Islombek.dev
559 subscribers
159 photos
21 videos
10 files
162 links
Front-end dasturchi.

Shaxsiy rivojlanish, dasturlash, texnologiyalar kabi yo'nalishlarda yozaman.

Men's community: @sportly_chat

Murojaat: @i8_11
Download Telegram
​​Abdulaziz juda yaxshi bola...

U hozir PHP dasturchisi. Bir yil oldin back-end dasturchi bo'lmoqchi ekanida, odamlarning "PHP o'ladi", "Go PHPni o'rnini to'liq egallaydi", "NodeJS osonroq" degan so'zlariga hech ham e'tibor bermay: "Bitta dasturlash tilini yaxshi o'rganib olsam, Go bo'ladimi, Nodejs bo'ladimi hullas qaysinisini bo'lsa ham o'rganib ketaveraman" degan fikrda bo'ldi.

Har kuni tartibli hayotga amal qilgan holda ertalab turib diniy, shaxsiy rivojlanish bo'yicha kitoblar o'qidi, darslarini qildi, imkon boricha algoritmik masalalarni yechdi. Tajribali ustozdan birmuncha vaqt darslar oldi va shu vaqt davomida Laravel frameworkini ham o'rganib chiqdi.

O'zini yaroqli bilimga ega bo'ldim deb hisoblagan paytdan boshlab ishga kirib olishga harakat qildi va qallobligi bilan tanilgan bir kompaniyaga bilmagan holda kirib qoldi. U joyda bir tiyin ham pul olmagan bo'lsa ham yaxshi tajriba olib 6 oy sabr qilib ishladi va ish davomida ham o'z bilimlarini oshirdi.

Keyin esa o'zi ishlayotgan kompaniyasi qallobliklaridan xabar topib u yerni tark etdi. Ingliz tilini bilgani uchun unchalik taniqli bo'lmasa O'zbekistondagi bir chet el kompaniyasiga ish topshirdi. Suhbatda o'zini yaxshi ko'rsata oldi va Alloh unga o'sha ishga kirishni nasib etdi.

Hozir u kompaniyada ishlayotganiga 6 oydan oshdi. Yuqori daromda olishidan tashqari, ishi davomida yaxshi xizmatlari uchun boshliqlar tomonidan sovg'alar ham oldi. Qolaversa hozirda u Turkiyada maza qilib dam olib yuripti. Sayohat to'lovini ham kompaniyasi to'lab bergan.

Qissadan hissa shuki, maqsad qo'ying va maqsadingizni to'g'ri deb hisoblasangiz u yo'lda qattiq turing va ustingizda ham qattiq ishlang!

P.S ism o'zgartirilgan.

@islom_aliy
πŸ‘1
Dasturchiga algoritmlash kerakmi?

Bir necha yil dasturlash sohada yurib tushindimki bu sohada algoritmik masalarlarni yechish, mantiqiy fikrlash kabi narsalar o'ta darajada muhim hattoki front-end dastuchi bo'lsak ham. Shu sababli FAANG kompaniyalarini ko'rsangiz har doim eng asosiysi intervyuda qiyin algoritmik muammolarni yechib berishini so'raydi.

Shu sababli har kuni kamida 1 dona masala yechish odatini shakllantirsak, o'zimiz uchun juda ham foydali bo'ladi. Agarda siz ham men kabi kuchli matematik bo'lmasangiz va o'z algoritmlash bilimingizdan ko'nglingiz to'lmayotgan bo'lsa boshida w3resource.com saytidagi masalalarni yechishni tavsiya qilaman.

Boshlanishida biroz osonroq joydan boshlasak keyin LeetCode yoki Hackerrank kabi platformalarga o'tib olaveramiz in shaa Alloh :)

ℹ️ www.w3resource.com/

P.S mobodo siz ham ushbu ishni bajarishga qaror qilsangiz birga davom ettirishimiz mumkin :)

@islom_aliy
πŸ‘1
- Ota bugun nima yeymiz?

- Hech narsa, men qiziqarli proyektda ahil jamoa bilan ishlayman.

#tushungan_tushundi

@islombekdev
πŸ‘3
React dasturchilari uchun ishda kerak bo'ladigan library/tool'lar

- Axios bilan CRUD qila olish (juda zarur)

- React-Select

- Redux (hech bo'lmasa fundamenti)

- React Yandex Maps

- React Router

- Formik, Yup, React-hook-form

- Tailwind, Material UI etc

- Swagger yoki Postman (qiyin narsalar emas)

- Git

@islom_aliy
Kompyuterim yo'q, qanday qilib dasturlashni o'rgansam bo'ladi?

Yaxshi dasturchi bo'lish uchun faqatgina kod yozishni o'rganish shart emas. Dasturchi bo'lishga juda ham qattiq yordam beruvchi bir nechta ilmlar borki ularni o'rganish uchun sizda aynan kompyuter bo'lishi shart emas. Bular:

- Ingliz tili (juda ham shart!!!);
- Matematika (matematik qoidalarni yodlab qo'yish emas matematikdek fikrlash);
- Umumiy CS asoslar (masalan Harvardni CS50 kursi yoki kamroq ammo yaxshi tuzilgan Akmal Kadirovni "Umumiy dasturlash asoslari" darsligi).

