Islomiy_statuslarim
11 subscribers
289 photos
326 videos
3 files
82 links
Маъноли ва Ибратли ҳикоялар...

🍃🌸🍃
#Зикр

🌸Ўзингизни ёлғиз ҳис қилсангиз, Роббимнинг зикри билан машғул булинг!

📿 Субҳаналлоҳ

📿 Алҳамдулиллаҳ

📿 Аллоҳу Акбар

📿 Лаа илааҳа иллаллоҳ


InshAlloh 1k
Kanal ochilgan sana - 06.01.2022
Download Telegram
Deme 10 ta pm 👀 bor lekn 3 ta ovoz ozgartirmimz
Hammeladan uzr soriman telefonmga prashifka berudm hama narsam ochb endi otkazdme Juma ayyomi blan hammelani tabrikliman bugun agar ota onez bolishsa bir ogiz tabriklab qoylia va ulani yaxshi korishilani etila❤️❤️❤️💋
Allohumma solli a'la sayyidina va habıbına Muhammad

Jumʼa muborak..! 📿

Jumaning fayzu barokati menga boʻlsin..😌
@islomiy_statuslarim_video
Live stream started
Live stream finished (8 minutes)
NIMA QOLDI

Mehr yonib kul bo‘ldi,
Oqibat bir pul bo‘ldi,
Gʻiybat gullab gul bo‘ldi,
Haqlik toldi ro‘yoda,
Nima qoldi dunyoda?

Ezgulik loyga botsa,
Do‘st do‘stiga tosh otsa,
Ayol bolasin sotsa,
Fisqu, fasod ziyoda,
Nima qoldi dunyoda?

Ko‘ngilda qotib gardlar,
Uyulsa tog‘dek dardlar,
Otda nokas, nomardlar,
Mardlar bo‘zlar piyoda,
Nima qoldi dunyoda?

Do‘st qadri bir tiyin bo‘lsa,
O‘rtada la’in bo‘lsa,
Muhabbat o‘yin bo‘lsa,
Sevgi sarson sahroda,
Nima qoldi dunyoda?

Qani qayda diyonat,
Gullar guldek xiyonat,
Yaqinmi yo qiyomat,
Qabihliklar har yona,
Nima qoldi dunyoda?

Haq so‘z saboq bo‘lmasa,
Vijdon - tomoq bo‘lmasa,
Pora gunoh bo‘lmasa,
Qadr uchar havoda,
Nima qoldi dunyoda?

Gʻarqdir hayo sohili,
Inson -hayot johili,
O‘g‘il ota qotili,
Gunohlar shoda-shoda,
Nima qoldi dunyoda?

Qay yon ketar qadamlar,
Qayting yaxshi odamlar,
Ayting yaxshi odamlar,
Hikmat yo‘qmi ziyoda,
Nima qoldi dunyoda?
@islomiy_statuslarim_video
🖇|| DEDI-DEDI lar deyilaveradi

•Erta turmushga chiqsang, ersiragan deyishadi.
Kechroq turmushga chiqsang, o‘tirib qolgan deyishadi.

•16 yoshda - erta katta bo‘lib qolgan deyishadi,
30 yoshingda esa qari kampir deyishadi.

•O‘zingdan yoshi kattaroqqa tegsang, cholga tegibdi deyishadi...
O‘zingdan kichkinaga tegsang, yosh bolani boshini aylantirib tegvolgan deyishadi...
Tengdoshinga turmushga chiqsang, er-xotinni yoshi o‘rtasida farq bo‘lishi kerak deyishadi...

•To‘ydan keyin Alloh farzand bersa, zo‘rg‘a turganakanda-a deyishadi...
Farzand ato etmasa, bu tug‘mas ekan deyishadi...

•Ochiq kiyim kiysang, avratini ochib yuribdi deyishadi...
Yopinib kiyinib yursang, hijob ichida ijod qiladi deyishadi.

•Birinchi xotin bo‘lsang, buni erini aniq ikkinchi xotini bor deyishadi...
Ikkinchi xotin bolsang, birovni baxtini o‘g‘irlagan deyishadi...

•Internetdan foydalansang, eri dayus deyishadi...
Foydalanmasang, ongi pas, hozir XXI asr bo‘lsa deyishadi...

