so‘rasalar, «haddimni bildim» deyman.
• Dedilarki, ko‘zdan yiroq ko‘ngildan yiroq. Dedimki, ko‘ngildagi ko‘zdan yiroq bo‘lsa ne naf?
• Ishq azobi tortmagan yurak yo telbaning, yo murdaning yuragidir.
• Ey, yor! Biz ishq uzumining shingillari edik-ku! Boshqa shishalarga sharob bo‘libmiz, boshqa xayollarda harob bo‘libmiz.
• Gulning go‘zalligi urug‘idan; insonning husni esa qalbidandir.
• Ko‘nglingni poklamabsan-ku, tinmay tahorat olganing nimasi?!
• Odamlar suratini bezatsa, sen siyratingni beza. Odamlar boshqalar aybidan so‘z ochsa, sen o‘z qusuringni o‘yla.
• Poktiynat kishilar suhbatidan bahramand bo‘lmoq, podishohlar boshiga toj bo‘lmoqdan afzaldir.
• Hojat emas, hammasini so‘zla bayon qilmoqqa, bir boqmoq ming so‘zdan yaxshidir anglaganga.
• O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha.
• Har holni xayr, har kechani qadr, har kelganni Hizr bil.
• Inson tabassumi bilan tarbiyasini, nimaga kulgani bilan saviyasini namoyon qiladi.
• Ey, do‘st! Men Majnun emasman, ammo chaqirsang cho‘li biyobonga borishga ham tayyorman.
• Ko‘ngil bog‘, ko‘zlar bulutdir. Bulut yig‘lasa bog‘lar yashnagay.
• Shamdek yosh to‘k, ko‘ngil uying charog‘on bo‘lsin.
• Biz sevsak gar, yer bo‘lamiz, biz sevsak gar, sel bo‘lamiz. Biz sevsak gar, lol bo‘lamiz, biz sevsak gar, jon bo‘lamiz.
• Modomiki, hammaning gunohini bekitolmaysan, o‘z ko‘zingni yumib qo‘ya qol.
• Dili va tili bir bo‘lmagan inson yuz tilni bilsa ham tilsiz sanalgay.
• Bizni bilgan biladi, bilmagan o‘zi biladi.
• Do‘st deb achchiq gapirganga emas, achchiqni shirin gapirganga aytiladi.
• Dunyo tuzoqdir, doni hoyu-xavasdir.
• Go‘zal kunlar kelishini kutma. Unga tomon bormog‘ingni unutma.
• Kitob o‘qishdan oldin o‘zimizni o‘qishni o‘rganaylik.
• Hayot uyqudir, o‘limla uyg‘onur inson. Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on.
• G‘ayrating qanotingdir.
• Adolat daraxtni sug‘ormoq, zulm esa tikanga suv to‘kmoqdir.
@islomiy_statuslarim_video
Umr qisqa.
Amallar oz.
Gunohlar ko’p.
Tavbalar oz.

Kunlarim ziyonimga o’tmoqda.
Allohim kechir, O’zingga qaytar!
آمين
☪️ ҲАДИС ДАРАЖАЛАРИ:

1. Саҳиҳ – санаддаги ровийлар ўзидан олдинги ровийдан бевосита олган ҳадисдир. Бу ўринда ровийнинг одили бўлишлиги, мукаммал шаклда ҳадисни забт қилганлиги ва ҳадиснинг саҳиҳлигига таъсир қилувчи иллат бўлмаслиги шарт қилинган. Аҳли ҳадиснинг ижмоси билан унга амал қилиш вожибдир.

2. Муттафақун алайҳ – Имоми Бухорий ва Имом Муслим ўз «Саҳиҳ»ларида бирон ҳадисни зикр қилсалар ва бу ҳадислар маънода ва матнда бир хил бўлса, муттафақун алайҳ, яъни, бу икки муҳаддис иттифоқ бўлишган, дейилади.