Lekin ba'zi kodlarni yozib, sinab ko'rishim kerak-ku... Albatta bunga ham yechim bor! Hozirgi kunda kodlaringizni sinab ko'rgani mobil dasturlar, onlayn platformalar juda ham ko'p.

O'zim ham dasturlashni telefonda html, css shablonlar tuzishdan boshlaganman va telefonda saytlar, botlar, CMS'lar qilgan odamlarni taniyman. Birodarim taslim bo'lmang, shunchaki boshlang va oz-ozdan davomli bajaring :)

@islom_aliy
❀‍πŸ”₯3πŸ‘2⚑1πŸ‘Œ1
​​Ey junior, o'kinma. Sen ham odamsan!

Deyarli barcha dasturchilar uchun eng qiyin damlardan biri - bu albatta juniorlik davridir.

Tajriba yo'q, bilim yetarli emas. Kattaroq proyektga birinchi martta qo'shilganda siqilishlar, savol so'rashga uyalish...

Bu holat barchani boshidan o'tgan. Hatto hozir jamoangizdagi yorvoreyshn qilib tashlayotgan super seniorlar ham bir paytlar "sizni etigingizda" bo'lishgan :(

Hullas, imkon boricha siqilmaslikka harakat qiling! Chunki qanchalik siqilsangiz ham, yugurib borib boshingizni devorga ursangiz ham bu muammoingizga yechim emas.

Sizga o'z holatimdan kelib chiqib bir nechta maslahatlar beraman:

1) Savol bering. O'zingiz yaxshilab izlanib, topa olmaganingizdan keyin biror sherigingizga aniq muammoingizni va u qanday ishlash kerakligini tushuntiring.

2) Biroz dam oling. Agar muammoni uzoq vaqtdan beri hal qilolmay o'tirgan bo'lsangiz shunchaki to'xtang-da tashqariga chiqib biroz miyangizga dam bering.

3) Har kunlik qilishingiz kerak bo'lgan ishingizni prioriteti bo'yicha yozib oling va qilgan ishlaringizni belgilab keting. Agarda sizga berilgan tasklardan tashqari boshqa ish ham qilgan bo'lsangiz uni ham yozib qo'ying, hafta ohirida ko'rsatasiz.

4) O'zingizni boshqalar bilan solishtirmang. O'zingizni faqat kechagi kungi o'zingiz bilan solishtiring!

Bu mavzuda sizga beradigan maslahatlarim shulardan iborat. Keyingi safar chiroyli savol berish usullari haqida post chiqaraman.

@islom_aliy
πŸ‘5
Imposter sindromi - yohud o'zingizni pastga urishni bas qiling!

Imposter sindromi - bu o'z bilimlariga shubxa bilan qarayverish, o'zini past darajada ko'rish deb tushunsak bo'ladi. Ushbu psixologik holatni xoh dasturchi bo'lsin, xoh bog'bon, deyarli barcha soha vakillari boshidan kechirishi mumkin.

Xo'sh, bu muammodan qanday qutilish mumkin? Bu uchun quyidagi maqolani o'qishni "tavsiya" qilaman :))

https://teletype.in/@islom_aliy/imposter-sindromi
πŸ‘4⚑3
​​Zamon bilan hamnafas bo'lish

Dasturchi sifatida o'z sohangizda doim zamon bilan hamnafas bo'lib turishlik juda ham muhimdir. Agar siz ko'nikmalaringiz (skills) doim zamondan ortda qolmagan holda bo'lishini istasangiz, davomli ravishda dasturchilar community'sida bo'lyayotgan yangiliklardan xabardor bo'lishingiz va imkoniyatingiz yetganicha amaliyot qilib turishingiz kerak.

Buni amalga oshirishni bir necha hil yo'llari mavjud. Masalan: blog postlar o'qish, meetup va konferensilarga qatnashish, o'zingiz ishlayotgan til bo'yicha yangi kutubxonalardan xabardor bo'lib, sinab ko'rish va boshqalar.

Kuchli ilmga ega insonlar tomonidan yozilgan zamonaviy yoki vaqt tanlamaydigan kitoblarni o'qish juda katta foyda beradi. Masalan JavaScript bo'yicha Kyle Simpson'ning "You don't know JS" kitoblar seriyasi. Uncle Bob'ning Clean code kitobi kabilar.

Ushbu ishlarni muntazam ravishda bajarish orqali bilimlarimizni "charxlash" va yaxshilab turamiz.

@islom_aliy
πŸ‘4
Motivatsiyani bozordan "sotib oling" yohud muzlagan jajji qo'llar

Ko'p motivatsion videolarni ko'rsangiz: "Sen uddalaysan, yorasan!" degan odamlar chiroyli joylarda, juda yaxshi sharoitda o'tirgan bo'ladi. Balki shungami yoki boshqa sabab gaplarida ta'sir unchalik kuchli emas.