•Bir nimadan xafa bo‘lsang, noshukur deyishadi...
Xursand bo‘lsang, baxtni yashirish kerak, ko‘z tegadi deyishadi...

•Sharoiting oddiy bo‘lsa, gadoy deyishadi...
O‘zinga to‘q bo‘lsang, haromdan topadi-de deyishadi...

•Ozg‘in bo‘lsang, sal semirsa bo‘lmaydimi deyishadi.
To‘lachadan kelgan bo‘lsang, ozsa bo‘lmaydimi deyishadi.

•O‘g‘il tug‘sang, endi qiz ham tug‘asizmi? - deyishadi.
Qiz tug‘sang, o‘g‘il ham tug‘voling endi deyishadi.

•Farzand soni kam bo‘lsa, qomatini o‘ylab kam tuqqan deyishadi...
Farzandi ko‘p bo‘lsa, voybo‘ tug‘avergan ekanda deyishadi.

Deydigan deyaveradi. Yaxshisi o‘zingiz uchun to‘g‘ri deb bilgan ishni va Alloh halol qilgan amallarni qilib yuravering
@islomiy_statuslarim_video
• Boshqalar siz haqingizda nima deyishi mumkinligi haqida umuman oʻylamang!
Baribir gʻiybat qilishadi.
• Har qanday hayol haqiqatga aylanishi mumkin.
Faqat yaxshi narsalar haqida oʻylang.
• Oʻzingizni seving va asrang.
Goʻzal va sogʻlom boʻlsangiz hammaga keraksiz!
•Birovni gʻiybat qilmang.
Doʻstlaringiz koʻp boʻladi.
•Seving va seviling.
Hayot zavqli boʻladi.
•Hamma narsani talab qilishdan avval berishni oʻrganing, mehrni ham, muhabbatni ham, eʼtiborni ham.
Albatta qaytadi.
• Evaziga nimadir qaytarishlarini kutmasdan berishni oʻrganing.
Insonlar bilan shartsiz munosabat oʻrnatish, hayotingizni ancha yengillashtiradi.
• Kimdir sizni bir marta aldasa ayb unda. Ikki marta aldansangiz, ayb sizdadir!
@islomiy_statuslarim_video
⚡️Umr haftasi.

Dushanba
- Niyat qil. Yaxshisiga umid qil, mag'lubiyatlarni unutma, hech narsadan qo'rqma.
Allohdan qanchaga tayyor bo'lsang o'shancha so'ra.
Eng asosiysi oliy maqsadni esdan chiqarma.

Seshanba
- Manzil tomon seni yetaklaydigan ustoz qidir, Shoshilma, tajribasiz yo'lboshchilarga e'tibor berma, ularga vaqtingni sarflama. Uzoq yo'lga chiqish uchun katta kemaga chiqiladi, kichkina qayiqchaga emas.

Chorshanba
- Tayyorlan. Rejalar tuz, xato qilishdan qo'rqma, boshqalarga e'tibor berma, rejalarda zahiraga ega bo'l. Ota-onangni va ustozingni duolarini va maslahatlarini ol, ularga amal qil. Unutma mo'jiza sodir bo'lmaydi.

Payshanba
- Boshla. Alloh seni reja bilan taqdirladimi zudlik bilan ishga kirish, mukammallikni unut, bor ne'matlarni qadrla. Asosiysi boshladingmi, tashlab qo'yma, nuqsonlarni to'g'irlash mumkin ammo taslim bo'lsang bu tamom degani. Bizni o'ldirmagan narsalar bizni kuchliroq qiladi.

Juma
- Ko'p xatolar seni tajribali qildi. Endi esa o'rgat. Tajribangni boshqalar bilan bo'lish. Xatolar haqida ogohlantir, savollarga javob ber. Eslab qol, javoblaring boshqalar taqdirini hal qiladi.

Shanba
- Katta ishlarni shogirdlarga topshir, ularni to'g'ri yo'lga boshla. Endi sen kema bo'l uzoq safarga yo'lovchilar bilan birga chiqa oladigan kema. Bag'ringdagi insonlarni dengiz to'lqinlaridan asra.

