“Rutina” soʻzi sizda qanday assotsiatsiya boʻladi? Ya’ni shu soʻzni eshitganda hayolingizga qanday hayollar keladi?
Anonymous Poll
33%
Negativ
67%
Pozitiv
Forwarded from Marafon | Muzaffar
Erkak kishiga bor vujudi bilan ishonadigan, uni qo’llab-quvvatlaydigan va chin ko’ngildan yaxshi ko’radigan birgina inson yetarli.
Erkak shu birgina insonni poyiga dunyolarni yig’ib, socha oladi.
O’zidan ham ko’ra haligi insonga muhimroq darajada qaraydi va uni uyaltirmaslik uchun ham borini beradi.
Logika shunaqa. Erkaklar fitrati shunaqa: kimgadir panoh bo’layotganini bilsa erkak quvvatlanadi, to’xtamaydi.
Ana shu panoh bo’lishga arziydigan insonning hayotimizda bo’lishi juda katta ne’mat. Ona, ota, oila a’zolari, rafiqa, farzandlar…
Jangchi o’zini oilasi, yaqinlari, vatani uchun muhim ekanligini bilganida eng oxirgi nafasigacha taslim bo’lmaydi.
Boshqachasiga faqatgina o’zini o’ylaydigan erkakka ko’p narsa kerak ham emas. O’zidan boshqalarga qayg’urmaganda jangga chiqib o’tirmasdi. Tog’-u toshlar orasida sakinat topib, o’tib ketaverardi.
Marafon

Hayotingiz davomida bir tushunchaga ishonib kelasiz, uni toʻgʻri deb bilasiz.
Ma’lum vaqtdan keyin oʻsha ishongan tushunchangiz notoʻgʻri ekanligini bilasiz.
U rivojlanishingizga, davom etishingizga halal beradi.
Oʻzgartirasiz.
Va bu normal holat.
@islmbkhtrv

Muammolar bittalab kelmaydi
"Marsianin" filmidagi bir lavha bor edi, unda quyidagicha ma'no yetkazilgan:
"Hayotda shunday payt bo'ladi, hamma muammolar bittada keladi, bunday holatda sizda ikkita yo'l qoladi: 1-Bir burchakda yig'lab o'tirish. 2-Muammolarni birma-bir hal qilish".
Cho'qqiga ko'tarilmoqchi bo'lgan hammada shunday holat bo'lsa kerak: muammolar birdan keladi, tushkunlik, ilojsizlik, yolg'izlik va hkz.
Lekin unutmaslik kerak...
Qorong'i tunlardan keyin quyosh chiqadi.
Biz esa, xudiki, hammasi o'zimizni qo'limizdagidek tushkunlikka tushamiz, tushmaslikni iloji ham yo'q, lekin tezda qaytib olish kerak yo'lga.
Qiyin.
Oson bo'lganida hamma cho'qqiga chiqib olgan bo'lardi)

YouTube
Самый важный фрагмент фильма Марсианин. Почаще пересматривайте.
Kambag'allikdan boylikkacha
Instagramda bir tadqiqot haqida o'qib qoldim, u yerda kambag'allikdan chiqqan odamlarni o'rganishibdi.
Kambag'allik zanjiridan uzgan sabab qaysi? degan savolga javob izlashibdi.
Bu IQ emas, omad emas, tanish-bilishlar ham emas.
Bu uzoq muddat davom etadigan psixologik diskomfortga bardosh bera olishdir. Qaysidir ma'noda iroda, sabr.
Qanday psixologik diskomfort?
Kambag'allikda qarzlar ko'p bo'ladi, bir o'zingiz, yolg'iz, tepaga ko'tarilishingiz kerak, hech kim yordam bermaydi, ilojsiz holatlarga tushasiz va eng qizig'i uzoq muddat shunday davom etadi.
Har bir xatodan keyin yangi SIZ paydo bo'lasiz, shunday rivojlanib boraverasiz. Tamom.
Agar shu yo'lda bo'lsangiz, shunchaki davom eting.
P.s.: Yuqoridagi sabab, sabablardan biri, albatta, eng muhimi ibodat qilish, rizqimizga Alloh kafil ekanligini unutmaslik)

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunaqa videolar ko'radigan, layk bosadigan va o'zi umuman shunaqa fikrlaydigan yigitlarga aytgim keladi:
- Birinchidan, nima siz shu darajada kuchsiz, lattamisiz? Bitta qiz kelib sizni shunchalik buzib, siqiltirib ketsa?
- Videodagi kabi fikrlash "жертва" pozitsiyasi ekanligidan xabaringiz yo'q shekilli-a?
Juda kulguli emasmi bu holat?
"Meni qanday topib olgan edi, qanday tashlab ketdi" emush. Ex bechora-ya, bechora.