Meni fikrimcha motivatsiya olishning eng zo'r yo'li erta tongda yoki kechqurunda bozorga borishdir. Chunki u joyda har qanday sovuq bo'lmasin, qiyin, og'ir ish bo'lmasin oilasini boqaman deb chiqqan yosh bolakaylardan tortib yoshi 60 dan oshiq onaxonlarni ham hayot uchun kurashayotganiga guvoh bo'lasiz.

Qani aytingchi jajji barmoqlariga puflab isitaman deb turgan bolakaydan ham ko'proq motivatsiya beradigan nima bor? Uchirib yuboradigan sovuqda, bo'ynini yelkasiga qisib, nigohlarini yerga qaratgan holda o'yga tolib turgan onaxon yoki kiyimlaridan tushayotgan yomg'ir tomchilari ko'z yoshi bilan qo'shilib, hech kimga sezilmayotgan ayoldan ham ko'proq sizga kim motivatsiya bera oladi birodarim?

Qarib, kuchdan qolgan otaxon o'ziga bir necha barobar katta yukni, yuzidagi ajinlarni yana ham sezdirib yuboradigan darajada qiynalib tortib ketishichi? Alloh bergan ne'matlar atrofimizda shu darajada ko'pki shukr qilib sanog'iga yeta olmaymiz.

Biz kompyuterimiz kuchsizligidan, oyligimiz biz xohlagandek emasligidan, oyoq kiyimimiz o'tkan yilgi "eski modadagisi" ekanligidan nolib turganimizda hayotda bu kabi holatlar ham bo'lib turipti. O'zimizni isloh qilaylik...

@islom_aliy
πŸ‘8😒5πŸ‘¨β€πŸ’»3
#kunhikmati

Ibn Abbos rodiyallohu anhu aytadilar:

β€œAgar osmonlar yerni bosib qolsa ham Alloh taqvodorlar uchun chiqish yoβ€˜lini qilgan boβ€˜lardi. Alloh taoloni quydagi soβ€˜zini oβ€˜qimaganmisiz: β€œKim Allohga taqvo qilsa, U zot unga chiqadigan yoβ€˜lni paydo qiladiβ€œ (Taloq: 2).

@islom_aliy
πŸ‘8⚑1
​​Bu kanallarga qo'shilishingiz shart!

β€’ Sariq Dev (Anvar Narzullayev) - Mohirdev asoschisi, sun'iy intelekt bo'yicha mutaxassis va Python bo'yicha darsliklari bor. Soha bo'yicha Malayziya universitetlarida dars bergan kuchli inson.

πŸ‘‰ Telegram | Youtube

β€’ G'ofurjon Ibragimov - matematika bo'yicha putra universitetida professori sifatida faoliyat olib boradi. G'ofurjon domlaning kanalidan matematika, geometriya va shu sohalar bo'yicha eng sifatli va to'liq darsliklarni topishingiz mumkin.

πŸ‘‰ Telegram | Youtube

β€’ Lison Uzb (Abdulazim Abdulqodir) - Ingliz tilini o'rganish istagidagi do'stlarimiz uchun O'zbek tilidagi tilloga teng kanallardan biri. Darslar juda ham tushunarli va ajoyib tarzda o'tilgan

πŸ‘‰ Telegram | Youtube

β€’ Muhammadjavohir Sur'atov - Najot Ta'limdagi eng sevimli ustozlardan biri bo'lgan, hozirda Mohirdev platformasida faoliyat olib boradilar. O'zining ajoyib tarzda o'tilgan darslari va juda ham chiroyli hulqi bilan tanilgan Muhammadjavohir akaning kanalidan, umumiy dasturlash tushunchalari va front-end sohasi bo'yicha darslar topishingiz mumkin.

πŸ‘‰ Telegram | Youtube

β€’ Farhod Allamurodov - full-stack, dasturlash sohasida juda ham chuqur bilimga va kuchli tajribaga ega, Toptal, Chewy, Mastery, Marvin, EPAM kabi katta kompaniyalarda faoliyat ko'rsatgan va ba'zilarida hali ham faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Kaminaning ham ustozi bo'lgani sababli shaxsan o'zim bu insonni bilim darajasi juda ham yuqori ekanligiga bemalol guvohlik bera olaman. Hozirda kanalida juda ham qimmatli ma'lumotlarni ulashib bormoqdalar.

πŸ‘‰ Telegram

Bekorchi, sizga foydasiz narsalarni targ'ib qiluvchi kanallaringizni ushbu tilloga teng kanallarga almashtiring.

Keyingi postlarimizda yosh va iqtidorli IT bloggerlar bilan tanishamiz :)

@islom_aliy
πŸ‘4❀1
Ilm oling, amal qiling, yiqiling, o'sing, davom ettiring

Manba: @chiroylimoliya

@islom_aliy
πŸ‘7
Bu hazilni tushunish uchun JavaScriptni bilishingiz kerak :)

P.S har xil gaplar ko'paymasin deb ismlarni berkitib qo'ydim. Topa olmasangiz kerak πŸ™„

#kulgu

@islom_aliy
If you even win a rat race, you are still a rat!

Kalamushlar poygasida sen g'olib bo'lsang ham baribir kalamushligingcha qolaverasan.

@islom_aliy
πŸ‘2