Yakshanba
- Dam ol. Qilgan ishlaringni sarhisob qil, gunohlar uchun tavba qil, savoblar uchun tabbassumning o'zi kifoya. Barokatli umr uchun Allohga hamd ayt.
@islomiy_statuslarim_video
ОНА...

Ўқитувчи дарс чоғида ҳалокатга учраган кема ҳақида ўқувчиларга сўзлаб берди:
-Кемада эр-хотин ҳам бор экан. Улар қутқарув кемасигача сузиб боришди. Биргина жой бор экан. Эр хотинини итариб юборди. Шунда чўкаётган аёл эрига нима деди. Қани ким айтади...
Кўпчилик бир овоздан "Сендан нафратланаман", ёки, "Кўзим кўр бўлган экан" деган сўзни айтган деди...
Шу пайт ўқитувчининг кўзи жимгина ўтирган болага тушди...
-Нима деб уйлайсан, аёл эрига нима деган?...
-Боламизни эҳтиёт қилинг - деган.
-Сен бу воқеани биласанми?- ҳайратланиб сўради ўқитувчи.
-Йўқ, мени ойим ҳам ўлими олдидан дадамга шундай деган - деди.
Ўқитувчи кўзига қалқиб келган ёшни кўрсатмаслик учун четга бурилди...

Оналар қабрга киргунга қадар фақат фарзандини ўйлар экан.
@islomiy_statuslarim_video
Odamlarning gapi

 Bir odam donishmandning huzuriga kelib:

– Siz mudom yaxshi kayfiyatda yurasiz va hech qachon jahlingiz chiqmaydi. Menga ham o‘zingiz kabi inson bo‘lishimga yordam bering, – debdi.

Donishmand biroz o‘ylanib unga kartoshka va qop olib kelishini buyuribdi. U qopni olib kelgach:

– Mabodo biror kimsa seni xafa qilgudek bo‘lsa, undan g‘azablansang, o‘sha odamning ismini kartoshkaga o‘yib yozda, o‘sha kartoshkani qopingga solib qo‘y”, – debdi.

– Bor yo‘g‘i shumi? – ajablanibdi u.

–Yo‘q, bu hali hammasi emas, o‘sha odamlarning ismi bitilgan kartoshkalar solingan qopni o‘zing bilan birga olib yurishing kerak! Maslahat so‘rovchi donishmandning huzuridan ketarkan o‘zidagi illatdan qutilish uchun uning aytganlarini so‘zsiz bajarishga jazm qildi. Shundan so‘ng oradan bir oz vaqt o‘tdi. Kunlar o‘tgan sari uning qopi kartoshkalar bilan to‘lib og‘irlashib qoldi. Qopni doim o‘zi bilan olib yurish nihoyatda noqulaylik tug‘dirib, o‘yib ismlar yozilgani sababli kartoshkalar achiy boshladi. Ana shundan so‘ng badbo‘y hid anqiyotgan kartoshkalardan forig‘ bo‘lishning chorasini izlab yana donishmandning huzuriga borib:

– Bu kartoshkalardan qanday qutulishni bilolmayapman. Birinchidan qop juda og‘ir, ikkinchidan, kartoshkalar achiy boshladi. Boshqa biron narsa taklif qiling? – debdi.

Biroq donishmand uning gapiga unamapti:

– Ko‘rdingmi, insonlarning qalbida ham xuddi shu holat vujudga keladi, ammo biz buni ilg‘amaymiz. Ishlarimiz ko‘nikishlarga, ko‘nikishlar fe’l-atvorga, fe’l-atvorimiz esa qabih odatlarni o‘zlashtiruvchi inson bo‘lishimizga sababchi bo‘ladi. Men senga shu hodisani o‘z ko‘zing bilan ko‘rishing uchun zamin hozirladim. Arazlash yoki birovni xafa qilishdan oldin mana shu hodisani ko‘z oldingga keltir, – deb unga saboq beribdi.
@islomiy_statuslarim_video
OILA......

Qadrli er!
Bilki, senga eng yaqin ayol oʻz jufti halolingdir. Ayoling qalbi senga bogʻlanganchalik boshqa hech bir ayolning qalbi senga bogʻlanmaydi. Oʻzingni asraganing kabi uni ham asra. Aybsiz erkak topilmaganidek, baribir aybsiz xotin topa olmaysan. Ayolidagi kamchiliklarni uning tuygʻularini poymol qilmay turib, yaxshi yoʻl bilan isloh qilgan erkak aqlli va fazilatli erkakdir.

