Islom Urolov
1.59K subscribers
326 photos
39 videos
13 files
132 links
Research Analyst at IMF

Links: https://linktr.ee/islomurolov
Contact: @islomurolov_bot
Download Telegram
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Hoshimov Iqtisodiyotining yangi soni. Bu suhbatda konstitutsiyalar nimaga kerakligi haqida bu sohadagi yetuk olim - Chikago universiteti huquqshunoslik va siyosatshunoslik professori Tom Ginsburg bilan suhbatlashdim.

Aytmoqchi, prof. Ginsburg yaqida O’zbekistonga borib kelibdi.

Tinglang, izoh yozing va albatta ulashing. Foydali bo’ladi degan umiddaman.

https://youtu.be/_xBBPed_qSc?si=mSyW9ZMSfc68vFjK
Tufts Universitetida bu yilgi bitiruv marosimi 19-may kuni 9 AM (EST)da boshlanadi.

Kimdir qatnashmoqchi bo’lsa, lutfan taklif qilaman (menga yozing: @islomurolov_bot).

O’tgan yilgi bitiruv marosimining birinchi qismini buyerda ko’rsangiz bo’ladi
https://youtu.be/lyatha76p1U?si=kNEpWzMsb3rmpoyZ

@islom_urolov
Future Leaders Fellowlarning bu yilgi yig’ilishimiz. Bu safar zoom orqali ishtirok etyapman:((

@islom_urolov
Forwarded from Kamola’s Blog🇺🇸
27-aprelda ham oppoq qor❄️🌸😁

@kamola_blogs
Unicraft portal

Xorijiy universitetlarda tahsil olayotgan o’zbekistonlik talabalarning telegramlarda shaxsiy kanallari juda ko’payib ketdi. Kim uchundir oz bo’lsa ham yangilik va motivatsiya ma’nosida bu yaxshi albatta. Lekin biz xohlagan universitetda o’qiydigan o’zbek talabasining telegram kanalini qidirsak topa olmay qolishimiz mumkin. Shuning uchun biz kabi talabalarning shaxsiy bloglarini birlashtiruvchi sayt ochilgan edi yaqinda. Hali endi yuritila boshlagani uchun hali ma’lumotlar kam bo’lishi mumkin. Lekin xohlasangiz siz ham kirib o’z universitetingiz haqida tajribalaringizni ulashishingiz mumkin.

https://unicraft.uz/universities

@islom_urolov
Forwarded from Musofir Iqtisodchi
Position_ Pre-doctoral_Post-doctoral Research Fellow.pdf
52 KB
Yangi O'zbekiston universitetida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ekologik mavzular bo'yicha tadqiqot olib borish uchun
(doktorlikdan oldingi/doktorlikdan keyingi) ilmiy tadqiqotchi vakansiyasi bor ekan. Menimcha oylik yaxshi va tajriba ortirish uchun kam uchraydigan imkoniyat.

Magistratura diplomi, ma'lumot to'plamlari bilan ishlash uchun kuchli bilim va Ingliz tilini yuqori darajada bilish kerak ekan. Munosib tanishlar bo'lsa iltimos ulashib qo'ying.

@musofir_iqtisodchi
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
​​Bu video juda yaxshi iqtisodiy dars. Bu yerdagi gʻoya ham, savdoni cheklash — proteksionizm siyosati, yoxud “oʻz bozorini” muhofaza qilish siyosatidek taqdim qilingan. Videodagi gʻoyada tadbirkorlarni “mahalliy” va “xorijiy”ga ajratishga urgʻu berilgan. Proteksionist — savdoni cheklash gʻoyasida ham, “mahalliy mahsulot” va “xorijiy mahsulot” ajratilgani kabi — xato, lekin mantiqiy xatoni yomon tarafi bu narsa iqtisodiyot uchun qimmatga tushadi.