3. Ҳасан – бунда саҳиҳда шарт қилинган нарсалар мавжуд бўлишлиги зарур, лекин ровийнинг ҳадис забти (ҳадисни ёддан билиши ёки ёзиб олиши) бироз енгилроқ бўлади.

4. Ғариб – ҳадиснинг ривоятида бир ровийнинг якка ҳақ, баъзисида ровийнинг бир ўзи бўлмоғи.

5. Заиф – ўзида «ҳасан»нинг сифатларини жамламаган, унинг шартларидан бирор шартни йўқотган ҳадис. Фазилатли амал зикр этилган бўлса, заиф ҳадисга амал қилиш мустаҳабдир.

6. Мурсал – заиф ҳадиснинг бир тури, иснодининг охирида тобеъиннинг ўзи (саҳобани зикр қилмай) «Расулуллоҳ шундай қилган эдилар», дейди. Бунинг ҳукми ихтилофли.

7. Муъзал – заиф ҳадиснинг бир тури, иснодидан икки ёки ундан ортиқ ровийнинг тушиб қолиши. У мурсал ва мунқотиъдан ҳам ёмон ҳолатдир.

8. Мунқотиʼ – узилиши қандай сабабдан бўлмасин, исноди уланмаган ҳадис. Иснодининг узилиши бошдами, ўртасидами ёки охиридами – бунинг фарқи йўқ. Мунқотиънинг ҳукми ҳам заиф ҳадис кабидир.

9. Мудаллас – иснодидаги бирон айбни яшириб, унинг зоҳирини чиройли кўрсатишга уринилган ҳадис, унинг ҳукми заиф ҳадис ҳукмидадир.

10. Мавзуʼ – Расулуллоҳ ﷺ га нисбат берилган, лекин аслида тўқиб чиқарилган ёлғон ҳадис. Уламоларнинг ижмосига кўра, уни ривоят қилиш ҳалол эмас.

11. Матрук – иснодида ёлғончи деб гумон қилинган ровийи бор ҳадис. Ҳукми олинмайди.

12. Мункар – иснодида заиф ровий бўлиб ишончли деб билинган ровийнинг ҳадисига зид келган ҳадис.

13. Марфуʼ – Расулуллоҳ ﷺ га бирор сўз, феъл, тақрир ёки сифатни изофа қилиш.

14. Мавқуф – саҳобага бирор сўз, феъл, тақрирни изофа этиш. Масалан: «Али ибн Абу Толиб шундай деди», дейиш.

📚Ал-Фақиҳ Абу Лайс ас-Самарқандий «Танбеҳул-Ғофилийн» китобидан.

♻️Яхшилик учун яқинларингизга ҳам улашин
@islomiy_statuslarim_video
Hammamiz bilishimiz kerak bo’lgan savollarga javoblar!