Shayx Yusuf Xattor Muhammad
“Oila baxt-saodat maskani”
@islomiy_statuslarim_video
Kafanda bir cho'ntak bo'lmaydi

Yashamoq -- taqdirga bitilgan izlar,
Ochildimi, xayhot, yumilgay ko‘zlar.
Hargiz oliy bo‘lmas ilmona so‘zlar,
Hayot mangulikka dastak bo‘lmaydi.

O‘rtada ko‘rinmas ilohiy devor,
Ko‘zlar -- mahrumiyat ichra bir g‘ubor.
Tarozi pallasi tenglikka dushvor,
Foniyot boqiyga o‘rnak bo‘lmaydi.

So‘nggi nafas chiqar, orzular o‘char,
O‘lim deganlari naqadar o‘jar.
Bu kecha nogahon bir yulduz uchar...
O‘limda afsona, ertak bo‘lmaydi.

Xayrullo, ko‘nglingga solgani -- aniq:
Hayot bor budingni olgani aniq.
Berganing yoningga qolgani aniq...
Kafanda baribir cho‘ntak bo‘lmaydi.
@islomiy_statuslarim_video
ALLOHGA NIMA DEYMAN?

Kimdir o‘ylar ertaga,
Nima ichib ne yeyman?
Menchi o‘ylayman o‘lsam
Allohga nima deyman?

Goxi xarom yutganman,
Naxs qo‘lidan tutganman,
Namozni unutganman,
Allohga nima deyman?

Nafs ortida turganman,
Xirs yo‘lida yurganman,
Yuzim aybga burganman
Allohga nima deyman?

Shayton yelkamga minsa,
Ixlos chechagim sinsa,
Bir kun yuragim tinsa
Allohga nima deyman?

Aybga to‘la to‘rt yonim,
Bo‘shdir savob xamyonim,
Cho‘g‘da yonarmi jonim
Allohga nima deyman?

Gunoxlarim bir gala
Xayriyalarim chala,
Duoim bexafsala
Allohga nima deyman?

Qazo Bomdod, Peshinim,
Asr, Shom va Xuftonim,
Yig‘layotir vijdonim
Allohga nima deyman?

Podshox bilib bolamni
Gox ranjitdim otamni,
Yig‘latmisham onamni,
Allohga nima deyman?

Xushim oldi janonlar
Do‘st tutindi nodonlar,
Til so‘zladi yolg‘onlar
Allohga nima deyman?

Garchi nomim musulmon,
Gʻayridindayman nodon
Yodlamam sura Qur’on
Allohga nima deyman?

Yuragim xadiksirar,
Ko‘zimda yosh yaltirar
Tizzalarim qaltirar
Allohga nima deyman?

May to‘ldirib qadaxga
Chipta olib do‘zaxga,
Qoldimmi ex mazaxga
Allohga nima deyman?

Gunoxim ko‘pligidan,
Sirotning ko‘prigidan,
Qanday o‘tadirman man?
Allohga nima deyman?

Goxi bo‘ldim takabbur,
Xech qilmadim tafakkur,
Qo‘rqdim qilib tasavvur,
Allohga nima deyman?

Dardim bor shu jumlada
Xaftada bir Jum’ada
Masjiddaman bir marta
Allohga nima deyman?

Ayb qilib aytmay uzrim
Ko‘plarga qildim kibrim,
Chayon to‘larmi qabrim?
Allohga nima deyman?

Nomaxramni quchoqlab,
Raqiblarim pichoqlab,
Yashadim yovni talab,
Allohga nima deyman?

Berilib kayf-safoga,
Vafo qilmay vafoga
Mukka ketdim zinoga,
Allohga nima deyman?

Ox aqlimni zang bosdi,
Joynamozim chang bosdi,
Xatokordirman rosti
Allohga nima deyman?

Men puli ko‘p bechora
Topolmayapman chora,
Allox olmasku pora
Allohga nima deyman?

Nafsingga berding deb erk,
Xirsingga berding deb erk,
Senga desa JANNAT BERK!!!
Allohga nima deyman?