Albatta, chet ellik tadbirkorlar Oʻzbekistonga kelsa, pul tiksa va biznesini rivojlantirsa — hech ham xavotirga oʻrin yoʻq, “monopollashtirish” esa davlatni ishtirokisiz imkonsiz. Chunki, bordiku oʻsha chet ellik investorlar bozorni egallab olsalar ham (juda ehtimoli past), lekin bozorga kirish hammaga ochiq boʻlib qolaversa — xavotirga oʻrin boʻlmaydi, chunki yana boshqa chet ellik yoki mahalliy tadbirkorlar kelib, oʻsha “monopollashtirgan” tadbirkorlarni bozorini sindiradi. Albatta agar bozorga kirishni davlat cheklab qoʻymasa. Kirishni cheklab qoʻysa muammo boʻladi.

Buni masalan oddiy bir dehqon bozori misolida aytsam. Deylik dehqon bozorda bir nechta odam oʻz mahsulotini sotmoqda, bir nechta chet ellik sotuvchi keldi-da arzonroqqa sotishni boshladi, shu videodagi aka aytganidek, mahalliy sotuvchilar chiqib ketishga majbur boʻldilar, shunda agar bozorni eshigi ochiq tursa va har imkoniyatda yangi sotuvchi kirishiga imkon boʻlsa, “monopollashtirish” xavfi yoʻq. Narxni sunʼiy oshirgan kuni, yana sotuvchilar kelishadi. Chet ellikmi mahalliymi ahamiyatsiz. Oʻzbekistondagi asosiy muammolardan biri ham aynan shu, davlat tomonidan bozorga kirish cheklanishi.

Lekin bu videoda boshqa saboq bor, saboq shundaki, tabiiyki, ayrim tadbirkorlar, hatto raqobatli sohalarda faoliyat olib borsalar ham, albatta imkoni boʻlsa davlat raqobatni cheklashidan manfaatdor boʻladilar. Bu yerda ham, diqqat bilan eshitsangiz, videodagi odam, aynan davlat cheklovlarni qoʻyishi haqida aytmoqda. Jamiyat va davlat uchun saboq shundaki — davlat iloji boricha raqobatli muhitni yaratishi kerak va har bir sohaga kirishni iloji boricha ochiq va oson qilib turishi kerak. Har bir tadbirkorlikka toʻsiqni, bozorni cheklanishini jamiyat uchun katta bir kulfatdek qaralishi kerak. Agar oʻsha sohani ichidagi ayrim tadbirkorlar yoki tashkilotlardan sohani qanday rivojlantirish kerak deb soʻrasangiz, ular shunday raqobatni “cheklovchi” choralarni aytishlari ham mumkin. Bundan ehtiyot boʻlish kerak.

Shuning uchun ham, qarorlar qabul qilishda, iqtisodiy foydadan kelib chiqqan holdagina fikr yuritsak maqsadga muvofiq boʻladi. Albatta chet ellik investorlar oʻzi shundoq ham Oʻzbekistonda juda juda kam. Mintaqada eng kam kishi boshiga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya oladigan mamlakat hisoblanamiz, lekin shunga qaramasdan ham, cheklashni xohlaydiganlar mavjud. Xuddi shunday, import mahsulotlarini cheklash ham, bir xil mantiqsizlik, agar chet eldagi ishlab chiqaruvchilar, yoki chet ellik sotuvchilar bizga tovarlarni “arzonroq” sotishni xohlab turishgan boʻlsa — biz albatta buni qabul qilishimiz kerak, axir qancha arzonga olsak — shuncha koʻp iqtisodiy yutuq. Teskarisini qilish — xalqni kambagʻallashtiradi.
Islom Urolov
https://t.me/boost/islom_urolov
Kanalimizda 110 ta premium subscriptionli account bor ekan. Kanalni boost qivoraylik. Storiesga graduationdan rasmlar qo’yib turaman.
Tufts Universitetida magistratura dasturini tamomladim. Bu davr hayotimda ko’p jihatdan tubdan burilish yasadi. Bilim, malaka, dunyoqarashim va imkoniyatlarim yana bir pog’ona yuqoriga ko’tarildi. Bu yo’lda meni qo’llab kelgan ota-onam, oilam, ustozlarim va do’stlarimdan minnatdorman.

@islom_urolov