Anchadan beri oʻylab yurgan ishimni qildim
Oʻz fikrlarimni videoga yozib, uni instagramga qoʻydim. Hozircha bitta video chiqdi, davomiy qilish niyatim bor.
Qiziq boʻlsa, pasdagi linkdan koʻrsangiz boʻladi)
https://www.instagram.com/reel/DRfRc3XDLaG/?igsh=Z256YmsyMDUyYzg2
P.s.: Keyinroq nega bunday videolar yozishni boshlaganim, oʻzi manga bular nega kerakligi haqida yozaman

Hayotingizni o'zgartirib yuboradigan odamlar bilan uchrashuv belgilay olmaysiz
Ular o'zi keladi, kerakli paytda. Biz esa o'sha lahzada ularni ushlab qolishga o'zimizda kuch, jasorat topa olsak bo'lgani.
U inson hayotimizni o'zgartirib yuborishi mumkinligini qayerdan bilamiz? Ichki ovozimizdan. Unday insonlarni ich-ichimizdan sezamiz.
Robbimizning O'zi go'zal chevar, Unga ishonishimiz kerak.
Hayotimizni o'zgartirib yuboradigan go'zal hodisalarni reja qilolmaymiz, ular kutilmaganda keladi)
@islmbkhtrv
Ular o'zi keladi, kerakli paytda. Biz esa o'sha lahzada ularni ushlab qolishga o'zimizda kuch, jasorat topa olsak bo'lgani.
U inson hayotimizni o'zgartirib yuborishi mumkinligini qayerdan bilamiz? Ichki ovozimizdan. Unday insonlarni ich-ichimizdan sezamiz.
Robbimizning O'zi go'zal chevar, Unga ishonishimiz kerak.
@islmbkhtrv
Yaqinda 22 ga to'ldim. Shu sababli hayotim davomida tushunib yetgan 22 ta xulosalarim bilan bo'lishmoqchiman.
1. Hamma gap o'zimizda. Hayotimizda nima bo'lsa ham o'zimizdan ko'rishimiz kerak, chunki hozirgi holatimiz o'tishdagi qarorlarimiz natijasi.
2. Shaxsiy fikringizni shakllantirmasangiz boshqalar sizni shakllantirib qo'yadi. Shaxsiy fikr bo'lishi muhim, bo'lmasa qo'ydan farqimiz qolmaydi.
3. Hech qachon 100% tayyor bo'lmaymiz. Shunchaki boshlash kerak, jarayonni o'zi bizni tayyorlaydi.
4. Moslashuvchanlik hozirgi zamonning eng muhim ko'nikmasi.
5. Noto'g'ri qaror qabul qilmoqchi bo'lsangiz, boshqalardan maslahat so'rang. Shuning uchun bilganingizni qiling)
6. Hammaning o'z yo'li bor, mani yo'limda ishlagan qoida, siznikida ishlamaydi. Har birimiz unikalmiz.
7. Hamma gap fikrlashimizda. Fikrlashni o'stirsak o'zimiz ham o'samiz.
8. Kam pul topayotganimiz bizning muammoyimiz, rahbarimizni, uydagilarni yoki boshqalarni emas.
9. Sog'liqqa e'tibor berish, inson ulg'ayganligini belgisi. Kasal bo'lib yotganingizda hech kim sizning joningizga oro bo'lolmaydi.
10. Hayotimiz ijtimoiy tarmoqlardan qancha uzoqda bo'lsa, shuncha tinchroq va baxtliroq.
11. O'z oilasini yoki ayolini ijtimoiy tarmoqlarda olib chiqayotganlar TUPOY.
12. Yoshlik paytida shug'ullanish mumkin bo'lgan eng ahmoqona ish bu - munosabatlarda bo'lish.
13. Sizni tushuna oladigan insonni topish juda muhim. Shunday inson bilan 1-soat suhbat haqiqiy terapiya bo'ladi.
14. Inson o'zgarmaydi, inson asl yuzini ko'rsatadi.
15. Bilgan odam ko'p gapirmaydi, ko'rsatadi. Ko'p gapirgan odam bilmaydi.
16. Har doim ham yoshi katta degani, toʻgʻri gapiryapti degani emas.
17. Qoʻrquv doim ham yomon emas, ba’zida u bizni harakatga soladi.
18. O'z yoshiga nisbatan katta fikrlaydigan insonlar, o'z vaqtida buning uchun badal to'lashgan.
19. Atrofdagilarimiz fikrlashimizga katta ta'sir o'tkazadi. Shuning uchun kimni fikrini eshitish, kimga ergashish kerak va kimdan maslahat so'rash kerakligini yaxshilab o'ylash lozim.
20. Inson boshi borib devorga urilsa tushunib yetadi. Aslida shunday bo'lishi ham kerak.
21. Biz bu dunyoga shunchaki kelmaganmiz, har birimizning o'z missiyamiz bor, uni topib shu yo'lda harakat qilishimiz kerak.
22. Uy 4 devori bor makon emas, uy bu sizni sevadigan inson.
---- ----- -----
Дoм - не четыре стены и крыша,
Он нe покупается за рубли.
Дом - это там, где слушают, там, где слышат,
Хотя вы ни слова не произнесли.
Дом - не посуда, диван и двери,
Не занавески в квадрат окна.
Дом - это там, где в тебя поверят,
Там, где ты учишься верить сам.
Там, где встречают родные люди,
Где отступает любой недуг.
Дом - это там, где прощают, любят,
Дом - это там, где ждут.
Неважно, обставлен ли и окрашен;
Город и день может быть любым…
Дом - там, где тебе ничего не страшно,
Кроме того,
чтоб он стал пустым.