Yuzlanganimdir Ka’bam,
Iltijo qilsam xar dam
Qabulmikana tavbam
Allohga nima deyman?

Gunox bisyor, savob yo‘q,
Savollar ko‘p, javob yo‘q,
Menday xoli xarob yo‘q,
Allohga nima deyman?
@islomiy_statuslarim_video
ACHCHIQ HAQIQATLAR🌶

1. Negadir doim ko‘nglimizni og‘ritgandan emas - ko‘nglimizga qaraydigan insonlardan alamimizni olamiz...

2. Bizni sevganlarga
ozor beramiz-u - sevmagan insonlarga poyondoz bo‘lamiz...

3. To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganni yomon ko‘ramiz-u - egri yo‘lga boshlaganni ortidan doim qolmaymiz...

4. Yaxshi ko‘rgan yaqinlarimizga, kasal birodarlarimizga vaqtimiz yo‘g‘-u, yetti yot begonanikiga oshga borishga har har doim vaqt topamiz...

5. Oilasi nochorroq singlimizga har xil bahonalar bilan yordam bermaymiz-u lekin - xalqni ko‘ziga qozon - qozon osh qilib ziyofat beramiz...

6. Ota - onamizni haftada bir bora ko‘rib kelishga fursat yo‘q - ammo ulfatlar bilan o‘tirishga har doim ham tayyormiz...

7. Ayolimizga bir necha kalima shirin so‘zimizni ayaymiz-u - lekin ko‘chadagi ayollarga go‘zal kalimalar orasidan go‘zallarini ayamaymiz...

8. Ozgina pulimizni yo‘qotib qo‘ysak qancha asabimiz buzilib xafa bo‘lamiz-u - ammo hech qanday boylikka sotib olib bo‘lmaydigan vaqtimizni arzimagan kishilar, bekorchi, bo‘sh narsalarga sarflayotganimizga achinmaymiz...
@islomiy_statuslarim_video
Agar vafot etsam...

Agar vafot etsam, Alloh nasib qilsa, musulmonlar lozim bo‘lgan ishlarni qilishadi:

• kiyimlarimni yechib olishadi;
• jasadimni yuvishadi;
• kafanga o‘rashadi;
• tobutga solishadi;
• masjidda yoki uyimda menga janoza o‘qishadi;
• qabristonga olib borishadi;
• qabrga qo‘yishadi;
• ba’zi odamlar uyidan, ba’zilari ishxonasidan janozamni o‘qib, dafn qilish uchun kelishadi;
• meni dafn qilib bo‘lishgach, bir necha kishilar "Mulk" surasini tilovat qilishadi, qolganlar uni tinglashadi. Ba’zi himmat qilganlar "Yasin" surasini ham tilovat qiladilar.
• duolar qilingach, hamma tarqalishni boshlaydi.

Alloh nasib etsa, uyimda qoldiradigan kishilarim va narsalarim:

• ota-onam, aka-ukalarim, singlim, ahli oilam, farzandlarim, jiyanlarim, qarindoshlarim, do‘stu birodarlarim;
• uy, mashina va ularning kalitlari;
• kitoblarim;
• kiyimlarim, do‘ppilarim, poyabzallarim;
• pullarim.

Vafot etganimdan so‘ng dunyo kelgan joyidan davom etaveradi.

O‘tirgan kursimga boshqa kishi o‘tirib, ishni davom ettiradi.

Molu davlatim merosxo‘rlarim orasida taqsimlanadi. O‘zim esa o‘sha molu davlatlar uchun hisob berayotgan bo‘laman.

Vafot etganimda eng avval ismimni tark etishadi.

Meni yuvmoqchi bo‘lishganda, ismimni aytishmaydi, balki, "Jasad qayerda?" deyishadi.

Kafanga o‘ralgan holda tobutda yotar ekanman, menga namoz o‘qimoqchi bo‘lganlarida, "Janozani olib kelinglar" deyishadi.

Qabristonga olib borib, dafn etayotganlarida, "Mayyitni uzatinglar, tobutni tortib olinglar" deyishadi.

Shunday ekan, men nasabimga, falonchilarning zurriyoti ekanimga, mansabimga, obro‘yimga aldanib qolmasligim kerak.