1. Qur’onning ma‘nosi nima?
🕊“Qiroat” “O‘qish”

2 Dastlabki tushgan joyi?
🕊Makka,Xiro g‘ori

3. Dastlabki tushgan kuni?
🕊Qodir kuni.

4. U kimning so‘zi?
🕊Allohning

5. Qur’onni keltirgan farishtaning nomi nima?
🕊Jabroil (a.s)

6. Uni birinchi bo‘lib o‘qigan odam kim?
🕊Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)

7. Qur’onni har bir harfini to qiyomatga qadar qo‘riqlovchi kim?
🕊Alloh

8. Uni qanday ushlash kerak?
🕊Tahoratli holda.

9. Qur’onda Qu’ronni qanday nomlar bilan zikr etilgan?
🕊Al-Furkaan, Al-Kitob, Al-Zikr, Al-Nur, Al-Xudo.

10. Makkada nechta sura tushgan?
🕊86 ta

11. Madinada nechta sura tushgan?
🕊28 ta

12. Qancha poradan iborat?
🕊30 ta pora.

13. Qancha sura bor?
🕊114 ta

14. Qancha oyat bor?
🕊6 ming 666 ta

15. Qur’onda Allohning nomi nechta marta berilgan?
🕊2 ming 698 marta.

16. Namoz haqida necha marta aytilgan?
🕊700 marta.

17. Muhammad (s.a.v) qanday nom bilan nomlangan?
🕊Sof surasining 6- oyatida Ahmad degan nom bilan nomlangan

18. Payg‘ambarimizning ismi necha marta nomlangan?
🕊Muhammad (s.a.v)- 4 marta, Ahmad Ahmad (s.a.v)-1 marta

19. Eng ko‘p qaysi payg‘ambarning nomi aytilgan?
🕊Payg‘ambar Muso (a.s) ning

20. Qur'on oyatlarini dastlab kim sanab chiqqan?
🕊Halima onamiz

21. Eng dastlabki va tarixiy masjid qaysi?
🕊Ka’ba!

22. Qaysi payg‘ambarni onasining ismi bilan qo‘shib chaqirilgan?
🕊Payg‘ambar Iso (a.s) Mariyam o‘g‘li

23. Qur’onda alohida eslatilgan kun nomi.
🕊Qiyomat kuni.

24 Eng uzun sura qaysi?
🕊Baqara surasi.

25. Eng qisqa sura qaysi?
🕊Kavsar surasi.

26. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga Jabroil farishta Qur’onni ilk bor keltirgan vaqtda u zotning yoshlari nechada edi?
🕊40 yoshda.

27. Payg‘ambarimiz Makkada necha yil payg‘ambar bo‘lganlar?
🕊13 yil

28. U zot Madinada nechi yil payg‘ambar bo‘lib turdilar?
🕊10 yil

29. Qur’oni Karimnining nozil bo‘lishi?
🕊22 yilu,5 oy, 14 kun.

30. Qaysi sura namozning har bir rakatida o‘qiladi?
🕊Fotixa

Yaqinlaringizga yuboring!
@islomiy_statuslarim_video
Rashk sababidan ashk to‘kmang...

Arzimaydi...

Uvol bo‘lgani qoladi ko‘z yoshlarni...

Hayotimizda ko‘z yosh to‘kishga arziydigan ancha-muncha narsalar borki, biz anglamaydigan...

Tabassum qilavering... kuchlilargina og‘ir lahzalardan tabassum bilan chiqib ketadilar...

Atrofdagilar sizni matonatli deb bilishsin, garchi zaifgina bo‘lsangiz ham.. ular sizning matonatingizga muhtojdir ehtimol... Ehtimol sizning mana shu tabasumingiz bir dalda bo‘lar...

Bemor bo‘lsangiz, chehrangiz darddan zafaron bo‘lgan bo‘lsa ham tabassum qiling. Ko‘rganlar dardni ne’mat bilibdi deyishsin...

Xiyonatga uchrasangiz ham tabassumda bo‘ling, ichingiz ming bo‘lakka bo‘lingan bo‘lsa ham... xiyonat etganlar ezilsin tabassumingizdan...

Sizni ojiz, past sanasalar ham tabassum qiling, garchi alamli bo‘lsa ham... Vaqti keladiki, sizga kibr bilan boqqanlar mehr qo‘lini uzatadilar...

Tabassum qiling... Robbingizning qadariga rozi ekanligingizni go‘zal holatda, tabassum ila bildiring...

Onangizga, jigarlaringizga, yor-birodarlaringizga, farzandlaringizga samimiy, mehr bilan tabassum qiling...

Bir tabassum kimni o‘ldiribdi, axir tekin bo‘lsa...)
@islomiy_statuslarim_video
Deme 10 ta pm 👀 bor lekn 3 ta ovoz ozgartirmimz
Hammeladan uzr soriman telefonmga prashifka berudm hama narsam ochb endi otkazdme Juma ayyomi blan hammelani tabrikliman bugun agar ota onez bolishsa bir ogiz tabriklab qoylia va ulani yaxshi korishilani etila❤️❤️❤️💋