Birga bo‘lganingizda vaqt qanday o‘tganini sezmaydigan yaqinlaringiz borligi ne’mat
Bunday insonlar bilan vaqt o‘tkazib xotirjamroq bo‘lasiz, ma’naviy dam olasiz, o‘zingizni tahlil qilasiz, kulishasiz, jamiyatdagi muammolarni muhokama qilasiz.
Ular bilan soatlab vaqt o‘tkazish, xuddi terapiyadek gap. Hozirgi zamonda bunday insonlarni topish qiyin, menda borligi uchun shukrlar bo‘lsin. Oqibat yoqolmasin.
Boringizga shukur Habibulloh, Shahzod aka.

Hamma muammolarga yechim bo'la oladigan bu...
Bu - baxt.
Baxt qayerda bo'ladi? Birinchi navbatda uyda.
Uy qachon baxtga to'ladi? Qachonki oila bo'lsa.
Oila qachon baxtli bo'ladi? Tinch, osuda bo'lsa, hamma bir-birini sevsa, tushunsa, qo'llab quvvatlasa.
Baxtli insonning ishi o'xshamasa siqilmaydi, chunki uning qo'llab quvvatlovchi oilasi bor.
Baxtli inson ishlab charchamaydi, chunki uning tinch, osuda oilasi bor.
Baxtli inson yaxshilik ulashib charchamaydi, chunki uning sevuvchi oilasi bor.
Oila - bu sevgi, kuch, xotirjamlik.
Oila bu hamma narsa.

1 yil oldingi Islom o'z fikrini erkin ifoda qilolmasdi, hozir fikrlarini yozib boradigan blogi, instagramda akkaunti bor.
1 yil oldingi Islom xato qilsa, motivatsiyasi tushib, hech narsa qilgisi kelmasdi, hozir esa muvaffaqiyatga faqat davom etibgina erishish mumkinligini tushunib yetdi.
1 yil oldingi Islom o'z hissiyotlarini unchalik yaxshi tushunmasdi, hozir esa emotsiyalarni boshqarishni o'rganyapti.
Oldingi Islom hozirgisidan kuchsizroq edi.
Xulosa.
Solishtirishimiz kerak bo'lgan yagona inson bu eski o'zimiz, solishtirganda ham moliyaviy jihatdan emas, ma'naviy jihatdan solishtirgan afzal deb bilaman. Fikrlash, dunyoqarash.
Chunki ma'naviy rivojlangan inson, boshqalarga kerakli odam bo'ladį, boshqalarga kerak odam esa har doim yaxshi pul topadi.
O'ylaymanki, ichki boylik, tashqi boylikdan muhimroq.