Vafotimdan keyin men uchun mahzun bo‘ladiganlar uch xil bo‘ladi:

1. Meni yuzaki taniydiganlar "Bechora vafot etibdi-da" deyishadi.

2. Do‘stu birodarlar bir necha soatdan to bir necha kungacha mahzun bo‘ladilar, eslab, duo qiladilar. So‘ng odatiy hayotlarini yashashda davom etadilar va yuzlarida kulgu ko‘rina boshlaydi.

3. Uyimdagi mahzunlik bir yilgacha cho‘zilib, keyin ismim xotiralar qutisiga tashlanadi.

Shu bilan odamlar orasidagi hikoyam nihoyasiga yetadi. Oxirat ostonasidagi haqiqiy hayot boshlanadi. Bu qabr hayoti.

Qabrimda chiroyim ham, molim ham, farzandlarim ham, oila a’zolarim ham, aka-ukalarim ham, "domla", "qori aka" deb yurgan do‘stlarim ham, uy-joylarim ham, dafnda ishtirok etganlar ham qolmaydi.

Qabrimda men bilan faqat amalim qoladi.

Savollar boshlanadi:

— Robbing kim?
— Robbim Alloh!

— Dining nima?
— Dinim Islom!

— Mana bu odam haqida nima deysan?
— Bu kishi Alloh taoloning risolatini biz ummatlariga yetkazgan, omonatni ado etgan sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdirlar!

Alloh taoloning fazli bilan qabrimda menga yordam beradigan narsalar:

• o‘qigan farz namozlarim;
• tutgan farz ro‘zalarim;
• bergan zakotlarim;
• qilgan hajim;
• nafl ibodatlarim;
• maxfiy sadaqalarim;
• yetimning boshini silaganim;
• ota-onamga qilgan xizmatlarim;
• boshqa solih amallarim.

Dunyoga qaytib, bir marta sajda qilish, bir marta tasbeh aytish orzusida yotgan milliardlab qabrlarda yotganlar bor.

Birodarlar, bugun bizda imkonimiz bor, hali jonimiz tanamizda. Bandalik vazifalarimizni o‘z o‘rnida, vaqtida, ixlos bilan ado etaylik! Zulm qilganlarimizdan uzr so‘raylik, qazo namozlarimizni o‘qib, qazo ro‘zalarimizni tutib, odamlardan olgan qarzlarimizni to‘laylik!

Robbimiz barchamizni O‘zining hidoyatidan ayirmasin va xotimamizni chiroyli qilsin! Amiyn!
@islomiy_statuslarim_video
Бахтиёрликнинг 6 - та сири

1️⃣.Бахт – ҳаётга бўлган муносабатимизда. Инсон унинг онги йўл қўйган даражада бахтли бўла олади. Шу сабабдан, доимо ўзимизни яхши натижага йўналтирсак, ишларимиз ҳам самарали бўлади.

2️⃣.Хоҳ кичик, хоҳ катта бўлсин, ҳар қандай муаммонинг ҳам яхши томонини кўра билишни ўрганиш лозим. Бу муаммонинг ечимини топишга ёрдам беради.

3️⃣.Бахтнинг асл илдизи — шукр қила билишда. Унутмангки, сизни бахтсиз қилаётган бу ташқи олам эмас, балки ичингиздаги ҳиссиётлар. Ҳиссиётларни бошқаришни ўргансангизгина бахтли бўла оласиз!

4️⃣.Ҳаракат ҳиссиётларга таъсир қилади. Жисмоний машғулотлар жисмда кимёвий реакциялар содир қилади ва натижада инсон ўзини яхши ҳис эта бошлайди.

5️⃣.Ҳиссиётлар қоматга ҳам таъсир қилади: дард елкаларингизни букчайтириб қўйишига йўл берманг. Сиз дардни енгишни ўрганинг, у сизни мағлуб қилмасин.

6️⃣.Бахтни йиллар, ойлар, ҳафталар ва ёки кунларда эмас, ҳар сонияда топиш мумкин. Ҳар бир сонияда бахтни ҳис қилинг, шунда у йилларга татийдиган бўла олади.
@islomiy_statuslarim_video
Тилинг билан зикр қилсанг, демак сен
тавба қилувчисан.
Қалбинг билан зикр қилсанг, демак сен сулукдаги сўфийсан.
Хулқинг билан зикр қилсанг, демак сен
орифсан.
🕊
Билиб қўй: агар барча чироқлар ўчиб қолса ҳам шундай бир чироқ борки, у то ўлгунингча ўчмайди, бу ТАВБА чироғидир.
🕊
Гоҳида киши тоати сабабли ғурур, миннат ва кибрга кетади. Гоҳида киши гуноҳ-маъсият сабабли синиқлик, тавба ва пушаймонликка тушади.
🕊
Робиядан сўрадилар: "Гуноҳларни нима нарса поклайди?". Жавоб берди: "Тавба қилмоқ, гуноҳларига пушаймон бўлмоқ билан гуноҳлардан пок бўлади!"

Робия Ад Адавия...
🕊
Дунёни яхши кўришлик – қоронғулик ва унинг чироғи – тақво. Гуноҳ – қоронғулик ва унинг чироғи – тавба. Қабр – қоронғулик ва унинг чироғи – калимаи шаҳодат. Охират – қоронғулик ва унинг чироғи – солиҳ амал. Сирот – қоронғулик ва унинг чироғи – иймон”.

Абу Бакр Сиддиқ...
🕊
Хато ва гуноҳлар сени ҳар қанча булғамасин, Аллоҳга қайта қайта мурожаат қилишда иккиланма! Гуноҳ ва маъсият булути остидалигингда сени яшириб, гуноҳларингни ошкора қилмаган Зот сени тавба қаноти остида шарманда қилиб қўймайди.
@islomiy_statuslarim_video
Allohning izni bilan gunohlarni oʻchiruvchi sabablar

1. Gunohlaringni tasbehlaring bilan oʻchir

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bir kunda yuz marta “Subhaanallohi va bihamdihi” desa, xatolari dengiz koʻpiklaricha boʻlsa ham oʻchirib yuboriladi”, deb aytganlar.
Imom Muslim rivoyati.

2. Istigʻforlaring bilan gunohlarni oʻchir

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kim: «Astagʻfirullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi”, deb aytsa, urushdan qochgandagi gunohi ham kechirib yuboriladi», dedilar».
(Maʼnosi: Barhayot, tirik Allohdan avf etishini soʻrayman va Unga tavba qilaman.)
Abu Dovud, Termiziy va Hokim rivoyati. Imom Hokim bu hadis Buxoriy va Muslimning shartiga binoan sahihdir, deganlar.

3. Quyidagi zikr bilan gunohlarni oʻchir

”Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
Yer yuzidagi biror kishi “Laa ilaha illallohu vallohu akbar, valaa havla vala quvvata illa billah”, deb aytsa, garchi uning xatolari dengiz koʻpigicha boʻlsa ham kechirib yuboriladi", dedilar.
(Maʼnosi: Allohdan boshqa iloh yoʻq, Alloh ulugʻdir, Allohdan boshqa biror kuch va quvvat yoʻq).
Imom Termiziy rivoyati.

4. Taom soʻngida hamd aytish ila gunohlaringni oʻchir

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kimki taom yeb boʻlib: «Alhamdu lillahil laziy atʼamaniy haza va rozaqoniyhi min gʻoyri havlin minniy vala quvvatin”, deb aytsa, uning avvalgi gunohlari kechiriladi», dedilar.
(Maʼnosi: “Mening kuch-quvvatimni ketkizmay, mana bu rizq ila taomlantirgan Allohga hamd boʻlsin”.)
Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. Termiziy buni hasan hadis, dedilar.

5. Kiyim kiygandan soʻng hamd aytish ila gunohlaringni oʻchir

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kim biror yangi kiyim kiyib, «Alhamdu lillahillaziy kasaniy haza va rozaqoniyhi min gʻoyri havlin minniy va la quvvah”, desa, Alloh uning oldingi gunohlarini kechiradi», dedilar.

(Maʼnosi: Oʻzgartirmasdan, quvvatimni ketkazmasdan menga rizq bergan va meni kiyintirgan Allohga hamd boʻlsin).
Ibn Sunniy rivoyatlari.
@islomiy_statuslarim_video